Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi. Ishdan maqsad



Yüklə 136,87 Kb.
səhifə3/22
tarix11.12.2023
ölçüsü136,87 Kb.
#146267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mavzu Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bo-www.hozir.org

1-bosqich
. Asboblar panelidan elementlarni ishchi sohaga oʻtkazish va ularni 
joylashtirish. Buning uchun element tasvirining ustida sichqonchaning chap tugmasi
bosiladi va zarur element ishchi sohaga surib oʻtkaziladi.


2-bosqich
. Elementlarni oʻzaro ulash. Buning uchun:
• Sichqonchaning kursori elementning chiqishiga kontaktning qora nuqtasi
paydo boʻladigan qilib yaqinlashtiriladi;
• Sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va bosilgan holatda bog`lanish hosil 

qilinishi kerak boʻlgan elementning chiqishida qora nuqta hosil boʻlguncha suriladi;


• Sichqonchaning chap tugmasi qoʻyib yuboriladi.

3-bosqich.
Elementlarning nominallarini oʻnatish. Elementning ustida 
sichqonchaning chap tugmasi toʻxtovsiz ikki marta bosilsa uning xossalar oynasi
ochiladi. Xossalar oynasining mazmuni tanlangan elementga bogʻliq ravishda 
oʻzgarib turadi. Hamma xossalar oynalarida Label (elementning nomi) va Fault
(elementdagi nosozliklar) boʻlimlari boʻladi. 
Element yoki zanjir uchastkasini yoʻkotish uchun u ajratiladi va Delete hamda
Enter klavishalari bosiladi. 
Sxemalarni loyihalashda koʻpgina amallar sichkonchaning chap tugmasidan
foydalanib bajariladi. Sichqonchaning ung tugmasi, asosan, elementlar va oʻlchash 
asboblari xossalarining kontekst menyularini chakirish uchun ishlatiladi.
Zanjir tuzish uchun quyidagi amallar bajariladi: 
ishchi oyna

komponentlar paneli


jihozlar paneli



kerakli elementlarni topish va tanlash;



elementlarni sxema oynasining ishchi soxasiga joylashtirish; 



elementlarni bir-biriga simlar yordamida ulash



elementlar parametrlarining kiymatlarini oʻrnatish. 


Kerakli elementlarni topish va tanlash dastur oynasining yukoridan ikkinchi


katoridagi belgilarning ustida sichkonchaning chap tugmasini bosib va tanlangan 
elementni sxema oynasiga surish yuli bilan amalga oshiriladi. Sxema tarkibiga
albatta korpus (erlanish) koʻshilishi kerak. Erlanish boʻlmasa sxemaning toʻgʻri 
ishlashi kafolatlanmaydi.
Multisim dasturida oʻzgaruvchan rezistorar, kondensatorlar va gʻaltaklar 
mavjud. Ularning parametrlarini belgilarida koʻrsatilgan klavishalarni bosish yuli
bilan uzgartirish mumkin. Parametrlarni sxema ishlayotgan vaktda ham uzgartirish 
mumkin. Lekin bu xolda hisoblashlarning aniqligi kafolatlanmaydi, natijalarni
dasturni kaytadan ishga tushirib tekshirib koʻrish kerak. 
Sxema oynasidagi elementlarni yangi joyga surish uchun ularning ustida
sichkonchaning chap tugmasi bosilgan holatda kerakli joyga siljitiladi. 
Elementlar bir-biriga simlar yordamida ulanadi. Simlarni hosil kilish uchun
sichkonchaning chap tugmasi element chikishining ustiga olib kelinadi, doyra 
shaklidagi tugun hosil boʻlishi bilan bosiladi va kerakli tomonga suriladi. Keyingi
elementning ulanadigan tuguni koʻrinishi bilan qoʻyib yuboriladi. Hosil kilingan 
simlarni sichkoncha yordamida surish ham mumkin.
Sxema oynasida boshka elementlarga ulanmagan element kolishi mumkin 
emas.
Elementning parametrlarini uzgartirish uchun uning ustiga kursor olib kelinadi 

va sichkonchaning ung tugmasi bosilib hosil boʻlgan kontekst menyudan kerakli


punkt tanlanadi. Bundan tashkari, elementning ustida sichkonchaning chap 
tugmasini ikki marta bosib yoki Circuit menyusidan tanlab Component Properties
ost menyusini ochish mumkin. Hosil boʻladigan dialog panelda kerakli parametr 
oʻrnatiladi.
Rezistorlar, kondensatorlar va induktivlik gʻaltaklari uchun paneldagi Zalue 
boʻlimidan foydalaniladi. Murakkab va aktiv elementlarning, qumladan, diodlar,
tranzistorlar va uzun liniyalarning parametrlari Models bulimidagi Default va Ideal 
boʻlimlarini yoki bibliotekadan elementning tipini tanlash yoʻli bilan oʻrnatiladi.
Buning uchun Edit knopkasidan foydalaniladi. 
Elementni sxemadan yoʻqotish uchun uning ustida sichqonchaning oʻng
ugmasi bosiladi va xosil boʻlgan menyudan Delete punkta tanlanadi. 
Sxema kurinishining kushimcha parametrlarini oʻrnatish uchun Circuit
menyusining Schematic Option punkta tanlanadi (1.17-rasm). Ushbu punktdan 
koʻpchilik xollarda tugunlarning tartib rakamlarini koʻrsatish uchun foydalaniladi.
Buning uchun Show/Hide bulimidagi Show nodes punkta belgilanadi. 



1.17-rasm. Sxema koʻrinishining qoʻshimcha parametrlarini oʻrnatish (Circuit 


menyusining Schematic Option punkti)
Multisim dasturida katta sxemaning bir qismini ost sxemaga aylantirish 
mumkin. Buning uchun sxemaning bir kismi sichqonchaning chap tugmasi bosilgan
xolatda surilib ajratiladi va Circuit menyusining Create Subcircuit punkta tanlanadi. 
Favorites oynasida oʻrnatilgan ost sxemaning tasviri xosil boʻladi. Ost sxemalardan
foydalanish murakkab qurilmaning kompakt sxemasini olish imkoniyatini beradi. 



Yüklə 136,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə