Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi. Ishdan maqsad



Yüklə 136,87 Kb.
səhifə4/22
tarix11.12.2023
ölçüsü136,87 Kb.
#146267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mavzu Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bo-www.hozir.org

Sxemalarni modellash. 
Sxemalarni modellash kuyidagi usullardan biri 
yordamida amalga oshiriladi.

1-usul.
Agar sxemaga ulchash asboblari ulangan boʻlsa, u ekranning oʻng 
yuqori burchagida joylashgan
knopka yordamida ishga tushiriladi va 
toʻxtatiladi. Usha erda Pause knopkasi ham mavjud boʻlib uning yordamida
modellash jarayonining ma’lum xolati kayd qilinadi. 


2-usul.
Ushbu usulda ulchash asboblari (ostsillograf va boshkalar) sxemaga 
ulanmaydi. Tugunlarning tartib rakamlarini Circuit/Schematic Options/Show nodes
komandasi yordamida koʻrinadigan kilinadi. Keyin Analysis menyusi yordamida 
tahlil turi belgilanadi. Masalan, ACHX tahlili Analysis/ AC Frequency komandasi,
oʻtish jarayonlarining tahlili Analysis/ Transient komandasi, oʻzgarmas tok boʻyicha 
tahlil Analysis/ DC Operating Point komandasi yordamida bajariladi. Keyin dialog
oynasida tahlil parametrlari va modellash natijalari koʻrilishi kerak boʻlgan tugunlar 
belgilanadi (Nodes for Analysis maydonida). Simulate knopkasini bosib modellash
jarayoni ishga tushiriladi. Modellash grafiklari Analysis Graphs oynasida hosil 
boʻladi. Ushbu oynani toʻliq ekranga ochish mumkin.
Signallarning parametrlarini ikkita vizir chiziq yordamida koʻrish mumkin. 
Ushbu chiziqlar Toggle Cursors belgisi bosilganda hosil boʻladi (Toggle Cursors
komandasini kontekst menyudan ham bajarish mumkin, grafikning ustida 
sichqonchaning oʻng tugmasi bosiladi va Toggle Cursors tanlanadi). Vizir chiziqlar



sichqoncha yordamida siljitiladi va kerakli joyga olib kelinadi. Signallarning


parametrlari dinamik oynada aks etadi.


Sxemalarni tahlil qilish. 
Multisim dasturida asos qilib olingan ulchash 
asboblariga ega boʻlgan elektron laboratoriya kontseptsiyasi elektron kurilmalara
kechadigan jarayonlarni hisoblash ishini keskin soddalashtiradi. Sxema tuzilgandan 
va unga kerakli ulchash asboblari ulangandan keyin taxlilni boshlash uchun
Activate/Stop knopkasini bosish etarli. Xuddi real laboratoriyada real ulchash 
asboblari bilan ishlagandagidek toklar, kuchlanishlar va karshiliklarning
hisoblangan kiymatlari ulchash asboblarining ekranlarida koʻrinadi. 
Modellashning keyingi etapida sxemani oʻzgartirish, elementlarni almashtirish,
yangi elementlarni qoʻshish, asboblarni boshqa nazorat nuqtalariga ulash va h.k. 
ishlarni bajarish mumkin. Oʻzgartirishlar kiritilgandan keyin sxema Activate/Stop
knopkasi yoramida qaytadan aktivlashtiriladi. Sxemaga ulangan asboblarga mos 
holda EWB dasturi quyidagi tahlilarni bajarish uchun avtomatik ravishda sozlanadi:
— DC Operating Point — sxemaning oʻzgarmas tok rejimini hisoblash 
(oʻzgarmas tok va kuchlanishlarni oʻlchash uchun multimetr, ampermetr yoki
voltmetrlar ulanganda); 
—AC Frequency — chastotaviy xarakteristikalarni hisoblash (ACHX va
FCHX oʻlchagichlari ulanganda yoki garmonik tok va kuchlanishlarni oʻlchash 
uchun multimetr, ampermetr yoki voltmetrlar ulanganda);
—Transient — oʻtish jarayonlarini hisoblash (ostsillografdan foydalanilganda). 
Yuqorida koʻrsatilgan tahlillarni Analysis menyusining mos komandarini
tashlash yoʻli bilan ham bajarish mumkin.
Multisim dasturida sukut boʻyicha sonli integrallash uchun juda katta qadam
oʻrnatilgan. Oʻtish jarayonlari tahlili aniqligini orttirish uchun Analysis\Analysis 
Option\Transient tanlanadi va EWB dasturining quyidagi parametrlari oʻrnatiladi:
ITX4 - 100...1000 va TRTOL = 1 ... 0,1.
Multisim dasturi yordamida yuqorida keltirilgan uch xil tahlildan tashqari
quyidagilarni ham bajarish mumkin:
• spektral tahlil (Fourier), ichki shovqinlar spektrining tahlili (Noise),
nochiziqli buzilishlarni hisoblash (Distortion);
• sxema elementi parametrlari variatsiyasi ta’sirini tahlili (Parameter sweep);
• qurilma xarakteristikalariga harorat oʻzgarishi ta’sirining tahlili (Temperature 
sweep);
• modellanayotgan zanjir xarakteristikalarining nollari va qutblarini hisoblash 
(Pole-Zero);
• oʻtkazish xarakteristikasini hisoblash (Transfer Function);
• komponentlar parametrlari oʻzgarganda sxemaning sezgirligini va
xarakteristikalarining oʻzgarishini hisoblash (Sensitivity, Worst Case i Monte 
Carlo).

Yüklə 136,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə