Onaxon jabborova, zuxra umarova


Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#127992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

 
Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari
. “Pedagogika” 
fanining asoslaridan biri tarbiya masalasidir.
Tarbiya
-shaxsda muayyan jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy va 
ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
1
Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega 
bo‘lishini ta’minlash yo‘lida qo‘llaniladigan chora-tadbirlar majmuasi 
tarbiyani tashkil qiladi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan 
eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, 
kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va 
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina 
bir avloddan boshqa avlodga o‘tadi.
Pedagogik adabiyotlarda “tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda 
qo‘llaniladi.
2
Keng ma’noda
tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, 
uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida 
faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, 
harakatlar va intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda 
tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib 
boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning 
yetakchi g‘oyalari va san’atning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. 
1
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 8-Том. –Т., 2004. 270 –бет 
2
Бордовская Н., Реян А. Педагогика. –Санкт-Петербург, 2001. –С.32 
4


Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va 
ma’lumot ham kiradi.
Tor ma’noda
tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi
ma’naviy-axloqiy qiyofasi va estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan 
pedagogik faoliyatni anglatadi. Bunda oila va tarbiyaviy muassasalar 
hamda jamoat tashkilotlari tarbiya ishini amalga oshiradi. Ta’lim va 
ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga kirmaydi. 
Lekin har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina 
mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning 
faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki, axloqiy-ma’naviy sifatlari 
qaror topishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal 
qiluvchi ahamiyatga ega. Yosh avlodning, umuman, jamiyat 
a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat 
turg‘unlik va inqirozga uchraydi. Negaki, o‘sishi va rivojlanishi 
uchvun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar 
qatorida tarbiya ham rivojlanib boradi.
Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari quyidagilar bilan 
belgilanadi: 
-
tarbiyaning nazariy asoslari; 
-
tarbiya didaktikasi; 
-
tarbiya amaliyoti. 
Mazkur 
masalalar 
tarbiya 
nazariyasining 
negizi 
sifatida 
O‘zbekistonda ta’sis etilgan yangi “Tarbiya” fani asoslarini tashkil 
etadi. Shu sababli jamiyatda tarbiyaning o‘rni, ahamiyati va amaliyoti 
odamlar tomonidan yetarli darajada idrok etilmoqda. Mazkur masala 
bo‘yicha bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nazariy bilim, 
kasbiy ko‘nikma va amaliy kompetensiyalar bilan qurollanishi kerak.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda 
yangi fan “Tarbiya” asoslari bo‘yicha maqsadli bilim berish, tarbiya-
ning yangi metodlari va texnologiyalari bilan qurollantirish dolzarb 
bo‘lib turibdi. Shu sababli mazkur yangi tipdagi elektron-modulli 
darslikning materiallariga diqqat qilish tavsiya etiladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə