O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə7/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Farg’ona vodiysi kashtachiligi ham eng diqqatga sazovor kashtachilik
markazlaridan biri hisoblanadi. Farg’ona vodiysi - kashtalar shoxsimon grafik gul yoki konstentrik aylanalardan, doira turunjlaridan iborat bo’lgan va yaxshi
yigirilgan ipak bilan “vosita” chokda tikilgan, shuningdek kompozistiyasi fonida ko’p bo’sh joy qolishi bilan ajralib turadi.
Farg’ona kashtalari to’q ko’k yoki binafsha rang shohi va satinlarga tikilgan bo’lib, gullar yuzaga erkin joylashgan va ular juda nafisliligi bilan ajralib turadi.
Ro’yjo uchun qayrishma gulli kungurali buta motivlarining qaytarilishi
xarakterlidir. Farg’ona kashtasi asosan qora fonga yorqin ipaklar bilan tikilgan, qizil malina rang gulli oq qizil malina rang oq sariq butalarning galma – gal qaytarilishi natijasida rangdor ritmli hosil qilinadi. Hamda Farg’ona do’ppilarini eslatadi.
Mahalliy kashta maktablari orasidagi farqni gapirar ekanmiz Surxondaryo kashtachilik san’ati bilan ham tanishishni joiz topdim.Surxondaryo kashtalari o’troq va ko’chmanchilik madaniyatining qorishuvini ifodalovchi ranglar jilosi, kompozistion tuzilmasi, bezak lavhalari tizimida o’z ifodasini topadi. Surxondaryo kashtachiligida XX asr birinchi yarmida o’simlik va geometrik bezaklardan keng foydalanilgan. Ilon izi chiziqlar, gullar tasviri, qo’chqor shoxlari to’lqin
ko’paytiruv alomatlari shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda O.Shoyqulova, N. Qurbonova, U.Jo’raeva, Z.Murodova kabi Surxondaryolik kashta chevarlar an’anaviy kashtachilik davomchilari hisoblanishadi. Ular o’ziga xos unsurlarni saqlagan holda kashtachilikda lola gul, egizgul, oygul, paxta gul kabi zamonaviy talqinlarni qo’llamoqdalar.
Surxondaryo viloyatining Boysun degan tumanidagi deyarli har bir uy o’ziga xos xalq madaniyati.Ularga mayda nuqtalar tushirilgan yoki qush va jonivorlar shakli qo’shib tikilgan.
So’zanalar o’ziga xos alohida boy manzarani namoyon etgan, ularda dunyoning yaratilishi, tabiat, baxt va muhabbat haqida asrlar davomida yuzaga
kelgan tasavvurlar she’riy shalda aks ettirilgan. O’rtada odatda, aks quyosh va oyni mejozit aks ettiruvchi ulkan doiralar joylashadi. Doiralar oralig’ida bodomgul, lolagul, atirgul kabi ismli naqshlar erkin joylashgan, butalarda qaldirg’och va bulbullarning turli maqomdagi tasvirlari aks ettirilgan.
Butun manzara she’riy ramzni namoyon etib turadi. Xalq ustalari, jannatni ana shunday tasavvur qilishadi. Manzaraga qanotli jonzotlar shakli kiritilishi bejiz emas, kashtachilar ularni farishtalar deb atashadi. So’zana chetlaridan “obiy – suv yo’li” o’tadi, u go’yo ertaklar olamini ramziy tarzda chegaralab turadi.
Joynamozlarning bezagi ma’lum darajada cheklangan – namozxon oyog’i turadigan joy odamda gulsiz qoladi. Chetlar esa gul bilan bezatiladi. Surxondaryo viloyatining boysun degan tumanidagi har bir uy o’ziga xos xalq madaniyati
muzeyiga ega bo’lib, ularda xilma – xil kashtachilik buyumlari, gilamlar, kigizlar namoyish etilgan.
2003 yilning yozi va kuzida Boysunning Ko’chkak, Bog’ibola, Labisoy, Ariqusti, Machay, To’da, Duoba, Och machit, Dadband kabi qishloqlariga qilingan bir qancha ekspedistiyalar natijasida qayd etilgan kashtalarning asosiy tarkibi 1960 yillardan hozirgi vaqtgacha yaratilgan buyumlarni o’z ichiga oladi. Ularni orasida eng ko’p tarqalgan buyumlar borpo’li, bo’g’jama, zardevor, joynamoz, bolinpo’sh, belbog’, oynaxalta, choyxalta, so’zana va hokazolar sanaladi. Yorqin kalorit va o’ziga xos gullar Boysun kashtalarining yorqin ko’zga tashlanuvchi xususiyatlaridir.. Qizil, yashil, sariq, ko’k ranglarining mo’lligi hayratomuz engillik va nafislik ila Boysun kashtalarida ajoyib uyg’unlik kashf etadi.
O’zbekistonning boshqa tumanlarida bo’lganidek, Boysun kashtachiligida ham ishlash va handasaviy naqshlar ustunlik qiladi. Joynamozlarda ko’pincha anor va lola tasviri aks ettiriladi. Choyxalta, oynaxalta, belbog’, dastro’mol va sochiqlar ham gul bilan to’ldirilib chiqiladi.
Kashtachilik san’atining qadimgi maktablaridan bo’lmish Buxoro viloyatining milliy kashtachilik, san’atini o’ziga xos xususiyatini, tabiiy bo’yoqlarini qo’llanilishi texnologiyasi va bezaklarining qadimiy nusxalarini tikilishi, shu kunda xalqimiz diqqat e’tiborini o’ziga tortdi.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə