Mavzu: mikrobiologiya fani



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi

Olmazor Tibbiyot Kolleji


«Umumiy mikrobologiya»

fanidan

ma’ruza matni

Umumiy mikrobiologiya” fanidan mavzular ro’yxati


1.Mikrobiologiya fani, vazifalari. Rivojlanish tarihi mikroorganizmlar tasnifi, morfologiyasi, ultrastrukturasi. Bakteriyalar polimorfizmi.

2. Mikrorganizmlar fiziologiyasi.

3. Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlarga ta’siri.

4. Bakteriofaglar ,antibiotiklar

5. Infeksiya haqida tushuncha

6. Immunitet haqida tushuncha.Yuqumli kasalliklarning immunoprofilaktikasi va immunoterapiyasi.

7. Allergiya va anafilaksiya

8. Patogen kokklar pathogen kokklarning hossalari keltirib chiqaradigan kasaliklar

9. Ichak guruhi bakteriyalari,ularning xossalari,keltirib chiqaradigan kasalliklari.

10. O'ta xavfli va zoonoz infeksiyalar.

11. Patogen klosrtidiylar,ularning xossalari, keltirib chiqaradigan kasalliklari.

12. Havo-tomchi infeksiyalari, ularning xossalari, keltirib chiqaradigan kasalliklari.

13. Patogen spiroxatalar,ularning xossalari,keltirib chiqaradigan kasalliklari.

14. Leptospiralar.

15. Viruslar.

1.MAVZU: MIKROBIOLOGIYA FANI .VAZIFALARI. RIVOJLANISH TARIHI Mikroorganizmlar tasnifi, morfologiyasi, ultrastrukturasi. Bakteriyalar polimorfizmi.

REJA:

1.Mikrobiologiya fanining vazifalari rivojlanish tarihi, fan rivojiga hissa qo’shgan olmlarni; 2.Mikroorganizmlar tasnifini, 3.Bakteriyalar morfologiyasi ularning hujayraviy tuzilishini.

Mikrobiolgiya — biologiyaning bir bo'limi bo'lib, mikroorganizmlaqrning tashqi muhit bilan bog'liqligi va uning rivojlamshini o'rganadi. Bu fan mikroorganizm- larning xossalarini, shuningdek, ular chaqiradigan kasalliklar va tashqi muhit ob’yektlarida mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan jarayonni o'rganadi. Mikroorganizmlarning foydali xossalari ham bo'lib, ulardan xalq xo'jaligida keng foydalaniladi.

Mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan, ular suvda, tuproqda, odam va hayvon organizmida uchraydi. Ayrim mikroorganizmlar yordamida tabiatda moddalar almashinuvi (organik chiqindilarning mikroorganizmlar ta'sirida noorganik moddalarga aylanishi va o'simliklar tomonidan o'zlashtirilishi) sodir bo'lsa, boshqa mikroorganizmlar esa odam va hayvon organizmida kasallikiarni keltirib chiqaradi. Mikro­biologiya keng qamrovli bo'lib, o'z navbatida bir qancha mustaqil fanlarga bo'linadi: Umumiy mikrobiologiya — mikxoblaming tuzilishi, hayoti, tabiatda tarqalishi, o'zgaruvchanligi va irsiy belgilarning berili-shini o'rganadi. Tibbiyot mikrobiologiyasi —- organizmda kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni hamda ular organizmga kirganda yuzaga keltiradigan jarayonlarni o'rganadi. Tibbiyot mikroobiologiyasining vazifasi — yuqumli kasallikiarni ankilashning laboratoriya-diagnostika usullarini, immunobiologik tibbiyot preparatlarini ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini belgilashdan iboratdir. Tibbiyot mikrobiologiyasi kursi umumiy va xususiy mikrobiologiya qismlarini o'z ichiga oladi.

Umumiy tibbiyot mikrobiologiyasi mikroorganizmlarning xossalari va ularning xo'jayin organizmi bilan o'zaro ta'sirini o'rganadi, xususiy tibbiyot mikrobiologiyasi esa malum bir kasallik qo'zg'atuvchisining xossalarini va ularning laboratoriya diagnostikasi usullarini o'rganadi.

Hozirgi vaqtda tibbiyot mikrobiologiyasi quyidagilardga bo’linadi: Virusologiya –viruslar haqidagi fan; Protozoologiya -sodda jonivorlarni o'rganadi; Mikologiya -zamburug'larni o'rganadi; Immunologiya -organizmda sodir bo'ladigan himoya jarayonini o'rganadi; Sanitariya mikrobiologiyasi -tashqi muhitda hayot kechiruvchi mikroorganizmlarni o'rganadi; Kosmik mikrobiologiya - kosmik sharoitlarning mikroorganizmga ta'siri va kosmosda odam mikroflorasi o'zgarishini o'rganadi; Veterinar mikrobiologiya- hayvon organizmida kasallik chaqiruvchi mikroor­ganizmlarni o'rganadi.Chunki ko'pgina mikroorganizmlar odam va hayvonlar organizmida kasallik qo'zg'atadi. Sanoat mikrobiologiyasi oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatida qoilaniladigan oziq-ovqat va boshqa moddalarni mikroorganizmlar ta'siridan himoya qilishda antibiotik va boshqa dorivor moddalardan foydalanishni o'rganadi.

Agromikrobioloigya — tuproq tuzilishi va uning hosildorligini oshirishda mikroblarning roli va ahamiyati haqidagi fan. Inson mikroorganizmlar ochilishidan oldin ular bilan to'qnash kelgan. Xamir oshirishda, sutni ivitishda, uzum sharbatini achitishda achitqilardan foydalanganlar. Insoniyatga azaldan ma'lumki, ayrim kasalliklar butun shahar va qishloq aholisini o'limiga sabab bo'Igan. Qadimiy yunon shifokori Gippokrat yuqumli kasalliklar va alohida kasallik tug'diruvchi bug'lar haqida yozib qoldirgan va ularni „miazmalar" deb nomlagan. Shunday fikrlar Italiyalik shifokor Jirolamo Frakastoro (XVI asr) tomonidan ham bildirilgan, u „tirik, mayda va bizning sezgi a'zolarimizga mushkul bo'Igan zarrachalar" odam organizmiga kirib, kasallikni keltirib chiqarishi haqidagi nazariyani yaratadi. Yuqumli kasalliklarning sababchisi tirik organizmlar ekanhgi haqidagi fikrni XVII asr boshlarida Afanasiy Kirxer aytib o'tadi. Bunday taxminlarni gollandiyalik tabi-atshunos Antoni van Levenguk (1632—1723) to'liq isbotlab beradi. U qabariq linzalardan 160 marta kattalashtirib ko'rsatuvchi mikroskopni yaratadi. U mikroskop yordamida turib qolgan yomg'ir suvlarini, tish qirindilarini va boshqalarni ko'rib, rasmini chizadi va ularni tirik mayjudotlar deb nomlaydi. U o'z kuzatuvlarining rasmlarini Londonga, qirollik jamiyatiga jo'natadi. Shundan boshlab, mikrobiologiyaning morfologiya qismiga asos solindi va mikroorganizmlar sharsimon, tayoqchasimon, buramali shakllar sifatida o'rganilib kelinmoqda.

1771—1772-yillarda harbiy shifokor Daniil Samoylovich Moskvada toun(chuma) epidemiyasini alohida organizm keltirib chiqaradi, xulosasiga keladi. U birinchi bo'lib toun bilan kasallangan bemorning kiyimlarini dezinfeksiya qildi. Kuchsizlantirilgan o'lat mikrobi bilan sog'lom odamni va bemorlar bilan kontaktda boiganlarni emladi. Emlashning kasallik oldini olishda qo'llanilishi odamlar ishonchini qozondi. Sun'iy emlashda kasallik yengil o'tadi yoki odam umuman kasallanmaydi.

Chechak kasalligi ko'pchilikning yostig'ini quritdi. 1723-yilda Parijdachechakdan 20000 kishi, Neapolda 1768-yilda 16000 kishi bir necha hafta ichida hayotdan ko'z yumgan. Angliyalik shifokor Eduard Jenner chechak bilan kasallangan odamlarni aniqladi. Bu hoi ko'pincha sut sog'uvchilarda kuzatildi. Ular chechak bilan kasal­langan hayvonlarni sog'ganlarida sigir chechagi bilan bilmagan holda zararlanganlar. Bu tekshirishlar 10 yil davom etadi.

Bu fan tibbiyot mikrobiologiyasi bilan sog'lom bolani sigir chechagining yiringli ajralmasi bilan emladi. 1,5 oydan so'ng shu bolaga chechak bilan kasallangan bemor materialidan yubordi. Bola kasallanmaydi. Shundan boshlab, chechakka qarshi emlash boshlanib, millionlab kishilar o'limining oldi olindi.Levenguk organizmlarda yuqumli kasalliklar kelib chiqishida tirik mavjudotlarning hech qanday aloqasi yo'q fikrini ilgari suradi. XIX asrga kelib fransiyalik olim Lu Paster (1822—1895) yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida mikroorganizmning ahamiyatini va ularga qarshi kurashish usullarini ilmiy asoslab berdi.

L.Pasterning sohasi kimyogar bo'lib, u mikroorganizmning

yashash muhitinigina emas, balki muhitning kimyoviy tarkibini ham

o'zgartirish xossasiga ega ekanligini isbotlab berdi. U bijg'ish va chirish

jarayoni mikroorganizmlar ta'sirida borishini isbotlab berdi.

Paster tomonidan kislorodsiz sharoitda yashaydigan mikroorga­nizmlar (anaeroblar) aniqlangan. Uning muhim xizmatlaridan biri tirik organizmlarda moslanish o'z-o'zidan sodir bo'lmasligini isbotlab berishi bo'ldi. Bu muammo ancha yillardan beri ko'pgina olimlar boshini qotirib kelar edi. Paster o'z tajribasida oziqa muhitlariga mikroorganizmlar faqat havo orqali tushishini ko'rsatadi. Buning uchun j'shaklidagi kolbada qaynatilgan oziqa muhitni ancha vaqtgacha ochiq qoldirgan, natijada u tiniq (steril) qolgan, chunJki havodan tushgan mikroblar kolbaning bo'g'ziga cho'kib muhitga tushmagan. Bundan tashqari, Paster Fransiya iqtisodiyotiga katta zarar ko'rsata-yotgan ipak qurtlariga va ular keltirib chiqaridagan kasalliklarga qarshi kurash choralarini ham topdi.

Fan tarixida birinchi bo'lib Paster mijkxoorganizmlarni yuqori harorat ta'sirida yo'qotish usulini ishlab chiqdi, bu usulni sterlizatsiya deyiladi. Qaynatganda o'z xossasini yo'qotadigan oziq-ovqat mahsulot-larini sterilizatsiya qilishdan „yumshoq" usulda pasterilizatsiya qilishni taklif etadi. Bu mahsulotlarga yuqori bo'lmagan harorat bir necha marta ta'sir etadi. Paster mikroorganizmlarning inson hayotidagi ahamiyatini, ya'ni yuqumli kasalliklar ular ta'sirida yuzaga kelishini isbotlab beradi. Uning bu ixtirosi biologiya fanining rivojlanishiga va yangi tibbiyot mikro­biologiyasi fani yuzaga kelishiga sabab boiadi. Paster faoliyatining yana bir yutig'i vaksinani (lotincha vassa—sigir) yaratilishidir. Bu so'z orqali Paster kuchsizlantirilgan mikrob kulturasini tushuntiradi, bu mikro­organizmlar organizmga yuborilganda kasallik kelib chiqmaydi, balki odam va hayvonlar ularga berilmaydigan bo'ladi.

U vabo qo'zg'atuvchisini saqlovchi kulturadan kuchsizlantirilgan vaksina tayyorlaydi va tovuqlarni shu vaksina bilan emlaydi. Shundan so'ng tovuqlarni tirik kuchii mikrob kulturasi bilan zararlaydi. Tovuqlar

tirik va sog' qoladi. Xuddi shunday usulda kuydirgiga qarshi vaksina yaratildi va sigir, qo'ylar shu vaksinalar bilan emlanib, kasallikning oldi olindi.

1885-yili Paster quturishga qarshi vaksina taklif qiladi, chunki qutirish qo'zg'atuvchisini mikroskop ostida ham, sun'iy oziqa muhitida ham aniqlab bo'lmasdi. Paster vaksinani tayyorlash uchun qutirgan it miyasidan foydalandi. Bu qo'zg'atuvchini saqlovchi kulturani quyondan-quyonga yuqtirish va yuqish davrlarini qisqartirgan holda quyonni qayta-qayta emlash yo'li bilan tayyorlaydi. Shunday vaksinani itlarga yuborilganda yaxshi natija berdi. Paster qutirgan it tishlagan bolaga shu vaksinani yuborishga qaror qiladi va uni o'limdan saqlab qoladi. Qutirgan bo'ri tishlagan rus dehqonining Parijga kelishi va uning emlanishi keyingi yutuqlardan hisoblanadi.

Paster tajribalariga suyangan holda angliyalik jarroh D. Lister 1867-yili jarohatni va bog'lov materiallarini mikroorganizmlar o'smasligi uchun karbol kislotasi bilan yuvishining antiseptik usulini taklif etadi.

Lun Pasterning amalga oshirgan ishJari uning birinchi laboratoriyasi xotira lavhasida qisqacha qilib yozib qo'yilgan:

„Bu yerda Paster laboratoriyasi boigan.

1857-bijg'ish.

1860 — o'z-o'zidan zararlanish.

1865 — musallas va pivo kasalliklari.

1868 — ipak qurti kasalliklari.

1881—yuqumii kassallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va vaksinalar.

1885 — quturishdan saqlanish

Pasterning olib borgan ilmiy izlanishlari mikroorganizmlarning yuqumii kasalliklarni kelib chiqarishdagi ahamiyatini ko'rsatib beradi. U su'niy oziqa muhitlarida mikroblarni o'stirishni o'rgandi, lekin qo'zg'atuvchilarni farqlash usulini bila olmadi. Nemis olimi Robert Kox (1843—1910) mikroorganizmlarni o'stirishda alohida koloniya va sof kulturani ajratib olishda zich oziqa muhitni amaliyotda qo'lladi. R. Kox birinchi bo'lib mikroorganizmlarni bo'yashda anilin bo'yoqlarni qoilashni, mikroskopda ko'rayotganda yoritgichdan foydalanishni, immersion ko'rishni, rasmga olishni taklif qiladi. U 1882-yilda sil qo'zg'atuvchisini (Kox tayoqchalarini) va 1883-yilda vabo qo'zg'a­tuvchisini aniqladi.

XIX asr oxirida bo'g'ma qo'zg'atuvchisini (E. Kelbs va F. Lyoffler), qorin tifi (K. Ebert va G. Gaffki), qoqshol (A. Nikolayer va S. Kitazato), dizenteriya (A. V. Grigoryev) va boshqa qo'zg'atuvchilar aniq- . landi. 1874-yil Qozon universiteti professori T. N. Minx qaytalama tif bilan kasallangan bemor qonini o'ziga yuborib tajriba o'tkazdi. U kasallik qon so'ruvchi hasharotlar orqali tarqaladi degan taxrnirmi avtdi Ikki yildan so'ng O. O. Mochutkovskiy Minx tajribasini takrorladi. 0'zi°a toshmali va qaytalama tif bilan kasallangan bemorning qonini yuborib, Minx tomonidan aytilgan taxminni, ya'ni qo'zg'atuvchini bemor qonida uchrashini isbotlab berdi.

D. I. Ivanovskiy (1864—1920) tamaki bargining mozaik kasalligini o'rganadi va bu kasallikni mayda agentlar kelritib chiqaradi degan fikrga keldi. Ivanovskiyning bunday fikrga kelishining sababi, u kasallangan tamaki bargidan tayyorlangan suyuqlikni mayda filtrdan o'tkazib, sog'lom o'simlikka yuborganda uning zararlanishi bo'ldi. Bu infeksion kasalliklarni virus tabiatligini isbotlovchi birinchi ishlardan edi.

Mikrobiologiya fanining rivojlanish tarixini shartli ravishda bir

qancha davrlarga bo'lish mumkin. Morfologik davr bu davrlarda mikro­organizmlarning morfologiyasi (A. Levenguk) o'rganiladi. Fiziologik davr L. Paster, R. Kox ishlari bilan bog'langan. Immunologik-viru-sologik davrda immunitet va virusologiya nazariyasiga asos solindi.

Rus olimi I. I. Mechnikov (1845—1916) mikrobiologiya fanining rivojlanishiga o'z hissasini qo'shdi. Olim immunitet nazariyasmi, ya'ni organizmning yuqumii kasalliklarga berilmasligida to'qimalarning himoya roli haqidagi nazariyani yaratdi. U organizmning ayrim hujayralari (leykotsitlar, taloq hujayralari, suyak ko'migi va boshqalar) begona moddalar, bakteriyalarni ushlab olish va hazm qilish xossasiga ega ekanligini tushuntirib berdi.

Bunday hujayralarni fagotsitlar (phago — yutaman, cytos — hujayra), bu jarayonni esa, fagotsitoz deb atadi. Yalhg'lanishni o'rga-nishda fagotsitoz asos bo'lib hisoblanadi. 1.1. Mechnikov aytganidek, fagotsitoz kasallik chaqiruvchi mikroblar organizmga kirganida orga­nizmning faol reaksiyasi bo'lib hisoblanadi. Olimning faoliyati keng va ko'p qirralidir. U organizmning qarish sabablarini aniqlagan va inson hayotini uzaytirish yo'llarini qidirgan. U ichakda yashovchi chirituvchi mikroorganizmlar ta'sirida hosil bo'lgan zaharli moddalar organizmni zaharlaydi deb tushuntiradi. Buning oldini olish uchun chirituvchi mikroblarga antagonistik ta'sir ko'rsatuvchi sut achitqi bakteriyalarini ichakka yuborishni tavsiya etadi. Ichak rnikroflorasining bunday o'zgarishi natijasida chirituvchi zaharlar odam organizmiga kamroq ta'sir qiladi va inson hayoti uzayadi. Hozirgi vaqtda isbotlashiga ko'ra ichakning doimiy fiorasini o'zgartirish mumkin emas, lekin 1.1. Mechnikovning bir turdagi mikroblarning boshqa mikroor-ganizmlarga ta'siri haqidagi fikrlari yuqumii kasalliklarai davolashda antibiotiklardan foydalanish imkonini beradi. Olim vabo, qorin tifi

sil qo'zg'atuvchilarini o'rgandi. U 1886-yili Odessada birinchi va bakteriologik stansiyani tashkil qildi va mikrobiologlar maktabini ochdi. Uning yaqin yordamchisi va shogirdi A. M. Bezredkoning (1868—1940) immunitet muammolari va anafilaksiya haqidagi ishlari amaliyotida keng qo'Uaniladi. L. A. Tarasevich (1868—1927) ham Mechnikovning shogirdlaridan bin, u immunitet va anafilaksiya mexanizmi ustida ishlar olib borgan. Epidemiyaga qarshi kurashda yaxshi tashkilotchi bo'lib sil va ichak infeksiyasiga qarshi emlash ishlarini olib borgan. U 1918-yilda zardob va vaksinalarni nazorat qiluvchi institutni tashkil etdi.

Mechnikovning shogirdlaridan yana biri P. V. Siklinskayaning (1859—1923) asosiy ishlari ichak florasi va uning inson salomatligidagi ahamiyatiga bag'ishlangan. Mechnikovning Odessa bakteriologik stansiyasidagi yordamchisi N. F. Gamaleya (1859—1949) birinchi bo'lib, kimyoviy vaksinani qo'llagan., U qutirish, sil, vabo qo'zg'atuvchi­larini o'rganadi. 1898-yilda Gamaleya bakteriyalarni erishini — bakte-riofagiyani kuzatgan.

G. N. Gabrichevskiy (1860—1907) Moskvadagi mikrobiologiya maktabi asoschilaridan biri bo'lib, u gemolitik streptokokklar skarlatina kasalligining qo'zg'atuvchisi ekanligini aniqlagan va kasallikka qarshi vaksinani taklif qilgan, natijada bu kasallikdan o'lish birmuncha kamaygan. Gabrichevskiy bo'g'ma kasalligini davolashda zardoblardan foydalanib, katta yutuqlarni qo'lga kiritdi.

D. K. Zabolotniy (1866—1929) taniqli mikrobiolog va epidemiolog. Uni epidemiologiya asoschisi deb hisoblash ham mumkin. U toun (chuma), vabo, zaxmlarga qarshi kurash choralarini o'rgandi. U o'lik vaksinani og'iz orqali yuborganda vabo kasalligining oldini olish mumkinligini aniqlash uchun o'zini vabo vibrionini saqlovchi aralash-ma ЬДап zararlaydi. Bunday tajribani I. T. Savchenko ham olib borgan. Umumiy mikrobiologiyaning asosiy qismlaridan birini tuproq mikrobiologiyasi egallaydi. S. N. Vinogradskiy bu fanga asos solganlardan biri (1856—1953). U tuproqda azot, uglevod, fosfor, oltingugurt va temirning hosil boiishida mikroorganizmlarning ahamiyatini, tuproqdagi nitrifikatsiya jarayonida azoti fiksatsiyalovchi bakteriya­larni o'rgangan.

Z. V. Yermolyeva (1898—1974) vabo va unga qarshi kurash choralarni olib borib, urush yillarida birinchi bo'lib penitsillinni yarat-gan va minglab kishilarning hayotini saqlab qolgan. P. F. Zdrodovskiy (1890—1976) rikketsioz va brutsellyoz kasalliklarini o'rganadi. Shu-ningdek, u ko'pgina kasalliklarni davolovchi va oldini oluvchi prepa-ratlarni yaratadi. Sodda jonivorlar keltirib chiqaradigan maleriya (bezgak) va ichak kasalliklarining immunologiyasi bilan shug'ullanadi.

XIX asrning birinchi yarmida bir qancha yuqumli kasalliklarni no'zg'atuvchi mikroorganizmlar aniqlanadi va mikrobiologiya sohasi tez rivojlana boshlaydi. Buning natijasida yuqumli kasaUiklar haqidagi ma'lumotlar ham ancha ko'paydi. XX asrning boshlarida Turkistonda yuqumli kasaUiklar va ularning qo'zg'atuvchilarini o'rganish shu yerda yashagan olimlar P.F. Borovskiy, A.D. Grekov, L.M. Isayevlar tomonidan amalga oshirilgan.

Albatta, bu borada o'zbek olimlarining ham hissasi katta bo'lgan. Bu sohada Umiy ish olib borgan va ko'pgina Umiy xodimlar tayyorlagan olimlardan T. X. Najmiddinov, V. M. Majidov, I. K. Musaboyevlarning nomlarini tilga olish o'rinlidir O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a'zosi, professor I. K. Musaboyev rahbarligi ostida ichburug', virusli gepatit, vabo, difteriya kabi kasalliklarning patogenezi va davolash usullarini takomillashtirish haqida Umiy ishlar yozilgan.

Hozirgi kunda bolalarda uchraydigan yuqumli kasalliklarni o'rganishda olimlardan O'zbekiston Fanlar akademiyasining akade­migi Т.О. Daminov, professor O.S. Mahmudov, Sh.N. Nazarovlar keng Umiy izlanishlar oUb borishyapti. Shu jumladan, O'zbekiston Fanlar akademiyasi va Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining mux­bir a'zosi АО. Obidovning mikrobiologiya va immunologiya sohasidagi, professor S.S. Mahsumovning virasologiyaga oid Umiy ishlari katta ahamiyatga ega.

Mikrobiologiya-lotincha micros — kichik, oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan organizmlardir. Ularga sodda jonivorlar, spiroxeta, zamburug'lar, viruslar, rikketsiya va bakteriyalar kiradi. Mikroorga-nizmlaraing birinchi umumiy biologik tasnifi XVIII asrda shvetsiyalik olim K. Linney tomonidan morfologik xossalarga ko'ra tasniflangan.

Mikro va mikroorganizmlar bo'lim, sinf, tartib—avlod—turlarga bo'linadi. Tur deb morfologik, fiziologik xossalariga ko'ra bir-biriga o'xshash mikroorganizmlarga aytiladi. 1980-yilda amerikalik olim Bergi bu tasnifni yaratadi. Masaian, achitqi mikroblar, sut kislota tashkil etgan mikroorganizmlar uchun umumiy, xalqaro tasnif qabul qilin-gan, uning asosida sistema yotadi. Mikroorganizmning qaysi turga tegishli ekanligini aniqlash uchun turli xil usullar yordamida uning hujayra shakli, spora qilish, harakatchanligi, fermentativ xossalari o'rganiladi, ya'ni farqlash ishlari o'tkaziladi.

Tur ichida variantlar mavjud: morfovariantlar morfologiyasiga ko'ra farqlashi, biovariantlar biologik xossasiga ko'ra farqlanish, xemovariantlar fermentativ xossasiga ko'ra farqlanishi, serovariantlar antigenlik xossasiga ko'ra farqlanishi, fagovariantlar fagga sezuvchan-ligiga ko'ra farqlanadi.

K. Linney mikroorganizmlarni belgilashda umumbiologik binominal (ikkita) nomenklaturani kiritgan. Birinchisi avlodini ko'rsatib katta harf bilan yoziladi. Ikkinchisi turini ko'rsatadi, kichik harflar bilan yoziladi. Masaian, Staphylococcus aureus — tillarang stafilokokk.

Tabiatda quyidagi mikroorganizmlar tafovut etiladi. Patogen mikroorganizmlar kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlardir. Masaian, vabo, sil, bo'g'ma va boshqa kasalliklarni qo'zg'atuvchilar.

Saprofit mikroorganizmlar foydali mikroorganizmlardir. Masaian, achitqi mikroblar, sut kislota hosil qiladigan va boshqa bakteriyalar. Ular sanoatda keng qo'llaniladi. ShartU-patogen mikroorganizmlar orqali mikroorganizmlar boiib malum sharoitlardagina kasallik keltirib chiqaradi. Masaian, ichak tayoqchasi va boshqalar. Patogen mikro­organizmlarga quyidagilar kiradi:


  • bakteriyalar;

  • zamburug'lar;

  • sodda jonivorlar;

  • spiroxetalar;

  • rikketsiyalar;

  • viruslar


Bakteriyalar— xlorofildan mahrum bo'lgan bir hujayrali organizmlardir. Bakteriya hujayrasining o'rtacha kattaligi 2—6 mkm bo'ladi. Bakteriya uning shakli, katta-kichikligi turlicha bo'lib, tashqi muhit omillari ta'sirida o'zgarishi mumkin. Uning bu xossasi polimorfizm deyiladi. Shakliga ko'ra barcha bakteriyalar uch guruhga bo'linadi: sharsimon tayoqchasimon burmal.

Sharsimon bakteriyalar yoki kokklar deyiladi (lotincha coccus — maymunjon, yumshoq mevalar), ularning diametri 0,5—1 mkm bo'ladi. Ular sharsimon, nishtarsimon, sham alangasiga o'xshash, loviyasimon shaklda bo'ladi. Kokklar bo'lingandan so'ngjoylanishiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: mikrokokklar (lotincha micros—kichkina) hujayralar turli xil tekisliklarda bo'linadi va alohida-alohida joylashadi, diplokokk (loitncha diploos—ikkita) hujayra, bir tekislikda bo'linib ikkitadan joylashadi, ularga pnevmokokk, gonokokklar kiradi. Streptokokklar (lotincha sireptos—zanjir) hujayralar bir tekislikda bo'linadi va ajralmasdan zanjirini hosil qiladi.


Nazorat uchun savollar.

1.Mikrobiologiya so’zining ma’nosi nima? 2.Bakteriyalar nimalardan maxrum bo’lgan organizmlar? 3.Xivchinlar qanday vazifani bajaradi?

4.Sporalar joylashishiga ko’ra necha hil bo’ladi? 5.Mikroorganizmlar xujayrasi qanday tuzilgan?

6.Mikrobiologiya fani nimani o’rganadi ? 7.Mikrobiologiya fanining qanday tarmoqlarini bilasiz? 8.Sanoat mikribiologiyasining ahamiyati haqida aytib bering.

9.Yuqumli kasalliklarga tashxis qo’yishda mikrobiologiya fanining ahamiyati qanday? 10.Mikrobiologiya faniga hissa qo’shgan qaysi olimlarni bilasiz?

11.Qaysi o’zbek olimlari fanga ulkan hossa qo’shgan?



Tayanch so’z va iboralar:
1 Treponema — zaxm qo'zg'atuvchi 2.Borrelia — endemik va epidemik qaytalama tif qo'z-gatuvchisi, 3.Leptospira — leptospiroz (suv isitmasi) qo'zg'atuvchisi.

4.phago — yutaman; 6. cytos — hujayra; 5.Fagositoz-bakteriyalarni organizm himoya hujayralari tomonidan yutish jarayoni;

odam mikroflorasi o'zgarishini o'rganadi;

7.Antitelo-antigen ta’sirida hosil bo’lgan immuniglobulin modda;

8.Diplokokk -loitncha diploos—ikkita, hujayra, bir tekislikda bo'linib ikkitadan joylashadi;

9.Sarsina -lotincha sarcio —biriktiraman, hujayralar uchta perpendikular tekislikda bo'linadi .

10.Vaksina-lotincha vassa—sigir; 11. Virusologiya -viruslar haqidagi fan; 12.Protozoologiya -sodda jonivorlarni o'rganadi; 13.Mikologiya -zamburug'larni o'rganadi; 14.Immunologiya -organizmda sodir bo'ladigan himoya jarayonini o'rganadi; 15.Sanitariya mikrobiologiyasi -tashqi muhitda hayot kechiruvchi mikroorganizmlarni o'rganadi; 16.Kosmik mikrobiologiya - kosmik sharoitlarning mikroorganizmga ta'siri va kosmosda odam mikroflorasi o'zgarishini o'rganadi;

17.Antitelo-antigen ta’sirida hosil bo’lgan immuniglobulin modda;

18.AKDS vaksini-qoqshol,ko’kyotal,bo’g’ma kasalliklariga qarshi emlash uchun ishlatiladigan vaksina.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə