Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi. Ishdan maqsad



Yüklə 136,87 Kb.
səhifə6/22
tarix11.12.2023
ölçüsü136,87 Kb.
#146267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mavzu Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bo-www.hozir.org

Fourier…
—spektral tahlil.
Signallarning spektrlarini tahlil qilish uchun Analysis menyusining Fourier
punkti tanlanadi. Dialog oynada Fure boʻyicha tahlil qilish optsiyalarini oʻrnatish 
1.20-rasmda koʻrsatilgan. Analysis parametrlar blokining yuqoridan birinchi
oynasida sxemaning tahlili amalga oshirilishi kerak boʻlgan tugunining nomeri 
koʻrsatiladi. Yuqoridan ikkinchi oynachada esa asosiy garmonikaning chastotasi
oʻrnatiladi va uchinchi oynachada hisoblanishi kerak boʻlgan garmonikalar soni 
koʻrsatiladi. Result blokida vertikal oʻq boʻyicha masshtab tanlanadi, faza spektrini
aks ettirish uchun blokning Display phase punkti yoki amplituda spektrini uzluksiz 
chiziq koʻrinishida aks ettirish uchun Output as line graph punkti belgilanadi.
Modellash parametrlari 1.20-rasmda koʻrsatilgan dialog oynasida beriladi, 
unda quyidagi optsiyalar mavjud:
1.20-rasm. Fourier Analysis oynasi 

Output node — signalning spektri tahlil qilinishi kerak boʻlgan nazorat


nuqtasining tartib raqami;
Fundamental frequency — tebranishlarning asosiy chastotasi (birinchi
garmonikaning chastotasi); 
Number harmonic — tahlil qilinadigan garmonikalar soni;
Vertical scale — U oʻqi boʻyicha masshtab. 


Advanced — blok optsiyalarining toʻplami.


Number of points per harmonic — bitta garmonika uchun sanashlar soni
Sampling frequency — tanlovlarning diskretlik chastotasi.
Display phase — hamma tashkil etuvchilar fazalarining taqsimlanishini 
uzluksiz funktsiya koʻrinishida ekranga chiqarish (sukut boʻyicha faqat amplitudalar
grafigi chiqariladi);
Output as line graph — garmonikalar amplitudalarining taqsimlanishini
ekranga uzluksiz funktsiya koʻrinishida chiqarish (sukut boʻyicha chiziqli spektr 
koʻrinishida chiqariladi).
Monte Carlo — Monte-Karlo usuli bilan statistik tahlil. Dialog oynasida (1.21-
rasm) quyidagi parametrlar beriladi:
1.21-rasm. Monte-Karlo usuli bilan statistik tahlilning dialog oynasi 

Number of runs — statistik sinashlar soni;


Global Tolerance — rezistorlar, kondensatorlar, induktivliklar, oʻzgaruvchan 
va oʻzgarmas tok va kuchlanish manbalari parametrlarining nominal parametrlarga
nisbatan og`ishi (xatoliklari);
Speed — ehtimoliy kattalikning boshlangʻich qiymati (0…32767)
Distribution type — ehtimoliy sonlarning taqsimlanish qonuni. 



Yüklə 136,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə