Mexanik singdirish qobiliyati


Gidromorf tuproqlarning hosil bo‟lish sharoitlari va klassifikatsiyasi



Yüklə 409,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü409,76 Kb.
#136024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuproqlar geografiyasi amaliy 8-dars

Gidromorf tuproqlarning hosil bo‟lish sharoitlari va klassifikatsiyasi. 
O‘rta Osiyoning 
cho‘l zonasi va bo‘z tuproqlar zonasi sharoitida o‘tloq tuproq paydo bo‘lish jarayoni faqat gurunt 
(sizot) suvlarning kapillyarlar orqali ustki gorizontgacha ko‘tarilib, tuproqlarning qo‘shimcha 
namlanishi mavjud bo‘lgan sharoitda sodir bo‘ladi. O‘tloq jarayon tuproq va guruntlarning 
xarakteriga, birinchi navbatda ularning kapillyarlik xossalariga bog‘liq bo‘lib, gurunt suvi 1-2-3 
m chuqurlikda bo‘lganda yuzaga keladi.
 
O‘tloq jarayonning yuzaga kelishi uchun tuproqning kapillyarlar orqali namlanishi doimiy 
bo‘lishi shart emas. Bahorda va yozda kuchli namlanishning bo‘lishi o‘tloq o‘simliklarning 
rivojlanishiga sharoit tug‘diradi, natijada o‘tloq tuproqlarning rivojlanishi uchun sharoit vujudga 
keladi. Avtomorf tuproqlardagiga nisbatan o‘tloq tuproqlarda o‘simliklar qoldig‘i ancha ko‘p 
to‘planadi. O‘tloq jarayonning ikkinchi belgisi – organik qoldiqlarning anaerob tipda 
chirishining ustunligidir. Shuning uchun har yili kuzda quriydigan o‘simlik qoldiqlari tamomila 
minerallashib ketmasdan, balki ularning ko‘p qismi gumusga aylanadi va tuproqqa to‘q-sur tus 
beradi. 
Cho‘l va bo‘z tuproqlar zonasida o‘tloq jarayon karbonatlar ishtirokida boradi, bu O‘rta 
Osiyodagi o‘tloq tuproqlarning xarakterli belgilaridan biridir. Tuproqning karbonatli bo‘lishiga 


37 
sabab jinslarda karbonatlarning ko‘pligi va gurunt suvlarining tarkibida ohak va magniy 
tuzlarining (qattiq suv) ko‘p bo‘lishidir. Gurunt suvlari yuqoriga ko‘tarilayotganda biroz isiydi 
va natijada pastki gorizontlarda ohak (kalg‘tsiy karbonat) cho‘kmaga tushadi, karbonatli 
«sho‘x», ohakchil (mergelg‘) va turli o‘lcham va shakldagi konkretsiyalar (har xil shakldagi 
yangi hosilalar) holidagi qatlamlar vujudga keladi. 
Kuchsiz minerallashgan gidrokarbonatli gurunt suvlari uchraydigan xududlarda o‘tloq 
jarayon tuproqlarning karbonat kalg‘tsiyli va karbonat magniyli sho‘rlanishi bilan birgalikda 
kechadi. Bu tipdagi sho‘rlanishni Zarafshon va Farg‘ona vodiylarida birinchi bo‘lib 
D.M.Kuchuchkov (1951) aniqlagan. O‘tloq tuproq paydo bo‘lish jarayonining doimiy yo‘ldoshi 
– bu sizot suvi ishg‘ol etgan pastki qatlamlarda sodir bo‘ladigan botqoqlanishdir, ya‘ni 
qaytarilish jarayonining kuchli bo‘lganligi (anaerob sharoitda) ko‘pincha gley (berch) 
qatlamning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Botqoqlanish darajasi gurunt suvlarning chuqurligiga 
va rejimiga bog‘liqdir. O‘tloq tuproqlardagi gley (berch) qatlam gurunt suvlarining sathiga 
bog‘liq bo‘lib, har xil chuqurliklarda uchraydi. Gleylanish loyli guruntlarda juda kuchli namoyon 
bo‘ladi. Berch qatlamda va uning ustida temir oksidlari qo‘ng‘ir tusdagi dog‘ holida ajralib 
chiqadi. Bu havoning kirishi tufayli temir chala oksidlari (zakislari) ning temir oksidlariga 
aylanishidir. 
Minerallashgan gurunt suvlari yuza joylashgan yerlarda tuzlar tuproqning ustki 
qatlamlarida to‘planib, tuproqni sho‘rlantiradi. O‘tloq tuproq paydo bo‘lish jarayoni sharoitiini 
aniqlovchi, namlik rejimi va biologik jarayonning jadalligi va o‘zgaruvchanligiga olib keladi. 
Jarayon gidromorflilikni kuchaytirishi mumkin, bunda o‘tloq tuproqlar botqoq tuproqlarga, 
sho‘rlangan tuproqlar esa sho‘rxoklarga o‘tishi mumkin, yoki dasht (quruq)lashishiga olib kelib, 
qoldiq o‘tloq va botqoqlanish belgilarini saqlagan, zonal avtomorf tuproqlarga aylanishi 
mumkin. Ayniqsa tuproqlar evolyutsiyasining tabiiy yo‘nalishiga sug‘orish melioratsiyasi va 
agrotexnik tadbirlar kuchli ta‘sir etadi. 
Gidrogeologik sharoitlariga qarab sizot suvlarining rejimi, minerallanishi va tuproqlarning 
tuz rejimlari keskin farq qiladi. Shuning uchun gidromorf tuproqlar orasida ularning namlanish 
sharoitlariga qarab allyuvial rejimdagi va soz rejimli tuproqlar ajratiladi. Allyuvial rejim daryo 
vodiylarida sizot suvlari barqaror bo‘lmagan sharoitda yuzaga keladi. Soz rejimi tog‘oldi qiya 
tekisliklarda va yoyilmalarda tog‘lardan sizib oqayotgan bosimli sizot suvlarining barqaror 
bo‘lgan sharoitida hosil bo‘ladi. 
Har ikkala rejimda ham o‘tloq, botqoq-o‘tloq, botqoq tuproqlar va sho‘rxoklar hosil 
bo‘ladi. Yer osti suvlari yaxshi oqib ketadigan sharoitda sizot suvlari odatda kam minerallashgan 
bo‘lib, bo‘z tuproqlarning yuqori zonalari uchun va tog‘ viloyatlariga xosdir. Odatda bunday 
sharoitda sho‘rlanmagan gidromorf tuproqlar hosil bo‘ladi. Yer osti suvlari kam oqib ketadigan 
joylarda sizot suvlarining minerallashuvi yuqori bo‘lganligi sababli, cho‘l zonasidagi va qisman 
bo‘z tuproqlarning quyi zonalaridagi gidromorf tuproqlar turli darajada sho‘rlangandir. Sug‘orib 
dehqonchilik qilinadigan maydonlarda, sug‘orish suvlari ta‘sirida yer osti sizot suvlarining qayta 
ko‘tarilishi va kam oqib ketishi ro‘y beradigan sharoitda avtomorf tuproqlardan gidromorf 
tuproqlar ham hosil bo‘ladi. Bunda bo‘z tuproqlarning o‘tloq tuproqlarga o‘tishi uchun ancha 
uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Yer osti suvlari pasaygan sharoitda gidromorf tuproqlar zonal – taqir va 
bo‘z tuproqlar singarilarga aylanadi. Bu ham uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, gidromorf 
tuproqlardan avtomorf tuproqlarga o‘tuvchi turoqlar jumlasiga o‘tloq-bo‘z, o‘tloq-taqir tuproq 
kabilar kiradi. 


38 
Turli tuproq zonalarining gidromorf tuproqlari bir-biridan farq qiladi. Chunki bu 
tuproqlarning rivojlanishiga sizot suvlaridan tashqari har bir zonaning tabiiy sharoitlari- iqlimi, 
tuproq paydo qiluvchi ona jinslar tarkibi, o‘simliklar qoplami va boshqalar katta ta‘sir etadi. 
Shuning uchun ham zonal joylashuviga ko‘ra, cho‘l zonasining va bo‘z tuproqlar zonasining 
gidromorf tuproqlariga ajratiladi. Har ikkala zonaning gidromorf tuproqlari namlanish sharoitiga 
ko‘ra allyuvial va soz rejimli bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 409,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə