Mavzu: mikrobiologiya fani



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə12/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Tarqalish yo'li. Jarohatlangan teri orqali tuproq bilan, snaryad bo'lakchalari, kiyim bo'lakchalari orqali organizmga kiradi. Tinchlik vaqtida operatsiya va inyeksiyadan so'ng, kasalxonadan tashqari abort qilinganda va boshqa hollarda tarqaladi.

Patogenezi. Qo'zg'atuvchi organizmga spora yoki vegetativ shaklda kirgandan so'ng bo'linib ko'payadi va o'zidan ekzotoksin ishlab chiqaradi. Bo'linib ko'payganda klostridiylar sog'lom to'qimani shikastlaydi va nekrozga uchratadi. Ayniqsa, bu jarayon muskul to'qimalarida tez boradi, chunki u yerda ko'p miqdorda glikogen bo'lib, u anaeroblarning eng sevimli muhiti hisoblanadi. Ko'pincha infeksiya chuqur jarohatlarda „ko'r cho'ntaklar" hosil bo'lganda, ya'ni kislorod bilan yaxshi ta'minlanmagan, klostridiylar rivojlanishiga qulay sharoit yuzaga kelganda rivojlanadi.

Klostridiylar ko'pincha С perfringens va C. novyi bilan qo'shilib kasallik keltirib chiqaradi, bunda kasallik og'ir o'tadi va og'ir natijalarga olib keladi. Anaerob infeksiyasining patogenezida qo'shimcha flora (stafilokokk, streptokokk va boshqa) va mikroorganizmlarning reaktivliga katta ahamiyatga ega.



Immiimteti. Odamda bu kasallikka qarshi tabiiy immunitet mavjud, chunki odam ichagida klostridiylar yashaydi. Kasallikdan so'ng kuchsiz immunitet yuzaga keladi. Kuchli immunitet organizmga anatoksin yuborilganidagina yuzaga keladi.

Proffiaktikasi. Jarohatlarni yaxshilab tozalash, vodorod peroksidi bilan yaxshilab yuvish, jarohatning ifloslangan qismlarini yaxshilab kesish, asboblarni to'liq sterilizatsiya qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim.

Maxsus profilaktikasida gazli gangrena qo'zg'atuvchilarining barcha turini "saqlovchi adsorbsiyalangan polianatoksini qo'llaniladi«fibvtilra bo'vicha odam jarohat olganda, gazli gangrenaga qarshi preparatlari, oksigenoterapiya belgilan

MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH

TEKSH1RISH MATERIALI.



  1. Jarohatdan ajratma.

  2. O'zgargan to'qima bo'lakchalari.

  3. Jarohatga tushgan yot moddalar.

  4. Qon.

Tekshirish materialini to'plash. Qon shpris yordamida steril probnrkaga olinad. Asosiy tekshirish usiillari

l.Mikroskopiya.



  1. Bakteriologik.. 3.Biologik.

o'rganiladi. Gazli gangrena qo'zg'atuvchisi aniqlansa, qo'zg'atuvchi turini aniqlash uchun sichqonlarda biologik sinama quyiladi. Buning исЬцЛ 5 ta probirkaga tekshirish materialidan 0,9 ml. dan solinadi va hark! probirkaga 0,6 ml. dan mos antitoksik zardob solinadi. 6-probirkaga fiziologju eritma solinadi, bu nazorat probirkasi hisoblanadi.

Toksin va anatoksin zardobi qo'shilgan probirkalar xonada 40 daqiqaga qoldiriladi, bunda toksin antitoksin ta'sirida neytrallanadi Har bir probirkadan 0,5 ml.dan olib bir juft sichqonlarning venasj ichiga yuboriladi. Zararlangan hayvonlar kuzatib turiladi.Zararlangan hayvonlar 5—6 soatdan 3—4 kungacha kasallanib nobud bo'ladi. Gomologik antitoksin zardob yuborilgan sichqonlar tirik qoladi. Agar biologik sinama natija bermasa, sof kultura bilan biologik sinama qaytadan o'tkaziladi.Gazli gangrena kasalligi tez yuzaga chiqishi sababli qo'zg'atuv-chining turini tezroq aniqlab taxminiy diagnoz qo'yishni talab qiladi. Shuning uchun tekshirish materialidan surtma preparat tayyorlanadi, turga mos zardob bilan immunoflyuoressiyalanadi va immune fluoressent usulida o'rganiladi.



Nazorat uchun savollar

1. Gazli gangrena qo'zg'atuvchilarning morfologik va kultural xossasi qanday?



  1. Gazli gangrena qo'zg'atuvchilarining qaysi biri kapsula hosil qiladi?

  2. Gazli gangrena qo'zg'atuvchilaridan qaysi biri biokimyoviy jihatidan aktiv?

  3. Gazli gangrenaga diagnoz qo'yishda qaysi usullardan foydalaniladi?

  4. Toksinni qaysi usulda aniqlanadi?

Tayanch so’z va iboralar:

1.Sof kultura-tozalangan mikroblar to’plami;

2.Saxorolitik xossa –uglevodlarni parchalash xossasi;

3.Spora-noqulay muhitga tushganda ayrim qo’zqatuvchilarni o’zinin saqlab qolish maqsadida hosil qiladigan himoya qobig’i;

4.Tetonolizin-eritrositlarni parchalaydi;

5.Tetonospazmazmin-nerv hujayralarini xarakatlantiruvchi nervlatni shikastlaydi;

6Gemoliz-eritrositlarni parchalanishi.

7.Anaerob-kislorodsiz sharoit.
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”;

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

Mavzu: Ko’kyo’tal bordetellalari.

Reja:

1.Ko’kyo’tal qo’zg’atuvchilarining xossalari;

2.Yuqish mexanizmi va kasallik patogenezi;

3.Tekshirish materialini olish;

4.Profilaktika va davosi.
Ko’kyo’tal qo’zg’atuvchisi.-bu kasallik qo’zg’atuvchilari Bordotella avlidiga kiradi.

1.Bordetella pertusis - ko’kyo’tal qo’zg’atuvchisi, 1905 yili Borde va Jangu tomonidan amqlangan.

2.Bordetella parapertusis - parako'kyo'tal qo'zg'atuvchisi 1937-yilda Elleding va Kondrik tomonidan aniqlangan.

3.Bordetella bronhoseptika – hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. 1926 yili Вraun aniqlagan (kam uchraydi).



Morfologiyasi. Ovalsimon shaklda, 0,3—0,5x1 -1,5 mkm kattalikdagi mayda tayoqchalar. Parako'kyo'tal qo'zg'atuvchisi esa birol yirikroq. Ikkalasi ham spora hosil qilmaydi, harakatsiz. Kapsuia hosil qiladi. Gram manfiy bo'lib, ikki cheti to'qroq bo'yaladi.

Kultural xossasi. Acrob. Oziqa muhitiga talabchan. QO'A ozuqa muhitida ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisi 48—72 soaldan so'ng, раrако’yo'tal qo'zg'atuvchisi esa 24—48 soatdan so'ng o'sadi. Ko'kyo'tal qo'z­g'atuvchisi mayda, parako'kyo'tal qo'zg'atuvchisi esa yirikroq, yaltiroq kulrang, krem rangli, simob tomchisiga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi. Koloniyani olganda qaymoqqa o'xshash dog' qoladi. Stercoskopik mikroskopda qaralganda soya ko'rinadi. Energiya manbayining joyi o'zgartirilganda soya ham o'z joyini o'zgartiradi. Bu diagsiostikada katta ahamiyatga ega.



B.parapertussis tirozinaza fermentini ishlab chiqaradi, tirozin saqlovchi muhitga ekilganda tirozin parchalanishi natijasida muhit jigarrangga aylanadi. Oziqa muhitining rangini o'zgartirishi diagnostikada katta ahamiyatga ega.

Suyuq oziqa muhitida B.pertussis va B.parapertussis bir tekis loyqalanadi va probirka tubida cho'kma hosil qilib o'sadi. Yangi ajratilgan kultura ko'pincha S shaklda bo'ladi, kasallik oxirida, II—IV fazada olingan materialda va noqulay sharoitda o'stirilgan kulturalar bir-biridan farqlanuvchi koloniyalarni hosil qilib o'sadi.

Qonli agarda gemoliz ular zonasini beradi. Suyuq oziqa muhitida bir tekislik loyqalanish va cho'kma hosil qilib o'sadi.

Fermehtatiy xossasi. Ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisi uglevodlarni parchalamaydi, oqsillarni fermentlamaydi. Parako'kyo'tal bakteriyasi esa ureaza va tirozinaza fermentlarini ishlab chiqaradi va ularni parchalaydi.



B.pertussis va B.parapertussis patogen bo'lgan gialuronidaza plazmakoagulaza va lesitinaza fermentlarini ajratadi.

Toksigenligi. Ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisining 4 ta oqsil tabiatli toksini aniqlangan:

  1. Termolobil dermenekrotik toksin.

  2. Termostabil endotoksin3.

  3. Leykotsitlarni stimullovchi toksin (hayvonlarga og'izdan yuborilganda o'limga olib keladi).

  4. Gistaminni sensibilizatsiyalovchi omil (hayvonlarga yuborilganda ularda gistaminga sezuvchanligi ortadi).Birinchi ikkita toksin parako'kyo'talga ham xosdir.

Antigenlgi. Borditella avlodining antigenlik tuzilmasi juda murakkabdir. Diagnostika agglyutinogen asosiy antigen bo'lib hisoblanadi. Avlod antigeni — 7, turga xos agglyutinogen ko'kyo'tal uchun 1, parako'kyo'tal uchun 14, bronxoseptika uchun 12 hisoblanadi.

Monospetsifik 1, 14, 12 antigenlari zardob turlarini farqlash ichun qo'llaniladi. Turga xos antigenlardan tashqari, Bordetella avlodiga kiruvchi a'zolarning boshqa agglyutinogenlari ham mavjud bo'lib, ular yordamida qo'zg'atuvchilarning serovarlari aniqlanadi.



Chidamliligi. B.pertussis va B.parapertussis tashqi muhitga kam chidamli. 50°C harorat ta'sirida 20—30 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past harorat ham ularga o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Tik quyosh nurlari ta'sirida 1—2 soatdan so'ng, ultrabinafsha nurlari ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Qurigan balg'amda bir necha soatgacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalarning oddiy eritmalari ham ularga o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Ularning ikkalasi ham antibiotiklarga kam sezuvchan, penitsillinga esa umuman sezuvchan emas.

Patogenligi. Tabiiy holda hayvonlar bu qo'zg'atuvchilarga sezuvchan emas. Laboratoriya hayvonlaridan maymun, yosh itlarda iko'kyo'tal va sichqonlarda o'limni yuzaga keltirishi mumkin.

Infeksiya raanbayi. Bemor odam, ayniqsa, kataral davrdagi bemordir.

Tarqallsh yo'li. Havo-tomchi yo'li orqali tarqaladi.

Patogenezi. Qo'zg'atuvchilar yuqori nafas yo'lining shilliq pardalariga tushib, bo'linib ko'payadi. Kataral yallig'lanish jarayoni, tumov avj oladi. Yashirin davri 3—8 kun. O'zidan toksin ishlab chiqaradi va bu toksin markaziy nerv sistemasi, yuqori nafas yo'llari shilliq qavatidagi nerv retseptorlariga ta'sir ko'rsatadi va natijada yo'tal keltirib chiqaradi. Keyinchalik bemor yo'talganda qotib qolish holati kuzatiladi.

Yo'tal kundan-kunga kuchayadi. U vaqt-bevaqt tutib qattiq azob beradi. Yo'tal, ayniqsa, kechasi tez-tez tutadi. Yo'tal tutgan vaqtda bemor ko'pincha qusadi va hatto beixtiyor ichi o'tib ketadi va siyib 4o'yadi. Kasallik 6—8 hafta davom etadi. Yo'tal tutishi sekin-asta tamayadi va nihoyat bo'shroq tutib jarayon tugaydi. Ko'kyo'talga pilarrtchi infeksiya—gripp, zotiljam qo'shilganda kasallik, ayniqsa, fir o'tadi.

Immuniteti. Kasallikdan so'ng mustahkam immunitet hosil bo'ladi.

Profilaktikasi. Umumiy profilaktikasida bemorni vaqtida aniqlash ,izolatsiya qilish, kontaktdagi bolalarga immunoglobulin yuborish lozim. Maxsus profilaktikasida bolalarga 1—2 oyligidan boshlab AKDS (ko'kyo'tal+bo'g'ma+qoqshol vaksina) yuboriladi, keyinchalik revaksinatsiya ishlari olib boriladi.

Davosi. Boshlang'ich davrlarida immunoglobulin qo'llaniianiladi.
Eritromitsin va ampitsillin ishlatiladi.

MIKROBIOLOGIK DIAGNOSTIKASI

TEKSHIRISH MATERIALI

Burundan surtma.

Tekshirish materialini to'plash Kosachadagi agarga yo'talish usuli

(Borde usuli)

Bemor yo'talayotgan vaqtda KUA oziqa muhiti solingan Petri kosachasi bemorning og'zidan 8—10 sm uzoqlikda ushlab turiladi, so'ng termostatda qoldiriladi. Bu usul hozirgi vaqtda kam qoilaniladi.

Yutqunning orqa devoridan surtma olish usuli

Tekshirish materialini hamshira oladi va ikkita tampondan foydalanadi. Biri quraq holda, ikkinchisi KUA muhitiga namlanadi. Sinama olishdan awal tampon 120° burchak ostida qayrilib olinadi. Bemorning til asosini shtampel bilan bosib, tampon og'iz bo'shlig'iga to yutqinning orqa devoriga tekkuncha kiritiladi. Bunda bemorda yo'tal yuzaga keladi va shilliq ajraladi. So'ng tampon sekin-asta og'izdan chiqarilib Petri koschasidagi KUA muhitiga ekiladi. Shtrix holda ekilgan kosacha termostatda qoldiriladi.

Ikkinchi tamponni ikki marta (KH2P04 va Na2NP04 bufa eritmasida, agar va aktivlangan ko'mirda) namlanadi. Bu eritrnalai idishlarga solinadi. Eritmalar ishlatishdan awal suv hammomi^ eritilishi lozim. Tekshirish materiali quruq tampon bilan qanda olingan bo'lsa, shu yo'sinda olinadi. Material olingandan keym probirkaga solinib laboratoriyaga yuboriladi.

Burun-yutqundan surtma olish usuli

Material yuqoridagidek olinadi, lekin tampon burundan kiritiladi. eslatma:

1.Qopqog'i ochilgan kosachaning og'zini to'nkarilgan vatda ushlash lozim.


  1. Tampon simga mahkam o'ralgan va silliq bo'lishi lozim.

  2. Tekshirish materiali olinayotganda tampon tilga, lunjga tegib ketmasligi lozim.

4. Material och qoringa yoki ovqatlangandan keyin 2—3 soatdan

so'ng olinadi.

5. Tekshirish materialini qish faslida laboratoriyaga jo'natish lozim bo'lsa, probirka va kosachani sovuqdan saqlash uchun ularni paxtaga
o'rab grelkaga qo'yib olib borish lozim.

6. Qanday usulda olinishidan qat'iy nazar material ikkita kosachaga

linishi lozim.

7. Qo'shimcha mikrofloradan ozod bo'lish uchun KUA muhitiga

penitsillin shpatel bilan yoyiladi.

Asosiy tekshirish usuli.

Mikrobiologik.

Tekshirishning birinchi kuni. Olingan tekshirish materiali KUA oziqa muhitiga ekiladi, termostatda 37°C haroratdan 5 kunga qoldiriladi. Ertasi kunidan boshlab tekshiriladi. Oziqa muhiti qurib qolmasligi uchun termostatga idishda suv qo'yiladi.

Tekshirishning ikkinchi-uchinchi kunlari. Ekilgan muhitlar termostatdan olib ko'zdan kechiriladi. Shubhali koloniyalarni lupa yoki .streoskopik mikroskop ostida tekshiriladi. Shubhali koloniyalar aniqlansa, sof kulturasini ajratib olish uchun sektorlarga bo'lingan kosachadagi KUA muhitiga yoki probirkadagi KUA qiyshiq agariga ekiladi. Shubhali koloniyalar ko'p bo'lsa, surtma preparat tayyorlab, Gram usulida bo'yab, ttiikroskop ostida tekshiriladi. Agarda Gram manfiy mayda tayoqchasimon bakteriyalar ko'rinsa, tekshirish ishlari davom ettiriladi. Buyum oynachasi "stida monospetsifik 7-avlod zardobi bilan agglyutinatsiya reaksiyasi qo'yiladi. Reaksiya musbat bo'lsa kultura Bordetella avlodiga tegishli degan xulosaga kelinadi. Bordetellaning turini aniqlash uchun 1 va 14 jtionospetsifik tur zardoblari bilan agglyutinatsiya reaksiyalari qo'yiladi. Birorta zardob bilan reaksiya musbat bo'lsa, taxminiy javob berish mumkin.

Tekshirishning to'rinchi kuni. Ekilgan muhitlar termostatdan olib ko'zdan kechiriladi. Awal muhitning rangiga e'tibor beriladi wuhit jigarrang tusga kirdimi), so'ngra sterioskopik mikroskop ostida o’sgan kultura tekshiriladi.

Shubhali koloniyadan olib surtma preparat tayyorlanadi. Gram u bo'yab mikroskop ostida tekshiriladi. So'ngra sof kultura hamda m spetsifik avlod va tur zardoblari bilan yana agglyutinatsiya геаЬ"П° qo'yiladi. B. pertussis bilan reaksiya musbat bo'lsa, lining serovarini ani 1-uchun monospetsifik 1, 2, 3-zardoblari bilan reaksiya qo'yiladi. дй 2, 3-zardoblar bilan reaksiya musbat bo'lsa, birinchi serovar; 1,2 nH shunday bo'lsa ikkinchi; 1, 0, 3 da musbat bo'lsa, uchinchi se'rov deyiladi. Serovarni aniqlash epidemiologik jihatdan katta ahamiyat' ega. To'liq tashxis qo'yish uchun ureaza va tirozinaza sinamasi qo'yijJ

Ureaza sinamasini qo'yish. Probirkaga 0,3—0,4 ml 2 % li mochevitM eritmasi, 2—3 tomchi fenolftalein va bakteriologik qovuzloqda sof mikrob kulturasidan qo'shiladi. Probirka biroz chayqaltirilib terniostatda qoldiriladi. Natija 2 va 24 soatdan keyin o'qiladi. B.pertussis muhitning rangini o'zgartirmaydi, B.parapertussis ureaza fermentini ajratadi va bu ferment mochevinani ammiakkacha parchalaydi. Ammiak indikatorning rangini o'zgartiradi, natijada muhitning rangi ham o'zgaradi.

Tirozinaza sinamasini qo'yish. 0,1 % tirozin qo'shilgan qiyshiq go'shtli peptonli agarga sof kultura ekiladi va termostatda qoldiriladi. Ertasi kuni u termostatdan olib ko'zdan kechiriladi. Agar muhitning rangi jigarrang tusga o'zgarib kultura o'sgan bo'lsa, bu yerda B.para-pertussis box degan xulosagakelinadi. B.pertussis bu muhitda o'smaydi.

Tekshirishning beshinchi kuni. Natija o'qiladi. Agar shubhali koloniyalar aniqlanmasa salbiy javob beriladi.



Tezlashtirilgan usul

Bakteriologik tekshirish usulida natija 3—4 kundan keyin beriladi.



  1. Immunologik lyuminessent usulida natijani bir necha soatdan keyin berish mumkin.

Tekshirish materiali ekilgan KUA muhitida mikrobkulturasi o'smagan bo'lsa ham undan surtma preparat tayyorlanadi. Bunin; uchun steril rezina tampon muhitning yuzasiga va yog'sizlantirilgan buyum oynachasiga tegiziladi. Preparat immunoflyuoressent usuliS tekshiriladi. Agar B.pertussis yoki B.parapertussis aniqlansa javot beriladi.

Nazorat uchun savollar.

1. B.pertussis va B.parapertussis larning morfologik xossasini aytib bering. 2. Ular qanday oziqa muhitida o'sadi? 3. B..pertussis va B .parapertussis qanday tavsifga ega?

4.Qo'zg'atuvchilarning chidamliligi qanday? 5.B.pertussis va B.parapertussis bir-biridan farq qiluvchi xossalari qanday?

6.Infeksiya manbayi to’g’risida ma’lumot bering. 7.Tarqalish yo'li qanday? 8. Patogenezini aytib bering.

9.Qanday davolanadi?

10.Ko'kyo'talga shubha qilinganda qanday tekshirish materiali olinadi? 11. Qo'shimcha mikroflora o'smasligi uchun oziqa niuhitiga n qo'shiladi? 12. B.pertussis va B.parapertussishrm farqlash uchun qanday serologik reaksiya qo'yiladi?
Tayanch so’z va iboralar:
1.Kultural xossasi-Mikroblarni ozuqa muhitlarda o’sish xossasi;

2.Fagositoz-bakteriyalarni organizm himoya hujayralari tomonidan yutish jarayoni;

3.Nekroz-to’qimalarni mahalliy o’limi;

4.Toksin-mikroblarni hayot jarayonida ajratib chiqaradigan zaharli moddalari;

5.Yallig’lanish-organizmni mikroorganizmni begona moddalariga nisbatan javob reaksiyasi;

6.Antitelo-antigen ta’sirida hosil bo’lgan immuniglobulin modda;

8.AKDS vaksini-qoqshol,ko’kyotal,bo’g’ma kasalliklariga qarshi emlash uchun ishlatiladigan vaksina.
Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amalyy mashg’ulotlar”

Mavzu: Sil mikobakteriyalari.

Reja:

1.Sil qo’zg’atuvchilarining xossalari;

2.Yuqish mexanizmi va kasallik patogenezi;

3.Tekshirish materialini olish;

4.Profilaktika va davosi.
Mikobakteriya (Mycobacteriaeeae) oilasi a'zolarining barchasi ingichka, tayoqchasimon bo'lib, oziqa muhitlarida sekin o'sadi va shu xossasiga ko'ra zamburug'larga o'xshaydi. Mikobakteriyalar kislotaishqor, spirtga ancha chidamli, chunki ular tarkibida yog' miqdori ko'p. Mikobakteriya avlodiga patogen va patogen bo'lmagan bakteriya]l kiradi.

Mikobakteriya avlodiga odam uchun patogen bo'lgan sil va moxn (lepra) qo'zg'atuvchilari kiradi: Sil hayvonlar, parrandalar, kerniruv chilar orasida keng tarqalgan. Sil tayoqchasining bir qancha turi tafovm etiladi.



  1. Odamda kasallik chaqiruvchi qo'zg'atuvchi — Mycobacterium tuberculosis.

  2. Yirik shoxli hayvonlarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium bovis.

  1. Parrandalarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium avium.

  2. Kemiruvchilarda kasallik chaqiruvchi — Mycobacterium murium.

  1. Sovuqqonlilarda kasallik chaqiruvchi qo'zg'atuvchi. Ularga alohida atipik mikobakteriya guruhi kiradi.

Hozirgi vaqtda atipik mikobaktcriyalar bir necha xossasiga ko'ra to'rt guruhga bo'linadi:4,H,Ш,IV (Rayon klassifikatsiyasi bo'yicha). Ular sil qo'zg'atuvchisigtv} qaraganda oziqa muhitiga talabchan emas. Ular bir-birlaridan oziqa muhitiga nisbatan aioqasi, o'sish tezligi, pigment hosil qilishi, katalaza va peroksidaza faolligiga qarab farqlanadi: I va II guruh a'zolari odamda kasallik keltirib chiqaradi.

Morfologiyasi. Sil tayoqchasi R. Kox tomonidan 1882-yilda aniqlangan. Ingichka tayoqchasimon 1,5—4x0,3—0,5 mkm kattalikda boiib, tashqi muhit omillarining ta'siriga qarab iming bukilgan, kolbasimon, mayda. tayoqchasimon shakllari ham uchraydi. Harakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydi. Gram musbat, Sil—Nilson usulida qizil ranggabo'yaladi.

Kultural xossasi. Aerob. Oziqa muhitiga talabchan. 37—38°C haroratdapH 5,8—7,0 li muhitda sekin rivojlanadi. Petranyani, Petrov, Levenshteyn — lyensen, glitserinli muhitlarida yaxshi rivojlanadi.

Glitserin sil qo'zg'atuvchilarini o'sishini sekinlashtiradi. M. glitseringa muhtoj emas. Levenshteyn—lyensen muhiti sil qo'zg'a-tuvchisini o'stirishda keng qoilaniladi. Hozirgi vaqtda Finna II muhiti keng qo'llanilmoqda. Finna II muhiti Levenshteyn—lyensen muhitidan asparagin o'rniga natriy glutamin moddasini saqlashi bilan farqlanadi. Bu muhitda sil qo'zg'atuvchilari ancha tez o'sadi. Sil mikobakteriyalan muhitda R va S shakllarda o'sadi. R shakli virulentli hisoblanadi. muhitlarda sil qo'zg'atuvchisi R shaklli, quruq, g'adir-budur, gul karamga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq muhitlarda 10 kundan keyin parda hosil qilib o'sadi. Parda sekin-asta qalinlashib burishgan, sochiluvchan bo'lib, og'irligidan cho'kmaga tushib ham qoladi va muhit tiniq qoladi.



Fermentativ xossasi. Biokimyoviy xossasiga ko'ra kam faol.Proteolitik fermentlami ishlab chiqaradi, oqsillarni, ayrim uglevodlarni Kchalaydi, ureaza hosil qiladi. Lekin qo'zg'atuvchining bu xossasi doimiy emas. Shuning uchun fermentativ xossasi bo'yicha diagnostikada ahamiyatga ega emas.

Toksigenligi. O'zidan endotoksin ishlab chiqaradi. Bu oqsil modda 1890-yili R. Kox tomonidan aniqlangan va tuberkulin deb nomlangan.

Tuberkulin allergenlik xossasiga ega. U sog' organizmga toksigenik ta'sir etmaydi. Undan diagnostikada Mantu va Pirke allergik sinamalarni

qo'yishda foydalaniladi. Shuning uchun yirik shoxli hayvonlarda kasallik

chaqiruvchi tuberkulin turidan foydalaniladi.

Sil qo'zg'atuvchisining virulentlik shtammi alohida lipid kord— omilni saqlaydi. U sii qo'zg'atuvchilarini bir-biriga yopishtirish xossasiga ega va natijada o'rilgan sochga o'xshab o'sadi.

Antigenligi. Sil mikobakteriyasi oqsilli, yog'li, polisaxaridli omillarni saqlovchi antigen saqlaydi. Bu antigen organizmda antitelo hosil qiladi. Lekin bu antitelolar kam konsentratsiyada aniqlanadi, shuning uchun diagnostikada ahamiyatga ega emas.

Chidamliligi. Sil mikobakteriyasi spora hosil qilmaydigan bakteriyalar orasida eng chidamlisidir. Bu chidamliligi hujayra qobig'ida joylashgan yog' moddasi hisobigaclir. Tashqi muhitga chidamli. Qurigan balg'amda 10 oygacha, 100°C harorat ta'sirida 4 daqiqagacha, UBN (ultrabinafsha nur) ta'sirida bir nechta soatgacha saqlanadi. Xloramin va xlor aralashmasiga sezgir. Sulema (1:1000), karbol kislota (5 %) ta'sirida bir necha kundan keyin nobud bo'ladi.

Patogenligi. M. tuberculosis ga odam juda sezgir bo'lib, hayvonlar, parrandalar kam sezuvchan. Sil qo'zg'atuvchisiga laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachalari juda sezgir, ularda kasallik generalizatsiyalangan shaklda o'tadi va natija oiim bilan tugaydi.

M. bovis turiga yirik va mayda shoxli hayvonlar va uy hayvonlari Buda sezgir bo'lib, odam kam sezuvchan, lekin bolalar kasal haqqyvonlarning sutini iste'mol qilishi natijasida kasallanishi mumkin. laboratoriya hayvonlaridan quyonlar juda sezgir bo'lib, ularda kasallik generalizatsiyalangan shaklda o'tadi. M. avium parrandalarda (tovuq, Babutar, fazan va boshqalarda) kasallik keltirib chiqaradi. Lekin ayrim hayvonlar ham kasallanishi mumkin. Odamga kamdan-kam yuqadi. Laboratoriya hayvonlaridan quyonlar unga sezgir bo'ladi va ularda kasallik o'tkir shaklda o'tadi. M. murim ga kemiruvchilar, ayniqsa dala sichqonlari sezuvchan. Laboratoriya hayvonlaridan bu tur qo'zg'atuvchsiiga quyonlar va dengiz cho'chqachasi sezgir va kasallik ularda surunkali shaklda o'tadi. Infeksiya manbayi. Odam, ayrim hollarda hayvonlar hisoblanadi

Tarqalish yo'li. Havo-tomchi, havo-chang, bazi holiarda alimentar, vertikal yo'l orqali tarqaladi.

Patogenezi. Sil kasalligining o'pka, oshqozon, ichak, buyrak miya, suyak shakllari uchraydi. Havo-tomchi, havo-changi orqali yuqqanda sil qo'zg'atuvchisi birlamchi o'choqda do'mboqcha hosil qiladi. Do'mboqcha leykotsitlar, gigant to'qimalar ichida sil qo'zg'atuvchilaririi saqlaydi.

Organizmning kasallikka qafshi kurashish kuchi yuqori bo'lsa bakteriyalar biriktiruvchi to'qima bilan o'raladi. Uning ichidagi qo'zg'atuvchilar tirik qoladi va buni „Gona o'chog'i" ham deb ataladi. Kasallikning bu shakli yopiq shakl bo'lib hisoblanadi va bunda qo'zg'atuvchilar organizmdan tashqariga chiqmaydi.

Organizmning kasallikka qarshi kurashish kuchi susayganda do'mboqchada tomirlar bo'lmaganligi sababii biriktiruvchi to'qima nekrozga uchraydi va qo'zg'atuvchi boshqa to'qimalarni shikastlab kavernalar hosil qiladi. Natijada do'mboq suzmaga o'xshab qoladi. Bu shakli ochiq shakl bo'lib hisoblanadi. Qo'zg'atuvchi qonga so'riladi va butun organizmga tarqaladi. Endi qo'zg'atuvchi tashqi muhitga chiqa boshlaydi. Ko'pincha kasallik sumnkali shaklda o'tadi.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə