Mavzu: mikrobiologiya fani



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə11/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Morfologiyasi. C.sordellii tayoqchasimon bo'lib, 3—4x1,1—1,5 mkm kattalikda. Harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Ovalsimon spora hosil qiladi, subterminal holda joylashadi. Gram musbat bo'lib bo'yaladi.

Kultural xossasi. C.sordellii fakultativ anaerob. Zich oziqa muhit yuzasidan kulrang oq, bo'rtib chiqqan koloniya hosil qilib o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qiladi. Tik agarda donaga o'xshash koloniya hosil qiladi. Kazeinli va go'shtli sho'rvalarda shilliqqa o'xshash o'sadi. Fermentativ xossasi. Saxarolitik xossasiga ko'ra glukoza, maltha fruktozani parchalaydi, saxaroza va laktozani parchalamaydi. Proteolitjt xossasiga ko'ra zardobni sekin ivitadi va jelatinani suyultiradi, ind0i vodorod sulfiti, ureaza hosil qiladi.

C. sordellii o'zidan letsitinaza, gemolizin, fibrinolizinlar ajratadi

Toksigenligi. C. sordellii o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatuvchi kuchli va aktiv tokssin ajratadi: bu toksin С hovyi a — toksiniga o'xshashdir

Chidamiiligi. Vegetativ shakli tashqi muhitga chidamsiz. Sporasi esa chidamli bo'lib, tuproqda uzoq vaqt saqlanadi.

Patogenligi. Laboratoriya hayvonlaridagazli gangrenaga o'xshash belgilarni yuzaga keltiradi.

Infeksiya manbayi. Gazli gangrena klostridiylari tashqi muhitga hayvonlaming najasi bilan chiqadi (sanitariya-gigiyena sharoiti yomon bo'lgan hollarda odam terisida ham aniqlash mumkin).

Tarqalish yo'li. Jarohatlangan teri orqali tuproq bilan, snaryad bo'lakchalari, kiyim bo'lakchalari orqali organizmga kiradi. Tinchlik vaqtida operatsiya va inyeksiyadan so'ng, kasalxonadan tashqari abort qilinganda va boshqa hollarda tarqaladi.

Patogenezi. Qo'zg'atuvchi organizmga spora yoki vegetativ shaklda kirgandan so'ng bo'linib ko'payadi va o'zidan ekzotoksin ishlab chiqaradi. Bo'linib ko'payganda klostridiylar sog'lom to'qimani shikastlaydi va nekrozga uchratadi. Ayniqsa, bu jarayon muskul to'qimalarida tez boradi, chunki u yerda ko'p miqdorda glikogen bo'lib, u anaeroblarning eng sevimli muhiti hisoblanadi. Ko'pincha infeksiya chuqur jarohatlarda „ko'r cho'ntaklar" hosil bo'lganda, ya'ni kislorod bilan yaxshi ta'minlanmagan, klostridiylar rivojlanishiga qulay sharoit yuzaga kelganda rivojlanadi.

Klostridiylar ko'pincha С perfringens va C. novyi bilan qo'shilib kasallik keltirib chiqaradi, bunda kasallik og'ir o'tadi va og'ir natijalarga olib keladi. Anaerob infeksiyasining patogenezida qo'shimcha flora (stafilokokk, streptokokk va boshqa) va mikroorganizmlarning reaktivliga katta ahamiyatga ega.

Immiimteti. Odamda bu kasallikka qarshi tabiiy immunitet mavjud, chunki odam ichagida klostridiylar yashaydi. Kasallikdan so'ng kuchsiz immunitet yuzaga keladi. Kuchli immunitet organizmga anatoksin yuborilganidagina yuzaga keladi.

Proffiaktikasi. Jarohatlarni yaxshilab tozalash, vodorod peroksidi bilan yaxshilab yuvish, jarohatning ifloslangan qismlarini yaxshilab kesish, asboblarni to'liq sterilizatsiya qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim.



Maxsus profilaktikasida gazli gangrena qo'zg'atuvchilarining barcha turini "saqlovchi adsorbsiyalangan polianatoksini qo'llaniladi. Gazli gangrena qo'zg'atuvchisi aniqlansa, qo'zg'atuvchi turinl aniqlash uchun sichqonlarda biologik sinama quyiladi. Buning исЬцЛ 5 ta probirkaga tekshirish materialidan 0,9 ml. dan solinadi va hark! probirkaga 0,6 ml. dan mos antitoksik zardob solinadi. C.perfringetls C.novyi, C.septicum, C.histolyticum, C.sordellii. 6-probirkaga fiziologju eritma solinadi, bu nazorat probirkasi hisoblanadi.

Toksin va anatoksin zardobi qo'shilgan probirkalar xonada 40 daqiqaga qoldiriladi, bunda toksin antitoksin ta'sirida neytrallanadi Har bir probirkadan 0,5 ml.dan olib bir juft sichqonlarning venasj ichiga yuboriladi. Zararlangan hayvonlar kuzatib turiladi.Zararlangan hayvonlar 5—6 soatdan 3—4 kungacha kasallanib nobud bo'ladi. Gomologik antitoksin zardob yuborilgan sichqonlar tirik qoladi. Agar biologik sinama natija bermasa, sof kultura bilan biologik sinama qaytadan o'tkaziladi.

Gazli gangrena kasalligi tez yuzaga chiqishi sababli qo'zg'atuv-chining turini tezroq aniqlab taxminiy diagnoz qo'yishni talab qiladi. Shuning uchun tekshirish materialidan surtma preparat tayyorlanadi, turga mos zardob bilan immunoflyuoressiyalanadi va immune fluoressent usulida o'rganiladi.

Nazorat uchun savollar

1. Gazli gangrena qo'zg'atuvchilarning morfologik va kultural xossasi qanday?



  1. Gazli gangrena qo'zg'atuvchilarining qaysi biri kapsula hosil qiladi?

  2. Gazli gangrena qo'zg'atuvchilaridan qaysi biri biokimyoviy jihatidan aktiv?

  3. Gazli gangrenaga diagnoz qo'yishda qaysi usullardan foydalaniladi?

  4. Toksinni qaysi usulda aniqlanadi?


O’quvchilar uchun adabiyotlar:

1.A.B.G’anixo’jayeva”Mikrobiologiya”

2.B.Eshboyev “Mikrobiologiya”

3.G.S.Aripova”biokimyo va biokimyoviy tekshirish usullari” 4.N.A.Bakulina,E.L.Kraeva ”Mikrobiologiya”



BOTULIZM QO'ZG'ATUVCHISI.

Reja

1.Infeksiya qo’zg’atuvchisining xosssalari;

2.Yuqish mexanizmi;

3.Tekshirish materialini olish va laboratoriyaga yuborish;



4.Profilaktika va davosi

Clostridium botulinum (lotincha botus — kolbasa) 1896-yili Ermengen tomonidan aniqlangan.

Morfologiyasi. Tayoqchasimon, 4—9x0,6—1 mkm kattalikda,
uchlari yumaloq. Tayoqchasimonlar polimorf bo'lib, qisqa va ipsim°n
shakllari uchrab turadi. Spora hosil qiladi, subterminal holda joylashad1;
Spora tayoqchadan katta bo'lganligi sababli ularga tennis raketk'
shaklini berib turadi. Kapsulasi yo'q. Harakatchan, xivchinlari joylashgan. Yosh kulturalar Gram musbat bo'lib bo'yaladi.

Kultural xossasi. C. botulinum — jiddiy anaerob. 25—37°C harora ' pH 7,3—7,6 da kazeinli va go'shtli muhitlarda yaxshi o'sadi. 0° ff]U|cozali muhitda noto'g'ri shaklda ipsimon o'sadi. Tik agarda paxtaga o'xshash, ayrim hollarda donga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi. Qonli agarda shudring tomchisiga o'xshash, chetlari tekis yoki g'adir-hudur (R shaklli) koloniya hosil qiladi. Jigarli sho'rvada loyqalanish, i,evinchalik cho'kma hosil qiladi va sho'rva tiniq'lashadi.

Ferraentativ xossasi. Saxarolitik xossasiga ko'ra laktoza, glukoza, maltoza, glitserinni kislota va gazgacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga Ico'ra jigar bo'lakchalarini eritadi, tuxum oqsilini parchalaydi, jelatinani eritadi, sutni peptonlaydi, vodorod sulfati va ammiak hosil qiladi.

Toksigenligi. С botulinum barcha mavjud biologik toksinlardan ham kuchli bo'lgan toksin ajratadi (1 mkg botulizm toksinida 100 000 000 oq sichqonlarni o'ldiruvchi doza mavjud). Toksin ikkita komponentdan tashkil topgan: neyrotoksin va gemagglyutinin.

Antigenligi. Neyrotoksinli barcha shtammlar antigenlik xossasiga ko'ra yettita serovarga bo'linadi: A, B, C, D, E, F va G. Har bir serovari maxsus immunogenligi bilan tavsiflanadi. Ko'pincha A, B, E serovarlari kasallik keltirib chiqaradi, kam hollarda C, D, F serovarlari ham uni keltirib chiqarishi mumkin. G serovari kam o'rganilgan.

Chidamliligi. C.botulinumn'mg vegetativ shakli 80°C harorat ta'sirida 30 daqiqadan so'ng nobud boiadi. Sporasi chidamli. Qaynatilganda bir necha soat (5 soatgacha) saqlanadi. Go'shtning katta bo'laklarida, katta hajmli konserva bankalarida avtoklavda sterilizatsiya qilingan hollarda ham saqlanib qoladi, 5 %li fenol ta'sirida sporalarbir kuchgacha saqlanadi. Botulizm toksini qaynatilganda 10 daqiqadan so'ng parchalanadi. U tik quyosh nuriga, past haroratgava dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli.

Patogenligi. Botulizm qo'zg'atuvchisiga yirik va mayda shoxli hayvonlar, kemiruvchilar, qushlar sezgir. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, dengiz cho'chqachalari, quyonlar, mushuklar sezgirdir. Infeksiya manbayi. Botulizm qo'zg'atuvchisi tashqi muhitda keng tarqalgan: hayvon va baliq chiqindilari bilan tuproqqa, suvga va boshqa yerlarga tushadi. Tuproqqa ular hatto bo'linib ko'payadi ham. Odam botulizm qo'zg'atuvchisini saqlovchi mahsulotlarni iste'mol qilishi natijasida zararlanadi.

Tarqalish yo'li. Alimentar, ya'ni go'sht, baliq, qo'ziqorin va sabzavotlardan tayyorlangan konservalarni iste'mol qilish natijasida ^qadi. Ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan konservalar xavfli.

Patogenezi. Kirish darvozasi bo'lib og'iz shilliq pardasi hisoblanadi. °°tulizm qo'zg'atuvchisi bo'linib ko'payishi natijasida hosil bo'lgan

neytrotoksin oshqozon ichak sistemasida ishlab chiqarll н-proteolitik fermentlarga sezuvchan emas. Patologik jarav '8ari neytrotoksin ta'sirida yuzaga keladi. Neytrotoksin ichakdan П 6Sa so'riladi, butun a'zolarga tarqaladi va markaziy nerv siste uzunchoq miya, yurak tomir sistemasini shikastlaydi. Ko'rish a'z l^ nafas olish va yutish funksiyalarida o'zgarish yuzaga keladi.

Kasallanish belgilari 12—24 soatdan so'ng namoyon bo'l н-Zaharlangan kishilarda ko'z soqqasi muskullarining chala falaji, halo L falaji kuzatiladi, ovoz chiqmaydi, ko'z qovoqlari osilib qoladi ко' g'ilay bo'ladi. Bemor boshi aylanayotganini, narsalar ko'ziga ikkit^ bo'lib ko'rinayotganligini aytadi. So'ngra ich qotishi, ba'zan ich ketishi, tana muskullarining kuchsizligi qo'shiladi. Bemorning hushi joyida bo'ladi, puis tezlashadi, tana harorati normal qolishi yoki birmuncha pasayishi mumkin. Bemorlar nafas falajidan yoki yurak falajidan nobud bo'ladi.



Immuniteti. Odatnda tabiiy immunitet yo'q. Odam C. botulinum toksiniga juda sezgir. Kasallikdan so'ng immunitet yuzaga kelmaydi.

Profilaktikasi. Oziq-ovqatlar ifloslanishining oldini olish, konserva mahsulotlarini tayyorlash, ayniqsa, uyda tayyorlanadigan konserva-larni tayyorlash texnikasiga rioya qilish. Uyda tayyorlangan konservalarni iste'mol qilishdan avval 15—20 daqiqa suv hammomida sterilizatsiya qilib, so'ng iste'mol qilish lozim, chunki botulizm toksini qaynatganda neytrallanadi.

Maxsus profilaktikasi yuzasidan botulizm qo'zg'atuvchisi yoki toksini bo'lgan mahsulotlarni ite'mol qilgan odamga botulizmga qarshi polivalent A, B, E antitoksin zardobi yuboriladi. Qo'zg'atuvchining turi aniqlangandan so'ng esa, shu turga xos botulizmga qarshi zardob yuboriladi. Asosiy tekshirish usullari



  1. Biologik.

  2. Bakteriologik.

1-kun. Tekshirish materiali steril hovonchaga solinib, steril qum va fiziologik eritma bilan yaxshilab eziladi. Tekshirish materiali 2 qismga bo'linadi va biri biologik, ikkinchisi bakteriologik tekshirish uchun qo'llaniladi.

Birinchi qismi 0,5 % li glukoza Xottinger sho'rvasiga, tik agarga ekiladi. Ikkinchi qismi toksin hosil bo'lishi uchun 30—40 daqiqaga qoldiriladi, so'ng paxta-doka orqali filtrlanadi. Hosil bo'lgan filtrat I qismga bo'linib, biriga botulizmga qarshi polivalent zardob solinib, neytrallanishi uchun 30—40 daqiqaga qoldiriladi. Ikki juft sichqon olinib, ularning bir juftiga botulizmga qarshi polivalent zardob qo'shilgan filtrat yuboriladi, ikkinchi juft sichqonlarga esa filtratning o'zi yuboriladi.

2—4-kun. 1. Hayvonlar 1— 4-kun ichida kasallanib, nobud bo'ladi, ularda nafas olish tezlashadi, qorin devori muskullari bo'shashib, qorin esa ichiga kirib ketadi (arining qorniga o'xshab qoladi), titrash, falajlanish yuzaga kelib sichqonlar o'ladi. Botulizmga qarshi zardob qo'shilgan filtrat yuborilgan sichqonlar tirik qoladi.

Botulizm toksini aniqlangandan so'ng neytralizatsiya reaksiyasi qo'yiladi. Filtratga tipospetsifik А, В, С, E, F, G diagnostik zardoblar qo'shilib, alohida shprislarda sichqonlarga yuboriladi. Gomologik zardob yuborilgan sichqonlar tirik qoladi, qolganlari nobud bo'ladi.

2. Ekilgan muhit termostatdan olib tekshiriladi, uning sof lulturasini ajratib olish uchun Kitta-Tarossi muhitiga ekiladi va yana yuqorida aytib o'tiigandek neytralizatsiya reaksiyasi qo'yiladi.5—6-kun. Ajratib olingan sof kulturaning morfologik, fermentativ xossalari, harakatchanligi o'rganiladi. Agar biologik sinama natifija bermasa, sof kultura bilan yana biologik sinama o'tkaziladi\ 1. Botulizm qo'zg'atuvchisini morfologik va kultural xossalari 2. Botulizm qo'zg'atuvchisining fermentativ xossasini bilasiz.


  1. Botulizmga shubha qilinganda qanday tekshirish materiali olinadi?

  2. Tekshirishda qanday asosiy usullardan foydalaniladi?

  3. Botulizmga qarshi zardob bilan qanday biologik va neytral' -reaksiyasi qo'yiladi?

1. Botulizm qo'zg'atuvchisini morfologik va kultural xossalarini ayting Botulizm qo'zg'atuvchisining fermentativ xossasini bilasiz?

3.Botulizmga shubha qilinganda qanday tekshirish materialiri olinadi?

4Tekshirishda qanday asosiy usullardan foydalaniladi?

5.Botulizmga qarshi zardob bilan qanday biologik va neytral reaksiyasi qo'yiladi?


O’quvchilar uchun adabiyotlar:

1.A.B.G’anixo’jayeva”Mikrobiologiya”

2.B.Eshboyev “Mikrobiologiya”

3.G.S.Aripova”biokimyo va biokimyoviy tekshirish usullari” 4.N.A.Bakulina,E.L.Kraeva ”Mikrobiologiya”


GAZLIGANGRENA QO'ZG'ATUVCHILARI

Gazli gangrena polimikrob infeksiya, bir, ya'ni bir necha guruh mikroorganizmlar ta'sirida yuzaga keladi. Ular Bacillaceae oilasiga. Clostridium avlodiga kiradi. Mikrob guruhlarining asosiy a'zolari С perfringens, С novyi, C.septicum, С histofyticum, C. wrcfe////hisoblanadi. Kasallik odamda organizmga bitta yoki ikkita qo'zg'atuvchi yoki qo'shimcha aerob stafilokokk yoki streptokokk tushishi natijasida yuzaga keladi.



Clostridium perfrinqens

С perfringens 1892-yilda Uelch va Nettolm tomonidan aniq-langan.

Morfologiyasi. С perfringens — yirik polimorf tayoqchasimon, 3—9x0, <- 9—1,2 mkm kattalikdagi mikroblar. Harakatsiz. Organizm-dan ajratib olingan yangi kulturada kapsula aniqlanadi. Noqulay sharoitga tushganda ovalsimon spora hosil qiladi, markaziy yoki sub-terminal holatda joylashadi. Gram musbat bo'yaladi, eski kulturalar Gram usulida bo'yalish xossasidan mahrum.

Kultural xossasi. C. perfringens — anaerob, lekin kislorodga sezuvchan emas. Go'sht va kazein qo'shilgan muhitda yaxshi o'sadi. 37—42°C haroratda, pH 7,2—7,4 sharoitida 3—8 soatdan keyin ko'P miqdorda gaz hosil qilib pHni kislotali sharoit tomonga o'zgartirib o'sadi. Zich oziqa muhitida C. perfringens R shaklli, g'adir-budur, S shaklli silliq va shilliq, M shaklli koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanib va gaz hosil qilib o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o'sadi.

Fermentativ xossasi С perfringens letsitinaza, gialuronidaza, jelatinaza, kollagenaza va boshqa patogen fermentlarni ishlab chiqaradi Toksigenligi. С perfringens murakkab tarkibli toksin ajratadi. U hir qancha toksinlardan iborat bo'lib grekcha a, y, /3 va boshqa harflar bilan belgilanadi. Bulardan asosan a —toksini aktiv toksigenlik xossasini

saqlaydi-



Antigenligi. С perfringens beshta serovarlarga boiinadi va ular A,

35 C, D, E kabi lotin harflari bilan belgilanadi. Bular bir-biridan antigenlik va biokimyoviy xossasiga ko'ra farqlanadi.

A—serovari odam ichagida doimo uchraydi va toksikoinfeksiya (ovqatdan zaharlanish) keltirib chiqarishi mumkin. В — serovari qo'zichoqlarda ichak funksiyasining buzilishini, С — serovari ayrim odamlarda nekrotik enteritni va yirik shoxli hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. D — serovari enterotoksemiyani keltirib chiqaradi.

Chidamliligi.Vegetativ shakli tashqi muhitga uncha chidamli emas, ularga dezinfeksiyalovchi moddalar o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Ayrim shtammlarining sporalari qaynatilganda bir necha daqiqagacha saqlanadi.A— serovari ancha chidamlidir.

Patogenligi. Tabiiy sharoitda C. perfringens uy hayvonlarida kasallik keltirib chiqaradi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, quyonlar, kaptar, sichqonlar sezuvchandir.Laboratoriya hayvonlariga zararli material yuborilgan joyda yallig'lanish (nekroz) hosil boiadi. Qonda klostridiylar uchrashi mumkin.

Clostridium novyi. С novyinx 1874-yili Novi aniqlagan.

Morfologiyasi. C.novyi — yirik, to'g'ri yoki biroz bukilgan.4—22x1 <- 4—1,6 mkm kattalikdagi tayoqchasimonlardir. Ko'pincha zanjirsimon boiib joylashadi. Harakatchan, xivchinlari, peretrix joylashgan. Tashqi muhitda ovalsimon spora hosil qiladi, subterminal joylashadi (sporaning kattaligi hujayradan kattaroq bo'lishi mumkin.

Kultural xossasi C. novyi — jiddiy anaerob. Kislorodga juda sezgir. Kazeinli uglevodli, go'sht-peptonli muhitlarda, 37—43°C da, pH 7,4—7,6 sharoitda yaxshi o'sadi. Zich oziqa muhitida 48 soatdan keyin yumaloq, yarimtiniq, yuzasi donador, chetlari g'adir-budur koloniya hosil qilib o'sadi. Tik agarda esa markazi kesakka o'xshash sharsimon koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida gaz chiqaradi va cho'kkan parda holida o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qiladi.

Fermentativ xossasi. С novyi C. perfringensga nisbatan kam aktivdir. U faqat glukoza hamda maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra sutni sekin-asta ivitadi, jelatinani sekin suyultiradi. Indol va vodorod suffidini hosil qilmaydi. Patogen fosfalipaza fermentini ajratadi. Antigeniigi. С. novyi to'rtta A, B, C, D serovarlaga bo'linad'-ular bir-biridan antigenlik va toksigenlik xossasiga ko'ra farqlanadi.

Toksigenligi. С novyi bir qancha toksinlarni sintezlaydi va ul grek harflari bilan belgilanadi — a, (5, у va b.

Ekzotoksini nekrozga, gemolizga uchratish va o'ldiruvchan ta'si qilish xossasiga ega. Bundan tashqari, ular qon tomirlarining o'tkazuvchanligini buzadi, bu esa organizmning shishishiga olib keladi



Chidamliligi. С novyining vegetativ shakli kam chidamli. Sporasi tashqi muhitda ko'p (25—30) yillargacha saqlanadi. Sporasi qaynatilganda 40—60 daqiqadan so'ng, tik quyosh nuri ta'sirida bir kundan so'ng nobud bo'ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 15—10 daqiqadan so'ng o'ladi.

Patogenligi. С novyiga qushlar (kaptar) va sutemarlar sezgirdir.Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, quyonlar, sichqonlarsezgir. С novyi kulturasi teri osstiga yuborilganda ularda ilvirab qolganshish, ayrim hollarda gaz hosil bo'ladi. Hayvonlar 24 soatdan so'ng nobud bo'ladi. \

Clostridium septicum.Clostridium septicum L. Paster tomonidan 1877-yili aniqlangan.

Morfologiyasi. С septicum polimorf tayoqcha, 3—4x1, 1 — 1,6 mkm kattalikda bo'ladi (ipsimon shakli 50 mkm uzunlikda uchrashi mumkin). Harakatchan xivchinlari peretrix joylashgan. Sporasi subter-minal, ayrim hollarda markaziy holatda joylashadi. Kapsula hosil qilmaydi. Gram musbat bo'yaladi. Eski kulturalari Gram manfiy bo'yaladi.



Kultural xossasi. C.septicum jiddiy anaerob. 0,5 %li glukoza qo'shilgan go'shtli va kazeinli muhitlarda, 37—43°C harorat va pH 7,4—7,6 sharoitda yaxshi o'sadi. Qon-glukozali muhitda o'ralib ketgan ipchaga o'xshash koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o'sadi. Tik agarda shakarli muhitning pastki qatlamida esa markazi jipslashgan ipsimon koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq muhitda bir tekis loyqalanish, keyinchalik cho'kma va gaz hosil qilib o'sadi.

Fermentativ xossasi. С septicum saxarolitik xossasiga ko'ra glukoza, laktoza, maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Mannit va glitserinni parchalamaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra jelatinani suyultiradi, sutm sekin ivitadi. Nitratni nitritga qaytaradi, vodorod sulfiti va amrniak hosil qiladi. Indol hosil qilmaydi.

Antigeniigi. С septicum o'zida 0 va H — antigenlarini saqlaydi-Agglyutinatsiya reaksiyasi yordamida H — antigenining 6 ta serovan aniqlangan.

Toksigenligi. С novyi bir qancha toksinlarni sintezlaydi va ul grek harflari bilan belgilanadi — a, у va b.

Ekzotoksini nekrozga, gemolizga uchratish va o'ldiruvchan ta'si qilish xossasiga ega. Bundan tashqari, ular qon tomirlarining o'tkazuvchanligini buzadi, bu esa organizmning shishishiga olib keladi



Chidamliligi. С novyining vegetativ shakli kam chidamli. Sporasi tashqi muhitda ko'p (25—30) yillargacha saqlanadi. Sporasi qaynatilganda 40—60 daqiqadan so'ng, tik quyosh nuri ta'sirida bir kundan so'ng nobud bo'ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 15—10 daqiqadan so'ng o'ladi.

Patogenligi.С novyiga qushlar (kaptar) va sutemarlar sezgirdir.Laboratoriya hayvon- laridan dengiz cho'chqachasi, quyonlar, sichqonlarsezgir. С novyi kulturasi teri osstiga yuborilganda ularda ilvirab qolganshish, ayrim hollarda gaz hosil bo'ladi. Hayvonlar 24 soatdan so'ng nobud bo'ladi.

Clostridium septicum.Clostridium septicum L. Paster tomonidan 1877-yili aniqlangan.

Morfologiyasi. С septicum — polimorf tayoqcha, 3—4x1, 1 — 1,6 mkm kattalikda bo'ladi (ipsimon shakli 50 mkm uzunlikda uchrashi mumkin). Harakatchan xivchinlari peretrix joylashgan. Sporasi subter-minal, ayrim hollarda markaziy holatda joylashadi. Kapsula hosil qilmaydi. Gram musbat bo'yaladi. Eski kulturalari Gram manfiy bo'yaladi.

Kultural xossasi. C.septicum jiddiy anaerob. 0,5 %li glukoza qo'shilgan go'shtli va kazeinli muhitlarda, 37—43°C harorat va pH 7,4—7,6 sharoitda yaxshi o'sadi. Qon-glukozali muhitda o'ralib ketgan ipchaga o'xshash koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o'sadi. Tik agarda shakarli muhitning pastki qatlamida esa markazi jipslashgan ipsimon koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq muhitda bir tekis loyqalanish, keyinchalik cho'kma va gaz hosil qilib o'sadi.

Fermentativ xossasi. С septicum saxarolitik xossasiga ko'ra glukoza, laktoza, maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Mannit va glitserinni parchalamaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra jelatinani suyultiradi, sutm sekin ivitadi. Nitratni nitritga qaytaradi, vodorod sulfiti va amrniak hosil qiladi. Indol hosil qilmaydi.

Antigeniigi. С septicum o'zida 0 va H — antigenlarini saqlaydi-Agglyutinatsiya reaksiyasi yordamida H — antigenining 6 ta serovan aniqlangan, saxaroza va laktozani parchalamaydi. Proteolitjt xossasiga ko'ra zardobni sekin ivitadi va jelatinani suyultiradi, ind0i vodorod sulfiti, ureaza hosil qiladi.



C. sordellii o'zidan letsitinaza, gemolizin, fibrinolizinlar ajratadi

Toksigenligi. C. sordellii o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatuvchi kuchli va aktiv tokssin ajratadi: bu toksin С hovyi a — toksiniga o'xshashdir

Chidamiiligi. Vegetativ shakli tashqi muhitga chidamsiz. Sporasi esa chidamli bo'lib, tuproqda uzoq vaqt saqlanadi.



Patogenligi. Laboratoriya hayvonlaridagazli gangrenaga o'xshash belgilarni yuzaga keltiradi.

Infeksiya manbayi. Gazli gangrena klostridiylari tashqi muhitga hayvonlaming najasi bilan chiqadi (sanitariya-gigiyena sharoiti yomon bo'lgan hollarda odam terisida ham aniqlash mumkin).

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə