O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
download-edfiles-17902

TOJIK ADABIYOTI
Tojik adabiyotining tarixi tojik xalqining tarixi kabi boy va qadimiydir. O`zining
kelib chiqishi va til xususiyatlari jihatidan tojiklar Eronda yashovchi forslarga vobasta.
Shu bois fors-tojik adabiyoti atamasi tez-tez qo`llanadi. Ulug` mutafakkirlar Abulqosim
Firdavsiy, Umar Xayyom, Sa'diy She'roziy, Hofiz She'roziy, Abdurahmon Jomiyning
ijodiy merosi bani basharga bir xil darajada taalluqlidir. Qadim tojik adabiyotni qardosh
xalqlar adabiyoti jumladan, o`zbek adabiyoti bilan bog`lovchi an'analar mavjud. Bu ikki
xalq vakillari ikki tilda bemalol gaplashish barobarida ikki tilda ijod ham qiladilar.
Xalq og`zaki ijodi namunalari, «Avesto», «Go`ro`g`li» siklidagi dostonlardan
ma'lum bo`ladi-ki, yozma tojik adabiyoti IX asrdan boshlanadi. Shunga qarab tojik
adabiyotini quyidagicha tasnif etish mumkin:
1. Qadimgi tojik adabiyoti
2. IX-XV asrlar adabiyoti
3. XVI-XIX asr tojik adabiyoti
4. Sho`rolar davri tojik adabiyoti (1917-1991)
5. Hozirgi zamon tojik adabiyoti
Qadimgi tojik adabiyotining bizgacha yetib kelgan ilk namunalari: «Avesto»,
«Rustam» to`grisidagi dostonlar, parfian tilidagi «Assiriya tarixi», «Zorer haqida» asarlar.
Asrab istilosidan so`ng to IX asr boshigacha davlat tili arab tili edi. Somoniylar
davlati paydo bo`lgach esa jonli til-«dari» (forsiy) hisoblanib, yozma adabiyot shakllanadi.
Abutoqiyi Abbos ibn Taxon Samarqandiy, Abuhafs Samarqandiy, Xanzol Bog`disiy,
Mas'ud Marvoziy, Feruz Mashriqiy, Muhammad ibn Vosif Sag`ziy, Abusolih Gurgoniy,
Abbos Marvaziy, Bassom Kurd Xorijiy, Muhammad ibn Muhallidlar mazkur adabiyotning
vakillari hisoblanib, ularning ijodida xilq og`zaki ijodining ta'siri kuchli edi. Tojik yozma
adabiyotining asoschisi sifatida Abu Abdulloh Ro`dakiy tan olingan.
V-XI asrlarga kelib tojik mumtoz adabiyotida ruboiy (Ibn Sino, Umar Xayyom),
g`azal (Unsuriy, Farruxiy, Manuchehriy), qasida janrlari bilan bir qatorda dostonchilik
ravnaq topdi. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», Asadiyning «Gurshaspnoma»,
Faxriddin Gurgoniyning «Vis va Romin» dostonlari mazkur janrning yetuk nishonasi edi.
«Zol va Rudoba», «Bijan va Manij», «Bahromi Cho`bina», «Temirchi Kova» kabi bin
necha dostonlarni o`z ichiga olgan «Shohnoma» asarida turli toifa kishilarining murakkab
munosabatlari ifodasini topgan, Rustam va Isfandiyorlarning qahramonona hayoti
tasvirlangan.
X-XI asr fors-tojik she'riyatida Nosir Xisrav va Umar Xayyomning alohida o`rni
bor. Nosir Xisravning «Xudo bilan aytishuv» qasidasi, «Safarnoma», «Rushnoyinoma»
asrlarida mumtoz adabiyotining ana'ana va g`oyalari bir muncha yangilangan bo`lsa, Umar
Xayyom ruboiy janrining katta salohiyatga ega ekanini namoyish etdi.
Nazira, tatabbu' janrlarini, XII asrda Sobir Termiziy o`z asarlari bilan boyitgan
bo`lsa, ijtimoiy hayotning illatlarini hajv kulgi asosida So`zaniy qalamga oldi.
XIII-XIV asrlar tojik adabiyot ravnaqi uchun alohida mavqega ega. Aytish mumkin-
ki, to Abdurahmon Jomiygacha tojik adabiyotini yuksak cho`qqiga olib chiqqan Jaloliddin
Rumiy, Xusrav Dehlaviy va Sa'diy Sheroziylar ayni shu davr mahsuli edi. Xusrav
Dehlaviy Nizomiy an'anasini davom ettirib, mohiyatan yangi bo`lgan «Xamsa» yozdi.
«Bo`ston», «Guliston» asarlari bilan dunyo adabiyotiga hissa qo`shgan Sa'diy Sheroziy
g`azalchilikni yuqori pog`onaga ko`tardi. Ulug` mutafakkir Alisher Navoiy «Xamsa»
4


Aim.uz
dostonida ham, «Xazoyin ul-maoniy» kulliyotida ham g`azalda uch kishini tan olishini
zikr etgan edi: Sa'diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy va Abdurahmon Jomiy.
XIII-XIV asrlarda O`rta Osiyo va Eronning shahar hamda qishloqlari mug`ullar
istilosida toptaldi. Qonli urushlar va xalqqa qilingan zulm, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning
og`irligi shoir va yozuvchilarning ham ijodiga ta'sir qildi. Hofiz Sheroziy, Kamol
Xo`jandiy, Nosir Buxoriylar fors-tojik adabiyotidagi g`azal va ruboiy janrlarini
takomillashtirishga harakat qildi. Ubayd Zakoniy «Risolai ahloq-ul-ashrof», «Yuz
nasihat», «Sichqon bilan mushuk» asarlari bilan hajviy satirani rivojlanishiga munosib
ulush qo`shdi. XV asrga kelib Samarqand, Buxoro, Hirot kabi shaharlarda adabiy hayot
qaytadan jonlandi. Ko`pgina shuaro zullisonayn ijodkor tarzida faoliyat yurita boshlashdi.
Ayniqsa, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy o`rtasidagi do`stona munosabatlar mazkur
masala bo`yicha namuna bo`la oladi. Fors-tojik adabiyotini Abdurahmon Jomiy o`zining
«Haft avrang» va «Bahoriston» asarlari bilan haqli ravishda yuksak cho`qqiga olib
chiqqan bo`lsa, Husayn Voiz Koshifiy o`zining «Kalila va Dimna» (qayta ishlaydi).
«Anvori Suhayliy», Davlatshoh Samarqandiy, «tazkirat-ul shuaro» asarlari bilan mavjud
ana'analarini takomillashtirdi. XV-XVI asrlarda fors-tojik adabiyotini Zayniddin Vosifiy
«Bedoe-ul vaqoe», Binoiy, Hiloliy, Abduruhmon mushfiqiy «Taqsimi meros» asarlari bilan
takomillashtirilgan bo`lsa, XVII asrda asli hunarmand bo`lgan Mulham Buxoriy, Fitrat
Zardo`zi Samarqandiy, Sayido Nasafiylar alohida salohiyatga ega bo`ladilar. Ayniqsa,
Sayido Nasafiy hayvonlar timsolida ijtimoiy hayotni real tasvirlashga intildi. Masal janrida
yaratilgan «Hayvonotnoma» asarining tili sodda, vazni o`ynoqi, mazmunan tushanarli.
Sher va chumoli, navvoy va musavvir siymolarida shoir tazod, tarse', jonlantirish,
mubolag`a san'atlaridan unumli foydalanadi. XVIII-XIX asrlar tojik she'riyatida Mirzo
Qodir Bedil ijodining ahamiyati katta. Uning she'rlarida tasavvufiy g`oyalar barobarida
zamonaning mavjud hayoti, odamlar orasidagi har xil munosabatlar ishonarli tarzda
ifodasini topgan. Ayni shu davrga kelib qariyb shakllanib bo`lgan tojik adabiyotida g`azal,
ruboiy, qit'a, masnaviy, qasida, dostton, nasriy memuarlar- tamsiliy asarlar, tazkira kabi
ko`plab janrlarda ijod etildi. Tojik ma'rifatparvarlik adabiyotini yalovbardori-Ahmad
Donish, Xuddi Mirzo Fatali Oxundov, Abay Qo`nonboev, Furqat, Zavqiy kabi ziyo
tarqatishga bel bog`lagan Ahmad Donish xalqni g`aflatdan uyg`otib, atrofga teranroq
nigoh bilan qarishga, ilm olishga undaydi. Keyinchalik uning g`oyalarini Savdo, Shohin,
Vozeh, Hayrat, Asiriy, Sadriddin Ayniylar davom ettirishdi.
Sho`ro davrida tojik adabiyotining yetakchi janri she'riyat bo`ldi. Sadriddin Ayniy,
Po`lat Sulaymoniy, Majid Rahimiy, Lohutiylar turli ijtimoiy masalalarni kuylashga harakat
qildilar. «Buxoro jallodlari», «Odina», «Qullar» asarlari bilan Sadriddin Ayniy tojik
nasrchiligini boshladi, desak muboag`a bo`lmaydi. Maksim Gorkiy, Mayakovskiy,
Sadriddin ayniy, Lohutiylarning adabiy maktabida tarbiya olgan M.Tursunzoda,
A.Dehotiy, H.Yusufiy, M.Mirshakar, R.Jalil, J.Ikromiy, S.Ulug`zoda, F.Niyoziy, B.
Rahimzoda kabi iste'dodli qalamkashlar adabiyot maydoniga kirib keldi.
Fashizmga qarshi kurash yillarida Sadriddin Ayniy «Temur Malik», Lohutiy
«Tayanch g`alabasi», «Mardiston dostoni», Tursunzoda «Vatan o`g`li», Mirshakar «Baxt
kaliti», Niyoziy «Vafo», «Ulug`zoda «O`tda», Ikromiy «Nodiraning uyi» asrlarini yozdi.
1950-yillardan so`ng tojik adabiyoti yangi ovozlar bilan boyidi. Shukuhiy, mirzo,
Ansoriy, Farhat, F.Muhammadiev, B.Ortiqov singshari o`nlab shoir, dramaturg,
yozuvchilar ustozlar an'anasini davom ettirishdi. Bundan tashqari, Sayfi Saroyi, Qutb,
Alisher Navoiy, Hamza, Asqad Muxtor, Sharof Rashidov, Abdulla Qahhor, Oybek kabi
5


Aim.uz
o`zbek mutafakkir, adiblarining asarlari tojik tiliga o`girildi. Shu barobarda o`zbek
kitobxonlari Lohutiyning «Yevropa safari», «Baxt parisi», Mirzo Tursunzodaning «Hasan
aravakash», «Hindiston qissasi», R.Jalilning «Po`lod va Gulru», Jallol Ikromiyning «Olov
qizi», Sotim Ulug`zodaning «Yoshligimiz tongi» asarlaridan bahramand bo`lishdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə