Onaxon jabborova, zuxra umarova


O‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#127992
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

O‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini 
aniqlash indikatorlari
. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy g‘oya 
asosida tarbiyalash tarbiya jarayonining negizini tashkil etadi. Ammo 
asosiy masala o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash 
bilan bog‘liqdir. Chunki bugungi o‘quvchi Internet vositasida juda 
ko‘p va keng axborotlar olamida yashamoqda. Bu axborotlarning 
nisbatan ko‘pchiligi haqqoniylikdan yiroqligi ma’lum. Masalan, 
Internet tarmoqlarida vahshiylik, hudbinlik va o‘zni unutishga da’vat 
qiluvchi mulьtimediya axborotlari bor. Shu sababli boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini aniqlash 
indikatorlari shakllantirilishi lozim.
23


Mazkur masalada bizning yondashuvimiz quyidagicha:maxsus 
tuzilgan So‘rovnoma asosida o‘quvchilarning milliy g‘oya asosida 
tarbiyalanganligini quyidagi indikatorlar asosida aniqlash mumkin: 
1)
bolaning ongida insonparvarlik tushunchasining mavjudligi; 
2)
bolaning axloqida ezgulik fazilatlarining tarkib topayotganligi; 
3)
bolaning 
dunyoqarashida 
bunyodkorlik 
tushunchasining 
shakllanganligi. 
Bu indikatorlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy 
g‘oya asosida tarbiyalanganlik darajasini belgilaydi. Bu o‘rinda 
e’tiboringizga namuna sifatida quyidagi Savolnomani taqdim etamiz: 
1.
 
Siz o‘rtog‘ingizga yaxshilik qilishni istaysizmi? 
A. Ha 
B. Yo‘q 
V. Bilmayman 
2.
Siz odamlar bilan birga bo‘lishni hoxlaysizmi? 
A. Bilmayman. 
B. Yo‘q
V. Ha. 
3. 
Siz sinfdoshlaringiz bilan sinf tozaligiga va maktabning
ozodaligiga rioya qilasizmi? 
A. Xa 
B. Ba’zan 
V. Yo‘q. 
Bunday savollar tarkibi qisqa, aniq va o‘n beshtadan oshmasligi 
lozim. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qisqa savollarga aniq 
javob berish psixologiyasiga ega. Sinf rahbari aynan mana shu qoida 
asosida “Tarbiya” fani o‘qituvchisi bilan o‘quvchilarning milliy g‘oya 
asosida tarbiyalanganlik darajasini har chorak ohirida o‘rganib borishi 
maqsadga 
muvofiq 
bo‘ladi. 
Bunday 
o‘rganish 
natijasida 
o‘quvchilarning kelgusi tarbiya jarayoni yo‘nalishlari belgilab olinadi.
O‘zbekiston yangi taraqqiyotinig hozirgi bosqichida o‘quv-
chilarni, ayniqsa 1-sinf o‘quvchilarini milliy g‘oya asosida tarbiya-
lashda amaliy jihatlarga e’tibor berish asosiy vazifalardan hisoblanadi. 
Chunki bugungi kunga qadar amalga oshirilgan milliy g‘oya asosida 
yosh avlodni tarbiyalash jarayonida nazariy yondashuvning ustuvor 
bo‘lib kelganligi ma’lum. Shu sababli bugungi kunda yangi milliy 
g‘oyamiz asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda 
amaliy jihatga alohida e’tibor berish taqozo etiladi. Bu borada 
24


pedagogik vositalardan biri Ijtimoiy so‘rovnoma metodidan oqilona 
foydalanish lozim.
Ijtiomiy so‘rovnoma maxsus tuzilgan savollar asosida amalga 
oshiriladi va unda o‘quvchilarning javoblari to‘liq aks etadi. Ayniqsa 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘rovnoma savollariga ochiq, to‘liq va 
mustaqil javob berishlari tajribadan o‘tgan. Shu sababli har chorakda 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy g‘oyamiz asosida tarbiyalash 
jarayoni Ijtimoiy so‘rovnoma asosida o‘rganib borilishi taqozo etiladi. 
Uning natijalariga asosan milliy g‘oya asosida tarbiyalashning 
navbatdagi tadbirlari, yo‘nalishlari va tuzatish ishlari belgilab olinadi. 
Natijada 
boshlang‘ich 
sinf 
bitiruvchilari 
ta’limning keyingi 
bosqichiga milliy g‘oya asosida tarbiyalanganlik ko‘nikmasi bilan 
o‘tadi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Ijtimoiy so‘rovnoma pedagogik 
metodining barcha jihatlarini chuqur o‘zlashtirishi muhim ahamiyatga 
ega.
Shunday qilib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy g‘oya 
asosida tarbiyalash jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, 
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik faolligini taqozo 
etadi. 
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 
1.
O‘zbekistonning yangi milliy g‘oyasining asosiy tamoyillari 
nimalardan iborat? 
2.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida milliy g‘oya 
asoslarini nimalar tashkil etadi? 
3.
O‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini 
aniqlash indikatorlarini bilasizmi? 
4.
Rus pedagogi K.D. Ushinskiyning “Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi 
haqida” asarini (Toshkent, 1959) va o‘zbek pedagog olimi M.Quro-
novning “Milliy tarbiya” kitobi (Toshkent, 2007) bilan tanishib 
chiqing 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə