O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə6/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Samarqand kashtachiligi yorqin va o’ziga xosligi bilan alohida ahamiyatga ega. Buxoro, Nurota, Shaxrisabz kashtachiligini an’anariga yaqin bo’lishiga
qaramay Samarqand kashtachilik maktabi o’zining badiiy mahobatliligi, ranglarining qat’iyligi, tozaligi, shakllari harakatchanligi bilan alohida ajralib turadi.
Samarqand kashtalari Nurota va Buxoro kashtalaridan farq qiladi. Ularning guli yirik va uyg’undir, hamda ko’pincha “bosma” chok qo’llanilgan. Samarqand kashtalarining asosiy motivi barglar bilan o’ralgan doira – turunjdan iboratdir. Eski kashtalar kishiga nozikligi va gullarining xilma – xilligi , batartibligi hamda ranglarining bir – biriga monandligi bilan ta’sir etsa, yangi kashtalar kishilarni formalarining kuchi o’ynoqligi, dadilligi, ifodaliligi va gullarining rango rangligi bilan kishini maftun etadi.
Samarqand kashtalarida mahobatlilik va fikrini ochiq ijod qilishi sezilib turadi. Buni doira – turunjlarining aniq ritmik, qora jimjilarining aniq, erkin soyalari ta’minlaydi.
O’rta Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri Shahrisabz kashtalari diqqatga sazovordir. Shaharda ko’zlarni yashnatuvchi gullar va yaxshi o’simliklar ko’p
bo’lganligi uchun u “yashil shahar” nomini olgan. XIX asrda Shahrisabz Buxoro amirligi tarkibidagi bekliklardan biri edi. Beklar va amirlar saroylari kashtalarga buyurtma beruvchi asosiy iste’molchilar edi. Shuning uchun Shahrisabz ayollari mayda kashtachilik mahsulotlaridan sanalgan so’zana, to’n, shuningdek, ot yopg’ichlariga bezaklar tikishar edi. Shahrisabz kashtalari shahar muhitining estetik didini aks ettirdi. Chunki ular saroy ustaxonalarida ishlagan ustalar va rassomlarning ijodiy ishi.
Xalq bezagi an’analari shahar kashtachiligi uchun asos bo’lgan.
O’rtada gul ko’rinishidagi asosiy nishon, uning atrofida turli naqshinkor gul shaklidagi bezaklarni tushirib, ishlov berish shahar kashtalarining asosiy xususiyati edi.
Odatda, asosiy markaziy va eniga ko’ra kashtaning o’rta qismidagi qayishmaydigan 2 ta ingichkaroq qo’shimcha hoshiya qatordan iborat.
Bunday kompozistion qurilmalar gilamlar uchun xos bo’lgan kashtalar tayyorlash uchun qo’lda tikilgan paxta yoki moyi mato shuningdek, ipak va jun iplardan foydalanilgan. Shahar kashtalari yuqori sifatliligi bilan ajralib turgan.
Shahrisabz chevarlari kandaxayon chokidan ko’proq foydalanilgan.
Shuningdek, ular bosma, yo’rma, iroqi choklari ham ishlatilgan.
Tadqiqotchilar, Shahrisabz kashtalari gul bezaklarining mo’lligiga ko’ra Buxoro va nurota kashtalariga yaqin turadi. Bunda tag matoning ayrim qismlarigina ochiq qolgan. Kashtachiligida hamda saroy san’atida keng tarqalgan edi. Ular Shahrisabz yodgorliklari me’moriy bezaklarida ham o’z aksini topgan. Shahrisabz kashtachiligi uchun hoshiyaga tushiriladigan chohor, chiroq usuli xos xususiyat hisoblanadi. Bu usul turmushda ishlatiladigan chiroq shakliga monand ishlangan.
Shahrisabz kashtalarida ko’p sonli gul bezaklari orasida bir qarashda ko’zga tashlanmaydigan qumg’on, xo’roz, anor kabi tasviriy vositalar ko’p uchraydi.
Toshkent Davlat san’at muzeyi kollekstiyasida saqlanayotgan XIX asr oxiriga oid kashta bunga misol bo’la oladi. Shahrisabzning bu qadimiy kashtasi ko’pgina maqola bu yoki tadqiqotlarda tilga olinadi. Bu kashta faqat bezakdorligi va tasvir qatori bilangina emas, balki qo’shimcha qiya hoshiya bo’ylab, arab
harflarida tilak ifoda etilgan yozuvi mavjudligi bilan ham e’tiborni tortadi. Shahrisabz bezakchiligida keng tarqalgan yo’nalishlardan biri ko’p mayda gullar bilan bezatilgan gullayotgan novda ko’rinishdir.
Kashtachilik o’zaro qarama – qarshi ranglar bilan kashtaning go’zal bo’lib ko’rinishiga erishgan. XIX asr so’ngida anilin bo’yoqlaridan foydalanish Shahrisabz kashtalari sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Garchi kashta tikishda safsr moviy rang, yashil kabi ranglardan foydalanish imkoniyati paydo bo’lgan bo’lsada, kashtalari o’zigagina xos bo’lgan tabiiy ranglarning nozik uyg’unligidan mahrum bo’ldi. Xususan, to’q qizil rangni och ko’k bilan yoki yorqin qizil rangni sariq rang bilan ishlatish odat bo’lgan.
Yana bir kashtachilik markazlaridan biri Toshkent kashtasi hisoblanadi.
Toshkent kashtalari ikki tipga bo’linadi: bu palak va gul ko’rpadir.Toshkent
kashtachiligidagi palak va gulko’rpalarni bezashda ko’p mativlar masalan, yulduz, katta – katta doiralar, gulli shaxchalar ishlatilardi. Tikishda asosan “bosma” chok qo’llaniladi. Toshkent palaklarining kompozistiyasi to’q qizil rangli bir – bir tekis tikilgan doiralardan iborat.
Doiralarning soniga qarab masalan “olti oylik kapalak”, “o’n ikii oylik kapalak” va hokazo deb yuritiladi. Gul esa markazdagi yulduz yoki doira va gulli
shoxlardan iborat bo’lib, fonining ko’p eri tikilmaydi, bo’sh qoladi. Hozirgi kunda Toshkent kashtalari butunlay o’zgarib ketdi. Doiralar soni kamayib, o’lchami
kattalashdi, ular qatori o’rnini yangi usuldagi bitta katta doira egallaydi.
Bunday palaklar “oy palak”, “qiz palak” va “tohora palak” deb ataladi. Ular bir tekis fonida ochiq joy qolmaydigan qilib tikiladi. Kashta ranglari bir – biriga umuman qarama – qarshidir.
Kashta ranglari bir – biriga umuman qarama – qarshidir. Kulrang chiziqlar tikilgan, qolgan joylari bir tekis to’q qizil rangli iplar bilan to’ldirilgan.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə