Ta’lim to’g’risida



Yüklə 40,37 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü40,37 Kb.
#139494
  1   2   3   4   5
2-mavzu. Milliy tarbiya Konsepsiyasi


2-Mavzu. Milliy tarbiya Konsepsiyasi
Asosiy savollar:

  1. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va uning mazmuni va mohiyati

  2. Konsepsiya tushunchasining mohiyati

  3. Milliy tarbiya konsepsiyasi

  4. Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati



Tayanch ibora va tushunchalar: ta’lim, tarbiya, qonun, konsepsiya, milliy tarbiya, uzluksiz ta’lim, maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus ta’lim, professional ta’lim, oliy ta’lim.
Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va uning mazmuni va mohiyati
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirila boshlandi.
Bugungi globallashuv davrida jahonning yetakchi davlatlarida taʼlimni rivojlantirishga katta e’tibor berilayotgani barchamizga ayon. Negaki, mamlakatning ravnaqi aynan ta’lim sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlarga bogʻliqdir.
Ilm-fan, axborot kommunikatsion texnologiyalar va boshqa sohalar fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashdan iborat.
2020-yil 23-sentabrda O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi va mazkur Qonun bilan 1997-yil 29-avgustdagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʼgʼrisida”gi Qonunlar oʼz kuchini yoʼqotdi. Unga ko’ra Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi belgilangan bo’lib, bu jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshirilishibelgilangan:
ta’lim tizimining ishlashi va rivojlanishi uchun huquqiy kafolatlar va mexanizmlarni yaratish;
ta’lim olish jarayonida ta’lim oluvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish va shaffoflikni ta’minlash;
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari darajasigacha takomillashtirish;
ta’lim sohasida davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini belgilash va ular o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
ta’lim sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini hamda ularning o’zaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish[1].
Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb tan olinadi.
Ushbu Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, har kimga taʼlim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Qonunnning 7-moddasiga ko’ra mamlakatimizda ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Umumiy oʼrta taʼlim I–XI sinflarni oʼz ichiga oladi.

Yüklə 40,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə