Onaxon jabborova, zuxra umarova


Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#127992
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 
1.
O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar 
deganda nimalarni tushunasiz?
2.
Jahon xalqlari pedagogikasida qanday tarbiyaga oid tajribalar 
mavjud?
3.
“Tarbiya” fanining asosiy ilmiy-tadqiqot metodlarini nimalar 
tashkil etadi? 
4.
O‘zbek pedagogika tarixida mavjud bo‘lgan tarbiyaga oid 
yondashuvlarni konspekt qiling.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
15


3-MAVZU: MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR 
TARBIYASI 
Reja: 
1.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida 
tarbiyalash 
2.
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilari 
ongiga 
umuminsoniy 
qadriyatlarni singdirish 
3.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash 
 
Tayanch tushunchalar: 
Milliylik, umuminsoniylik, tarbiya, qadriyat, sinf, o‘quvchi, 
singdirish, tarbiyalash, baholash, bilim, ko‘nikma. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida 
tarbiyalash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mir-
ziyoyev “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamiz-
ning asosiy poydevoridir” kitobida hozirgi zamon ta’lim jarayo-
nimizda yosh avlodni 
milliy qadriyatlar
asosida tarbiyalash vazifasini 
qo‘ygan.
Milliy qadriyatlar – bu xalqimizning azaldan amal qilib kelayot-
gan fazilatlari, odatlari va turmush-tarzimizning madaniy an’analari 
majmuidir. Shu ma’noda tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarida quyidagi 
fazilatlarni 
shakllantirish taqozo etiladi: 
-
insonni qadrlash; 
-
Vatanni sevish; 
-
o‘zgalarni hurmat qilish; 
-
o‘z manfaatlaridan o‘zgalar manfaatlarini ustun qo‘yish; 
-
mehnatsevarlik. 
Bu fazilatlar xalqimizning mintalitetiga, ya’ni tabiatiga singib 
ketgan. Har bir oilada ularga amal qilishga harakat qilinadi. Boshlan-
g‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifasi o‘quvchilar ongiga ana shu 
fazilatlarni chuqurroq singdirishdan iborat. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini halqimizga xos bo‘lgan 
quyidagi 
odatlarni
singdirish taqozo etiladi: 
-
jamoa bo‘lib yashash; 
-
qo‘shnini hurmat qilish; 
16


-
yaxshilikni baham ko‘rish; 
-
molparastlik va boylikka o‘ch bo‘lmaslik; 
-
halol mehnat evaziga yashash; 
-
biror kasb yoki hunarning egasi bo‘lish. 
Mazkur odatlar xalqimizning milliy tabiatiga mos ekanligini 
xorijlik mutafakkirlar ham e’tirof etadi. Misol uchun, buyuk qirg‘iz 
yozuvchisi Chingiz Aytmatov “Qiyomat” asarida “o‘zbeklarning 
odatlari turkiy xalqlar uchun Bobil vazifasini o‘tagan”, - deb yozadi. 
Ma’lumki, insoniyatning madaniylashuvi hozirgi Osiyoda mavjud 
bo‘lgan Bobil nomli davlatdan boshlangan. Ya’ni insoniyat vahshiylik 
tuzumidan insoniylik tuzumiga o‘tgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari xalqimizga xos bo‘lgan quyidagi 
madaniy turmush-tarz
an’analari bilan tanishtirilishi kerak: 
-
hamisha pok yurish, pok kiyinish va pokizalikka rioya qilish; 
-
muhtojlarga moddiy va ma’naviy yordam berish; 
-
o‘ziga ravo ko‘rganni o‘zgalarga ham ravo ko‘rish; 
-
oziq-ovqatlarni birovlar bilan baham ko‘rish; 
-
odamlarga yaxshi va yomon kunlarida bir xil munosabatda 
bo‘lish; 
-
oilani muqaddas bilish. 
Bu an’analar o‘quvchilar ongini nafaqat ijtioiylashtiradi, balki 
ularda milliy ruhning tarkib topishida muhim o‘rin tutadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiya-
lashda ana shu tayanchlarga asoslaniladi. Ayni paytda, mamlaka-
timizda yashayotgan 130 millat va elatlarning milliy qadriyatlariga 
ham hurmatda bo‘lish ruhi o‘quvchilarga singdiriladi. Chunki bu 
xalqlarning milliy qadriyatlari ham xalqimizning qadriyatlariga mos 
tushadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə