Mental Arifmetika


Misol: ko'paytirish usuli "2-ga-1"



Yüklə 4,9 Mb.
səhifə5/28
tarix11.12.2023
ölçüsü4,9 Mb.
#144218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
2 5282735883462640484

Misol: ko'paytirish usuli "2-ga-1"


Ko'paytirish uchun misollar "3-ga-1"
Endi, siz aqlingizda "2-ga-1" misollarni yecha olasiz, 3 xonali sonlarni ko'paytirish sizga biroz qiyin tuyilishi mumkin. Siz mana bu misol bilan boshlashingiz mumkin:

Qiyin bo'lmadimi? (Agar bu misol sizga qiyinlik qilgan bo'lsa I bobni qaytadan kp'rib chiqishingiz kerak bo'ladi) Keling yana bir misolni ko'rib chiqamiz, xozirgi misolga juda o'xshash faqat 0 sonini 6 ga o'zgartiramiz.

Bu xolatda siz shunchaki natijani 6x7 gacha oshirib borasiz, yani 42 ni, birinchi miqdor sari 2240. siz hech qanday sonni eslab qolishingiz shart bo'lmaydi, shunda 42 bilan 2240 ni joy almashtirish va oxirida 2282 olish oson bo'ladi.
Keling yana bir misolni yechamiz:

Agar sonlar katta bo'lsa ham yechish jarayoni oddiy
Misol uchun:

Agar siz birinchi marta bunday misollarni yechayotgan bo'lsangiz, yozuvlarga qarang, bu sizga boshida shart qanday bo'lganini eslatib turadi. Boshida bu oddiy holat. Lekin misoolarni butunlay hayolingizda yechish uchun bu odatdan voz keching.
O'tgan "2 ga 1" bo'limida biz oxiri 5 bilan tugaydigan sonlarni yechish oson ekanligiga guvoh bo'ldik. Bu "3 ga 1"misollarda ham shunday:

E'tibor qarating, har safar, qolganini ko'paytirish natijasi 1000 karrali yoki qoldiqsiz 1000 chiqsa keyingi misol juda oson bo'ladi. Chunki, eslab qoling hech qanday son yoki tartib raqam 1000 hech qachon o'zgarmaydi. Agar siz bu misolni yechgan bo'lsangiz, ovozingizni chiqarib " uch ming..." deyishingiz mumkin edi, aqlda javob 4000 ga aylanmaydi. Hattoki siz yolg'izlikda mash qilgan bo'lsangiz ham, birinchi natijani ovoz chiqarib aytilishi operativ xotirani bo'shatadi.
Ko'paytiruvchisi 5 bo'lgan misolni yechib ko'ring:

Uch xonali conlarning boshidagi ikkita raqami bir xil, misol yecha turib siz uning javobini ham aytib ketishingiz mumkin. Barcha ko'paytiruv misollari ham shunday oson bo'lishini hohlarmidingiz?
Keling endi yangi qiyinroq bosqichga ko'tarilamiz va mana bu misolni yechishga urinib ko'ramiz. Bu yerda bizdan sonlarni yodda saqlab qolish talab qilinadi.




Keyingi ikta misolda ham misolning oxirgi bosqichini yodda saqlaymiz:


Barcha misollar uchun birinchi qilinadigan ish yengil aqldan o'tkazish kerak. Qachonki so'ngi qismini yecha turib, taxminiy javobni esda saqlash kerak bo'lganda qiyinchilik tug'iladi. birinchi misoldagi holatda, yechish oson:
5400+360=5760. Biroq, o'zingizga o'zingiz bir necha marotaba "5760" ni takrorlashga majbur bo'lasiz, 8 х 9 = 72 ni ko'paytira turib, keyin 5760+72 qo'shamiz. Ba'zida mana shunday hollarda misol tugagunga qadar men ovozimni chiqarib javobni aytib turaman. Men sonlarni miyada ushlab turish kerak ekanligini bilsam ham qachonki 60+72 ni qo'shganimda, men yana 5700 soni 5800ga aylanishini ham bilaman. Lekin gapiraman: " Besh ming yetti yuz(Besh ming yetti yuz)..." Keyin men 60+72=132 qo'shish uchun to'xtab qolaman. Chunki men endi sonlarni dilimda saqlayapman, men faqat oxirgi ikkita raqamni aytayapman: "...o'ttiz ikki".
Ha mana javob: 5832.
Keyingi ikkala misolda ham siz sonlarni dilingizda saqlashingiz kerak bo'ladi:

Agar siz birinchi marta bunday misol yachayotgan bo'lsangiz har bir amalni ovozingizni chiqarib aytib ishlang va shu bilan birga qolganlarni yeching. Misol uchun, birinchi misolni olaylik, boshlang: " ikki yuz sakson qo'shuv besh yuz oltmish" bir necha marotaba ovoz chiqarib aytib ikkita sonni dilingizda saqlang va ularni qo'shing. Javobnin takrorlang: "uch ming uch yuz o'ttiz"- bir necha bor, shu bilan birga 9x7=63 ni ko'paytirasiz. Keyin esa " uch ming uch yuz o'ttiz qo'shuv oltmish uch" ni takrorlab turing to yakuniy javobni chiqarguningizcha.


Keling bobni bir necha "3 ga 1" misollari bilan yakunlaymiz:


Umuman olganda oxirgi ikkita ko'paytiriluvchining javobini bilsangiz (misol uchun 25x8=200 bo'lishini bilasiz) bunday holda siz yakuniy javobni tezroq topa olasiz. Misol uchun agar siz hisoblamay turib 75x4=300 ekanini bilsangiz bunda 975x4 ni hisoblash osonroq bo'ladi:



Hozirgi o'tilganlarni mustahkamlash uchun keyingi "3 ga 1" misollarini hayolingizda yeching; keyin javoblaringizni tekshirib ko'ring (kitob oxiridan). O'zimning shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki og'zaki yechishlar velosiped haydash bilan barobar. Bu boshida mumkin emasday ko'rinsada, barchasini egallab bo'lganingizdan so'ng hech qachon unutmaysiz.

Yüklə 4,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə