O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə4/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Tadqiqot ob’yekti:


O’rta umumta’lim maktablarida va maktabdan tashqari muassasalardagi amaliy san’at to’garaklari tashkil qilish, dars jarayonida va to’garaklarda amaliy san’at tarixi va texnologiyasi, xususan kashtachilik san’atiga b’olgan qiziqishlarini yanada oshirish, dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan keng ko’lamda foydalanish va amaliy san’at turlarini yoshlarga o’rgatishda qo’llash jarayoni.

Tadqiqot predmeti:


Xalq amaliy bezak san’atining kashtachilik san’atiga oid to’garaklarni tashkil etish shakllari va uslublarini ishlab chiqish va amalda qo’llash. Yoshlarga
O’zbekistonning mashhur hunarmand ustalari haqida keng ma’lumot berish va ish uslublari bilan tanishtirish va ularga bo’lgan muhabbat ruhida tarbiyalash.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:


Amaliy san’at fanidan to’garaklarini yangi zamonaviy uslubini ishlab chiqarish, unda o’quvchilarga o’rgatish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish va amalga tadbiq qilish, tarixiy muzeylarha, mashxur rassomlarning uy muzeylarida ekskursiyalar tashkil qilish, rassomlar bilan uchrashuvlar va mahorat darslari tashkil qilish.

Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi


O’zbek milliy kashtachiligi amaliy san’atning eng qadimiy turlaridan biri bo’lib u xalqning o’z turmushini go’zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan.


Kashta (fors tilida – chizilgan, tortilgan) amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turi: igna bilan tikib tushirilgan gul, tasvir, naqsh.Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda xam shuxrat qozongan. O’zbek xalq ustalari qo’llari bilan tikilgan kirpech, suzana, zardevor, gulko’rpa, choyshab kabilar Germaniya Federativ Respublikasi, Belgiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Hindiston, Afgoniston kabi xorijiy, shuningdek, mamlakatimizning Fargona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozistiyaga aylanib qolgan. xozirgacha buyumlar uziga xos guzallik, nafis bezaklarning rangbarangligi bilan kishilarni xayratga solib kelmoqda.
Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlab bermoqda. O’zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muxit bilan bogliq holda barcha kasbxunarlari bilan birgalikda rivoj topgan.
Kashtachilik san’atining eng qadimiysi saqlanmagan. XIV— XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini kurish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur saroyida O’zbek milliy kashta bezaklarini qo’rganini
kundaligida yozib qoldirgan. 1467 yili Kamoliddin Bexzod «Zafarnoma»ga ishlagan
«Temur taxtda» miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani xam aks ettirgan. XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos soldi.
Mashinada kashtalarning ko’p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga putur etkazdi. Qo’l kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim
1-rasm milliy kashta
xillarigina saqlanib qoldi. O’zbek kashtachiligi qo’shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. O’zbek kashtalariga nazar solsak, unda Hind,
Xitoy, Rus, Afgon, Qozoq, Qirg’iz va Tojik kashtachiliklarining usul va uslublarini uchratamiz. Xalq badiiy xunarmandchilik maxsulotlari faqat bizning mamlakatimizda emas, balki chet mamlakatlarida xam cheksiz talab qilinadi.
Pliniyning aytishicha, Vavilon kashtachiligi qadimdan mashxur bo’lib, matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni usha erda kashf etishgan.
Keyinchalik Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach ipak, zar eki jun ip ko’shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuxrat qozongan. Kashtachilik san’atining an’analari Vizantiyada xam rivoj topgan.
XIII va XV asrlarda Kichik Osiyo doirasida paydo bo’lgan xamda Vizantiya imperiyasini barbod qilgan Usmoniy turklar xam ushbu san’atga uzlarining munosib ulushlarini kushganlar. Qirm va Kavkazning qaeridaki Vizantiya madaniyati uzoq vaqt kuchli ta’sir o’tkazgan bo’lsa. Ushu erda kashtachilik rivojlanavergan. Qadimgi Rus xam Vizantiyaga taqlid qilib kashtachilik san’atini o’rgangan. Rus kashtasi gullarining xarakteriga va tikilish usullariga ko’ra juda turli- tumandir. Popok (yurma) chokli kashta tikish Olonets. Vologda viloyatlarida keng tarqalgan.
Bu san’atda xar bir millatning uziga xos eng kup kullaydigan nakshlari buladi. Chunonchi O’zbek kashtalarida usimliksimon, geometrik xamda gul nakshlari kup bulsa, rus kashtachiligida geometrik, usimliksimon shakllar, gullar, kush va mevalar kup tasvirlanadi. Qozoq va Qirg’iz kashtachiligida esa ko’proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
Xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandchiligi an’analarini tarixdan avloddan-avlodga o’tib kelish bilan birga taraqqiyotni yangi sifatiga ega bo’lmoqda, bu jarayon ayniqsa, hozirgi davrda yanada yuqori samaralarga erishuv imkoniyatiga ega bo’lib bormoqda. Shahar va qishloqlarda yashovchi yoshlarni sevimli kasb va xalq amaliy san’atidan kulolchilik, yog’och o’ymakorlik, ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zargarlik, chitgarlik, kashtachilik va hokazolar avloddan- avlodga o’tib kelayodgan kasblardandir. Bu kasblar kishilarni
ma’naviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirish esgetik didini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o’zbek xalq amaliy sanatiy kishilarni badiiy-axloqii jihatdan tarbiyalab, ularning estetik dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Hozir Respublikamizni barcha viloyatlarida tiklanib borayotgan hunarmandchilik va amaliy sanatning noyob turlari rivojlantirilmoqda. U o’zining tarixiy taraqqiyot bosqichida ko’p yillar va asrlar bosib o’tgan, goh yuksalgan, goh pasaygan, lekin unda badiiy an’alarning avloddan- avlodga o’tishi hech qachon to’xtamagan.
O’zbekiston o’zining ko’pgina chevarlari bilan mashhur va xalq san’atining ko’p asrlik an’analarini ardoqlab, asrab kelmoqda. Shuningdek, an’analarini
saqlabgina qolmay, ijodiy boyitib amaliy san’atning yangi milliy turlarini yaratib kelmoqda. Kashtalar uylar va kiyim-kechaklarni bezash uchun qo’llanilgan. Ular qadim zamonlardan beri o’zbek xalqi orasida keng yoyilgan. Uy devorlari,
taxmonlar, ko’rpa- to’shaklar, har xil mayda uy-ro’zg’or buyumlari, kiyim kechaklarning ayrim qismlari kashta bilan bezatiladi, bosh kiyimlarga ham kashta gikiladi. Uylarning devorlarini bezatadigan palaklar, so’zanalar, gulko’rpalar,
zardevorlar O’zbekistondan tashqarida ham mashhurdir.
Qadimiy an’analarga ko’ra o’zbek qizlari – bo’lajak kelinchaklar seplari har xil kashtachilik buyumlarini o’zlari tayyorlaganlari lozim edi. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo’lsa qayliq shunchalik yuqori baholanar edi. Qizlar 7 – 9 yoshdan boshlab kashta tikishga o’rgatilar edi. Ular 3 – 4 yildan keyin mustaqil kashta tika boshlaydilar.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə