Onaxon jabborova, zuxra umarova


“Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#127992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

“Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati. 
O‘zbekiston ta’lim tizimida,
jumladan, oliy ta’lim jarayonida “Tarbiya” fani asoslarini zamonaviy 
talablar asosida o‘qitish va o‘rganish zaruriyat hisoblanadi. Shu 
jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mazkur fanni 
o‘zlashtirish va uni o‘qitishning metodikasini o‘rganish 
zaruriyati
quyidagilar bilan belgilanadi: 
-
fanning asoslarini chuqur bilish; 
-
fanni o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy pedagogik, innovatsion 
hamda axborot texnologiyalarini egallash; 
-
tarbiya masalasiga doir ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganib borish; 
-
inson va jamiyat hayotida tarbiyaning tutgan o‘rnini to‘liq idrok etish; 
-
fan vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash metod-
lari va texnologiyalarini bilish; 
-
fanni o‘qitish bo‘yicha individual pedagogik tajribaga ega 
bo‘lish. 
Mazkur fanni o‘rganish zaruriyati ilmiy, metodologik va amaliy 
jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kasbiy 
talablardan hisoblanadi. Chunki bu fan gumanitar fanlar ichida tarbiya 
jarayonini tashkil etish, uni amalga oshirish va samaradorligini 
o‘rganib borish ishlarini muvofiqlashtiradi. 
7


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Milliy o‘quv dasturi” talabla-
riga asosan o‘qitiladigan fanlar aniq, tabiiy va gumanitar fanlar turku-
miga ajratiladi. Shu jihatdan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ayniqsa, 
boshlang‘ich ta’limda tarbiyaning mazmuni nisbatan o‘zgaradi. Unga 
ko‘ra, quyidagicha yondashuv amalga kiritilishi mo‘ljallanmoqda: 
A) 
aniq fanlar
: Matematika va uning takibiga kiruvchi fanlarni 
o‘qitish vositasida o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish bilan 
tarbiya jarayoni amalga oshiriladi; 
B) 
tabiiy fanlar
: Boshlang‘ich ta’limda “Atrofimizdagi olam”, 
“Tabiatshunoslik”(Science) fanlarini o‘qitish vositasida o‘quvchilar-
ning mustaqil qarashlari, xohish va istaklarini to‘g‘ri tarbiyalash 
amalga oshiriladi; 
V) 
gumanitar fanlar
: “Tarbiya”, “Ona tili va o‘qish”, “Musiqa”, 
“Jismoniy tarbiya”, “Tasviriy san’at” fanlarini o‘qitish vositasida 
o‘quvchilarning aqliy, jismoniy va estetik tarbiyasi amalga oshiriladi.
E’tibor berilsa, bundan keyin boshlang‘ich ta’limda tarbiya 
jarayoni umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. 
Shu sababli bunday tarbiya jarayonini muvofiqlashtirib borish 
“Tarbiya” fani zimmasiga yuklanadi.
Bundan tashqari, boshlang‘ich sinflarda istisno tariqasida estetik
aqliy va jismoniy rivojlanishni nazarda tutuvchi tarbiyaviy tadbirlar 
maqsadli o‘tkaziladi, shuningdek, bayramlar va tantanalar vositasida 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy tarbiyasi amalga oshiriladi. 
Bu jarayonni tashkil etish va amalga oshirish ishlari “Tarbiya” fani 
vositasida amalga oshiriladi, unda mazkur fan o‘qituvchisi va Sinf 
rahbari mas’ul hisoblanadi. 
Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati, 
uning asoslarini o‘zlashtirish va o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni 
amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini egallashi taqozo etiladi. Shu 
sababli “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” 
o‘quv fani bo‘yicha o‘zlashtiriladigan nazariy bilim, didaktik ko‘nikma 
va amaliy kompetentsiyalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 
uchun birlamchi talablar hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur bilim, 
ko‘nikma va kompetentsiyalarni shakllantirish, ularni talabalarda tarkib 
toptirish va talabalarni kasbiy yo‘naltirish masalalari ushbu fan 
vositasida amalsha oshirilishi ishlari tashkil etilmoqda. Kelgusida 
ushbu fanni o‘zlashtirish natijalari bo‘yicha bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
8


o‘qituvchilarining kompetentsiya darajasini aniqlash monitoringi 
o‘rnatiladi. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida “Tarbiya” fani bo‘yicha quyidagi 
malakalarga
ega bo‘lishi 
taqoza etiladi: 
a) fan asoslari bo‘yicha nazariy-kasbiy bilimli bo‘lish; 
b) fanni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish; 
v) fan vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash 
kompetensiyasini egallashi. 
Mazkur masalalar oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘zlashtirilishi 
taqoza etiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiya jarayoni muhim 
pedagogik masalalardan biri bo‘lib, unda o‘qituvchi hozirgi talablarni 
hisobga olishi kerak. Shu jihatdan yuqorida ta’kidlangan Qarorda 
belgilanganidek, “Tarbiya” fanini o‘qitishda quyidagilarga e’tibor 
berish va ularni o‘zlashtirish zaruriyat hisoblanadi: 
-
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan 
odob-axloq, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning to‘liq 
o‘zlashtirilishiga erishish; 
-
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish; 
-
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish 
kompetentligini shakllantirish; 
-
umumta’lim fanlarini o‘qitishning printsipial yangi metodolo-
giyasi asosida tarbiyaning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash. 
Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 
tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishi lozim. 
Shunday qilib “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar oliy 
pedagogik ta’lim jarayonida talab darajasida o‘zlashtirilishi taqoza 
etiladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə