O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


AMIR XUSRAV DEHLAVIY (1253-1325)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
download-edfiles-17902

AMIR XUSRAV DEHLAVIY (1253-1325)
Xusrav Dehlaviy Keshda yashagan Hazorai Lochin turk qavmidan bo`lgan. To
mug`ullar istilosigacha ular Poimurg va Keshda tirikchilik o`tkazgan. Mug`ullar bostirib
kirgach mazkur qavm Hindistonga ko`chib boradi va uning otasi Sayfiddin Mahmud
Dehlidagi bir Sultonning qo`lida xizmat qiladi. Otasi 1261-yilda (hijar 651) Hindistonda
mug`ullarga qarshi kurashda halok bo`ladi. Maktab va madrasa tahsilini olgach u 1273-yili
Sulton Mamluk xizmatiga o`tadi. Keyinchalik Dehlida G`iyosiddin Balban, 1281-yili
G`iyosiddin Muhammad Sulton uni xizmatiga oladi. 1286-yili u Patyoliyga onasi va
ukasini oldiga qaytadi. Amir Xusrav Dehlaviy tasavvuf ilmini o`rganib, darveshlikni
ixtiyor qildi va Shayx Nizomiddin Dehlaviyga murid tushdi. 1299-yilda uning boshiga
musibat tushdi, ya'ni onasi va ukasi vafot etdi. Bu g`amni u «Layli va Majnun» asarida
ham tilga oladi. Tarixiy manbalarda keltiradiki, Amir Xusraviyning yetti farzandi bo`lgan:
1. Mastura
2. Ma'sud
3. Xizr
4. Rukniddin
5. Afifa
6. Ayniddin Muborak
7. Malik Ahmad
Dehlaviy merosini quyidagilar tashkil qiladi: «Chor devon»
«Tuhfat-us-sig`ar» (yoshlik ayyomi, 1272)
«Vasat ul-hayot» (o`rta yosh, 1286)
«G`urrat ul - kamol» (kamolot davri, 1302)
«Baqiyat-ul-naqiya» (qarilik, pirlik 1314)
Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa»siga javoban «Panj ganj» ini yozadi:
«Matla'-ul-anvar», «Maxzan-ul-asror» ga javob tarzida bitilgan
«Shirinu Xusrav»-«Xusravu Shirin»
«Majnunu Layli»- «Layliu Majnun»
«Hasht behisht»- «Haft paykar»
«Oynai Iskandariy»-«Iskandarnoma»
Tarixiy mavzularda quyidagi asarlarni yozgan:
«Duvalroiy va Xizrxon»
«Qiron-us-sa'dayn»
«No`h sipehr»
«Tug`luqnoma»
«Ruh ul-oshiqin»
«Mantiq ul-ushshoq»
«Xazoin ul-futuh»
Xusrav Dehlaviy maktablarini yig`ib, «E'chozi Xusraviyni» tuzgan bo`lsa,
insholarini «Inshoi Amir Xusraviy» sarlavhasi bilan tartib berdi. Amir Xusraviy yozgan
«Xamsa»ning besh dostonini to`liq tahlil etishning iloji yo`qligi bois «Matla'-ul-
11


Aim.uz
anvar»dagi boblarning mavzularini ko`rib chiqamiz. Mazkur asarni shoir ikki hafta ichida
yozgan. U 3310 baytdan iborat bo`lib, musallasi maqsur vaznida yozilgan avvalgi maqolat
baland darajada va martabaga ega inson haqida. Muso payg`ambar to`g`risidagi hikoyat
fikrlarning isboti yang`lig` ko`zga tashlanadi:
Charx turo bahri sharaf soxta,
Tu tani xud degi alaf soxta.
Dil, ki zi pasty so`i bolo shitoft,
Har chy furo` did, hamma hech yoft.
Ikkinchi aqola ilm fazilati va johillik xususida bo`lsa, uchinchisi qalb, ruh va
shuurga ma'naviy ta'sir etuvchi suxan, to`rtinchisi Ollohning yagonaligi hamda
musulmonchilikning 5 asosi, beshinchisi pokiza ahloq, oltinchisi so`fiylik va
tarkidunyochilik, yettinchisi nafs pokiziligi, sakkizinchisi ishq martabasi, to`qqizinchisi
do`stlik, o`ninchisi ota-ona va farzand hamda xesh taborlarning munosabati, o`n birinchisi
javonmardlik, saxovat, xusumat, o`n ikkinchisi islom g`oziylari-podshohlari, o`n
uchinchisi- mamlakat hukmdorlari, o`n to`rtinchisi-diyonat, o`n beshinchisi-shaxsning
adabi, o`n oltinchisi-insonning surat va siyrati, o`n yettinchisi umrning uch fasli-yoshlik,
yigitlik, qarilik, o`n sakkizinchisi vahdat ul-vujud, o`n to`qqizinchisi dunyoi dundan
shikoyat, yigirmanchisi farzandga nasihat xususidadir. Ayni shu «Matla' ul-anvor» ni
yozayotganda shoir yetmish yoshda bo`lib, asarni qizi Masturaga nasihat bilan
xotimalaydi.
Ey ruhu tu chashmu charog`i dilam,
Xubtarin meva zi bog`i dilam
Garchi ki ixvoni tu nek axtarand,
Ne zi tu dar didai man behtarand.
(Ihvon-barodaron-birodarlar)
Xusravning mazkur nasihatlarini faqat qizi Masturaga tegishli deb tushunish xato
bo`lardi. U barcha farzandlarga taalluqli. Har qanday farzand uchun qanoat, sabr-toqat,
munosib ahloq bezak sanaladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Amir Xusrav Dehlaviy so`z
san'atkori, shoir, nosir, olim, tarixchi. Garchi Hindistonda yashagan bo`lsa-da, XIII-XIV
asr fors-tojik adabiyotining yetuk vakili sifatida ko`pgina janrlarda ijod qildi. xamsachilik
ana'anasini davom ettirib, besh mustaqil dostondan iborat «Panj ganj» ni tartib berdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə