Mexanik singdirish qobiliyati



Yüklə 409,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü409,76 Kb.
#136024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuproqlar geografiyasi amaliy 8-dars

Klassifikatsiyasi
. Cho‘l va bo‘z tuproqlar zonasi asosiy gidromorf tuproqlarining tiplari – 
o‘tloq, botqoq va sho‘rxok tuproqlari bo‘lib, ular botqoq-o‘tloq, o‘tloq (tipik), sho‘rxok va 
botqoq-sho‘rxok singari tipchalarga ajratiladi. Gidromorf tuproqlar quyidagi avlodlarga: 1-
allyuvial, 2 – uncha rivojlanmagan shag‘alli allyuvial; 3-sho‘rlangan allyuvial; 4- sozli tuproqlar; 
5- sho‘rlangan soz; 6 - sho‘rtobli soz tuproqlar kabilarga bo‘linadi. 
Sho‘rlanish darajasiga qarab: 
sho’rlanmagan, kuchsiz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan 
va kuchli sho’rlangan
tuproqlarga ajratiladi. Gumus miqdoriga ko‘ra och tusli (2 foizgacha 
gumus bo‘ladi) va to‘q tusli (2 foizdan ko‘p) turlarga bo‘linadi. Sug‘oriladigan yerlardagi 
gidromorf tuproqlar orasida sug‘oriladigan o‘tloq, botqoq-o‘tloq va botqoq (sholipoya) 
tuproqlari va ular ham yangidan sug‘oriladigan va qadimdan sug‘oriladigan (voha) tuproqlariga 
ajratiladi. 
Cho‟l zonasining gidromorf tuproqlari
. Cho‘l zonasining gidromorf tuproqlari daryo 
vodiylari va irmoqlarida keng tarqalgan bo‘lib, ularning asosiy qismi allyuvial rejimli tuproqlar 
jumlasiga kiradi. Cho‘l zonasi gidromorf tuproqlari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Atrek 
daryolarining vodiylarida va delg‘talarida, shuningdek, Chu daryosining quyi oqimlarida katta 
maydonlarni egallaydi Cho‘l zonasining soz rejimli gidromorf tuproqlari asosan Zarafshon
Murg‘ob, Tajang va So‘x daryolarining yoyilmalarida uchraydi. 
Cho‘l zonasining ko‘proq tarqalgan gidromorf tuproqlariga sohil (qayir)-allyuvial, 
allyuvial-o‘tloq, to‘qay chimli allyuvial-o‘tloq, botqoq-o‘tloq, o‘tloq-botqoq, sho‘rxokli-botqoq 
tuproqlar va va sho‘rxoklar kiradi. Cho‘l zonasi gidromorf tuproqlarining o‘ziga xos xususiyati, 
unda gumusning kamligi va turli darajada sho‘rlanganligidir. Cho‘l zonasi chegarasida 
sug‘oriladigan yerlar asosan Amudaryoning o‘rta oqimi, Zarafshon vodiysining quyi oqimi
Sirdaryoning qadimgi va hozirgi delg‘talarida keng tarqalgan. 

Yüklə 409,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə