O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə2/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Shamsinur diplom — копия

KIRISH


Xalq amaliy sanʼati va milliy hunarmandchiligi anʼanalarini tarixdan avloddan - avlodga oʼtib kelish bilan birga taraqqiyotni yangi sifatiga ega boʼlmoqda, bu jarayon ayniqsa, hozirgi davrda yanada yuqori samaralarga erishuv imkoniyatiga ega boʼlib bormoqda. Shahar va kishloqlarda yashovchi yoshlarni sevimli kasb va xalq amaliy sanʼatidan kulolchilik, yogoch oʼymakorlik, ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zargarlik, chitgarlik, gilamchilik, kashtachilik va hoqazolar avloddan-avlodga oʼtib kelayotgan kasblardandir. Bu kasblar kishilarni maʼnaviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirish estetik didini tarbiyalaydi.


Hozir Respublikamizni barcha viloyatlarida tiklanib borayotgan hunarmandchilik va amaliy sanʼatning noyob turlari rivojlantirilmoqda. U oʼzining tarixiy taraqqiyot bosqichida koʼp yillar va asrlar bosib oʼtgan, goh yuksalgan, goh pasaygan, lekin unda badiiy anʼanalarning avloddan - avlodga oʼtishi hech qachon toʼxtamagan. Oʼzbekiston oʼzining kashta chevarlari bilan mashxur va xalq
sanʼatining koʼp asrlik anʼanalarini ardoqlab, asrab kelmoqda. Shuningdek,
anʼanalarini saqlabgina qolmay, ijodiy boyitib amaliy sanʼatning yangi milliy turlarini yaratib kelmoqda.
Kashtalar uylar va kiyim- kechaklarni bezash uchun qoʼllanilgan. Ular qadim zamonlardan beri oʼzbek xalqi orasida keng yoyilgan. Uy devorlari,
taxmonlar, koʼrpa - toʼshaklar, har xil mayda uy - roʼzgʼor buyumlari, kiyim - kechaklarning ayrim qismlari kashta bilan bezatiladi, bosh kiyimlarga ham kashta tikiladi. Uylarning devorlarini bezatadigan palaklar, soʼzanalar, gulkoʼrpalar,
zardevorlar Oʼzbekistondan tashqarida ham mashxurdir. Oʼzbek xalq ustalari qoʼllari bilan tikilgan kirpech, soʼzana, zardevor, gulkoʼrpa, choyshab kabilar Germaniya Federativ Respublikasi, Belьgiya, Аmerika Qoʼshma Shtatlari, Hindiston, Аfgʼoniston kabi xorijiy, shuningdek, mamlakatimizning Fargʼona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozitsiyaga
aylanib qolgan.Xozirgacha buyumlar oʼziga xos goʼzallik, nafis bezaklarning rang
– barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda.

Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlab bermoqda. Oʼzbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muxit bilan bogʼliq xolda barcha kasb – hunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik


sanʼatining eng qadimiysi saqlanmagan. 14–15 asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini koʼrish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Аmir Temur saroyida oʼzbek milliy kashtalarini koʼrganini kundaligida yozib koldirgan. 1467 yili Kamoliddin Bexzod
«Zafarnoma»ga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani ham aks ettirgan.
Qadimdan ipakchilik rivojlangan vatanimiz hududida nafis ipak iplar bilan kashta tikish xalq orasida keng tarqalgan. Kashtachilik hunari oʼzining koʼp asrlik rivojlanishi tarixida xalq turmushi, uning anʼanaviy yashash tarzi, urf-odati, joʼgʼrofik oʼrni bilan oʼzaro chambarchas bogʼlangan. Kashtachilik hunari bilan
ayollarning deyarli barchasi shugʼullanishgan. Qiz bola yoshligidan boshlab, kashta tikishga oʼrgatilgan. Shunisi muhimki, hunarmandchilikning boshqa turlarida shogirdlik mashaqqatini uzoq muddat bosib oʼtishga toʼgʼri kelsa, kashtachilik maxsus bilimni talab qilmagan.
Kashtachilik sanʼati oʼzbek ayollari ijodida eng ommaviy hunar sanalib, u oddiy xalqning estetik dunyoqarashini aks ettiribgina qolmay, xalq ogʼzaki folьklori bilan oʼzaro uzviy bogʼlangan. Kashtachilikning boshqa hunarlardan farqi shundaki, aksariyat hollarda kashtachilik buyumlari bozorga moʼljallanmagan, asosan xonadon extiyojini qondirish, urf-odatlarni davom ettirish uchun tikilgan.
Shunday qilib anʼanaviy kashtachilik oʼzbek xalqi hayotining hamma jabxalarini qamrab olgan va moddiy madaniyatning buyumlari va ashyolaridan boʼlibgina qolmay, balki xalqning dunyoqarashi va milliy tafakkurining chuqur qatlamlarini aks ettirgan.
Respublikamizning istiqlolga erishishi, yoʼqolib borayotgan qadimgi milliy anʼanaviy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini qayta tiklashga va unga yosh avlodni qiziqtirishga keng yul ochib berdi. Uzoq vaqt davom etgan qattiq
mafkuraviy tazyiqqa qaramay Oʼzbekiston xalqi avloddan-avlodga oʼtib kelgan oʼz tarixiy va milliy qadriyatlarini hamda oʼziga xos anʼanalarni saqlab qolishga
muvaffak boʼldi”².

Аyni paytda qadriyatlarimizni boyitish, milliy mustaqillik mafkurasini shakllantirish jarayonida anʼanaviy xalq hunarmandchiligi va amaliy sanʼati tarixini oʼrganish, koʼplab yoʼqolib ketgan turlarni qayta tiklash xalqimizning


bebaho merosini dunyoga tanitishga xizmat qiladi. “Biz maʼnaviy qadriyatlarni tiklashni milliy oʼzlikni anglashning oʼsishidan, xalqning maʼnaviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb xisoblaymiz.”³
Qadimdan ipakchilik rivojlangan vatanimiz hududida nafis ipak iplar bilan kashta tikish xalq orasida keng tarqalgan. Kashtachilik hunari oʼzining koʼp asrlik rivojlanishi tarixida xalq turmushi, uning anʼanaviy yashash tarzi, urf-odati, joʼgʼrofik oʼrni bilan oʼzaro chambarchas bogʼlangan.
Kashtachilik hunari bilan ayollarning deyarli barchasi shugʼullanishgan. Qiz bola yoshligidan boshlab, kashta tikishga oʼrgatilgan. Shunisi muhimki, hunarmand- chilik ning boshqa turlarida shogirdlik mashaqqatini uzoq muddat bosib oʼtishga toʼgʼri kelsa, kashtachilik maxsus bilimni talab qilmagan. Kashtachilik sanʼati oʼzbek ayollari ijodida eng ommaviy hunar sanalib, u oddiy xalqning estetik dunyoqarashini aks ettiribgina qolmay, xalq ogʼzaki folьklori bilan oʼzaro uzviy bogʼlangan. Kashtachilikning boshqa hunarlardan farqi shundaki, aksariyat
hollarda kashtachilik buyumlari bozorga moʼljallanmagan, asosan xonadon ehtiyojini qondirish, urf-odatlarni davom ettirish uchun tikilgan.

  1. “Xalq hunarmrndchiligi va amaliy sanʼatni davlat tomonidan har tomonlama qoʼllab – quvvatlash toʼgʼrisida”. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I. А. Karimov farmoni 31 mart 1997 yil.

  2. I. А. Karimov “Oʼzbekiston 21 asr boʼsagʼasida. Xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari “Oʼzbekiston “Toshkent. 1997 yil. 137 bet

  3. I. А. Karimov «Oʼzbekiston 21 asr boʼsagʼasida.» T. , 1997 yil. 137 bet.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə