O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


ABAY QO`NONBOEV (1845-1904)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82
download-edfiles-17902

ABAY QO`NONBOEV (1845-1904)
Qozoq adabiyotining asoschilaridan biri shoir va ma'rifatparvar Abay (Ibrohim)
Qo`nonboev Semipalatinsk uezdiga qarashli Chingiztov romanida chorvador oilasida
tug`ilgan. Dastlabki ta'limni madrasada olgach, yangi usuldagi maktabda tahsilni davom
ettirdi. U Sharqning buyuk vakillari-Firdavsiy, Nizomiy, Sa'diy, Hofiz asarlarini chuqur
o`rganib, Ovrupo adabiyotini talil etishga kirishdi. A. Pushkin, L. Tolstoy, M. Saltikov-
Shchedrin ijodini tadqiq etish bahonasida Sharq va G`arb adabiyotining bog`liq jihatlarini
mukammal o`rgandi. U yoshlik chog`ida she'r yozish bilan birga o`lan aytish bo`yicha
nom qozondi. Ma'rifatparvar shoir asarlari tarqoq qozoq xalqini birlashishga chaqirib, ilm
o`rganish, ma'rifat olish yuksalish va ozod bo`lishning eng ma'qul yo`li ekanini uqtiradi.
Abay qozoqlarning birinchi kompozitori edi. U o`z she'rlariga xalqona usulda musiqa
bitib, kuylardi. Qozoq xalqiga rus adabiyotining eng zo`r asarlarini tarjima qilib yetkazgan
ham Abay edi.
Shoirning «O`larn» lari tarjima qilinib maktab darsliklari va o`quv qo`llanmalarga
ham kiritilgan.
Qozog`im, sho`rlik yurtim, vayron yurtim!
Qorong`uda yo`l topolmay, hayron yurtim!
Yomon bilan yaxshini farq qilolmay,
Og`zida ham qon, ham moy, sarson yurtim.
Biy bo`ldi qiyqim boylar bosh-boshiga,
26


Aim.uz
Dog` soldi, zahar soldi yurt oshiga.
Qo`rqaman hassasi yo`q ko`r singari,
Elim unar buzuqlar aldashiga.
Gadoy sho`rlik yuradi poda boqib, 
O`tini yo`q isinsa olov yoqib.
Xotin urchuq yigirar, yung savalab,
Chakman to`qir sovuqda yelka qoqib.
Soyaday ham o`rni yo`q boy uyida,
Sarqiga ham ilinmas shu kuyida.
Lekin uzoq keta olmas, chorasi yo`q,
Yo rabbiy, har kim kulsin o`z to`yida.
To`g`ri so`zlik o`lanim, o`zing ko`rkam!
Mayli, tatimasa ham so`yla bardam.
Bu yurt so`z oshig`imas, mol oshig`i,
Roziman, mindan biri tushunsa ham.
Ammo aql chaqirilmagan mehmon emish,
Aqli borga bunday umr zindon emish.
Kechiring, nodonlarga tegib o`tsam,
Bu elda to`g`ri aytgan yomon emish.
Abay «Nasihatlar» ning o`ttiz birinchi so`zida shunday yozadi: «Kishi eshitgan
narsasini unutmaslik uchun to`rtta shart bor: avvalo, zehnli bo`lmoq kerak; ikkinchidan,
bir narsani ko`rganda yo eshitgan-unga chin yurakdan ixlos qo`yib, fahm-farosat bilan
uqib olmoqlik lozim; uchinchidan, eshitganlarini ichida bir necha marta takrorlab
ko`ngliga jo qilmoq kerak; to`rtinchidan, ko`ngliga boshqa narsalarni mutlaqo keltirmaslik
kerak».

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə