Mavzu: Psixologiyani o’rganish metodlari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#153659
  1   2   3
Tadqiqot metodi (2)

Mavzu: Psixologiyani o’rganish metodlari.

401-Gurux talabasi

Bektemirova Sevara.

Psixologiyani o’rganish metodlari

Reja:

  • Psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
  • Hozirgi zamon psixologiya fanining tarmoqlari
  • Kuzatish metodi.
  • Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi.
  • Tajriba (eksperiment) metodi.
  • Psixologik tadqiqot o`tkazishning asosiy bosqichlari

Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi: Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi
  • Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 
  • Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 
  • Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 
  • Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 
  • Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 
  • Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi

Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi.

Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, xulq-atqori,aql zakovati, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.

  • Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, xulq-atqori,aql zakovati, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə