Onaxon jabborova, zuxra umarova


Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#127992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 
1.
Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari deganda nimani 
tushunasiz? 
2.
“Tarbiya” fani asoslarini nimalar tashkil qiladi? 
3.
“Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati nimalardan iborat? 
4.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 
iyuldagi 422-sonli Qarorini o‘rganing. //www.ziyonet.uz.
9


2-MAVZU: “TARBIYA” FANI MANBALARI 
 
Reja: 
1.
O‘zbek Pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar
2.
Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari
3.
“Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari
 
Tayanch tushunchalar: 
Tarbiya, fan, manba, pedagogika, tarix, yondashuv, jahon, 
xalqlar, masala, bilim, tadqiqot, metod, ko‘nikma. 
O‘zbek Pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar

“Tarbiya” fani manbalari va ularni o‘rganish bo‘lajak boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchisi uchun zaruriyat hisoblanadi. Bu borada o‘zbek 
pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid muhim yondashuvlar bayon 
qilingan. Mazkur o‘rinda namuna sifatida ularning eng muhimlariga 
e’tiboringizni tortamiz.
 “Avesto”
kitobida yosh avlodni Ezgu niyatli, Ezgu fikrli va Ezgu 
faoliyat(amal)li 
shaxslar 
sifatida 
voyaga 
yetkazish 
alohida 
ta’kidlangan.
3
Keyinchalik bu pedagogik tamoyillar jahon xalqlari 
tarbiya jarayonida qabul qilingan. Misol uchun, bu tamoyillar milliy 
pedagogikamizdan tashqari XIX asrda Germaniya pedagogikasida 
asosiy tamoyillar sifatida belgilangan. 
4
Shu sababli mazkur 
tamoyillar hozirgi zamon tarbiya jarayonida ham amaliyotga tadbiq 
etilmoqda. Masalan, yangi milliy g‘oyamizning ikkinchi tamoyili 
Ezgulikdir
.
5
Qur’oni karimda
va 
Hadisi sharif
larda yoshlarni E’tiqodli, 
Yaxshilik va Yomonlikni farqlash ruhida tarbiyalash ta’limi berilgan. 
Buning natijasida VIII asrdan boshlab to hozirgi kunga qadar 
Pedagogika fanimizda mazkur tamoyillar tarbiyaning asoslaridan biri 
bo‘lib kelmoqda. Chunki e’tiqodli, yaxshilik va yomonlikni farqlovchi 
shaxs insonparvar, xalqparvar va vatanparvar kishi sifatida faoliyat 
yuritadi.
3
Авесто. – Тошкент, 2001. 
4
Қаранг: З.Фрейд. Менинг Зардўштим. – Тошкент, 2006 
5
Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий 
ғоямизнинг пойдеворидир. – Тошкент, 2021. 
10


XI asr mutafakkiri 
Yusuf Xos Hojib
“Qutadg‘u bilig” asarida 
yoshlarni Adolatli, Qanoatli va Bilimli qilib voyaga yetkazish metodo-
logiyasini asoslab bergan. Uning yozishicha, bunday fazilatlarga ega 
inson eng yetuk hisoblanadi.
Sohibqiron 
Amir Temur
“Tuzuklar” asarida shaxsni ijtimoiy 
tarbiyalash masalasini talqin qilgan va bunda shaxsda murosa (kompra-
miss) fazilatini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, 
yetuk shaxs do‘stu dushman bilan murosa qiladi. Do‘stga murosa qilish 
tushunarli, lekin dushmanga murosa qilish qanday bo‘ladi? Dushman 
bilan murosa qilish shaxsning aqliy va axloqiy yetukligini bildiradi.
Alisher Navoiy
“Hamsa” asarida bir qator komil insonlar timsolini 
tavsiflab bergan. Misol uchun, “Farhod va Shirin” dostonida Farhodni 
9 yoshida komil inson bo‘lib yetishganini va buning uchun u eng yetuk 
Ustozlardan saboq olganligini tasvirlaydi. Shirin esa o‘z davrining eng 
axloqiy, aqliy va estetik yetuk kishi sifatida taqdim etiladi. Ular bunday 
komillikka yoshligida olgan tarbiyalari tufayli yetishgan. 
Jadid mutafakkiri 
Mahmudxo‘ja Behbudiy
“Padarkush” pedagogik 
dramasida 
bilim
olmagan bolaning padarkush bo‘lib yetishini tasvirlab 
bergan. Chunki bilim tarbiyaning ilmiy va nazariy asosi hisoblanadi.
Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, tarbiya jarayonida 
shaxsda bir talay fazilatlar, tamoyillar va g‘oyalarni shakllantirish 
lozim bo‘ladi. Har qanday tarbiya jarayonida bu pedagogik merosga 
tayaniladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə