O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


ABDURAHMON JOMIY (1414-1492)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
download-edfiles-17902

ABDURAHMON JOMIY (1414-1492)
XV asr fors- tojik adabiyotining rivoji uchun eng muhim davr bo`ldi. Temuriylar
saltanatining takomili, temuriyzoda hukmdorlarning fan va san'atga homiyligi misli
ko`rilmagan darajadagi yutuqlarga olib keldi. Hirot, Xuroson, Movorounnahr, Shom,
Samarqad ulkan madaniyat va ma'rifat maskaniga aylandi. Tasviriy san'atda Kamoliddin
Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali, Muhammad Muzahhib, Muhammad Naqqosh, Shoh
Muzaffar, naqqoshligu hattotlikda Amir Ali Tabreziy, Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Ali
Xandon, Mir Ali Qilqalam, Darvesh Muhammad Buxoriy, Udiy, Hoja Yusuf, Darvesh
Ahmad G`ijjak nom chiqargan bo`lsa adabiyo muhitda bir qator adibu ulumolar qalam
tebratishdi. Shoir Ashraf- Shohruh Mirzo zamonida Hirtda yashagan. Nizomiyning
«Maxzan ul asror» iga javob tarzda «Minjoh ul -afror», «Haft paykar»iga «Haft avrang»,
«Layli va Majnunga» «Riyoz ul-oshiqin», «Xusravu Shirin» ga «Ishqnoma» asarlarini
yozgan. Beshinchi asarni ham bitgani haqida ma'lumot bor, xolos. Ali Osiy «Layli va
Majnunga» javob tariqasida «Xayol va visol», Faseh Rumiy «Xamsa», Xoja Imomiddin
Lohuriy «Layli va Majnun», Amir Shayxim Suhayliy «Layli va Majnun», Abdullo Hotifiy
«Xamsa», Kotibi Turshezi Nishopuriy «Gulshani abror», «Nazir va Manzur», Kotibiy
«Synoma», Mavlono Orifiy «Go`yu Chavgon», Mavlono Muhammad Ahlii Sheroziy
«Sha'mu parvona», «Sehri xalal» asarlarini yozgan. Shu bilan birga Qosim Anvar,
Jamoliddin Hamzai Azuriy, Og`a Malik Shohiy, Sirojiddin Bisoti Samarqandiy,
Burunduqi Buxoriy kabi shoirlar g`azal janrini baland mavqega yetkazishdi. Ayni shu
davrda yashagan Husayn Voiz Koshifiyning «Anvori Suhayliy» asarini, Davlatshoh
Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» tazkirasini ta'kidlash joiz.
14


Aim.uz
Abdurahmon Jomiy hijriy 817-yilning 23 sha'boni melodiy 1414-yilning 8-
noyabrida Jom shahrida tug`ilgan. Otasi Ahmad ibni Muhammad Dashtiy o`z
zamonasining yetuk ziyolilaridan edi. Uning avlodi Isfahondan Jomga ko`chib o`tadi.
Otasi bilan Hirotga kelgan Jomiy Nizomiya madrasasida Junayd Usuliydan ilk saboqni
oladi. Keyinchalik zamonasining ulug` mudarrislari Mavlono Xojali Samarqandiy, Sayid
Sharif Jurjoiy, Shahobiddin Muhammad Jojarmiy, Sa'diddin Taftazoniylardan saboq oladi,
so`xbatlaridan bahramand bo`ladi.
Jomiy Naqshbandiya tariqatining buzurg murshidlaridan. Uning tariqatdagi ilk
ustozi Sa'diddin Qoshg`ariy, ikkinchisi Xoja Ahrori Valiy edi. Hayot davomida Jomiy yetti
marta safar qilgan:
Avvalo Jomdan Hirotga; ikkinchisi, Shohruh Mirzo zamonida ilm olish maqsadida
Samarqandga; uchinchisi, Samarqanddan Hirtga; to`rtinchisi, Xoja Ahrorni kutib olish
maqsadida Hirotdan Marvga; beshinchisi, 1466-yilda Xoja Ahrori Valiy suhbatlariga
yetishish uchun samarqandga; oltinchisi, Samarqandga. Ayni shu safar chog`ida Toshkand
atrofida 1469-1470 yillarda Xoja Ahror bilan uchrashadi. yettinchisi, 1471-yilda Hirtdan
Hijozga, Makkaga. Safar chog`ida Jomiy, Nishopur, Sabzavor, Bastom, Domgon, Simnon,
Qazvin, Jomiy Hirotga qaytib, umrining oxirigacha shu joyni manzil qiladi. U 1492-yil 25-
noyabrda (hijriy 898, 17 muharram) Hirotda vafot etadi. Ulug` murshidning o`limi Navoiy
kabi shaogirdlarga juda og`ir edi. Hazrat Alisher ustoziga bag`ishlab, «Xamsat ul-
mutahayyirin» asarini yozgan edi.
Jomiy adabiy merosini quyidagilar tashkil etadi:
1. «Haft avrang» (haft sitora, haft taxt)
- «Foteh-ush-shabob» (1479)
- «Vasat ul-aql» (1480)
- «Xotimat ul-hayot» (1491)
- «Silsilat-uz-zahob» (1485)
- «Tuhfat ul-ahror» (1481)
- «Solomon va Absol» (1485)
- «Suhbat ul -abror»(1481)
- «Yusuf va Zulayho» (1483)
- «Layli va Majnun» (1484)
- «Xiradnomai Iskandariy» (1484)
2. «Bahoriston»
3. «Nafahot ul-uns»
4. «Risolai muammoi kabir»
5. «Risolai mutavassit»
6. «Risolai tarihi xojagon»
7. «Manoqibi xoja Abdulloi Ansory»
8. «Risolai qofiya»
9. «Favoidi Ziyoiya fi sharhi qofiya»
10. «Sarfi forsii manzum va mansur»
11. «Risolai Aro`z»
12. «Risolai musiqy»
13. «Munshaot»
14. «Risolai tarihi» so`fiyon»
15. «Ash'at – ul-lamaot»
15


Aim.uz
16. «Sharhi ruboiyot»
17. «Sharhi bayte chand az masnaviy Mavlavy»
18. «Risolai taqiqi mazhai so`fy va mutakallim va hakim»
19. «Tarchutai arabayni hadis»
olimlarning fikricha, Jomiyning barcha asarlari 96 nafarni tashkil etadi. Uning
tasavvuf tariqatiga mansubligi g`azallarida ham o`z ifodasini topgan. Shu barobarida
asarlar qat-qatida xalq og`zaki ijodining namunlari sindirilgan. Jomiy g`azalchilikda
Xayyom va Hofiz yo`lidan borsa, qit'anavislikda Ibn Yamin, dostonchilikda Sa'diyni ustoz
deb biladi. Masalan, «Bahoriston» da boblarni tartib berish, hikoyatlarni joylashtirishda
«Guliston» an'anasidan foydalanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə