Onaxon jabborova, zuxra umarova


“Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#127992
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

“Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari
. Bo‘lajak boshlan-
g‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetentsiyalarini o‘zlashtirish 
jarayonida “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini ham 
o‘rganishi muhim ahamiyatga ega. Bu fanning metodlari Pedagogika 
fanining metodlaridan olingan bo‘lsa-da, biroq ular mazkur fan asosida 
kengroq ma’noda tushuniladi. Chunki tarbiya jarayonining xarakteri 
shuni taqozo etadi.
Mamalakatimizda ta’sis etilgan “Tarbiya” fanining eng asosiy 
ilmiy-tadqiqot metodlari
quyidagilardan iborat: 
-
tarbiyaga oid pedagogik merosni o‘rganish; 
-
tarbiyaga 
oid 
jahon 
xalqlari 
pedagogikasi 
tajribalarini 
o‘zlashtirish; 
-
tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlarni bilish; 
-
tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasining bo‘lishi. 
12


Mazkur ilmiy-tadqiqot metodlari o‘rganish, manbalarni o‘zlash-
tirish va tajriba o‘tkazish asoslarida o‘rganiladi.
Bu metodlar pedagogik turkumdagi barcha fanlarda qo‘llaniladi. 
Biroq ushbu metodlardan “Tarbiya” fani ilmiy-tadqiqot metodlarini 
belgilashda quyidagilarga alohida e’tibor beriladi: 
a) tarbiyaga oid pedagogik meros o‘rganilganda qadimdan ke-
layotgan tarbiya g‘oyalari, usullari, tizimi va uni amalga oshirish 
yo‘llariga alohida e’tibor beriladi; 
b) tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o‘zlash-
tirishda tarbiyaviy yondashuvlar, ularning amaliy tajribadan o‘tganligi 
va bugungi kun talabalariga javob berishi masalalariga diqqat qilinadi; 
v) tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirishda aynan tarbiya 
masalasiga yo‘naltirilgan davlat standartlari, malaka talablari va 
murabbiy-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan pedagogik talablarni o‘rganish 
va ularga amal qilish masalalariga e’tibor beriladi; 
g) tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasiga ega bo‘lish 
uchun talabalik davridayoq tarbiya asoslari, metodologiyasi, didak-
tikasi va amaliyotini o‘zlashtirish bilan pedagogik hamda malakaviy 
amaliyotlar davrida amaliy ko‘nikmalar bilan qurollanishga diqqat 
qilinadi. 
Bularning barchasi “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari 
bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish asoslari hisoblanadi. Shu 
jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining quyidagi 
ko‘nikmalarga
ega bo‘lishi taqozo etiladi: 
-
tarbiya asoslarini o‘zlashtirishga qiziqish; 
-
bolaparvarlik sifatiga ega bo‘lish; 
-
muntazam o‘zi ustida ishlab borish; 
-
o‘z tajribalarini ommalashtirish. 
Bular oliy pedagogik ta’lim jarayonida pedagogik turkumdagi 
fanlarni o‘qish, tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish va mustaqil ta’lim 
mashg‘ulotlari vositasida o‘zlashtiriladi. Shu jihatdan hozirgi zamon 
talabalarining faol bo‘lishi taqozo etiladi. Misol uchun, bugungi kun 
talabalari zamonaviy texnik texnologiyalardan foydalanishni yaxshi 
bilishadi, ayni paytda, ular bilim olish masalasida faollashishi kerak.
Mazkur ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda hozirgi oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida quyidagi mashg‘ulotlarning turlari muhim ahamiyatga ega: 
-
amaliy mashg‘ulotlar; 
-
mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari; 
13


-
o‘quv jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy tadbirlar; 
-
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar. 
Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida mazkur mashg‘u-
lotlarni tashkil etish va amalga oshirish tizimini ishlab chiqish zaruriyat 
bo‘lib turibdi. Ayni paytda, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘u-
lotlarining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish bilan ta’kidlangan 
ko‘nikmalarni kutilgan darajada o‘zlashtirish imkoniyati mavjud. 
“Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” 
o‘quv fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini idrok etishda milliy va 
xalqparvarlik tamoyillariga asosiy e’tiborni qaratish lozim. O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sh. Shermatovning fikricha, bugungi 
kunda maktablarda amalga oshirilayotgan “tarbiya jarayoni umumxalq 
xususiyatiga ega bo‘lmoqda”
6
. Buning ma’nosi shuki, umumta’lim 
maktablarida o‘qitilayotgan “Tarbiya” fani umumxalq xususiyatiga
ya’ni xalqimizga xos bo‘lgan fazilatlar, odatlar va turmush-tarz 
madaniyati asolariga tayanishi lozim.
“Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi”
fanining 
ilmiy-tadqiqot 
metodlarini 
shakllantirish 
va 
uni 
o‘zlashtirish tizimlarini belgilashda quyidagilarga asoslanish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi: 
-
davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilangan 
vazifalarni birlamchi bilish; 
-
pedagogik tadqiqotlarda tajriba-sinovdan o‘tgan metodlarni qabul 
qilish; 
-
innovatsion va integratsion xususiyatlarga ega yondashuvlarni 
ilmiy ishlanmadan o‘tkazgan tarzda ilmiy muomalaga kiritish; 
-
o‘zining ilmiy maktabiga ega bo‘lgan pedagoglarning individual 
tajribalarini amaliyot sifatida qabul qilish; 
-
milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlarni tavsiflovchi 
g‘oyalarga asoslanish. 
Aynan bunday yondashuv ushbu fanning ilmiy-tadqiqot metod-
larini belgilab olishda zamonaviylikni keltirib chiqaradi. Chunki 
bugungi kunda oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘qitilayotgan pedago-
gik turkumdagi fanlarning umumiy va individual ilmiy-tadqiqot metod-
lari mavjud. Umuman bizning yondashuvimizga ko‘ra, “Tarbiya” 
6
Шерматов 
Ш. 
Ижро 
интизоми 
– 
жойлардаги 
ислохотлар 
самарадорлигининг асосий омили. // “Янги Ўзбекистон” газетаси 2021 йил 
19 июнь сони 
14


fanining ilmiy-tadqiqot metodlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘lishi shart. 
Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 
muhim kasbiy kompetensiya hisoblanadi.
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə