O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


ABU ABDULLOH RO`DAKIY (858-941)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
download-edfiles-17902

ABU ABDULLOH RO`DAKIY (858-941)
Abu Abdulloh Ro`dakiy fors-tojik adabiyotining asoschilaridan bo`lib, Somoniylar
podsholigi zamonida Buxoroda tug`ilgan. Zamonasining mashhur tarixchi, faylasuf,
olimlaridan muntazam tahsil olgan. Abdullohni saroyga chaqirishadi. Ro`dakiy yozgan
asarlarning oz miqdori bixzgacha yetib kelgan. Unda shoir haqiqiy hayotni tasvirlashga
harakat qiladi. Ayniqsa, «Qarilikdan shikoyat», «May onasi» qasidalari va o`nlab o`ynoqi,
ravon, sermazmun g`azallari kishini o`ziga maftun etadi. Shoir ijodini ilmiy o`rgangan
olimlar uning «Kalila va Dimna» ni nazmga aylantirganini qayd etadilar. Somoniylar
saroyidagi muhitga o`rganolmay qolgan Ro`dakiy o`zi tug`ilgan Panjrudak qishlog`iga
qaytadi. 941-yilda o`sha yerda vafot etdi. 1957-yili dunyo bo`yicha Ro`dakiyning 1100
yilligi keng nishonlandi. 1963-yilda Tojikiston hukumati eng yaxshi badiiy asar uchun
Ro`dakiy nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etdi.
«Qarilikdan shikoyat» asari shoir Ro`dakiyning hasbi holi tarzida qabul qilinadi.
O`zbek tiliga G`afur G`ulom juda sodda, ravon tarjima qilgan. Shoir qarilik holatini
tishining to`kilishi, sochining oqarishi, qaddining xam bo`lishi tarzida tasvirlaydi:
Tishim bari to`kilib ketdi, durri g`alton ketdi,
Ularni tish dema, balki charog`i tabon edi.
Oqish kumush edi-yu, xuddi duru marjon edi,
Buloqning qatrasi yoinki tongda cho`lpon edi.
Dunyoning bevafoligini uqtirgn shoir yoshlik kezlarini eslaydi. Shod-xurram
yurgani-yu gajak-gajak qora sochini, atlas kabi yuzining tiniqligi-yu bir ko`p kanizaklar
unga oshiqligini zavq bilan qalamga oladi:
Sen, ey yuzi to`lin oydek go`zal, ne bilgaysan?
Besh olti kuni nari holim nechog`li shodon edi?
Ko`pincha sen gajaging birla menga maqtanasan?
Gajak-gajak qaro sochim misoli chavgon edi.
Yuzim tekisligi atlas kabi zamon o`tdi,
Mening sochim u zamonda qaro-yu qatron edi.
Ro`dakiy yoshligidagi ijodiy shijoatini tasvirlarkan, she'riy tilining burroligini alohida
uqtiradi. O`shanda u o`zining eng boy inson deb biladi:
Dilim xazinasi o`z gavhari-la limmo-lim,
Qayonga xatki yozibman she'r muhr unvon edi.
Ko`rib turibsan o`zing Ro`dakiyni, oy yuzlim,
Ko`rolmading uni, attangki, u boy inson edi.
Shoir o`zining yigitlarning yigiti, she'rlari olamga manzur, devon tuzgan Xuroson
shuarosi deb bilib, mazkur yuksalishning ulug` manbai Somoniyligiga alohida urg`u
beradi:
Butun she'rlari manzuru tinglamish olam,
Butun she'rlari o`z-o`zigacha devon edi.
Uning she'rlarini tinglagan jahon o`tdi,
6


Aim.uz
Kechib zamonaki, ul shoiri Xuroson edi.
To`yin-to`kin, bu ulug`lik sabablarini so`rasang, 
Bu ne'matu bu ulug` manbai oliy Somon edi.
Asar oxirida shoir xulosalaydi: avvalo, umr o`tdi, tishlar to`kilib, sochlar oqardi,
qarilik o`z haqqini oldi. Yoshlikdagi qiziqishu, quvonchlar o`tdi-yu, ketdi. Ikkinchidan, biz
yashagan yoshlik damlari va quvonchlarining vaqti zamoni o`tdi, ya'ni endi Somoniylar
davlatining zamoni emas:
Zamona aynadi, men ham tamoman o`zgardim,
Asomni qo`lga ber endi, u boshqa davron edi.
Xullas, Ro`dakiy sazkur asarida tug`ilishidan to qarilikkacha bo`lgan davrini real
tasvirlashga intiladi.
Ro`dakiy qit'alarida ko`tarilgan mavzu ijtimoiylikdan odamiy munosabatlarga
o`tadi, ya'ni zamonadan noliyotgan shoir birdan samimiy ishqqa o`tadi.
Zamona menga juda qimmat nasihat etdi,
Agar bilsang, zamon to`la nasihat erur.
Dedi: o`zdan balandroqni ko`rib g`am yema,
Ko`p kishi bor, sen bo`lishni orzu qilur.
Uning fikricha, ishq mayidan bir tomchi Nil daryosiga tushsa, hidi nahangni mast
qiladi. Agar sahroda chanqagan kiyik bir qatra ichsa, o`zini arslonday tutib, sherni
nazariga ilmaydi. Ishqqa mubtalo oshiqqa har qanday to`siq pisand emas:
Bu maydan bir tomchi Nil ichra tushsa,
Hamisha mast qilur hidi nahangni.
Kiyik bir qatrasin sahroda ichsa,
Arslondek ko`ziga ilmas palangni .
Ro`dakiyning «Jahonning shodligi yig`ilsa bugun…» matla'i bilan boshlanadigan
masnaviysini Muinzoda go`zal tarzda tarjima qitlganki, kattadan kichik barchasi yod
olgan:
Jahonni shodligi yig`ilsa butun,
Do`stlar diydoridan bo`lolmas ustun.
Har qancha bo`lsa ham olamda achchiq,
Achchiqroqdir dono do`stdan ayriliq.
Odamdan yuqori turarkan olam,
Bilim oshirmoqqa muhtojdir odam.
Aqlli kishilar har qaysi tilda,
Har qanday zamonda, har qaysi xilda.
Bilimlarni to`plab, hurmat etdilar,
Toshlarga naqsh etib, bitib ketdilar:
Odamlar qalbining chirog`i bilim,
Yomondan saqlanish yarog`i bilim.
Agar menga birov dushmanlik qilsa,
Doimo do`stlikni ko`zlayman unga,
Muloyimlik bilan so`zlayman unga.
7


Aim.uz

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə