Mavzu: mikrobiologiya fani



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə14/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Endemik qaytalama tif. Endemik qaytalama tif

Endemik qaytalama tif kasalligini bir qancha turdagi borreliyalar (B.persica, B.duttonii va boshqalar) keltirib chiqaradi. B.duttonii ni 1904-yili R. Ross bemor qonidan ajratib olgan.



Morfologiyasi. Kana qo'zg'atadigan qaytalama tif borreliyalarining morfologiyasi epidemik qaytalama tif qo'zg'atuvchisiga o'xshashdir.

Kultural xossasi. B. duttonii maxsus oziqa muhitida o'sishi mumkin. Ular 30—35°C haroratda va pH 7,2—7,4 bo'lgan anaerob sharoitda o'stiriladi.

Fermentativ xossasi. Aniqlanmagan. Antigenligi. Borreliyalarning bir qancha variantlari mavjud bo'lib, ularni bir-biridan farqiash ishlarini olib borishda biologik usulni qo'llash yordam beradi.

Patogenligi. Ko'pincha kemiruvchilar — sichqonlar, olmaxonlar, qumsichqonlar kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, kalamush, oq sichqonlar sezgir.

Chidamligi. Epidemik qaytalama tifga o'xshash. Infeksiya manbayi. Tabiiy o'chog'i va infeksiya manbayi bo'lib kemiruvchilar — sichqon, olmaxonlar, qumsichqon va Ornithodoros avlodiga kiruvchi kanalar hisoblanadi. Borreliyalar kana organizmida butun hayoti davomida saqlanadi va nasldan-naslga uzatiladi.

Tarqalish yo'li. Transmissiv yo'l bilan, ya'ni qon so'ruvchi ha-\ ^arotlar orqali tarqaladi. Odamni kana chaqqanda ularning so'lagi | tarkibidagi borreliyalar organizmga kiradi. Chaqqan joyida papula yuzaga keladi.

Patogenezi. Epidemik qaytalama tifga o'xshash, lekin isitma tutishi

ko'proq bo'ladi. Kasallik ancha yengil o'tadi.



Immuniteti. Epidemik o'choqda odamlarda immunitet yoshbolalik

davridan va qonda spiroxitolizin hamda boshqa antitelolarning borligi sababli yuzaga keladi. Asosan shu o'choqqa kelgan odamlargina endemik tif bilan kasallanadi. Kasallikdan so'ng turg'un bo'lmagan immunitet yuzaga keladi. Epidemik qaytalama tif bilan keshishib o'tadigan immuniteti yo'q.



Profilaktikasi. Qurt-qumursqa va kemiruvchilarga qarshi kurashish. Har bir o'choqda o'ziga xos turdagi kasallik qo'zg'atuvchisi mavjuddir. Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish. Maxsus profilaktikasi ishlab chiqilmagan.

Davosi. Antibiotiklar — tetratsiklin, penitsillin, levomitsetin va boshqalar bilan davolanadi.

MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH

TEKSHIRISH MATER1ALLAR1

Bemor qoni.

Tekshirish materialini to'plash

Bemordan qon.
Qalin tomchi preparati. Barmoqning yumshoq joyi teshiladi. Yog'sizlantirilgan buyum oynachasi barmoqdagi qonga tekkizilib, aylanma harakat qilinib diametri 1—1,5 sm. ga teng surtma tayyorlanadi.

Yupqa surtma tayyorlash. Yog'sizlantirilgan buyum oynachasining chetki qismiga barmoqdan qon tomiziladi va ikkinchi buyum oynachasining cheti bilan qon tomchisi oynachada yoyilib chiqiladi. Asosiy tekshirish usullari

Mikroskopik.

Biologik


Mikroskopik usul. Bemor harorati ko'tarilgan vaqtda qon olib yuqoridda ko’rsatilganidek surtma preparat tayyorlanadi. Quritilib, fiksatsiya qilinmagan holda uning ustiga 0,5 ml Gimza bo'yog'i tomiziladi bir necha daqiqadan so'ng tomchida gemoglobin bulutchalari hosil bo’ladi.Shundan so'ng bo'yoq to'kilib yangi bo'yoq tomchisi tomiziladi.Bu bo'yoq 20—30 daqiqa ushlanadi, so'ngra asta-sekin yuviladi va mikroskop ostida tekshiriladi: Borreliyalar binafsha rangda ko’riladi.

Diqqat! Tomchi fiksatsiya qilinmaganligini esda tutish lozim. Tomchini suvli fuksin bo'yog'ida ham bo'yash mumkin. Bunda borreliyalar pushti rangga kiradi.Negativ preparatlarni qorong'ilashgan mikroskopik maydonda ko'rish mumkin.

Biologik usu.lBemordan 2—3 ml qon olinadi va dengiz cho'chqachasi terisi ostiga yuboriladi yoki ko'z, burun shillig'iga tomiziladi.

Endemik qaytalama tif mavjud bo'lsa, havvonlar 5—8 kunlarda kasallanadi. Hay von qonidagi borreliyalar aniqlanadi.

Epidemik qaytalama tif qo'zg'atuvchisiga dengiz cho'chqachalari sezuvchan emas.
Nazorat uchun savollar:

1.Epidemik va endemik qaytalama tif diagnostikasida qanday tekshirish materiali olinadi?



  1. Diagnostikada qo'llaniladigan asosiy tekshirish usullarini aytib bering.

  2. Epidemik va endemik qaytalama tif qanday farqlashi mumkin? 4. Qaytalama tif borreliyalarining morfologik xossasini aytib bering. 5. Qaytalama tif kultural xossasini aytib bering.

6.Bemor qonida qaytalama tif borreliyalari aylanib yurishini.kim isbotlab bergan?

7.Qaytalama tifning yuqish mexanizmi va patogenezi qanday?

8.„Trombotsitobariya" favqulodda hodisasi nima?
Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar.”

Tayanch so’z va iboralar:

1.Bakterimiya –infeksiya qo’zqatuvchisining ma’lum vaqt qonga o’tib tarqalishi;

2.Gramm musbat bakteriyalar- Gramm Usulida bo’yalganda binafsha rangga bo’yaladi;

3.Immunlashgan infeksiya-qo’zg’atuvchi mahalliy o’choqdan chiqib butun organizmga tarqalishi;

4.R-shaklli koloniya –chetlari notekis,g’adir-budur koloniya;

5.S-shaklli koloniya-chetlari tekis ,yumaloq bo’rtib chiqqan koloniya;

6.Kimyoprofilaktika-yuqumli kasalliklarni oldini olish uchun kimyoviy preparatlar qo’llash.

Mavzu:Leptospiralar.

Reja:

1.Qaytalama tif borellasining xossalari;

2.Yuqish mexanizmi,kasallik patogenezi;

3.Tekshirish materialini yig’ish va laboratoriyaga yuborish;

4.Profilaktika va davosi
LEPTOSPJROZ QO'ZG'ATUVCHISI

Patogen spiroxetalar Spirochaetaceae oilasiga, Leptospira avlodiga kiradi. Leptospirallarni 1915-yili yapon olimlari Inado va Ido aniqlaganlar.Leptospira avlodiga odam va hayvon organizmida kasallik keltirib chiqaradigan ko'pgina guruh mikroorganizmlari kiradi.

Morfoiogiyasi. Leptospiralar spiralsimon, 6—20x0,1—0,25 mkm Bzunlikda, 12—18 ta buramadan iborat bo'lib, buramalari mayda, bir-biriga zich joylashgan va ularning uchi ilmoqqa o'xshashdir. Leptospiralar juda harakatchan, spiroxetalarga xos barcha harakatlanish usullarida harakatlanadi.

Ular anilin bo'yoqlarida yaxshi bo'yalmaydi. Shuning uchun patologik materiallarda va kulturalarda ularni aniqlash maqsadida qorong'ilashgan maydon yoki kumush bilan qoplash usulida o'rganiladi. Bunday usullarda ular jigarrang bo'lib ko'rinadi.

Kultural xossasi. Leptospiralar jiddiy aerob. Suyuq va yarim suyuq °ziqa muhitlariga quyon zardobi qo'shilganda, 28—30°C haroratda va PH 7,2—7,4 bo'lgan sharoitda o'sadi. Bu muhitlarda ular sekin (7—10 ton ichida) o'sadi, va leptospiralar bo'linib ko'paygan bo'lsa ham muhit tiniq qoladi. Leptospiralar o'sganligini ezilgan tomchi preparati ^Vyorlab mikroskop ostida (qorong'i maydonda) quritib aniqlanadi. von zardobi qo'shilgan zich oziqa muhitida 5—7 kunlarda o'sadi, oziqa muhitida leptospiralar virulentlik xossasini yo'qotadi. Fermentativ xossasi. Leptospiralarda katalaza, oksidaza, lipaza boshqa fermentlar aniqlangan. Toksigenligi. Leptospiralarda endotoksin borligi isbotlanmagan. Leptospiralarning antigenlik tuzilishi monoretseptor roagglyutinatsiya reaksiyasi qo'yish orqali aniqlanadi.Mana shu reaksiyaga asoslanib, leptospiralar 19 ta seroguruhga bo'linadi. Chidamliligi. Leptospiralar yuqori haroratga sezgir: 56°C haroraf ta'sirida 30 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past haroratda ub (—70—80°C) uzoq vaqt saqlanadi. Leptospiralar quritishga, kislot-va o't suyuqligiga ham sezgirdir. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Leptospiralar suvda 2 oygacha, sut mahsulotlarida, nonda bir necha soatgacha saqlanadi Patogenligi. Leptospira bilan kemiruvchilar kasallanadi, lekin ular bilan yirik na mayda shoxli hayvonlar, cho'chqa, it, qo'shtuyoq-lilar va hatto yovvoyi hayvonlar ham kasallanishi mumkin. Hayvonlarda kasallik surunkali shaklda o'tadi.

Laboratoriya hayvonlaridan leptospiralarga dengiz cho'chqachasi tillarang olmaxonlar sezgirdir. Lekin ularda kasallikni leptospiralarning ayrim serovarlarigina keltirib chiqarishi mumkin. Kemiruvchilarda ham kasallik surunkali shaklda o'tadi va leptospiralar ularning siydigi bilan ajraladi.



Infeksiya manbayi. Infeksiya manbayi bo'lib kasal qishloq xo'jalik hayvonlari va kemiruvchilar (asosan kalamushlar) hisoblanadi. Ular siydigi bilan atrofidagi tuproq, ochiq suv havzalari (quduq, ariq, hovuz), oziq-ovqatlarni ifloslantiradilar.

Tarqalish yoii. Leptospiralar ifloslangan suvda turli xil ishlar olib borilganda, cho'milganda, kasal hayvonlarni parvarish qilganda, ifloslangan oziq-ovqatlarni iste'mol qilganda yuqadi.

Patogenezi. Qo'zg'atuvchi organizmga jarohatlangan teri va ko'z, og'iz shilliq pardalari orqali kiradi. Teri va shilliq qavatlarda birlamchi belgilar yuzaga kelmaydi.

Leptospiroz sariqlik va sariqsiz shaklda o'tadi. Organizmga kirgan leptospiralar limfa yo'i orqali qonga o'tadi va qon bilan tanaga tarqaladi. Parenximatoz a'zolarga tushadi, jigar va buyrakda joylashib oladi. Shu vaqt ichida organizmda leptospiralami parchalovchi antitelolar hosil bo'ladi.Leptospiralar parchalanayotgan vaqtda zaharli modda ajraladi va bu toksin intoksikatsiya va parenximatoz a'zolarda qon quyilishini yuzaga keltiradi. Og'ir hollarda sarg'ayish va buyrak funksiyasining o'tkir buzilishi (nefrit) hosil bo'ladi. Leptospiralarga sezgir hayvonlarda ham buyrak funksiyasining buzilishi yuzaga keladi. Yengil shakllarida parenximatoz organlarni shikastlanganligini maxsus usullarda tek-shirilgandagina aniqlash mumkin.



Immuniteti. Agglyutinin va spiroxetolizinlaming hosil bo'lishiga bog'liq bo'lib, 3—4 hafta ichida antitelolar miqdori eng yuqori konsentratsiyaga (1 : 1000 va undan yuqori) yetadi. Immunitet uzoq vaqt saqlanadi.

Profilaktikasi. Kemiruvchilarga qarshi tadbirlar, botqoqliklani quritish, oziq-ovqat mahsulotlarini sichqon va kalamushlar chiqindisi

bilan ifloslanishdan saqlash choralarini amalga oshirish. Qishloq xo'jaligi hayvonlarini emlab turish lozim.

Maxsus profilaktikasi bo'yicha infeksiya o'chog'ida ishlayotgan xodimlarni emlash lozim. Ayrim leptospiralarning serovarlarini qizdirish yo'li bilan olingan o'lik leptospiroz vaksinasi qo'llaniladi.

Davosi. Penitsillin, tetratsiklin, leptospirozga qarshi immunoglobullin (Iceng tarqalgan leptospira seroguruhlaridan tayyorlangan)lar qo'llaniladi

MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH

TEKSH1R1SH MATERIALLAR1

l.Qon.


  1. Siydik.

  2. Orqa miya suyuqligi.

  3. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari.

  4. Murdalardan material.

Tekshirish materiaMni to'plash

Kasailikning birinchi Steril shpris yordamida bilak venasidan kunlarida qon olinadi. 5 ml olinadi.

Siydik. Steril kateter bilan steril idishga olinadi.

Orqa miya suyuqligi. Maxsus igna yordamida steril

idishga olinadi.


Suv, oziq-ovqatlar. „Sanitariyamikrobiologiyasi"bo'limi-

ga qarang.

Asosiy tekshirish usuilari


  1. Mikroskopik.

  2. Bakteriologik.

  3. Serologik.

  4. Biologik.

Mikroskopik usul. Kasallikning 5—7-kunlari qon olinadi. Bemor qonidan 1—2 ml olib natriy sitrati bilan aralashtiriladi va 1 SOat davomida tindiriladi. Aralashmaning yuza qismidan Paster pipetkasida 1 tomchi olib yog'sizlantirilgan buyum oynachasiga tomiziladi Va uning usti oynacha bilan yopilib mikroskopning qorong'ilashtirilgari maydonida tekshiriladi. Siydik, orqa miya suyuqligi sentrifuga qilinadi cho'kmasidan surtma tayyorlab, mikroskop ostida tekshiriladi.

Bakteriologik usul. Tekshirish materiallari Ulengut oziqa muhiti quyilgan 3—5 ta probirkaga ekiladi. Probirkalarni 18—30°C haroratda 3 oyga termostatda qoldiriiadi. Leptospiralar oziqa muhitda o'sgan bo'lsa ham muhit tiniq qoladi. Shuning uchun har 5—6 kunda oziqa muhitidan olib ezilgan tomchi preparati tayyorlab, qorong'ilashgan maydonda tekshirib turiladi. Har bir probirkadan 3 tadan preparat tayyorlash lozim,

Serologik usul. Bemordan kasallikning 4—5-kunlari qon olinib mikroagglyutinatsiya reaksiyasi qo'yiladi. Bemorning qon zardobi 1:50 dan 1: 1600 gacha suyultiriladi. Antigen sifatida suyuq oziqa muhitida o'stirilgan mikrob kulturasi (tirik leptospiralar) qo'llaniladi. Aniqlangan diagnostik titri 1 : 100 va undan yuqorida bo'lsa, reaksiya musbat deyiladi. Reaksiyaning natijasi albatta ezilgan tomchi preparati tayyorlab qorong'ilashtirilgan maydonda o'rganiladi, Mikroskop ostida o'rgimchakka o'xshash leptospiralar ko'rinsa, reaksiya musbat deyiladi.

Biologik usul. Bemor qonidan 2—3 ml olib dengiz cho'chqa-chalarining qorin bo'shlig'i yoki terisi ostiga yuboriladi 6—10 kundan keyin dengiz cho'chqachalari kasallanadi. Zararlangan hayvonlar 1 oygacha kuzatib turiladi. Vaqti-vaqti bilan ulardan qon olib, oziqa muhitiga ekib natija o'rganiladi. Ular o'lgandan keyin a'zolaridai material olib oziqa muhitiga ekib o'rganish davom ettiriladi.

Bemordan olingan siydik dengiz cho'chqachalarining qorin bo'shlig'ini yungi olingan va jarohatlangan terisiga bir tomchi miqdorda tomiziladi. Tomchi qurigandan so'ng yana shuncha siydik tomiziladi. Bu ish 4—5 marotaba takrorlanadi. Hayvonlar uch oy kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan hayvonlardan qon olib, oziqa muhitiga ekib natija o'rganiladi, hayvonlar o'lgandan so'ng yorib a'zolaridan material olib oziqa muhitiga ekib yana o'rganiladi.
Nazorat uchun savollar

1. Leptospirozga shubha qilinganda qanday tekshirish materiali olib tekshiriladi?



  1. Asosiy tekshirish usullarmi bayon eting.

  2. Mikroagglyutinatsiyaning natijasi qanday o'qiladi?

4.Biologik sinamani aytib bering 5. Leptospiralarning morfologik va kultural xossasini aytib bering. . 6. Leptospiralarning chidamliligini bilasizmi?

7.Leptospiralarning patogenligi, infeksiya manbayi va tarqalish yo'llari qanday?

8.Leptospiroz patogenezini ayting. 9.Leptosirozda immunitet qanday antitelolar hisobiga hosil bo'lladi.
Tayanch so’z va iboralar:
1.Vensan borreliyasi-yarali angina,yarali stomatit,nekrozni keltirib chiqaradi;

2.Zoonoz infeksiya-infeksiya manbai hayvonlar hisoblanadi;

3.Parenximatoz a’zolar-jigar,byurak,o’pka va boshqalar; 4.Sof kultura-tozalangan mikroorganizm;

5.Lizis-mikroorganizmlarning lizosomadagi fermentlari yordamida ro’y beradigan emirilish va erishi;

6.Antigen-genetik jixatdan organizm uchun yot modda;

7.Termostat-xaroratni bir me’yorda ushlab turadigan laboratoriya asbobi.


Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”



2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar.”
Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə