O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Buxoro kashtachilik maktablari



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə9/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Buxoro kashtachilik maktablari


O’rta Osiyoda ipak iplar bilan kashta tikish san’ati eng qadimgi hunar hisoblanadi. Shu jumladan, bu hunarning qadimgi maktablaridan biri Buxoro an’anaviy kashtachiligi ham juda qadimdan rivojlangan. Eramizning II asridan boshlab O’rta Osiyoga Xitoydan ipak keltirilgan. Eramizning IV asrida Vizantiyaga pilla va ipak qurti keltirib, ipak etishtirila boshlaganligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Buyuk ipak yo’lida joylashgan Buxoroda ham shu davrlarda ipak qurti keltirilib, ipak ishlab chiqarish boshlangan bo’lsa ajab emas. Mahalliy sharoitda etishtirilgan xom ashyodan mahsulotlar tayyorlash boshqa hunarmandchilik turlarini rivojlanishiga sabab bo’ldi.


Pillaga ishlov berib, olingan ipak toladan shoyi, atlas, banoras, alocha, adras va boshqa matolar tayyorlash bilan birga, matolarga kashta tikish ham rivojlangan. Eng qadimgi “yo’rmado’zi” uslubida tikilgan kashta eramizdan avvalgi V asrga mansub bo’lib, u Xitoyda topilgan.
O’rta Osiyo xalqlari asrlar bo’yi yaratgan xalq amaliy san’ati namunalari dunyoda katta shuxrat qozongan. U o’zining xilma – xilligi bilan alohida ajralib turadi. Yog’och, ganch o’ymakorligi va naqqoshligi, kulolsozligi, zargarligi, chitgarligi, gilambofligi, zardo’zligi, kashtachiligi shular jumlasidandir.
Xalq amaliy san’atini boshqa turlarida ijod qiluvchi usta maxsus o’qitilib, uzoq va mashaqqatli shogirdlik davrini o’tashi kerak bo’lsa, kashtachilik san’ati bilan har bir ayol o’zicha shug’ullangan. Shuning uchun bo’lsa kerak, kashtachilikda ko’proq xalqning ichki dunyosi, estetik dunyoqarashi aks etgan. O’rta Osiyo xalqlarida kashta bilan uyni va kiyimlarni bezash keng tarqalgan. Devoriy namoyonlar, so’zanalar, joypo’sh, takiyapo’sh, joynamoz, ruijo, zardevor, sandalipo’shlardan tortib, to jullaru dourilargacha, do’ppi, kulox, peshkurta, jiyak, etik, maxsi va kovushlardan tortib, oynaxalta, taroqxaltalargacha kashtachilik bilan bezatilgan.
Hozirgacha ham xalqimiz orasida juda ko’p tarqalgan xalq amaliy san’atining turlaridan biri kashtachilikdir. Turmushda keng qo’llanilgan so’zana, joypo’sh, joynamoz, takiyapo’sh, aksariyat qo’lda: “yo’rma”, “bosma”, “iroqi” kashtachilik usuli bilan bajarilgan.
O’tmishda O’rta Osiyoning ba’zi bir tumanlarining tarixiy va etnik rivojlanish sharoitlari, o’zlarining yaqqol xususiyatlariga ega mahalliy maktablarning vujudga kelishiga olib keldi. Do’ppisining guli yoki kiyimiga qarab o’tkinchining qaerlik ekanligini, uylariga osilgan kashtalariga qarab esa xonadon soxibasining yoki uning onasining kelib chiqishini xatosiz bilib olish mumkin.
2-rasm milliy kashta bosqichlari .
Kiyim – kechak va turar joyni bezashda milliy kashtachilikning munosib o’rni bor. Ayollarimiz, ayniqsa kelinlar va yosh juvonlarning kiyimlari bashang bezatilgan.
Qiz bola yoshligidan boshlab qo’lro’molcha, sochiq, oyna xalta, jiyak – zey, do’ppi va boshqa mayda kashtalar tikib, tajribasini kundan – kunga oshirib borgan. Kelinga keltirilgan dasturxonlar kuyov tomonga qaytarilganda, albatta bo’lajak kelin tikkan kashtachilik buyumlari bilan qaytarilgan. Ular orasida kuyov uchun do’ppi, qo’lro’molcha va sochiqlar bo’ladi. Kashta tikayotgan chevarlar qalblaridagi beg’ubor orzu va istaklarini rang — barang ipak iplardan go’zal naqshinkor gullar tikib izhor etganlar.
Ayollar uchun yagona tasvirlash vositasi bo’lgan kashtachilik, ular ichki dunyosini, ruhiy holatini aks ettiruvchi birdan – bir vositadir. Shuning uchun bo’lsa kerak, bu hunarning ta’sirchanligi boshqa hunar turlaridan yaqqol ajralib turadi, kashtachilikning eng qadimgi namunalari kosibiy usulda qo’lda to’qilgan bo’z karbosga tikilgan. Paxta tolasidan pishiq qilib ishlangan bu matoning donador to’qimasi yuza qismi kashta tikish uchun nihoyatda qulay bo’lgan. Ayniqsa bigiz bilan yo’rmado’zi usulida kashta tikish uchun u juda mos tushgan. Bo’zning rangi oq, malla bo’lib boshqa ranglar uchun betaraf asos vazifasini o’tagan. To’rt – besh enlik bo’z yagona taxta qilib tikilgach, uni chizmakashga berishgan. Chizmakash so’zani gullari kompozistiyasini ijod qilib, tasvirini bo’yoq yoki qalam bilan chegaralab bergach, so’zana yana alohida bo’laklarga chokidan ajratilib, kashtachi chevarlarga tarqatilgan. Oldindan belgilangan asosiy rangli ipak, kashtachilar o’rtasida taqsimlangach, ishga kirishilgan. Mohir kashtachi chevarlar ma’lum erkinliklarga ega bo’lganlar. Ranglari belgilangan gullarni har – xil rang o’yini qilib, jimjimadorlikka erishganlar. Chizmakashning hunari avloddan – avlodga o’tib borgan va uning nozik tomonlari sir saqlangan. So’zana kompozistiyasi aksariyat holda simmetriyaga asoslangan. Ammo ayrim gullar va gul qismlari erkin joylashtirilgan. Kashta tikuvchi chevar chizilgan gullarni oxirigacha tikmay qoldirgan.
Odatga ko’ra chevar hunarini uning bolalari va nevaralari davom ettirsin deb, ataylab shunday qilingan. Kelinning birinchi farzandi tug’ilgach, bu gullarning bir elementi tikilgan. Navbatdagilari uchun ham shunday qilingan. Ayrim gullarning bargi va shoxchalari avlodlar shajarasini bildirgan. Yuz yillar davomida bu sohada ham mahalliy badiiy uslublar tarkib topdi va kashtachilikning yirik markazlari yuzaga keldi. Kashtalarning olti asosiy bir – biridan farq qiladigan yo’nalishlariga ega bo’lgan kashtachilik maktablari mavjud: ular Nurota, Samarqand, Shaxrisabz, Toshkent, Farg’ona, Buxoro maktablaridir.
Keling, hozircha siz bilan Buxoro kashtachilik maktabi haqida gaplashaylik.

Buxoro kashtalarini Nurato kashtalari singari klassifikastiya qilish qiyin, sababi ular juda ham xilma – xildir. Buxoro kashtalarining o’ziga xos belgilaridan biri ularda yo’rma chokni mahorat bilan qo’llashdadir. Yuzada qo’shimcha relefli gul hosil qiluvchi va guldagi shakllar tonining o’zaro uyg’unlashishini ta’minlovchi ornamentning har bir detali yo’rma chok bilan alohida – alohida tikiladi.


Buxoro kashtalarining kompozistiya tuzilishi va gullari ham juda xilma – xildir. Buxoro kashtalarida markaz va burchaklari bo’rtib ko’rinuvchi yopiq kompozistiya ko’proq uchraydi. Bunda asosiy motiv davra — trunj hisoblanadi. Davra – trunj detallari o’zining turli – tumanligi bilan kishini hayron qoldiradi: ular konstentrik aylanalarga, sektor va yulduz kabi shakllarga bo’lingan bo’lib, hammasi motivning yangi variantlar bilan to’ldiradi.
Bigiz – Buxoroda “daravsh” deb yuritiladi. Daravsh bilan tikishda ipak iplar avval kalava shaklida tayorlanadi, bo’yaladi. Bo’yalganidan so’ng kalava qayta koptok shaklida o’raladi va iplarning biri o’ngga, biri esa chapga aylantirilib, tob solinadi, shundan so’ng ular birlashtirilib, ikki ip bir qatim qilinib o’raladi va kichik koptok shakliga keltiriladi. Kashta tikiladigan bigiz ilmoqli, yog’och dastali bo’ladi. Kashta tikish paytida barmoqlarga bigizning ilmog’i zarar etkazmasligi uchun maxsus barmoqqa kiydiriladigan asbob “noxunak” – temir tirnoq, tojikcha so’z bo’lib, “ noxun”-tirnoq, tirnoqqa kiydiriladigan ma’noni bildiradi.
Buxoro so’zanalari qatoriga har bir kashtada har xil hal qilinuvchi, shu bilan kishida ornamenti xilma – xil ekan degan tasavvur qoldiruvchi alohida gulli va xonalari rangli motivli, hoshiyasi yoqimli “islimi” naqshli va palmetalli, rombsimon turli kashtalar qo’yiladi.
Buxoro shahrida tayyorlangan kashtalar o’zining ko’p katta bo’lmagan shakllari bilan ajralib turadi. Bu kashtalarda Buxoroning ming yillik tarixga ega me’moriy yodgorliklaridagi g’isht, loy, sopol, koshin devoriy bezaklarning va naqshlarning ta’sirini ko’ramiz. Buxoro shahrida turli millatlar yonma – yon yashaganlar. Ularning ko’p asrlik birgalikdagi turmushi shaharning boy, o’ziga xos an’analarini va urf odatlarini dunyoga keltirgan. Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan shahar aholisining aksariyati kosiblardan iborat bo’lgan. Kashtachilik buyumlarini asosiy iste’molchilarining aksariyati xam ularning o’zlari bo’lishgan, shuning uchun ham bu davrda yaratilgan Buxoro kashtalari yuksak mahorat va nozik did bilan yaratilgan. Bu kashtalar asosan kosibiy oq rangli ip gazlama “karbos”ga, sidirg’a shoyiga, atlasga, adrasga va hisoriga sof ipak ip – “breshim” bilan tikilgan. Breshim iplari pillaning o’rtasidagi toladan tayyorlangan.
Kashtachilik san’atining qaysi markazi boshqasiga qanchalik ta’sir etgan bo’lmasin, u eng avvalo o’zi shakllangan hududda rivojlangan va aynan shu erga xos belgilari bilan boshqasidan farq qilgan. Asrlar bo’yi yig’ilib, avloddan-avlodga avaylab asrab kelingan an’analar doirasidagi bu poyonsiz boylik, undagi cheksiz xilma-xillik, bu o’ziga xos xalq san’atining bebaxo xususiyatini tashkil etadi.
Buxoro kashtalarining o’ziga xos belgilaridan biri ularda “yo’rma” choki mahorat bilan qo’llanilishida va havo rang, gul rang,binafsha rang, pushti va och sariq rang, qizil malina va ko’k ranglar bilan uyg’unlashidadir.
Buxoro kashtalarida “yo’rma” chokdan tashqari, kompozistiyasi, tuzilishi va gullarni ham juda xilma – xildir. Mato yuziga bir tekis joylashgan ingichka shoxdagi gullar shoxlar bilan o’ralgan yo’rma do’zi qilinganligi bilan ajralib turadi. Buxoro maktabida esa, ko’proq igna bilan birga yo’rma choki bajarilgan.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə