Mexanik singdirish qobiliyati


Allyuvial chimli-o‟tloq tuproqlar



Yüklə 409,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü409,76 Kb.
#136024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuproqlar geografiyasi amaliy 8-dars

Allyuvial chimli-o‟tloq tuproqlar. 
Bu tuproqlar cho‘l zonasining Amudaryo va Sirdaryo 
irmoqlarida, ularning o‘rta oqimidagi quyi terrasalarda, Zarafshon, Surxandaryo, Vaxsh, 
Murg‘ob shuningdek, Atrek daryolarining etaklarida katta maydonlarni egallaydi. Sug‘oriladigan 
dehqonchilik rivojlangan chimli o‘tloq tuproqlar turli mexanik tarkibli qatlamli allyuvial 
keltirilmalarda paydo bo‘ladi. Sizot suvlari sathi 1-3 m chuqurlikda bo‘lib, minerallashuv 
darajasi daryo va uning tarmoqlari uzoqlashgan sayin ortib boradi.
 
Zich chim hosil qiladigan 


40 
o‘tloq o‘simliklari yaxshi rivojlangan. Doimiy ravishda suv bosadigan o‘tloqi tuproqlarda zang 
va ko‘kimtir (zangori) dog‘lar ifodalangan botqoqlanish alomati bor.
 
Allyuvial chimli o‘tloq tuproqlarda gumus 1-3 foiz atrofida, azot –0,17-0,14 foiz. Fosfor va 
kaliy miqdori ona jinslar tarkibiga bog‘liq bo‘lib, umumiy fosfor 0,12-0,13 foiz, kaliy 1,70-2,15 
foizni tashkil etadi. Bu tuproqlarda struktura ancha yaxshi ifodalangan va 0,25 mm dan katta 
makrostrukturalar miqdori 25 foizga yetadi. Sho‘rlangan yerlarda struktura yomonroq bo‘ladi. 
tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik yaxshi va nam sig‘imi ham yuqori. 
Sug‟oriladigan o‟tloq tuproqlar. 
Cho‘l zonasida sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlar keng 
tarqalgan bo‘lib, qadimgi vohalar shu yerda joylashgan. Jumladan, Xorazm va Chimboy vohalari 
hamda Chorjo‘y va Qarshi rayonlari, Amudaryoning o‘rta oqimi vodiylari, Buxoro va Qorako‘l 
vohalari doirasida, Zarafshon daryosi etagida, shuningdek Sirdaryoning qadimgi va hozirgi 
delg‘tasida 2,5-3 ming yillar davomida sug‘orilib kelinadigan tuproqlar keng tarqalgan. Uzoq 
muddatli sug‘orilib dehqonchilik olib boriladigan yerlar relg‘efi tekis bo‘lib, tuproqning 
morfologik tuzilishi, kimyoviy va fizikaviy xossalari hamda unumdorligida katta o‘zgarishlar 
ro‘y bergan. Bu xususiyatlar sug‘orish suvlari keltirib yotqizadigan agroirrigatsiya qatlamining 
qalinligiga va tarkibiga qarab o‘zgaradi.
 
Qadimdan sug‘oriladigan (voha) o‘tloq tuproqlarining genetik gorizontlari uncha yaxshi 
ajralib turmasligi bilan qo‘riq yerdagi shunday tuproqlardan farq qiladi. Odatda voha o‘tloq 
tuproqlarda gumusli qatlam cho‘ziq bo‘lib, chirindining umumiy zahirasi ko‘p bo‘ladi. 
Namlanish darajasiga qarab allyuvial voha-o‘tloq tuproqlar bilan bir qatorda soz voha-o‘tloq 
tuproqlar (Farg‘ona vodiysida) ham tarqalgan. Agroirrigatsiya qatlamining qalinligiga ko‘ra: 
qalin bo‘lmagan –<30 sm; o‘rtacha qalinlikdagi 30-70 sm va qalin qatlamli tuproq – 70 sm dan 
oshiq kabi avlodlarga bo‘linadi. 
Voha-o‘tloq tuproqlarning ayrim agrokimyoviy ko‘rsatkichlari 80 – jadvalda berilgan. 
Allyuvial voha-o‘tloq tuproqlarning yuqori gorizontlarida gumus –1-1,3 foiz atrofida bo‘lib 
shunga ko‘ra azot (0,06-0,07 foiz), fosfor va kaliy miqdori ham o‘zgaradi. Soz voha-o‘tloq 
tuproqlarida gumus (1,67 foiz), azot (0,14 foiz) va ayniqsa harakatchan kaliy miqdori 
(300mg/kg) ko‘proq. Allyuvial va soz voha-o‘tloq tuproqlar fizik xossalari bilan ham ancha farq 
qiladi. Odatda allyuvial o‘tloqi tuproqlarning strukturasi-chidamsizroq bo‘ladi. Agroirrigatsiya 
gorizontining barcha qalinligi bo‘ylab, tuproq zichligi deyarli bir xil (1,40-1,37 g-sm
2
), umumiy 
kovaklik 48-50 foiz atrofida, o‘simliklar ildizi o‘sadigan qatlamda nam sig‘imi 23-25 foiz 
atrofida. 

Yüklə 409,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə