Mexanik singdirish qobiliyati


Moddalar migratsiyasi va relyefning ro‟li



Yüklə 409,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü409,76 Kb.
#136024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuproqlar geografiyasi amaliy 8-dars

2. Moddalar migratsiyasi va relyefning ro‟li 
3. Relyef va tuproqlar geografiyasi 
4. Gidromorf tuproqlarning tarqalishi, hosil bo‟lishi, o‟ziga xos tuproq paydo bo‟lish 
jarayoni va klassifikatsiyasi. 
5. Cho‟l zonasining gidromorf tuproqlari: 
6. Tuproqdagi organik moddalar manbai. 
7. Turli organik va kimyoviy birikmalarning tuproqda parchalanishi va o‟zgarishi. 
8. Tuproq gumusining hosil bo‟lishi, tarkibi va xossalari.
9. Gumusning tuproq paydo bo‟lishdagi va unumdorligidagi ahamiyati. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Reylef,
 
Gidromorf tuproqlar, sizot suvlari, kapillyar namlik
gidrogeologik tarkibi, allyuvial rejim, soz rejim, klassifikatsiyasi, cho’l zonasining gidromorf 
tuproqlari, sohil (qayir) allyuvial, o’tloqi-allyuvial to’qay, allyuvial chimli-o’tloq, 
sug’oriladigan o’tloq, allyuvial botqoq-o’tloq. 
Adabiyotlar: 1,2,4,6,7,10,11,25,42,55.
 


36 
Relyef
– tuproq hosil bo‘lishi va tuproqlarning geografik joylashishida muhim omildir. U 
yer yuzasida issiqlik va namlik, nurash hamda tuproq hosil qiluvchi mahsulotlarni qayra 
taqsimlanishida yetakchi ro‘l o‘ynaydi.Yer yuzasiga tushadigan quyosh energiyasi va atmosfera 
yog‘inlari relief shakllariga monand tarzida qayta taqsimlanadi. Radiatsiyaning qayta 
taqsimlanishi turli yonbag‘irlarning tikligi va ekspozitsiyasiga bog‘liq… 
Rеlyеf 
- uch guruhga, makrorеlеf, mеzorеlеf va mikrorеlеflarga ajratiladi
.
Makrorеlyеf -
dеganda tеkislik, baland tеkislik, tog‘lar singari yirik rеlеf formalari 
tushuniladi. Bu rеlеf havo oqimning harakatiga ta'sir etib, katta maydonlar iqlimini 
shakllantirishda ishtirok etadi. 
Mеzorеlyеf
- balandlikni kam o‘zgaradigan adir-qirlar past balandliklar va vodiylar kabi 
rеlеf shakllari kiradi. Mеzorеlеf tuproqda yoruqlik, issiqliq va namni to‘planishi va tarqalishida 
asosiy rol o‘ynaydi.
Mikrorеlyеf
- rеlеfning kichik, past shakllari bo‘lib, ularga pastqam joylar, do‘ngchalar va 
yеr yuzasi notеkisliklari kiraldi. Mikrorеlеf tuproqnig notеkis namlanishi, fizik, ximik, xossalari, 
ozuqa va tuz rеjimiga ta'sir qiladi va tuproqlarning komplеks holda tarqalishida asosiy rol 
o‘ynaydi.
Gidromorf tuproqlar jumlasiga sizot suvlari yaqin (0,5-3,0 m ) bo‘lgan sharoitda, doimiy 
kapillyar namlik ta‘sirida hosil bo‘ladigan o‘tloq, botqoq, botqoq-o‘tloq tuproqlar va sho‘rxoklar 
kiradi. Gidromorf tuproqlarning xossalari sizot suvlarining sathi, minerallashganlik darajasi va 
shuningdek, davriy ravishda bo‘lib turadigan toshqin suvlari rejimiga bog‘liq. Tuproqning 
namlanib turish holati, shu yerdagi tuproq paydo qiluvchi ona jinslarning mexanik tarkibi va 
fizikaviy xossalariga bog‘liq. Jumladan, yer osti suvlari lyosslarda 3-4 m bo‘lganida, gilli va 
qatlamli guruntlarda 1,5-3 m, da tuproq gorizonti doimiy kapillyar namlanib turadi. 
Gidromorf tuproqlar cho‘l va bo‘z tuproqlar zonalarida tarqalgan bo‘lib, daryolarning quyi 
oqimlari, relg‘ef depressiyalari (cho‘kmaalari)da – ko‘l atrofi, daryo va ko‘llarning qurib qolgan 
pastliklari va tog‘ oldi qiya tekisliklari hamda tog‘oldi yoyilmalarida katta maydonlarni 
egallaydi. Gidromorf tuproqlar maydoni O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan maydonlarining deyarli 
yarmini, O‘zbekistonda esa 40 foizini gidromorf tuproqlar tashkil etadi. 

Yüklə 409,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə