O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Bezakni kattalashtirish (kichiklashtirish)



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə15/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Bezakni kattalashtirish (kichiklashtirish).


Ba’zan kashta tikish uchun tanlangan bezak mo’ljallangan buyum kattaligiga to’g’ri kelmay, uni kattalashtirish yoki kichiklashtirish kerak bo’ladi. Buning uchun bezak ustiga ixtiyoriy kattalikdagi o’zaro teng kvadratlardan chiziladi. Bunda kvadratlar qancha mayda bo’lsa, bezakning nuqtalari shunchalik aniq ko’chiriladi va nusxasi ham oson chiziladi. Millimetrli qog’oz yoki toza qog’ozga buyum kattaligidagi to’g’ri turtburchak chizib, bezakdagi kvadratlar soni qancha
bulsa, shuncha kvadratlarga bulinadi. Agar bezak gulni kattalashtirayotgan bulsa, bu kataklar originaldagi kataklardan katta bulib, rasm guli kichiklashayotgan bulsa, bu kataklar originaldagidan kichik bulib chiqadi. Shundan keyin kataklar buyicha originaldagi kashta gulning asosiy nuqtalari toza turga kuchiriladi. Bu nuqtalarni ravon chiziq bilan ehtiyotlab birlashtirib bezakning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nusxasi hosil buladi. Rasm nuqtalarini oson topish uchun chizilgan turning ikki tomoniga raqamlar quyiladi.


Kashtachilikda so’zana bajarish texnologiyasi


“Takiyapo’sh” (Nurato, Buxoroda) “Bolishpo’sh”, Samarqanda, Shahrisabizda “Yostiqpo’sh ” deb yuritiladi. Bular taxmonga (rax) yig’ilgan ko’rpa-yostiqlarni yopib qo’yiladi. Taxmon (rax) o’yning to’rida bo’ladi.
Kashtachilik kishilarga estetik zavq bag’ishlaydi, uylarni bezatishdagi axamiyati bilangina emas, balki asrlar davomida shakllangan odat va rasm- rusmlar sababli ham xalk orasida tarqalgan edi.
Yirik kashtalar: So’zana, takiyapo’sh, joynamoz inson ayniqsa xotin- qizlar hayotidagi quvonchli hodisalar bilan bog’liq bo’lgan.Ularni asosan kelin tomon atab tikar va beriladigan qiz
sepining majburiy hamda asosiy qismini tashkil etadi. Yosh kelin-kuyovlarga qadim-qadimdan saqlanib
kelayotgan odatga ko’ra, kashta gullariga “yomon ko’zdan saqlovchi ” tumorchalar qo’yib tikilgan. Kashtalar shuningdek, motam marosimlarda vafot etgan xotin qizlar tobutlari ustiga ham yopiladi va murda qo’yiladigan oxirat uyining usti berkitilib turadi. Bitgan kashtaga atayin ayrim joylari chala qoldiriladi.
5-rasm milliy kashta kampozitsizyalari.
Bu esa o’ziga xos ramziylikni bildiradi, ya’ni farzandlar davom ettirishini hayotning bog’liqligi avloddan-avlodga o’tishi yoki to’y ketidan to’y kelsin va kashtalar tikilaversin, qizim omon bo’lib boshimiz xursandchilikdan chiqmasin degan ezgu niyatlarini bildiradi.
Kashtalarning hajmi turlicha bo’yi 230-280sm va eni 170-200sm ular yaxlit manzarani kashf etadi. Takiyapo’shlar so’zanalarga qaraganda kichikroq bo’ladi, bo’yi 170-250sm e’ni 120-150sm kompozistiyasi so’zanaga o’xshash bo’ladi. (O’rtalariga) joynamoz va nigoh choyshabi (joypo’sh)ning gullari boshqacha bo’ladi. O’rtalariga gul tikilmaydi. Mehrobli bo’ladi. Bo’yi 130-150sm e’ni 90- 110sm . Joynamozning oyoq tomonidan hoshiya tikilmaydi, ochiq qoldiriladi. Ro’yjo: bo’yi 260-285sm, e’ni 165-200sm.
Uning uy tomoni P shaklidagi hoshiya bilan bezatiladi. Bog’joma: (bug’cha) kunduzlari o’rinni o’rab qo’yish yoki turli xil
buyumlarni tugib qo’yish uchun ishlatiladi, uning markaziga to’rt burchak shaklida ornament tikiladi, gohida bir burchagi gul tikilgan bo’ladi.
Kashtachilik san’atiga ayollar o’zlarining kelajaklari bobolar va o’z baxtlari haqidagi orzu-umidlarini, tabiatga bo’lgan muxabbatlarini va go’zallikka intilishlarini singdiradilar. Bunday kashtaning noyob san’at sifatida yaratilishini tomoshabinning bahri-dilini, insonparvarlik, hayot va tabiatni sevish, ruhiy oziqa olishdek insonda mehir uyg’otadi.
Har bir oilada kashta tikish odat bo’lib, qizlarga yoshlgidan o’rgatilib boriladi. Ular o’zlariga onalaridan chala qoldirilgan kashtalarni tikib davom ettirganlar va o’zlariga ham yangi kashtalar tikkanlar. So’zanalar tikish bir yarim yil ikki yil davom etgan. Agar qizni turmushga chiqishi tezlashtirilsa unda
qarindosh-urug’lari, dugonalari va hamsoyalari to’yga qadar tugatish maqsadida yordamga kelganlar. Gul chizilgan mato bo’lak-bo’lak bo’lib tikilgan va oxirida birlashtirilgan. Kashtalarda “Qalamqosh” yoki “Chizmakash” deb nom olgan talandli xalq rassom- chizmakash ayollari gul chizganlar. Chizmalar o’lchamsiz asosan ko’z bilan chamalab chiziladi. Har bir joy (hududning) o’ziga xosligi mavjud bo’lib, bu o’sha chizmakashning mahoratini uning tabiatini,
o’rab turgan muhidning qanchalik aniq va keng bo’lishga bog’liq bo’ladi. Ular asosan qadimdan qolgan chizmalarni asos qilib, olsalarda chizmalarga o’zlarining fantaziyalarini qo’shib borganlar.
O’zbek kashtalarining o’ziga xos xususiyati hammani maftun
etib olishda, ularda bir xil elementlarning uchramasligi va mexanik ravishda qaytarilmasligidadir.
Umuman olganda qulda tikiladigan kashtaning uslubi ikki turga ajratsa
bo’ladi.

    1. Bezatiladigan tikiladigan matoning arqoq va tonda (o’rish) iplarini sanab kashta tikish.

    2. Matoga gul – naqsh, tasvir konturi chizilib kashtani erkin tikish usulubidir.

Arqoq va tonda (o’rish) iplari kesishtirib to’qilgan mato bo’z shaklida to’qilgan tikiladi. Chunki bunday mato iplarini sanash juda qulay, bizda sanama kashtaning sanama turlari tarqalgan.
Erkin kashta esa har qanday matoga tikilaveradi, bunda kashta gullari ixtiyoriy turlicha bo’lishi mumkin. “Bosma” va “Yo’rma” choklarning tirli xillari qo’llaniladi: ernament gullari ham shu choklarda tikiladi. U chok ikki turga bo’linadi: bosma va kandaxayol ikkalasi ham bir biriga o’xshaydi.
Tikish uslubi: uzun tomonining bir chetidan ikkinchi chetiga ip tortiladi va u ko’ndalang chok bilan tikib chiqiladi. Keyingi ip oldinga bo’ylama tortilgan ipga yopishtirib tortilib, xuddi avvalgisidek eniga siriladi. ”Bosma” uslubda - esa chok mayda bo’lib, deyarli perpendikulyar tikiladi va mato uzunasi tortilgan ipga nisbatan sal qiyshiqroq bo’ladi. Har qaysi qator choklari bir-biridan ajralib turadi. Shunday usulda tikilganda so’zananing o’ng (ros) tomonida chiroyli, nafis relefni gul hosil qilgan choklarning to’g’ri dioganali qatori hosil bo’ladi
So’zana gulida o’n to’rt va undan ko’p rangli ipak kashtalari va ular bir butun jiddiy kolorit hosil qiluvchi qirmizi malina och ko’kimtir, yashil va qizil tilla ranglar ko’pchilikni tashkil qiladi. Qolgan tomonlardan mayda gullarda ustalik bilan ishlatiladi. Eski so’zanalarda ipning tushib ketishiga asosiy
sabablardan biri bo’yoqchilar anor po’stidan foydalanmaganliklari, shu sabab iplar oltmish-yuz yilda tushib ketishi mumkin. Bu hol kashtaning bundan yuz yil va undan ham ko’proq vaqt o’tganidan darak beradi. Kashtado’z bezaklarning matoga joylashtirar ekan, gazlamani haddan ziyot bezab ham tashlamaydi, bekorchi bo’sh o’rinni ham qoldirmaydi. Fon albatta naqish va bezakka katta ta’siri bor. Shu sababli kashtado’z fonning oq, malini va boshqa rangda bo’lishligiga e’tibor bermog’i, fonning o’zi xam qo’shimcha bezak ekanligini diqqat markazida bo’lishini talab qiladi. Fonning bunday xususiyati Markaziy Osiyo xalq hunarmandchiligida o’ziga xos xususiyatga egadir. Masalan; Qazoq va Qirg’iz, O’zbek (Buxoro viloyat Shofirkon, G’ijduvon, Vobkent tumanlarida) qirg’izlarda bunday hol kup uchraydi va bunda fon va naqsh estetik jihatdan bir –biriga hamohangdir.
So’zanada gullar qat’iy o’lchamli, geometrik, simetrik emas, ular erkin, o’lchamsiz, taxminiy olidadi. Shu sababli bunday dekorativ kashtalar yaqinda uyg’unlashib, butun bir yaxlitlikni vujudga keltiradi. Bunda har bir gul o’simliksimon chiziqlarning erkin bir –biriga bog’lanib umiymilikni hosil qiladi. Kashtada bunday vosita yana bir muhim, o’ta talabchanlikni o’zida ifoda qiluvchi kuch – bu kashta tikish uslubi ushbu asarning badiiyligiga bevosita ta’sir etadi. Masalan; Buxoro viloyati Shofirkon tumani “Zuxro” firmasi ishchi qizlari tomonidan tikilayotgan kashta buyumlardagi “Zamindo’zi” uslubida tikilgan gullar ustida relef, ya’ni to’lqinshaklini hosil qiladi va bunday uslubda tikilgan kashtadagi dollar bir tekisda takrorlanadi. Aylana gul sathi hovuzga tushgan tolidan keyin hosil bo’ladigan to’lqinlar kabi birin-ketinli shaklini oladi va bu kashtada o’zgacha hayotbaxlikni namayon etadi. Aylana gullarning chekka qisimlari qora rangdagi ipak yordamida ilmoqli, yo’rma choklarda tikilib, kontur chiziqlarni hosil qiladi. Kashtado’zlar maxsuz ilmoqli bigiz “darvish”laradan
foydalanadi -lar. Bu uslubda kashtaduz gul sothini aylanasiga tikib chiqadi.
Birinchidan; kashtado’z maxorati didi ushbu kashtaning badiiyligiga olib keladi.
Ikkinchidan; kashtachi bo’yalgan ipak yordamida ish bajaradi va
ranglarni o’z didi, dunyoqarashi, ichki- his tuyg’usilari yordamida joylashtiradi.
Uchinchidan; kashtani oq malla qulda to’qilgan bo’zda tikiladi va bunda fondan o’rinli foydalanadi.
To’rtinchidan; kashtachi butun bir badiiy asrning yaxlitligini, undagi detallarning bir-biriga uzviy bog’liqligini ta’minlaydi.
Beshinchidan; kashtachi butun bir panno yuzasidagi markaziy gul saxnini ilojiboricha; chetki obi qismiga moslashtirib, umumiy yaxlit kompozistiyasini hosil qildiradi.
Oltinchidan; panno yuzasidagi gullar shaklan bir-biriga o’xshasada, mazmunan ularni boyitib boradi va betakrar naqshlar yordamida jozibadorlikka erishadi.
Ettinchidan; kashtachi umumiy kurinishda birdaniga tomoshabin ko’zga tashlavchi yorqin rangdagi ipak iplarni shunday joylashtiradiki, sovuq va iliq ranglar almashib keladi va natijada umumiy, bir ko’rinishda rovon manzara hosil qiladi.
Qadimiy kashtachilik merosimizni qayta tiklash, uni XIX asr darajasiga etkazishi hozirgi har bir kashta tikuvchining yagona va ulug’ mavsadi bo’lmog’i lozim, zero bizdan avlodlarga o’zimiz yaratgan go’zal, betakror, nafis badiiy kashtachilik san’at asarlari meros bo’lib kelmoqda.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə