O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə10/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Shamsinur diplom — копия

G’ijduvon chevarlari ipak ipni chap - rost qilib chillikda tob berib bajarsalar, buxoroliklar birishim iplari bilan chap rost toblamasdan kashta tikishgan. G’ijduvon kashtalari asosan oq, kulrang, malla, tabiiy rangli karbos, qizil satin, oq surp va qo’ng’ir rang rensga tikilgan bo’lsa, Buxoro kashtalari oq karbos, rangli adras, shoyi va hisori matolarga bajarilganligi bilan farqlanadi. G’ijduvon so’zanalari joypo’sh va joynamozlari kompozistiyasi an’anaviy markaziy maydon, keng hoshiya va 2 ta tor hoshiyalardan iborat, markaziy maydonda simmetrik naqshlar ketma – ket holatda joylashtiriladi. Keng hoshiyada asosan markaziy maydondagi naqshlar simmetrik holatda takrorlanadi yoki “islimiy” holatda takrorlanadi, naqshdan iborat bo’ladi. Ikkita tor hoshiyada bir – biriga o’xshash geometrik “islimiy” ngaqsh, “miandr”, “mavj” yoki “sebarga”dan ikki yoki uch qator yo’rma chiziqlari o’tkazilgan. Kompozistiyani birinchi holatda asosan geometrik doiralar, “to’pbarggullar”, butalar va shoxchalar tashkil qiladi. Ochiq qolgan joylarga barg, shoxcha, ko’zacha, oftoba, ayrim hollarda qushlar tasviri tikib to’ldiriladi.
Kashtalarda – butagul, gul daraxt, qo’shko’rak, tagalak, anguri, shobarg kabi shaqshlar uchraydi. Ba’zi hollarda katta binolarning arab yozuvida forsiy va turkiy tillardagi baytlar tikib bezatishgan. Odatda, yirik katta buyumlari nusxalarini maxsus tajribaga ega bo’lgan chizmakash – nusxachalar chizishgan. Chizmakash naqshlarni “rangli siyo” – qora tabiiy bo’yoqlar bilan chizgan. Kashta kompozistiyasi chizilayotganda, matoh yaxshi taxta qilib tikilgan, uning dioganallari bo’yicha qatlab markazi topilgan, keyin asosiy maydon va keng hoshiyaga ajratilgan. Har bir kashta nusxasini yaratish chizmakash uchun ijodiy jarayon hisoblangan. U hech vaqt tayyor ulgudan nusxa kuchirmagan. Ammo u kashta nusxasini kashtachiga ham chizma tariqasida bermagan. Uning hunari shaxsiy sirga ega deb hisoblangan. Kashtachilar kashta tikishda ayrim unsurlarni tikmay qoldirishgan. Buning ma’nosi, kashtachi chevarga ko’z tegmasin. “Chashmi bulbul”, “dandon”, “dutarafa dandon”, “zanjiri”, “barra tishi” naqshlari kashta qismlarini chegaralashda qo’llanilgan. G’ijduvon kashtachilari ranglarni mahalliy tilda: pistoqi yashil, nofarmon – siyohrang gulobi ko’k, shirchoyi –
nilobi, gilosi – to’q qizil, kabo’ti – yashil, siyoh – qora, zard – sariq, xokistar – kulrang.
Ipak iplari tabiiy bo’yoqlarga bo’yash uchun ip kalavalari achchiq tosh eritilgan suvga solib qo’yilgan, keyin tozalab olingan, rangga solib qaynatilgan va sirkali suvga botirib olib quritilgan.
Quritilgan ip qayta kalava qilinayotganda “xor – cho’p” silliq tayoqcha bilan tekislangan.
Tekislangan ip igna teshigidan yaxshi o’tgan. XX asr boshlarida kelib tabiiy ranglar o’rnini anilin bo’yoqlar egalladi. G’ijduvon kashtalari, o’zining mayin rangini yo’qotib, oftobda tez oqaradigan sun’iy ranglarni ko’proq ishlata boshlashdi. Bu esa G’ijduvon kashtalarining ham qimmatini pasaytirishga sabab bo’ldi.
Buxoro milliy kashtachiligida Shofirkon kashtalari o’ziga xos alohida o’rin egallaydi. Shofirkonda ipakchilik qadim davrlardan taraqqiy etgan. Kashtachilik esa xalq ijodining eng ommaviy demokratik formasi bo’lib kelgan. Uylarga bezak berish san’atining barcha sohalarida tajriba avloddan-avlodga o’tish usuli bilan rivojlanib borgan. Har bir kashtado’z o’ziga xos yagona usullarni yaratish bilan kashta go’zalligi sayqalshshb borgan. Kashtachilik asosan xotin-qizlar hunari hisoblanib, uy-ro’zg’or tashvishlaridan bo’sh vaqtning bari shu hunarga, u orqali ro’zg’orni ko’rkam qilishga qaratilgan. U xalq turmush madaniyati estetikasida ham o’z aksini topgan.
Kashtado’zlik san’atining nodir namunalari hozirgi kunda jahondagi ko’plab muzeylarda, shaxsiy kolleksiyalarda saqlanib kelmoqda.
Peterburg, Samarqand, Buxoro, Moskvadagi Sharq madaniyati muzeylarida, G’arbiy Evropa, jumladan Berlin xalqshunoslik muzeyi shular jumlasidandir. Bu kashtalar XIX asrning oxirida O’zbekistondan olib ketilgan. O’zbek kashtasi yaxshi o’rganilmagan va ular haqida juda oz ma’lumot bor.
XIX asr oxirida Stokgolmda F.R.Martaniig O’rta Osiyo hunarmandchilik san’ati asarlaridan yiggan kollekstiyasining ko’rgazmasi bo’ldi. Ko’rgazmada Nurota, Buxoro so’zanalari bo’lgan.
Bessertnmng Berlin xalqshunoslik muzeyida saqlanuvchi turli xalqlarning naqshlariga bag’ishlangan albomda Buxoro, Nurota, Shahrisabzning ZOta kashta detallari 3 rangli jadvalda berilgan.
Hozirgi kunda Buxoro kashtachilik san’ataning asl namunalari rus davlat muzeyida (Leningrad) xalqlari etnografiyasi, Sharq madaniyati Davlatmuzeyida (Moskva), Tojikiston O’lkashunoslik muzeyida (Dushanbe), Tojikiston SSR Fanlar Akademiyasi muzeyida, O’zbekisgon xalqlari tarixi muzeyida (Toshkent), O’zbekiston madaniyat va san’at tarixi Respublika muzeyida (Samarqand), tarixiy o’lkashunoslik muzeylarida (Buxoro), O’zbekyston Respublikasi dekorativ amaliy san’at muzeylarida (Toshkent) saqlanmoqda.
Buxoro milliy kashtachiligida Shofirkon kashtalari o’ziga xos alohida o’rin egallaydi.
Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 18-son hunar bilim yurti qoshida 1997-1998 o’quv yilida 120 nafar, 1998-1999 o’quv yiliga kelib 15 nafar hozirgi paytda qishloq yoshlarini milliy hunarmandchilikning etti turi kashtachilik, zardo’zlik, bo’z tikuvchilik, rang-tasvir, kosibchilik guruhlarini ochib, xalqimizda qadim - qadim zamonlardan beri asrab avaylab kelingan xalq hunarmanchiligi sirlari o’rgatilib kelinmoqda. Afsuslar bo’lsinki, 70-yilning totalitar tuzimi davrida, xalqimizning eng noyob,eng qadirli,umirboqiy hunarmandchiligi bo’lgan kashtado’zlik va bashqa hunarlar deyarli yo’qotilgan edi. Bugungi kunda “Zuhra” firmasi misolida milliy hunarmandchilikning ushbu turlari 70-80 yildan keyin qayta tiklandi. “Zuhra” firmasi Shofirkon tuman A. Navoiy jamoa xo’jaligi hududida joylashgan bo’lib kasb-hunar sirlarini o’rgatishda va etishib kelayotgan yoshlarning estetik didlarini shakillantirishga, tarbiyalashda katta xizmat qilib kelmoqda. Yana shuni aytish kerak-ki, xalq ustalari va hunarmandlarining mahoratlaridan o’rinli foydalanmoqdalar.
Buxoroda 1992 yilda milliy hunarmandchilikni qayta tiklash va rivoshlantirish markazi, 1994 yilda “Hunarmand” milliy hunarmandchilik uyushmasi viloyat bo’limlari tashkil qilindi va ularni say- harakatlari tufayli bizning viloyatimizda milliy
hunarmandchilikni bir qator turlari qayta tiklanib, rivojlana boshlandi,ular qatori qadimiy Buxoro kashtado’zligini qayta tiklash uchun D.A Halimova va kashtado’z usta Olloberdieva Zuxrolar Hindistonning Xaydarobod shahriga ipak iplarni tabiiy bo’yoqlar bilan bo’yash sirlarini o’rganishga borishdi. 3-rasm milliy kashta bosqichlari.
Qaytib kelishgach milliy kashtachilikda qadimdan qo’llanib kelingan kashta iplarini mahalliy qo’lda tayyorlana digan bo’yoqlar ustida izlanishlar olib borildi. Ularning izlanishlri natijasi sifatida Buxoro va Shofirkonda tabiiy bo’yoqlar bilan bo’yalgan ipak iplar bilan tikilgan kashtachilik buyumlari ishlab chiqarila boshlandi.
XIX asirning 80-yillarigacha yirik dekorativ kashtalar xonaki oq “karbos” ga siriq rangli “malla” matoga tikiladi. Hozirgi kunda “Zuhra” firmasida ham
oq xonaki “karbos” ga, o’zlari tayyorlagan tabiiy bo’yoqlarda ipak iplarda kashta lar tikish yo’lga qo’yildi. Tabiiy bo’yqlar tayyorlash texnalogiyasini tiklash va uni rivojlantirish yo’llarida keng imkoniyatlardan foydalanmoqdalar.
Buxoro kashtachilik maktabiga mansub yuzlab kashtachilik buyumlari soʼzana, takiyapush, joypoʼsh, tanpokkun, doʼppi, oynaxalta va boshqalar Shofirkonlik chevarlar tomonidan 19 asrning ikkinchi yarmi 20 asr boshlarida bajarilgan. Buxoro Davlat muzeyi kollektsiyasida saqlanayotgan 600 ga yaqin kashta buyumlarining 144 tasi Shofirkon kashtalari, Toshkent, Samarqand va
boshqa shahar muzeylarida saqlanayotgan Buxoro kashtalari orasida ham oʼnlab Shofirkon soʼzanalari yigʼilgan. Shofirkon tumanining bir tomoni bepoyon choʼl Qizilqum burxonlari bilan oʼralgan boʼlsa, ikkinchi tomoni yashil vohaga qoʼshilib
ketgan. Shuning uchun ham kashtalarda ham kulrang, moviy osmon rangi, tilloyi sariq rang, binafsha va qizil ranglar bilan yonma-yon goʼzal bir uygʼunlik kasb
etadi. Shofirkon kashtalari asosan bigiz bilan yoʼrma uslubda tikilgan va «daravsh» deb atalgan. Аyrim hollarda «bosma», «qarsdoʼzi» va «duroʼya» uslublari ham ishlatilgan.
Shofirkon kashtalari-ning nodir namunalari hozirgi kunda jahonning koʼplab muzeylari, shaxsiy kollektsiya-larida saqlanib kelmoqda. Vatanimizning yetakchi muzey-lari kollektsiyalaridagi noyob Shofirkon soʼzanalari bu hunarning shofirkonlik chevarlar sanʼat darajasiga koʼtarganiga guvoxlik beradi.
Shofirkon kashtachili-gining tipik namunasi 19 asrning ikkinchi yarmida tikilgan nimsoʼzana yostiq ustiga yopiladigan kichik namoyon “yoʼrmadoʼzi” uslubida bigiz bilan tikilgan. Аsosi oq rangli kosibiy “boʼz”. Nimsoʼzana 4 boʼlak ensiz gazlamani bir biriga tikib yaxlit taxta hosil qilib, unga toʼrtburchak shaklida markaziy kompozitsiya joylashtirilgan Аsosiy naqsh doira shaklidagi olti bargli “toʼrtbarggul” hisoblanadi. Uning atrofida toʼrt burchagida dioganallar boʼyicha “chorbarg” va “safsargul” nusxalari tushirilgan. Gullar romb shaklida ikkitadan “shoxcha” barglar bilan chegaralangan. Markaziy toʼrtburchakda 10 ta
toʼpbarggulli doiralar , uning girdi islimiy naqshli ikkita tor va markaziy maydondagi naqshni takrorlovchi keng hoshiya bilan oʼralgan. Аsosiy ranglari: qizil, qirmizi, yashil, koʼk, sariq, havorang, malla, siyoh rang va qora rangli ipak iplardir. (Qizil rangli ip jundan tayyorlangan.)
Oʼzbekiston Davlat Sanʼat muzeyidagi soʼzanasi, hajmi 246×170 sm oq kosibiy matoga “qarsdoʼzi” uslubida bajarilgan.Oʼsimliksimon naqshlar ipak iplar bilan tikilgan. Hoshiyada naqshlar markaziy maydondagilarga oʼxshamaydi.
Markazda “shoxchagullar”, keng hoshiyada doirasimon “rozetkalar”
joylashgan.Oʼsimliksimon naqshlar markaziy maydon motivini uygʼunlashtirib yuborgan. Mayin ranglar soʼzanaga nafis koʼrinish kasb etgan.Zangori, kulrang, sargʼish ranglar, qizil, toʼq qizil ranglar bilan qoʼshilib, ranglar tuzilishini tashkil qiladi. Gullari oʼsimliklardan tashkil topgan Shofirkon kashtalaridagi naqshlar
tabiatning abadiy uygʼonishi timsoli boʼlib, yerdagi hayotbaxsh kuchlarning poetik jihatdan ulugʼlanishi ramzi boʼlib xizmat qilgan. Shofirkon chevarlari eng koʼp ishlatadigan naqsh mavzulari “doiragul”, “toʼpbarggul”, “gulisafsar”, “chinnigul”, “namozshomgul”, “bodom” va “qalampir” kashta buyumlariga oʼzgacha chiroy va goʼzallik bagʼishlagan.
19 asrda Buxoro amirligining bekliklaridan biri Nurotada oʼziga xos boʼlgan kashtachilik markazi tarkib topdi. Nurota bir tomondan Qizilqum
choʼllariga, ikkinchi tomondan Oq togʼ tizmalariga tutashgan harbiy strategik joyda joylashgan qadimgi qoʼrgʼon boʼlib, bu vohani katta-kichik yer osti buloqlari suv bilan taʼminlaydi. Аholisi asosan tojiklar boʼlib, ular chorvachilik va
hunarmandchilik bilan shugʼullanishadi. Nurota 19 asr oxirida oʼzining matolari, marmar buyumlari va kashtalari bilan shuhrat qozongan.
Nurota kashtalari boshqa maktablar kashtalaridan badiiy jihatdan farq qiladi. Kashtachilikning yirik markazlaridan biri sanalgan Nurota asrlar mobaynida kashtalarning tasvir aniqligi, oʼsimlik naqshlarining serjilvaligi bilan mashhur. 19 asrda Nurota kashtalari asosan oq kosibiy karbos va och yashil ip gazlama mato ustiga “bosma” va “yoʼrma” uslubida guldastalar bilan bezatilib,matoning oq foni tigʼiz toʼldirilmagan.
Nurota kashtachiligi oʼzining gulli motivlarining boyligi va rang-barangligi bilan Oʼzbekiston kashtalari orasida birinchi oʼrinda turadi. Gul naqshlarining goʼzalligi va boyligi jihatidan Buxoro kashtalariga yaqin tursada, oʼziga xos ijro uslubi bilan alohida ajralib turadi. Nurota kashtalarida baʼzan gul naqshlari,
oʼsimliklar, qushlar, turli jismlar va hatto hayvonlar tasviri, ayrim hollarda yashirin tarzda odamlar tasviri bilan ham boyitiladi. Kashtalar ochiq rangli ipak va jun
iplardan igna bilan sidirgʼa – bosma uslubida tikilgan gul va naqshlar atrofi bigiz bilan “daravsh” chokida chegaralangan.
Nurotada kashta asosan boʼz, chit, satin, shoyi, baxmal, movutga tikiladi.
Iplari ipakdan yigirilib, boʼyoqlari tabiiy oʼsimliklardan olinadi. Nurota
soʼzanalarida ochiq ranglar: qumrang, tilloyi rang, kulrang, pushti rang, havorang,
och yashil rang, qizil rang ishlatilgan. Ranglar Buxoro kashtalari rangiga yaqin, ular bosiqlik va salobatni kasb etgan

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə