O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə3/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Mavzuning dolzarbligi.


Amaliy san’at o’zining spetsifik xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ’ib etuvchi kuchli g’oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste’dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu - istaklarini, ularning go’zallik va xudbinlik, olijanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuqlari ularning asarlarida o’z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo’lgan ana shunday san’at hayot go’zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilish yo’lidagi kurashga da’vat etdi. Bizning
mamlakatimizda amaliy san’at tarbiyaning kuchli vositasi bo’lib, kishilarni ilg’or qarashlar bilan qurollantirishda, mustahkamlashda, ularning kelajakka ishonchi va kommunistik axloq asoslarini mustahkamlashda muhim o’rin egallaydi.
Ijodkorlarimizning, haqqoniy va hayotbaxsh g’oyalar bilan sug’orilgan asarlari, insonoyat uchun shodlik va ilhom manbai hamda axloqiy tarbiya vositasi bo’lib xizmat qilib kelmoqda.

Tadqiqot maqsadi va vazifasi:


Mazkur bitiruv malakaviy ishi kashtachilikda Buxoro kashtachiligida kompozitsion yechimlar bag’ishlangan bo’lib, barcha amaliy san’at fani o’qituvchilari, san’at kollejleri, o’rta umumta’lim maktablari va to’garak o’quvchilarining ushbu san’at sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishga qaratilgan. Kelajakda yoshlarni avloddan-avlodga o’tib kelayotgan milliy an’analar asosida voyaga yetkazishni maqsad qilib qo’yadi.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi – amaliy san’at turlarini, uning
texnologiyasini o’rganib chiqib, qiyosiy tahlil qilishdir. Maqsaddan kelib chiqqan holda bir qator aniq vazifalar qo’yilgan:Kashtachilik san’ati tarixiga bir nazar, Buxoro kashtachilik san’ati maktabining tahlili, kashtachilik san’atida ramziy naqshlar ma’nosi, kashtachilikda bezalgan sovg’abob buyum turlari. Shular bilan bir qatorda, kashtachilik san’atida qo’llaniladigan asbob-uskunalar va ipak turlari, sovg’abob buyumlarni kashtachilikda bezashda kompozitsiya qonuni, ipakni tabiiy
ranglarga bo’yash texnologiyasi, kashtachilikda ranglar simvolikasi va rang tanlash hamda kashtachilikda sovg’abop buyum tayyorlash texnologiyasidir.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə