Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
119
3- SINF MATEMATIKA DARSLARIDA FAKULTATIV
MASHG’ULOTLARNI O’TKAZISH METODIKASI
Norkulova Dilorom Oybekovna
BuxDU Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7264474
Annotatsiya:
Ushbu maqolada 3-sinf matematika
darslarida fakultativ
mashg'ulotlarni o'tkazish metodikasi haqida fikr yuritiladi. Buning uchun 3-sinf
matematika kursi mavzulari asos qilib olinadi.
Kalit so'zlar:
fakultativ mashg'ulot, kasr, yuza,
rim raqamlari, to'rt
xonali
sonlarni raqamlash, yozma ko'paytirish, o'nli kasr, vaqt.
Ma’lumki,boshlang’ich sinf matematika kursida boshqa fanlar singari 1-2-
sinfda bilimlar amaliy jihatdan va soddaroq ma’lumotlarga asoslangan holda beriladi.
3- sinfga kelib esa, bu bilimlar uzviy ravishda to’ldirilib, murakkablashtirilib boriladi.
O’quvchilar uchun esa bu jarayon ko’p hollarda qiyinchilik tug’diradi. Ayniqsa, 3-
sinfda o’tiladigan quyidagi mavzular o’quvchilarda yangi tushunchalar bo’lganligi
uchun ham o’zlashtirish jarayonida muammoli vaziyatlar yuzaga keladi.
To’rt xonali sonlarni raqamlash;
Rim raqamlari;
Natijasi 10 000 ichida yozma ko’paytirish;
Kasr
tushunchasi;
O’nli kasrlar;
Yuza o’lchov birliklari;
Vaqt o’lchov birliklari;
Bu kabi mavzularni o’rgatish uchun yangi mavzu bayoniga ajratilgan 20-25
daqiqa kamlik qilishi mumkin. Chunki barcha o’quvchilarning o’zlashtirish
ko’rsatkichlari birdek emas. Dars uchun ajratilgan 45 daqiqa vaqt esa har bir o’quvchi
bilan ishlash imkonini cheklab qo’yadi. Darsdan tashqari mashg’ulotlar
davomida
xuddi shunday masalalarni hal etish ko’zda tutiladi. 3-
sinf matematika darslarida
fakultativ mashg’ulotlarni tashkil etish bunday muammoli vaziyatlarning oldini olish
va ularni hal etishda yordam beradi.
Fakultativ mashg‘ulotlar darsdan tashqari jarayonda o‘tkazilib,
dars davomida
o‘tiladigan mavzular bilan bog‘liq holda, bu mavzularni mantiqiy jihatdan to‘ldirib
borishi kerak. Fakultativ mashg‘ulotlar jarayonida foydalaniladigan
materiallar
darslikdan tashqari va darslikdagi materiallarni
mazmunan davom ettira olishi, bu
bilan o‘quvchida o‘rganayotgan tushunchasiga nisbatan malaka hosil qilish vazifasini
bajarishi kerak. 3-sinf matematika darslarida fakultativ mashg‘ulotlarni
tashkil etish