Onaxon jabborova, zuxra umarova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#127992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

“Tarbiya” fani asoslari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
tashabbusi bilan 2020 yilda o‘zbek “Pedagogika” fani tarixida ilk bor 
“Tarbiya” yangi fani ishlab chiqildi. Bu borada O‘zbekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyuldagi 422-sonli “Umumiy 
o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich 
5


amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul 
qilindi va mazkur Qaror bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 
o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Kontsepsiyasi” tasdiqlandi. Qarorga 
binoan “Tarbiya” fani amaldagi quyidagi fanlarni qo‘shish hisobiga 
tashkil etildi: 
1)
boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan “Odobnoma” va “Vatan 
tuyg‘usi” o‘quv fanlari; 
2)
yuqori sinflarda o‘qitiladigan “Milliy istiqlol g‘oyasi va 
ma’naviyat asoslar” hamda “Dunyo dinlari tarixi” o‘quv fanlari. 
Buning natijasida yangi fan shakllantirildi. Ushbu “Tarbiya” 
fanining metodologik asoslarini quyidagilar tashkil etadi: 
-
ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlar; 
-
tarbiya asoslari va manbalari; 
-
tarbiya qonuniyatlari, metodlari va texnologiyalari; 
-
tarbiyaning amaliy masalalari. 
Aynan mazkur asoslar o‘quv fanining negizini tashkil etadi. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bu asoslarni talab darajasida 
o‘zlashtirishi kerak. Aks holda, ularning mazkur fan metodikasi 
bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi talab darajasida bo‘lmaydi. Shuningdek, 
qaror bilan 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab “Tarbiya” fani bo‘yicha 
pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” 
fani Kontsepsiyasi”ga ko‘ra, mazkur fanning 
umumiy asoslari
ni 
quyidagilar tashkil etadi: 
-
huquqiy asoslar; 
-
tashkiliy asoslar; 
-
ilmiy-metodik asoslar. 
Bunda 
huquqiy asoslar
ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy-huquqiy 
hujjatlardan iborat, 
tashkiliy asoslar
fanni umumta’lim maktablarida, 
jumladan, boshlang‘ich ta’limda talab darajasida o‘qitishni va 
ilmiy-
metodik asoslar
esa fanning metodologiyasini anglatadi.
Qarorga 
ko‘ra, 
“Tarbiya” fanining 
asosiy 
tamoyillari
ni 
quyidagilar tashkil etadi: 
a) milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi; 
b) ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish; 
v) fanga oid zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish; 
g) ochiqlik va shaffoflik; 
6


d) tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va 
rag‘batlantirish; 
e) tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok 
etuvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va hususiy 
sektor faoliyatining muvofiqligi hamda mutanosibligi. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining fanga oid bu 
tamoyillarini chuqur o‘zlashtirishi taqozo etiladi. Shu sababli oliy 
pedagogik ta’lim jarayonida, tarbiyaviy tadbirlarda va mustaqil ta’lim 
izlanishlarida ana shu tamoyillarni o‘zlashtirish, faoliyatda qo‘llash 
ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda kasbiy faoliyatda ularga amal qilish 
kompetentsiyasini egallash dolzarb masalalardan biridir. Buning uchun 
har bir talabaning individual shug‘ullanishi, Ustozlar bilan hamkor-
likda faol ishlashi va tarbiya tamoyillarining hayotdagi ifodasini 
o‘rganib borishi taqozo etiladi. Bunda oliy ta’lim muassasalarining 
imkoniyatlari, ta’lim jarayonining sharoitlari va faoliyatning amaliy 
samaradorligidan oqilona foydalanish kerak. Har bir talabaning mazkur 
fan tamoyillarini, asoslarini va istiqbolli maqsad-muddaolarini 
o‘zlashtirishi kasbiy tayyorgarlikning negizlaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə