O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


O’zbekiston kashtachilik san’ati maktablari



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə5/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Shamsinur diplom — копия

O’zbekiston kashtachilik san’ati maktablari


Kashtachilik – O’zbekiston amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lgan san’at turi hisoblanib O’rta Osiyoning yirik savdo hunarmandchilik markazlari va qishloqlarida keng tarqalgan. San’atning ushbu turi o’zining poetik rang – barangligining saqlab qolishi bilan birga xalq orasida qadrlanib, o’z mohiyatini yo’qotmadi. Kashtachilik asosan 6 ta hududiy guruhlarga, ya’ni maktablarga bo’linadi. Jumladan, Nurota, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent hamda Farg’ona kashtachiligi maktablaridir.
Kashtachilikning yirik markazlaridan biri sanalgan Nurota asrlar mobaynida kashtalarning mukammalligi, aniq ifodaliligi, tasvir aniqligi, o’simlik naqshlarining serjilvaligi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. XIX asrda Nurota kashtalari gulli guldastalar bilan bezatilib matoning oq foniga tig’iz to’ldirilmagan. Nurota kashtachiligi o’zining gullarning serjiloligi Kompozistiyaning bunday turi Nurotada “Chor shohu yak moh” – “4 ta shohu bitta oy” degan ma’noni anglatadi. Shu turdagi so’zanalarga XIX asrning o’rtalarida Nurota kashtachiligi tomonidan yaratilgan, hozirgi kunda esa O’zbekiston Davlat San’at muzeyida saqlanib kelinayotgan ajoyib so’zana o’zgacha engilligi va gulli naqshlarning serjilvaligi bilan ajralib turadi.
So’zana ornamentining ayrim joylarida guldastali guldonlar hamda guldastaning o’rtasida anor shaklini ko’rishimiz mumkin. Mallarang, tillarang, havorang, pushti, nofarmon och yashil ranglar bir – birlari bilan uyg’unlashib, so’zanaga o’zgacha bag’ridillik baxsh etadi. Naqshlari romb shaklida tuzilgan hamda tishli barglar bilan bezatilgan.
(“Tobadoni” – katakli, panjarali) so’zanalar ham Nurota kashtachiligining yana bir turi hisoblanadi. Uning kataklari shoxli barglar, shoxli gullar va kosagullar, hamda qushlar va hayvonlarning shakli bilan to’ldirilgan.
Shunday so’zanalar ham borki, ular mato fondidan ayrim gulli motivlar shaxmat tarzida joylashgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Nurota kashtachiligida keskin pasayishi seziladi.
Gulli motivlar detallarning rang – barangligini yo’qotib, bir xil doiralarga aylanib qoladi.
Nurota kashtalari asosan “bosma” uslubi bilan tikiladi va naqshlarning cheti zanjirsimon uslub bilan aylantiriladi. Kashta ranglari och ranglar bilan tikilgan.
Nurota kashtachiligida quyidagi kashta turlari va badiiy buyumlar tikiladi: so’zana, nimso’zana, takiyapo’sh, joynamoz, joypo’sh, zardevor, gulko’rik, dastorpech,
belbog’, qo’lro’mol, yostiq, oynaxalta, choyxalta, choyshab. Kashta asosan bo’z, chit, satin, shoyi, baxmal movutga tikiladi. Iplari ipakdan yigirilib, bo’yoqlari
tabiiy o’simliklardan olinadi.
Lekin hozirgi kunda sun’iy toladan yigirilgan va kimyoviy bo’yoqlar bilan bo’yalgan iplar kashtachilikda ishlatilmoqda.
Nurota kashtalarini engil, yorqin tonlar: qum, oltin, havorang, malina, pushti, och ko’k roangli iplari bilan tikilgan.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə