|
Mexanik issiqlik, yorug‘lik va tovush hodisalariga misollar
keltiring.
|
|
Bir haftaga teng vaqtni soatlarda va sekundlarda ifodalang.
(. Javobi: 168 soar, 604800 sekund.)
|
|
Ruchkaning uzunligi 15 sm. Uni millimetr va detsimetrlarda
ifodalang
|
|
120 dm va 1100 sm ga teng bo‘lgan uzunliklarni solishtiring.
|
|
15642 mm ni dm va m larda ifodalang.
|
|
0 ‘quvchi uyidan maktabgacha bo‘lgan masofani o‘lchamoqchi
bo‘ldi. Buning uchun bir safar uydan maktabgacha, keyin esa
maktabdan uygacha bosgan qadamini sanadi. Bunda birinchi safar qadamlari soni 1060 ta, ikkinchi safar 1052 ta bo‘ldi. Bitta qadamining uzunligini odchaganda birinchi safar 50 sm, ikkinchi safar 51 sm bo‘lsa,
o‘quvchining uyi maktabdan qanday uzoqlikda joylashgan?
|
|
Bahrom uyidan magazingacha 120 qadam, qaytishda 122 qadam
sanadi. Magazindan Bahromning uyigacha bo‘lgan masofa o‘rtacha necha qadam?
|
|
Quyidagi hodisalardan qaysilari mexanik,
issiqlik, yorugdik va tovush hodisalariga kiradi: a)
bola velosiped haydamoqda; b) gaz plitasida choy
qaynatilmoqda; c) radiodan ashula berilmoqda;
d) Oy nur sochmoqda; e) osmonda samolyot
uchmoqda; f) televizorda multfilm ko‘rsatilmoqda; g) yuvilgan ko‘ylak
dazmollanmoqda?
|
|
Bug‘doy, arpa, mosh, tariq, makkajo‘hori donalarining ohtacha
diametrini chizg‘ich yordamida qanday aniqlash mumkin?
|
|
Hovli sathiga marmar plitalar yotqizildi. Bunda bitta plitaning
yuzasi 600 sm2 bo‘lsa, uzunligi 20 m, eni 15 m bodgan hovlini qoplash
uchun nechta plita kerak boladi? ( Javobi: 5000 ta.)
|
|
Fizika xonasining bo‘yi, eni va balandligini sinfdoshlaringiz bilan
o‘lchab, uning hajmini aniqlang.
|
|
Kechasi havoning temperaturasi -6°C, kunduzi +5°C bo‘ldi. Havo
temperaturasining o‘zgarishini aniqlang
|
|
Qalam, ruchka, kitob, taroq, stol va velosiped kamerasi kabi jismlar
qanday moddalardan tashkil topgan?
|
|
Daftaringizga jadvalni chizing va unga quyidagi so‘zlarni tegishli
kataklarga yozib chiqing: avtomobil, Oy, mobil telefon, suv, qaynashlampochka, qor yog‘ishi, alyuminiy, muz, chaqmoq chaqishi, benzin, sut, ko‘zguda odamning yuzi ko‘rinishi.
|
|
Mashina ballonidagi bir qism havo chiqib ketdi. Ballon ichida
qolgan molekulalarda nima o‘zgarish bo‘ladi?
|
|
Honadagi havo isiganda, devorga osib qo‘yilgan termometrdagi
simob naycha bo‘ylab yuqoriga ko‘tarildi. Bunda simobdagi molekulalar
soni ortadimi? Simob molekulalarining hajmi o‘zgaradimi?
|
|
Nima sababdan sovutkichda to‘g‘ralgan piyoz va sut mahsulotlarini
yonma-yon saqlab bolmaydi?
|
|
Bodringni tuzlashni qanday qilib tezlashtirish mumkin?
|
|
Idishning uchdan biriga yetadigan qilib gaz solish mumkinmi?
|
|
Benzin bilan ishlaydigan avtomobilda uning bakiga 40 Iitr
benzin quyilib, yarmi ishlatilganda bakning yarmida benzin qoladi.
Gazdan foydalanadigan avtomobilda yoqilg‘ining yarmi ishlatilsa, gaz
ballonining qancha qismida gaz bo‘ladi? Javobingizni asoslang.
|
|
Shisha, rezina, yog‘och, po‘lat va chinni materiallardan yasalgan
jismlarga misollar keltiring.
|
|
Tarkibida: a) bir xil modda va b) turli modda bo‘lgan fizik
jismlarga misollar keltiring.
|
|
Birinchi holda 25 °C Ii suv 35 °C gacha qizdirildi. So‘ngra qand
Solindi Ikkinchi holda 35 0C Ii suvga qand solinib, shuncha vaqt davomida
25 °C gacha sovutildi. Qaysi holda qand tez eriydi? Nima uchun?
|
|
Kiyimga yod to‘kilgan bo‘lsa, uni dazmollasa yo‘qoladi. Buning
sababi nimada?
|
|
Sinf doskasidagi yozuvni o‘chirish uchun «Lattani ho‘llab artgin»
deyishadi. Nima uchun?
|
|
Shisha stakanlarni issiq suvda yuvilganidan so‘ng, ularni bir-
biriga kiydirib qo‘yish tavsiya etilmaydi. Nima uchun?
|
|
Molekulalar orasidagi itarishish kuchlari diffuziyaga qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
|
|
Nima sababdan gazlarni suyuqliklarga nisbatan siqish oson?
|
|
Sut solingan ikkita idishdan biri sovitkich ichiga qo‘yildi, ikkin-
chisi xonada qoldirildi. Qanday holda qaymoq tezroq ajraladi?
|
|
Suvni tashkil qilgan molekulalarning xususiy hajmi, suvning
hajmiga teng deyish mumkinmi?
|
|
Rezinadan qilingan kubni siqib shakli kichraytirildi. Kub hajmi-
ning kamayishini qanday tushuntirish mumkin?
|
|
Nima sababdan issiq suvda sovuq suvdagiga nisbatan shakar va
tuz tezroq eriydi?
|
|
Elektr poyezdi Yangiyer shahridan Toshkentga 3 soatda yetib keldi.
Agar shaharlar orasidagi masofa taxminan 150 km boTsa, poyezdning
O’rtacha tezligini toping.
|
|
OTtacha tezligi 8 0 - ^ - boTgan poyezd 30 minutda qancha yoTni
soar
bosib o‘tadi? (Javobi:40 km.)
|
|
1 km/soat tezlik kattami yoki 1m/s mi? Javobingizni asoslang
|
|
Avtobus Nurota shahridan Qo‘shrabodga 90 minutda yetib bordi. Agar shaharlar orasidagi masofa taxminan 90 km bo‘lsa, avtobusning
o‘rtacha tezligini aniqlang (Javobi:60 km/soat.)
|
|
54 km/soat necha m/s ga teng?
|
|
Tezligi 1,5 m/s bo’lgan shilliq qurt 30 sm masofani qancha vaqtda
bosib o‘tadi? ( Javobi: 20 s.)
|
|
Ob-havo maTumotida sekundiga 10 metr tezlik bilan shamol esadi
Shamolning tezligi m/s larda ifodalansa nechaga teng bo‘ladi?
|
|
Avtomobil 225 km masofani 2,5 soatda bosib o‘tdi. 0 ‘rtacha tezlik
nimaga teng? (Javobi:90 km/soat.)
|
|
Asalari 2 soat davomida asal yig‘ish uchun 30 km masofani uchib
o‘tdi. Uning o‘rtacha tezligi nimaga teng? (Javobi:4,17 m/s.)
|
|
Otliq 46 km/soat tezlik bilan bir qishloqdan ikkinchisiga 2 soatda
yetib bordi. Bu masofani oTtacha tezligi 0,5 km/soat boTgan toshbaqa
qancha vaqtda o‘tishi mumkin? (Javobi:184 soat.)
|
|
Avtomobil muyilishdan qayrilmoqda. Uning o‘ng va chap
gildiraklari bir xil yo‘l o‘tadimi?
|
|
Velosipedchi 3 soat davomida 36 km yo‘lni bosib o‘tdi. Uning
o‘rtacha harakatlanish tezligini m/s larda aniqlang
|
|
Traktor dastlabki 15 minutda 12 km masofani bosib o‘tdi.
Traktor mana shunday odtacha tezlik bilan 0,5 soat harakatlansa qanday
masofani o‘tadi?
|
|
Birinchi velosipedchi 16 s davomida 8 m/s tezlik bilan
harakatlandi. Ikkinchi velosipedchi bu masofani 12 s da o‘tdi. Ikkinchi
velosipedchining oTtacha tezligi nimaga teng?
|
|
Avtomobil dastlabki 4 km yo‘lni 12 minutda, keyingi 12 km
yo‘Yni - 18 minutda o‘tadi. YotIning har bir uchastkasidagi va butun
yoddagi o‘rtacha tozlikni toping.
|
|
Hajmi 2 sm3 bo‘lgan tilla bilaguzukning massasi qancha bo’ladi?
|
|
Massasi 100 g bo‘lgan aluminiy buyumning hajmi qancha bohadi?
|
|
3 litrli bankaga toddirib quyilgan sut massasi necha kg bo‘ladi?
(, Javobi: 3,09 kg.)
|
|
Massasi 18 kg bo‘lgan muz qancha hajmni egallaydi? (Javobi:20
litr.)
|
|
0,5 litrli butilka toddirilsa. necha kg o‘simlik yog‘i solinadi?
(Javobi:450 g.)
|
|
Massalari bir xil bo‘lgan kumush va oltindan yasalgan ikkita
buyumning hajmlarini solishtiring.
|
|
Shakli va hajmi bir xil bo‘lgan kumush va oltin tangalarning
massalari necha marta farq qiladi?
|
|
2 l suv muzga yoki bug‘ga aylantirilsa, uning massasi qanday
o‘zgaradi?
|
|
Tosh qizdirilsa yoki sovutilsa, uning massasi qanday o‘zgaradi?
|
|
Tosh suvga cho‘ktirildi. Bunda uning massasi o‘zgaradimi?
|
|
Idishga 500 ml suv sig‘adi. Unga 700 g sut sig‘adimi?
|
|
Idishga suv toddirilgan. Unga bir gal misdan yasalgan, ikkinchi
gal aluyminiydan yasalgan I kg massaga ega boTgan buyumlar
tushirildi. Qaysi holda idishdan ko‘p suv to‘kiladi?
|
|
Kartoshka zichligini o‘Ichash uchun suvli menzurkaga tushirildi.
Bunda menzurkadagi suvning sathi 100 sm3 dan 158 sm3 ga koTarildi.
Agar kartoshkaning massasi 60 g bo‘lsa, uning zichligini aniqlang
|
|
Massasi 240 g, hajmi 50 sm3 bo‘lgan bo‘sh menzurkaga suyuqlik
quyildi. Bunda ularning birgalikdagi massasi 280 g bo‘ldi. Idishga
qanday suyuqlik quyilgan?
|
|
Suv 4 °C temperaturada eng katta zichlikka ega bo‘ladi. Suv
4 C dan O C gacha sovitilsa, uning massasi, hajmi va zichligi qanday
o‘zgaradi?
|
|
Avtomobil bakiga 60 I benzin quyildi. Avtomobil massasi
qanchaga ortgan?
|
|
Misrdagi Xeops piramidasining massasi 6400000 t, hajmi
2 521 000 m3. Piramidaning o‘rtacha zichligini toping.
|
|
Oldingi masaladagi ma’lumotdan foydalanib, unda ishlatilgan
bitta toshning ohtacha massasini aniqlang. Piramidada 2300000 dona
tosh ishlatilgan.
|
|
Misdan yasalgan buyum sovutildi. Bunda uning hajmi va zichligi
qanday o‘zgaradi?
|
|
Tuzli suvga chuchuk suv qo‘shildi. Bunda uning zichligi qanday
o‘zgaradi?
|
|
0 ‘quvchini tarozida tortishganda massasi 32 kg chiqdi. Uning
og‘irligi necha N ga teng? ( Javobi: 314 N.)
|
|
Dinamometrga yuk osilganda, uning ko‘rsatishi 24,5 N ga teng
bo‘ldi. Unga qanday massali yuk osilgan? ( Javobi: 2,5 kg.)
|
|
Dehqon yelkasida 50 kg sabzi solingan qopni ko‘tarib turibdi.
Dehqonning massasi 70 kg. Dehqon yerga qanday kuch bilan bosadi?
(Javobi: 1176 N.)
|
|
Yurib ketayotgan avtomobilga qanday kuchlar ta’sir qiladi?
|
|
Massasi 150 g bo‘lgan jismning og‘irligi necha N ga teng?
|
|
Jism qizdirilsa, uning og‘irligi qanday o‘zgaradi?
|
|
Bolaning oghrligi 500 N. Oyoq kiyimlarining ostki yuzasi
300 sm2. Bolaning polga beradigan bosimi nimaga teng?
|
|
O‘lchamlari 20, 10 va 5 sm bohgan ghshtning oghrligi 10 N ga
teng. Ghshtning turli holatlari uchun tayanchga beradigan bosimlarini
hisoblang
|
|
Jism og‘irligi va tayanchga beradigan bosim ma’lum bo‘lsa, yuzani
qanday hisoblash mumkin?
|
|
0 ,0 2 N/sm2 necha paskalga teng?
|
|
Uyning ayvoni 8ta ustunda qurilgan. Har bir ustunning
ko‘ndalang yuzasi 400 sm2. Ayvon tomiga yopilgan materiallar massasi
1500 kg bo‘lsa, ular har bir ustunga taxminan qanday bosim beradi?
( Javobi: 45937,5 Pa.)
|
|
Yuzasi 0,1 sm2 bo‘lgan mixga 20 N kuch bilan ta’sir etilsa, bosimi
qanchaga teng bo‘ladi?
|
|
5 Pa necha N/sm2 ga teng
|
|
Parijdagi Eyfel minorasining og‘irligi 5 000 kN bo‘lib, poydevori
450 m2 ga teng. Uning Yerga beradigan bosimini hisoblang
|
|
Igna bilan tikish ishlarini bajarganda, barmoqqa angishvona
taqiladi. Sababi nimada?
|
|
Chelakning pastki yuzasi 1200 sm2. Unga 4 Iitr suv quyilsa, yerga
beradigan bosimi qanchaga ortadi?
|
|
Massasi 48 kg bo‘lgan bolaning oyoq kiyimining yuzasi 320 sm2.
Uning yerga beradigan bosimi qanchaga teng?
|
|
Massasi 48 kg bo‘lgan la oyoqlariga chang‘i bogdadi. Har bir
chang‘i uzunligi 1,95 m, kengligi 8sm bo‘lsa, bolaning qorga beradigan
bosimini toping
|
|
Gidravlik press kichik porshenining yuzi 5 sm2, katta por-
shenining yuzi 50 sm2 bo‘lsa, bunday press kuchdan necha marta
yutuq beradi?
|
|
Gidravlik press kichik porsheniga 10 N kuch ta’sir ettirilganda,
katta porshendan 180 N kuch olindi. Agar katta porshen yuzasi 90 sm2
bo’lsa, kichik porshen yuzasi nimaga teng? ( Javobi: 5 sm2.)
|
|
Eni 50 sm, bo‘yi 40 sm va balandligi 50 sm bo‘lgan akvariumdagi
suvning idish tubiga bergan bosimini hisoblang. (Javobi:4900 Pa.)
|
|
Balandligi 15 m bo‘lgan beton devor poydevoriga qanday bosim
beradi? Betonning zichligi 2200 kg/m3
|
|
Igna uchining yuzasi 0,03 mm2. Matoni tikish uchun beriladigan
bosim 100 MPa ga teng bo‘lishi uchun, unga qanday kuch bilan ta’sir
qilish kerak?
|
|
Balandligi 40 sm bo’lgan idishga kerosin toddirilgan. Kerosinning
idish tubiga bergan bosimi nimaga teng? Kerosin zichligi 800 kg/m3
|
|
Stakanga quyilgan suyuqlikning balandligi 5 sm bodganda uning
idish tubiga bergan bosimi 490 Pa ga teng bo‘ldi. Stakanga qanday
suyuqlik quyilgan?
|
|
Massasi 1250 kg boTgan granit plitasini 20 m balandlikka
koTarishda bajarilgan ishni hisoblang ( Javobi: 245 kJ.)
|
|
Jismga ko‘chish yo‘nalishida 20 N, ko‘chishga tik yo‘nalishda
yuqoridan 10 N kuch ta’sir etmoqda. Bunda jism 10 m ga siljidi.
Bajarilgan ishni hisoblang ( Javobi: 200 J.)
|
|
Massasi 50 kg boTgan bola har qavatning balandligi 2,5 m bo‘lgan
binoning 4-qavatiga chiqdi. Bola bajargan ishni hisoblang. g~10—deb
oling (. Javobi: 3750 J.)
|
|
Aravacha va undagi yuk massasi birgalikda 100 kg. Uni 500 N
kuch ta’siruda 10 m ga siljitildi. Bajarilgan ish nimaga teng? ( Javobi:
5000 J).
|
|
Temirdan yasalgan buyum suvga tushirilganda oghirligi 19,6 mN
ga kamaydi. Jismning hajmini aniqlang
|
|
Hajmi 5 sm 3 bo‘lgan metall shaming havodagi OgTrligi 0,4 N,
qandaydir suyuqlikka tushirilganda 0,36 N bo‘ldi. Jism qanday
suyuqlikka tushirilgan?
|
|
Geliy toTdirilgan havo shari uchishi uchun uning hajmi qanchaga
teng boTishi kerak? Shaming ichidagi geliy gazi bilan birgalikdagi
massasi 4 g.
|
|
Uzunligi 5 m, ko‘ndalang kesim yuzasi 25 sm 2 boTgan temir ustun
2 0 m balandlikka koTarilsa, qancha ish bajariladi?
|
|
Mototsiklchi 5 km yoTni bosib oTdi. Mototsiklning odami bilan
birgalikdagi massasi 350 kg. Mototsiklning tortish kuchi 15 kN boTsa,
bajarilgan ish nimaga teng?
|
|
Nasos porsheniga 204 kN kuch ta’sir etadi. Kuch ta’sirida porshen
40 sm masofaga siljiydi. Porshenning bir marta borib kelishida bajarilgan
ishni toping.
|
|
Uyingizdagi chang yutkich, sovutkich, televizor va shunga o‘xshash ^ Quyid
asboblarning pasportini qarab, iste’mol quvvatini aniqlang. Ularning bir A) zich7 .
kunda ishlatiladigan vaqtiga ko‘ra bajargan ishini hisoblang.
|
|
Xonadagi ventilyatorning quvvati 35 W. Uning 10 min. da bajargan A^ 5 qq .
ishi nimaga teng? (. Javobi: 21 kJ.)
|
|
Yugurish musobaqasida qatnashgan o‘quvchining quvvati 700 W ga teng bo‘ldi. 100 m masofani 15 sekundda bosib o‘tsa, bajargan ishi nimaga teng bo‘ladi? (Javobi:10 500 J.)
|
|
0 ‘zbekistonda ishlab chiqariladigan «Epika» avtomobili dvigate- Bunda filming quvvati 156 o.k. ga teng. Avtomobil bir soat harakatlansa, mak- nimaga te
simal qancha ish bajara olishi mumkin?
|
|
10 km balandlikda 360 km/soat tezlik bilan uchayotgan samo-
lyotning potensial energiyasi uning kinetik energiyasidan necha marta
ko‘p? (Javobi:20)
|
|
Bir xil hajmga ega bo‘lgan aluminiy ya qo‘rg‘oshin bodaklari bir
xil balandlikda turibdi. Ularning potensial energiyalarini solishtiring.
|
|
Po‘lat sharcha ipga osilgan. Uni biroz og‘dirib qo‘yib yuborilsa,
qanday energiya o‘zgarishlari ro‘y beradi?
|
|
Ba’zan avtomobil tepalikka tomon tez harakatlanib kelmasa, unga
chiqa olmaydi. Buning sababi nimada?
|
|
100 kg yukni 10 m balandlikka ko‘tarish
kerak bo‘lganda qiya tekislikdan foydalaniladi.
Tortuvchi kuch 245 N boTsa, uzunligi necha
metr boTgan qiya tekislikda bu ishni amalga oshirish mumkin?
|
|
Richagning uzun yelkasi 6 m, qisqa yelkasi 2 m ga teng. Uzun
yelkasiga 10 N kuch ta’sir ettirilsa, qisqa tomoni uchi bilan qanday
og'iiiikdagi yukni koTarish mumkin? ( Javobi: 30 N.)
|
|
Bola qo‘zg‘almas blokda yukni yuqoriga chiqarmoqda. Bolaning
massasi 50 kg bo‘lsa, u blok yordamida qanday maksimal og‘irlikdagi
yukni ko’tarishi mumkin? g =10 m/s2
|
|
Qiya tekislikdan yukni balandlikka koTarishda 20 J ish bajarildi.
Bunda f.i.k. 80% bo‘lgan mexanizmdan foydalanildi. Foydali ishni
toping (Javobi:16 J.)
|
|
Jismning bo‘yi 6 sm, eni 8 sm bo‘lib, to‘g‘ri toTtburchak shaklida.
Uning massa markazi ixtiyoriy uchidan hisoblansa, necha santimetr
uzoqlikda boTadi? Javobingizni chizmada tekshirib ko‘ring.
|
|
Massasi 42 kg bo‘lgan bola bitta qo‘zg‘aluvchan, bitta qo‘zg‘almas
blokdan foydalanib qancha yukni ko‘tara olishi mumkin? ( Javobi: 840 N.)
|
|
OgtMigi 20 N bo‘lgan qo‘zg‘aluvchan blok arqonining erkin
uchiga 210 N qo‘yilsa, blok yordamida qanday massali yukni koTarish
mumkin? ( Javobi: ~40 kg.)
|
|
Massasi 245 kg/bo‘lgan yukni 6 sm balandlikka richag yordamida
ko‘tarildi. Bunda riehagning uzun yelkasiga 500 N qo‘yilganda, kuch
qo‘yilgan nuqta 0 0 m pastga tushadi. Riehagning FIK ni hisoblang
(. Javobi: 96%)
|
|
Massasi 15 kg bo‘lgan yukni qiya tekislik bo‘ylab ko‘tarilganda,
uning uchiga bogdangan dinamometr 40 N kuchni ko‘rsatdi. Qiya
tekislikning uzunligi 1,8 m, balandligi 30 sm bo‘lsa, qiya tekislikning
FIK ni aniqlang. (. Javobi: 62,5%)
|
|
Quduqdan chelakda suv tortilmoqda. Chelak hajmi 10 I. Arqon
ohaladigan baraban radiusi 10 sm, dastak tirsagi 50 sm ga teng. Suv
chiqarish uchun tirsakka qanday kuch bilan ta’sir etish lozim? g=10m/s2
(Javobi: 20 N).
|
|
Jism qiya tekislikdan 15 N kuch ta’sirida ko‘tarildi. Jism oghrligi
16 N, qiya tekislik balandligi 5 m, uzunligi 6,4 m. Qiya tekislikning FIK
ni toping (Javobi:83,3%).
|
|
Odam ko‘zguga I m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Uning tasviri
ko‘zguga qanday tezlik bilan yaqinlashadi?
|
|
Buyum botiq ko‘zgudan 2F masofada joylashgan hoi uchun tasvir
yasang.
|
|
Buyum botiq ko‘zgudan 250 sm masofada turibdi. Ko‘zguning
fokus masofasi 245 sm. Ko4Zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofani toping.
(. J a v o b i : ~ 124 sm)
|
|
Yassi ko‘zguga nur a burchak ostida tushmoqda. Agar ko‘zguni
P burchakka bursak, qaytgan nur qanday burchakka buriladi? (. J a v o b i :
2β.)
|
|
kkita yassi ko‘zgu parallel qo‘yilgan. Ular orasiga buyum qo‘yilsa,
ko4zgularda nechta tasvir ko‘rinadi. ( J a v o b i : 2 ta.)
|
|
Odam o‘z yuzini to‘liq ko4rishi uchun diametri 5 sm bo‘lgan
qavariq ko‘zguni qancha uzoqlikda tutishi kerak? Ko4Zguning fokus
masofasi 7,5 sm, odam yuzining uzunligi 20 sm. (. J a v o b i I : 22,5 sm.)
|
|
Nima sababdan sinfda o‘tirgan o‘quvchilarga yorug‘lik chap
tomondagi derazalardan tushishi kerak?
|
|
Nima sababdan xonada bitta lampochka o‘rnatilgan bo‘lsa, narsa
va predmetlarning soyasi aniq bo‘ladi-yu, lyustra orqali yoritilgan bo4 lsa,
soyalari ko‘rinmaydi?
|
|
Samolyot avtomobil yo‘li bo‘ylab past balandlikda uchib bormoqda.
Bunda lining soyasi yo‘lning 2/3 qismini egalladi. Agar yo‘lning kengligi
18,6 m bo‘lsa, samolyot qanotlarining kengligini aniqlang.
|
|
Quyoshli kunda yerga tik o‘rnatilgan bir metr uzunlikka ega
bo‘lgan chizg4ich soyasining uzunligi 50 sm, daraxt soyasining uzunligi
6m bo‘ldi. Daraxtning balandligi necha metr?
|
|
Nur tushish burchagi 25°. Tushgan va qaytgan nur orasidagi
burchakni toping.
|
|
Tushgan va qaytgan nurlar orasidagi burchak 50° ga teng. Nur
ko‘zguga qanday burchak ostida tushgan?
|
|
Bola yassi ko'zgudan yarim metr uzoqlikda turibdi. Bola o‘z
aksini qanday uzoqlikda turib ko‘radi?
|
|
la. Fokus masofasi 20 sm bo‘lgan
botiq ko‘zguda shamning tasviri /= 3 0 sm
masofada hosil bo‘ldi. Shamning ko‘zgudan
uzoqligi (J) ni toping.
|
|
Yorug4Hk nuri suvli idishning yuziga burchak ostida tushib o4tib
ketadi. Bunda u necha marta sinadi? ( Javobi: 4 marta.)
|
|
Nima sababdan gazlamaning suv bilan ho‘llangan sohasi orqali
yorughikka qaralganda, quruq sohasi orqali qaralgandagiga nisbatan yorug’roq ko’rinadi.
|
|
Yorug4Iik nuri uch burchakli prizmaga
rasmda ko‘rsatilganidek tushadi. Prizmadan
o‘tgan yorug‘likning yo‘lini chizmada ko‘r-
sating
|
|
Yorug4Iik nuri qavariq linzaga rasmda
ko‘rsatilganidek tushadi. Nurlarning linzadan
o‘tgandan keyingi yo‘lini chizib ko‘rsating
|
|
Predmetning tasviri yig4uvchi linzada
kichraygan holda hosil bo‘ldi. Tasvir mavhummi
yoki haqiqiy? To‘g‘rimi yoki teskarimi? Predmet qayerda joylashgan?
(Javobkikkilangan fokus masofasidan narida.)
|
|
Uchta linzaning fokus masofalari 0,8 m; 250 sm; 200 mm ga teng.
Har bir linzaning optik kuchlarini toping (. Javobi: 1,25 dptr; 0,4 dptr;
5 dptr.)
|
|
Uchta ko‘zoynakning optik kuchlari mos ravishda 1,25 dptr; 2
dptr; 4 dptr ga teng. Har bir ko‘zoynakning fokus masofalarini toping.
(. Javobi: 0,8 m; 0,5 m; 0,25 m.)
|
|
Ikkita yig‘uvchi linza qanday joylashtirilsa, linzaga tushgan
parallel nurlar ikkita linzadan o‘tganidan so‘ng paral lelligicha qoladi?
Chizmasini chizib ko‘rsating
|
|
Qanday qilib bitta tayoqdan turli uzunlikdagi soyalarni hosil qilish
mumkin?
|
|
Odam o‘zining soyasidan tez yugurishi mumkinmi?
|
|
Nima sababdan yulduzlar miltirab ko‘rinadi?
|
|
Buyum yassi ko‘zgudan 10 sm uzoqlikda turibdi. Buyum va
uning yassi ko‘zgudagi tasviri orasidagi masofani aniqlang.
|
|
Nima sababdan o4simliklarni issiq quyoshli kunda sug‘orilmaydi?
|
|
Yomg4Iik nuri yassi ko‘zguga aburchak ostida tushmoqda. Agar
ko‘zgu aburchakka burilsa, qaytgan nur qanday burchakka buriladi?
|
|
Chaqmoq chaqqanidan 3 sekund o‘tgach, momaqaldiroq ovozi eshi-
tildi. Chaqmoq hosil bodgan bulut sizdan taxminan qancha uzoqlikda?
|
|
Qoya ro‘parasida turgan bola ovozining aks-sadosini 2 s dan so‘ng
eshitdi. Boladan qoyagacha bodgan masofa qanchaga teng? (Javobi: 340 m).
|
|
62-mavzudagi jadvaldan foydalanib, teplovoz tovushining temir
yo‘l relslari bo‘ylab tarqalish tezligi havoda tarqalish tezligidan necha
marta katta boMishini aniqlang.
|
|
Yugurish yodkasining finishida turgan hakam qaysi paytda
sekundomerni ishga tushirishi kerak: start to‘pponchasining ovozini
eshitgandami yoki og‘zidan chiqqan uchqunni ko‘rgandami?
|
|
Dengizning 1,5 km chuqurligiga yuborilgan ultratovush 2 s dan
so‘ng qabul qilindi. Ultratovushning dengiz suvidagi tarqalish tezligi
nechaga teng? {Javobi:1500 m/s.)
|
|
Nima sababdan qushlarning qanot qoqishi natijasida havo
tebranishlarini tovush sifatida qabul qilmaymiz? {Javobi:Havo
tebranishlarining chastotasi eshitish chegarasidan past.)
|
|
Uchayotgan paytda chivin, tukli ariga nisbatan yuqoriroq tondagi
tovushni chiqaradi. Bu hasharotlardan qaysi biri qanotlarini ko‘proq qoqadi?
(Javobi:Chivin qanotlarining chastotasi tukli arinikiga nisbatan katta.)
|
|
Nima sababdan o‘rmon yon bag‘rida aks-sado yaxshiroq eshitiladi?
{Javobi:Daraxtlar tovush ko‘zgusi vazifasini o‘taydi.)
|
|
Ko‘rshapalak qorong‘ilikda ham to‘siqlarga urilmasdan ucha oladi.
Sababi nimada? {Javobi:Ko‘rshapalak uchish paytida o‘zidan ultratovush
chiqaradi. Ultratovush yordamida exolokatsiya qilib to‘siqlarni aniqlab
oladi.)
|
|
Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan ohtacha masofa 150000000 km. Uni metr-
larda ifodalang.
|
|
Bir yil 365 sutka 6 soatga teng. Uni sekundlarda ifodalang.
|
|
Hajmi 10 sm3, 10 m 3 va 1 0 1 bodgan idishlarga solingan suvlarning
massalarini aniqlang.
|
|
Uzunligi 8 sm, kengligi 4 sm va qalinligi 2 sm bo‘lgan tilla plastinaning
massasini aniqlang
|
|
Yuk mashinasi 40 t yukni ko‘tara oladi. M ashinada qancha ghshtni olib
ketish mumkin? Bitta ghshtning hajmini 19,5 sm3 ga, zichligini 1800 kg/m3 ga
teng deb oling.
|
|
Oshxona kastryulining suv sighmini tarozi va uning toshlari vositasida
qanday aniqlash mumkin?
|
|
Qattiq damlangan futbol to‘pining diametrini oddiy yog‘och chizg‘ich
yordamida qanday aniqlash mumkin?
|
|
Vodoprovod kranidan oqib chiqayotgan suv tezligini silindr shaklidagi
idish, shtangensirkul va sekundomer yordamida qanday aniqlasa bo'ladi?
|
|
Dinamometr va suvli idishdan foydalanib jism zichligini aniqlang
|
|
Ikki uchi ochiq shisha trubka, plastikdan yasalgan chizg‘ich, hajmi 0,5 I
bo‘lib sovuq suv solingan shaffof stakan yordamida atmosfera bosimini baholang.
|
|
Baklashkaga qancha miqdorda suv quyilsa eng barqaror holatda boTishini
tajribada aniqlang. Baklashkaga qancha miqdorda suv quyilsa eng barqaror holatda boTishini
tajribada aniqlang.
|
|
Poyezdning oxirgi vagoni va elektrovozining yurgan yo‘lida farq
bo‘ladimi?
|
|
Kub shaklidagi uchta jism bir xil o‘lchamga ega. Ulardan qaysi biri eng
katta massaga ega bo‘ladi?
|
|
Ikkita bir xil o‘lchamdagi qutilar bir xil moddadan yasalgan sharlar bilan
LoMdiri Igan. Ulardan biri maydaroq, ikkinchisi yirikroq. Qaysi bir qutining
massasi katta?
|
|
Odam qanday holatida turg‘unroq boladi - o‘tirganidami yoki turganidami?
|
|
Odamning va hayvonlarning suv ichish jarayonining mexanizmini
tushuntiring.
|
|
Avtomobilning ballonlarini tekshirib uning og‘irligini aniqlasa bodadimi?
|
|
Odamning va hayvonlarning nafas olish m exanizmini tushuntiring
|
|
Odam shamollaganda uning orqasiga meditsina bankasini qo‘yishadi.
Buni quyidagicha amalga oshiriladi. Pinset yoki qalin mixga ozroq paxta bo‘lagi
o‘raladi. Paxtani spirt bilan ho‘llab yoqiladi va tezgina banka ichiga kiritib
olinadi. So‘ngra bankani bemorning terisiga qc/yiladi. Banka teriga yopishib
qoladi. Buning sababini tushintiring.
|
|
Agar teng hajmdagi simob va suvni aralashtirilsa. aralashmaning hajmi
suvnikidan ikki barobar ko‘p bo‘ladi. Agar shuncha hajmdagi suv bilan spirt
aralashtirilsa aralashmaning hajmi ikki barobardan kam bo‘ladi. Sababi nimada?
|
|
Nima sababdan tem peratura ortishi bilan diffuziyaning borishi tezlashadi?
|
|
Nim a sababdan bo‘rni sinf doskasida yurgazilsa, unda iz qoldiradi?
|
|
Nim a sababdan tirik baliqni qo‘lda ushlab turish qiyin?
|
|
Avtomobilda 240 km yo‘lni 4 soatda o‘tish kerak edi Lekin avtomobilchi
tezligini 20 km/soatga oshirdi. Avtomobil manzilga endi qancha vaqtda boradi?
|
|
Poygada qatnashgan velosipedchilar birinchi kuni 75 km, ikkinchi kuni
undan ikki barobar ko‘p, uchinchi kuni ikkinchi kunga qaraganda 20 km ko‘p
yo‘l bosishdi. Velosipedchilar hammasi bo‘lib necha km yo‘l bosishgan?
|
|
Sayohatchi bir shahardan ikkinchisiga borishi kerak edi. U dastlab
avtomobilda 70 km/soat tezlik bilan 2 soat yurdi. So‘ngra 5 km/soat tezlik bilan
4 soat davomida piyoda yurdi. Shundan so‘ng manzilga yetishi uchun 14 km
masofa qoldi. Shaharlar orasidagi masofani toping.
|
|
Asat uydan chiqib maktabga bormoqda. M aktab Asatning uyidan 1200
m uzoqlikda joylashgan. 12 m inutdan so‘ng maktabgacha 300 m yo‘l qolganligi
m a’lum bo‘ldi. Asatning tezligini aniqlang
|
|
Avtomobil bir shahardan ikkinchi shaharga 7,5 soatda yetib bordi.
Shaharlar orasidagi masofa 408 km. Agar avtomobilning yurib turgan paytidagi
o‘rtacha tezligi 68 km/soat bo‘lsa, bekatlarda qancha vaqt to‘xtab turgan?
|
|
Teploxod daryodan dengizga o‘tdi. Teploxodga ta’sir etuvchi ko‘taruvchi
kuch qanday o‘zgaradi?
|
|
Nim a sababdan yuk tashuvchi avtomobilning orqa g ‘ildiragi ikki o‘qli
bo‘ladi?
|
|
Dengiz tagini o‘rganuvchi batiskafdagi manometr suv bosimining 9,8 MPa
ga tengligini ko‘rsatmoqda. Batiskaf qanday chuqurlikda joylashgan?
|
|
Jismning suvdagi ogTrligi, havodagiga nisbatan to‘rt m arta kichik bo‘ldi.
Jismning zichligi nimaga teng?
|
|
7-sinf
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|