O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
download-edfiles-17902

XX ASR TOJIK ADABIYOTI
Murakkabli va ko`p qatlamligi bilan XX asr tojik adabiyoti namoyandalari
sermahsul ijod qildilar desak mubolag`a bo`lmaydi. Sadriddin Ayniy, Mirzo Tursunzoda,
Abdullays Lohutiy, Misaid Mirshakar kabi adibu shoirlar garchand sho`ro davrini
kuylagan bo`lsa-da asarlarining qat-qatida yashirin ma'nolar ham mavjud.
SADRIDDIN AYNIY (1878-1954)
XX asr tojik va o`zbek adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Sadriddin
Ayniydir. U o`zining «Doxunda», «Qullar» romanlari, «Odina», «Etim», «Sudxo`rning
o`limi» singari qissalari to`rt qismdan iborat «Esdaliklar» asarlari orqali yangi xildagi,
zamonaviy tojik adabiyotiga asos soldi, shuningdek, qardosh o`zbek madaniyati, adabiyoti
va san'ati taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko`rsatdi. Shu sabali Ayniy ijodi ikki xalq uchun ham
qadrlidir. U XX asrdagi o`zgarishlarning shohidi sifatida milliy ozodlik harakatini ham,
Oktyabr to`ntarishining fojeali oqibatlarini ham ko`rdi.
Sadriddin Ayniy 1878-yil 15-aprelda Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi Soktare
qishlog`ida tug`ilgan. O`n yil davomida Mir Arab, Olimjon Badalbek, Hoji Zohid,
Ko`kaldosh madrasalarida tahsil oldi. Firdavsiy, Jomiy, Ro`dakiy, Navoiy kabi buyuk so`z
san'atkorlarining asarlarini qunt bilan o`qidi. Uning ilk she'ri 1895-yilda «Guli surx»
sarlavhasi bilan dunyo yuzini ko`rdi. O`sha vaqtdagi siyosiy ahvolga to`g`ri baho berishda
Sadriddin Ayniyga ma'rifatparvar shoir Ahmad Donishning «Navodir ul-vaqoe», Xoja
Marog`iyning «Ibrohimbekning sayohati» asarlari katta dasturilamal bo`ldi. Sadriddin
Ayniyning asrimiz boshlaridagi faoliyati xalqni ilm-ma'rifatli qilishga bag`ishlangandir. U
Buxoroda yangi usuldagi maktab ochib, «Yoshlar tarbiyasi» nomli darsligini tuzdi.
Adibning «Odina» (1924), «Qulbobo yoki ikki ozod» (1928) qissalari, «Doxunda» (1930),
«Qullar» (1934) romanlari uning nomini jahonga tanitdi. Keyinchalik «Etim»,
«Sudxo`rning o`limi» qissalari, «Esdaliklar» asar tojik va o`zbek adabiyotining sezilarli
yutuqlaridan biriga aylandi.
Sadriddin Ayniy Tojikiston Fanlar akdemiyasining haqiqiy a'zosi, O`zRFA faxriy
a'zoi etib saylangan. Uning «Tojik adabiyotidan namunalar», «Firdavsiy va uning
«Shohnoma»mi», «Kamol Xo`jandiy», «Shayxurrais Abu Ali ibn Sino», «Ustod
Ro`dakiy», «Alisher Navoiy», «Mirza Abdulqodir Bedil» singari ilmiy tadqiqotlari hanuz
18


Aim.uz
o`z ahamiyatining yo`qotgani yo`q. Ayniy Tojikiston Fanlar akademiyasining birinchi
Prezidenti sifatida qardosh xalqi ilmi, madaniyati rivojiga samarali hissa qo`shdi. U Fitrat,
Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Oybek, G`afur G`ulom, Hamid Olimjon kabi o`zbek
san'atkorlari, tala tilshunos va adabiyotshunoslari bilan samarali ijodiy hamkorlik qildi.
ayniyning deyarli barcha asarlari o`zbek va chet tillarga nashr etilgan. O`zbek tilida
adibning 8 jildlik mukammal asarlari to`plami nashr etildi. U 1954-yil 16-iyulda
Dushanbeda vafot etdi. Uning xotirasi xalq orasida abadiylashtirildi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə