O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. O'Zbekistonning mustaqillikka erishuvi va mamlakatda tashqi siyosat tamoyillarini shakllantirilishi



Yüklə 61,29 Kb.
səhifə1/7
tarix23.12.2023
ölçüsü61,29 Kb.
#156488
  1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.


O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………4
Asosiy qism
I BOB. O'ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA ERISHUVI VA MAMLAKATDA TASHQI SIYOSAT TAMOYILLARINI SHAKLLANTIRILISHI
1.1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning asarlarida tashqi siyosatdagi tinchliksevar g’oyalari………………………………………………..12
1.2 Mamlakat tashqi siyosatinining huquqiy asoslari va tamoyillari…………..18
II BOB. O'ZBEKISTON TINCHLIKSEVAR TASHQI SIYOSATI YO'LIDAGI HAMKORLIGI
2.1 O'zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligining asosiy yo'nalishlari………………………………………………………………………..22
2.2 O'zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar bilan tinchlik yo'lidagi hamkorligi..31
Xulosa…………………………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………34
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lida avvalboshdanoq asosiy ustuvor yo'nalishlarga aylangan masalalar — tinchlik va barqarorlikni saqlash, millatlararo hamjihatlikni asrash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, iqtisodiyotni tubdan isloh etish, milliy armiyani shakllantirish, sud-huquq tizimini yangi asosda barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta'minlash, ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish, aholi salomatligi, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, madaniyat va sport jabhalariga e'tibor qaratish, jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallash kabi ko'pdan-ko'p dolzarb vazifalar mustaqildigimizning poydevori qo'yilayotgan davrdan Yurtboshimizning chiqishlarida har tomonlama o'z ifodasini topa boshlagan edi.
Eng muhimi, Prezident Islom Karimov 1991 yil 31 avgust kuni O'zbekiston SSR Oliy Kengashining oltinchi sessiyaisdagi nutqida “Mustaqil O'zbekiston davlatining siyosati insoniylik va ezgulik tamoyillariga asoslanadi” degan dasturiy g’oyani butun dunyoga bayon qildi va mana, yigirma yildirki, davlatimiz ana shu siyosiy printsipga og’ishmasdan, qat'iy amal qilib kelmoqda1.
Mustaqillik yillari yangi mustaqil O'zbekistonning milliy davlatchiligi poydyevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr bo'ldi. Ma'lumki, davlatchiligimizning ming yillik tarixi Rossiya imperiyasiga zo'rlik bilan qo'shib olinishimiz natijasida uzilib qolgan edi. Faqat mustaqillikka erishilgandan keyingina xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub'ektiga aylangan suveren O'zbekiston yangi davlatchiligini qurish va rivojlantirishga kirishdi.
Yuqoridagi tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida kuproq O'zbekistonning harbiy, iqtisodiy, geosiyosiy holatiga ko'ra tashqi siyosati yoritilgan. Biz ulardan farqli ravishda, mamlakatimizning barcha dunyo davlatlari bilan tinchlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosatini ilmiy asoslarda yoritib beramiz.

Yüklə 61,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə