Mavzu: mikrobiologiya fani


Mavzu: Patogen klosrtidiylar,ularning xossalari, keltirib chiqaradigan kasalliklari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə7/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14

11. Mavzu: Patogen klosrtidiylar,ularning xossalari, keltirib chiqaradigan kasalliklari.

Reja:.

1.Patogen anaeroblarni asosiy xossalarini;

2. Patogen anaerob keltirib chiqaradigan kasaliklarini

3. Kasalliklarni oldini olish va davosini.



Patogen anaeroblar Patogen anaeroblar Bacillaceae oilasiga, Cloctridium avlodiga kiradi. Anaeroblarga ko'pgina guruh mikroorganizmlari kiradi, ular orasida qoqshol klostridiysi, gazli gangrena klostridiysi (polimikrob infeksiya), botulizm klostridiysi odam uchun patogen hisoblanadi.

Patogen anaeroblar odam va hayvon ichagida yashovchi mikroorganizmlar hisoblanadi va tashqi muhitga najas bilan chiqarib turiladi. Spora shaklida ular tuproqda, dengiz va ariq suvlarida uchrab turadi. Patogen anaeroblar yirik tayoqchasimon, 4—9x0, 6—1,2 mkrn kattalikda bo'lib, yangi kulturalardagi yosh mikroblar Gram manfiy bo'lib bo'yaladi, eski kulturalar esa Gram usulida bo'yalish xususiyatini yo'qotadi, Klostridiylarning barchasi spora hosil qiladi, sporalar ovalsimon yoki yumaloq shaklda bo'lib, terminal, subterminal, markaziy holatda joylashadi. Ko'pchilik anaeroblar harakatchan bo'lib, xivchinlari peretrix joylashgan. Klostridiylar biologik faol bo'lgan ekzotoksin ishlab chiqaradi.

Qoqshol tayoqchasining sporalari kindik orqali organizmga kiradi.

va jarohatlangan teridan kirib to'qimalar ichida vegetativ shaklga o'tadi, o'zidan ekzotoksin ishlab chiqaradi va u markaziy nerv to'qimalariga ta'sir ko'rsatib, harakatlantiruvchi ko'ndalang-targ'il muskullarning qisqarishiga olib keladi. Yashirin davri 6—14 kun bo'lib, avval chaynov muskullari, so'ng yuz mimv muskullarini zararlaydi va yuz qizarib bemor soxta kulayotgan odamni eslatadi. So'ng qorin, tana va oyoq muskullari qisqaradi. Ko'pincha orqaning yozuvchi muskullari qorinning bukuvchi muskullariga qaraganda ko'proq qisqaradi. Natijada bemor boshini orqasiga qayirib va belini havoza qilib yotadi, qorin muskullari esa taxtaday qotib qoladi Bemorlarga faqat tegilgandagina emas, balki unga yorug' tushganch xonada shovqin qilinganda, unga qarab puflanganda ham reflektor qo'zg'aluvchanlik, keskin darajada oshadi, muskullar tortishib qisqaradi Nafas muskullari qisqarishi natijasida asfikatsiyadan odam o'ladi.

Gazli gangrena o'zg'atuvchi organizmga spora yoki vegetativ shaklda kirgandan so'ng bo'linib ko'payadi va o'zidan ekzotoksin ishlab chiqaradi. Bo'linib ko'payganda klostridiylar sog'lom to'qimani shikastlaydi va nekrozga uchratadi. Ayniqsa, bu jarayon muskul to'qimalarida tez boradi, chunki u yerda ko'p miqdorda glikogen bo'lib, u anaeroblarning eng sevimli muhiti hisoblanadi. Ko'pincha infeksiya chuqur jarohatlarda „ko'r cho'ntaklar" hosil bo'lganda, ya'ni kislorod bilan yaxshi ta'minlanmagan, klostridiylar rivojlanishiga qulay sharoit yuzaga kelganda rivojlanadi.

Klostridiylar ko'pincha С perfringens va C. novyi bilan qo'shilib kasallik keltirib chiqaradi, bunda kasallik og'ir o'tadi va og'ir natijalarga olib keladi. Anaerob infeksiyasining patogenezida qo'shimcha flora (stafilokokk, streptokokk va boshqa) va mikroorganizmlarning reaktivligi katta ahamiyatga ega.Clostridium tetani — qoqshol qo'zg'atuvchisini 1884-yilda Nikolayev, aniqlagan, sof kulturasini 1889-yili Kitazato ajratib olgan.



Morfologiyasi.

Tayoqchasimon, uchlari dumaloq, 4—8x0,41 mkm kattalikda, yuqumli, harakatchan, xivchinlari peretrix joyiashgan, kapsula hosil qilmaydi, qo'zg'atuvchi nog'ora tayoqchasi shaklini berib turuvchi spora hosil qiladi.

Gram yoki metilen ko'ki bilan bo'yalganda qo'ng'iroqqa o'xshab ko'rinadi. Gram musbatdir.

Kultural xossasi.

Anaerob, kislorodga juda sezgir. Zich oziqa muhitida 3—4 kundan so'ng R shaklli kulrang koloniya hosil qilib o'sadi. Tik agarda bug'ga o'xshash, ayrim hollarda qora donga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi. Qonli agarda koloniya o'z atrofida gemoliz zonasini hosil qiladi. Kitta—Tarossi muhitida loyqa tusida Vilson—|Bier muhitida qorayib o'sadi.



Fennentativ xossasi.

Kam aktiv. Uglevodlarni parchalamaydi. jsfitratni nitritga qaytaradi, sutni sekin ivitadi, jelatinani sekin suyultiradi.



Toksigenligi.

Ikki xil tetanospazmi va tetanolizin komponent-laridan tashkil topgan kuchli ekzotoksin ishlab chiqaradi. Tetano-spazmni nerv to'qimalarining harakatlanuvchi hujayralarini shikast-laydi, natijada muskullarning qisqarishiga olib keladi. Tetanolizin esa eritrotsitlarni gemolizlaydi. Ajratib olingan sho'rvadagi kulturaning 0,0000005 dozasi 20 g og'irlikdagi sichqonni o'ldiradi.



Antigenligi.

O'zidan somatik — 0 antigeni. H antigenini ishlab chiqaradi:

H antigeniga ko'ra 10—serovarga, 0 antigeniga ko'ra seroguruhlarga bo'linadi.

Chidamliligi.

Vegetativ shakli 60—70°C harorat ta'sirida 20—30 daqiqa, sporasi qaynatilganda 1 — 1,5 soatdan keyin, dezinfeksiyalovchi eritmalar ta'sirida 5—6 soatdan keyin nobud bo'ladi. Tuproqda va boshqa buyumlarda sporalar uzoq vaqt saqlanadi, tik quyosh nurida bir necha soatdan keyin nobud bo'ladi.



Patogenligi.

Tabiiy sharoitda qoqshol kasalligi bilan otlar va mayda shoxli hayvonlar kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, quyonlar, kalamushlar unga sezgirdir.

Kasallik belgilari: orqa oyoqlarining muskullari so'ngra, tana muskullari va boshqalar qisqaradi. Yurak muskulining falajlanishidan bemor nobud bo'ladi.

Infeksiya manbayi.

Ko'pgina hayvonlar qoqshol qo'zg'atuvchi-sining tashuvchisi bo'lib hisoblanadi. Odam va hayvon chiqindisi bilan bakteriyalar tashqi muhitga chiqarilib turiladi. Tarqalish yo'li.

Asosan go'nglangan tuproq orqali tarqaladi, mikroblar tanaga shikastlangan teri va shilliq pardalar orqali kiradi. Qoqshol jarohat infeksiyasi bo'lib hisoblanadi.Ikkinchi jahon urushi vaqtida qoqshol askarlar o'rtasida ayniqsa, keng tarqalgan edi. Urushda o'q otar qurollardan kelib chiqqan jarohatlar tuproq yoki kiyim parchalari bilan qoqshol tayoqchalarining sporalari tushar edi. Shuning uchun qoqsholni urush davrining epidemiyasi deb atashadi.

Qoqshol yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ham bo'ladi (tetanus ne­onatorum). Kindik bog'lanayotgan vaqtda u to'liq sterilizatsiya qilinmagan asboblar bilan ifloslansa, qoqshol tayoqchasining sporalari kindik orqali organizmga kiradi.



Patogenezi.

Spora jarohatlangan teridan kirib to'qimalar ichida vegetativ shaklga o'tadi, o'zidan ekzotoksin ishlab chiqaradi va u markaziy nerv to'qimalariga ta'sir ko'rsatib, harakatlantiruvchi ko'ndalang-targ'il muskullarning qisqarishiga olib keladi. Yashirin davri 6—14 kun bo'lib, awal chaynov muskullari, so'ng yuz mimv muskullarini zararlaydi va yuz qizarib bemor soxta kulayotgan odamni eslatadi. So'ng qorin, tana va oyoq muskullari qisqaradi. Ko'pincha orqaning yozuvchi muskullari qorinning bukuvchi muskullariga qaraganda ko'proq qisqaradi. Natijada bemor boshini orqasiga qayirib va belini havoza qilib yotadi, qorin muskullari esa taxtaday qotib qoladi Bemorlarga faqat tegilgandagina emas, balki unga yorug' tushganch xonada shovqin qilinganda, unga qarab puflanganda ham reflektor qo'zg'aluvchanlik, keskin darajada oshadi, muskullar tortishib qisqaradi Nafas muskullari qisqarishi natijasida asfikatsiyadan odam o'ladi.



Immuniteti.

Kasallikdan so'ng immunitet hosil bo'lmaydi chunki kasallik o'lim bilan tugaydi. Sun'iy immunitet organizmga anatoksin yuborish natijasida yuzaga keladi va u antitoksin immunitet hisoblanadi



Maxsus profilaktikasi.

Bolalar 1—2 oyligidan boshlab AK.DS bilan emlanadi. 12 yoshgacha revaksinatsiya qilinadi.



Umumiy profilaktikasi.

Jarohatlarni jarrohlik yoii bilan tozalash, asboblarni to'liq sterilizatsiya qilish.



Maxsus davosi.

Muskul orasiga qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. Immunoglobulin ham bunda yaxshi natijalar beradi. Antibiotiklardan tetratsiklin va penitsillin beriladi.Gazli gangrena polimikrob infeksiya, bir, ya'ni bir necha guruh mikroorganizmlar ta'sirida yuzaga keladi. Ular Bacillaceae oilasiga. Clostridium avlodiga kiradi. Mikrob guruhlarining asosiy a'zolari С perfringens, С.novyi, C.septicum, С histofyticum Clostridium sordellii hisoblanadi. Kasallik odamda organizmga bitta yoki ikkita qo'zg'atuvchi yoki qo'shimcha aerob stafilokokk yoki streptokokk tushishi natijasida yuzaga keladi.



Clostridium perfrinqens

С perfringens 1892-yilda Uelch va Nettolm tomonidan aniqlangan.

Morfologiyasi.

С perfringens — yirik polimorf tayoqchasimon, 3—9x0, 9—1,2 mkm kattalikdagi mikroblar. Harakatsiz. Organizm-dan ajratib olingan yangi kulturada kapsula aniqlanadi. Noqulay sharoitga tushganda ovalsimon spora hosil qiladi, markaziy yoki sub-terminal holatda joylashadi. Gram musbat bo'yaladi, eski kulturalar Gram usulida bo'yalish xossasidan mahrum.

Kultural xossasi.

C. perfringens — anaerob, lekin kislorodga sezuvchan emas. Go'sht va kazein qo'shilgan muhitda yaxshi o'sadi. 37—42°C haroratda, pH 7,2—7,4 sharoitida 3—8 soatdan keyin ko'P miqdorda gaz hosil qilib pHni kislotali sharoit tomonga o'zgartirib o'sadi. Zich oziqa muhitida C. perfringens R shaklli, g'adir-budur, S shaklli silliq va shilliq, M shaklli koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanib va gaz hosil qilib o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o'sadi.

Fermentativ xossasi.

С perfringens letsitinaza, gialuronidaza, jelatinaza, kollagenaza va boshqa patogen fermentlarni ishlab chiqaradi-

Toksigenligi.

С perfringens murakkab tarkibli toksin ajratadi. U hir qancha toksinlardan iborat bo'lib grekcha a, y va boshqa harflar bilan belgilanadi. Bulardan asosan a —toksini aktiv toksigenlik xossasini

saqlaydi-


Antigenligi.

С perfringens beshta serovarlarga boiinadi va ular A,

35 C, D, E kabi lotin harflari bilan belgilanadi. Bular bir-biridan antigenlik va biokimyoviy xossasiga ko'ra farqlanadi.

A—serovari odam ichagida doimo uchraydi va toksikoinfeksiya (ovqatdan zaharlanish) keltirib chiqarishi mumkin. В — serovari qo'zichoqlarda ichak funksiyasining buzilishini, С — serovari ayrim odamlarda nekrotik enteritni va yirik shoxli hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. D — serovari hayvonlarda enterotoksemiyani keltirib chiqaradi.

Chidamliligi.

Vegetativ shakli tashqi muhitga uncha chidamli emas, ularga dezinfeksiyalovchi moddalar o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Ayrim shtammlarining sporalari qaynatilganda bir necha daqiqagacha saqlanadi. A — serovari ancha chidamlidir.



Patogenligi.

Tabiiy sharoitda C. perfringens uy hayvonlarida kasallik keltirib chiqaradi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, quyonlar, kaptar, sichqonlar sezuvchandir. Laboratoriya hayvonlariga zararli material yuborilgan joyda yallig'lanish (nekroz) hosil boiadi. Qonda klostridiylar uchrashi mumkin.



Clostridium novyi

С novyinx 1874-yili Novi aniqlagan.

Morfologiyasi.

C.novyi — yirik, to'g'ri yoki biroz bukilgan.

4—22x1—1,6 mkm kattalikdagi tayoqchasimonlardir. Ko'pincha

zanjirsimon boiib joylashadi. Harakatchan, xivchinlari, peretrix

joylashgan. Tashqi muhitda ovalsimon spora hosil qiladi, subterminal

I joylashadi (sporaning kattaligi hujayradan kattaroqbo'lishi mumkin).

Kultural xossasi .

C. novyi — jiddiy anaerob. Kislorodga juda sezgir. Kazeinli uglevodli, go'sht-peptonli muhitlarda, 37—43°C da, pH 7,4—7,6 sharoitda yaxshi o'sadi. Zich oziqa muhitida 48 soatdan keyin yumaloq, yarimtiniq, yuzasi donador, chetlari g'adir-budur koloniya hosil qilib o'sadi. Tik agarda esa markazi kesakka o'xshash sharsimon koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida gaz chiqaradi va cho'kkan parda holida o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz

zonasi hosil qiladi.

Fermentativ xossasi.

С novyi C. perfringensga nisbatan kam aktivdir. U faqat glukoza hamda maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra sutni sekin-asta ivitadi, jelatinani sekin suyultiradi. Indol va vodorod suffidini hosil qilmaydi. Patogen fosfalipaza fermentini ajratadi. Antigenligi.

С. novyi to'rtta A, B, C, D serovarlaga bo'linad'-ular bir-biridan antigenlik va toksigenlik xossasiga ko'ra farqlanadi. Toksigenligi.



С novyi bir qancha toksinlarni sintezlaydi va ul grek harflari bilan belgilanadi — a, (5, у va b.

Ekzotoksini nekrozga, gemolizga uchratish va o'ldiruvchan ta'si qilish xossasiga ega. Bundan tashqari, ular qon tomirlarining o'tkazuvchanligini buzadi, bu esa organizmning shishishiga olib keladi



Chidamliligi.

С novyining vegetativ shakli kam chidamli. Sporasi tashqi muhitda ko'p (25—30) yillargacha saqlanadi. Sporasi qaynatilganda 40—60 daqiqadan so'ng, tik quyosh nuri ta'sirida bir kundan so'ng nobud bo'ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 15—10 daqiqadan so'ng o'ladi.

Patogenligi.

С novyiga qushlar (kaptar) va sutemarlar sezgirdir.
Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, quyonlar, sichqonlar
sezgir. С novyi kulturasi teri osstiga yuborilganda ularda ilvirab qolgan
shish, ayrim hollarda gaz hosil bo'ladi. Hayvonlar 24 soatdan so'ng
nobud bo'ladi.

Clostridium septicum Clostridium septicum L. Paster tomonidan 1877-yili aniqlangan.

Morfologiyasi.

С septicum polimorf tayoqcha, 3—4x1, 1 — 1,6 mkm kattalikda bo'ladi (ipsimon shakli 50 mkm uzunlikda uchrashi mumkin). Harakatchan xivchinlari peretrix joylashgan. Sporasi subter-minal, ayrim hollarda markaziy holatda joylashadi. Kapsula hosil qilmaydi. Gram musbat bo'yaladi. Eski kulturalari Gram manfiy bo'yaladi.

Kultural xossasi.

C.septicum jiddiy anaerob. 0,5 %li glukoza qo'shilgan go'shtli va kazeinli muhitlarda, 37—43°C harorat va pH 7,4—7,6 sharoitda yaxshi o'sadi. Qon-glukozali muhitda o'ralib ketgan ipchaga o'xshash koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o'sadi. Tik agarda shakarli muhitning pastki qatlamida esa markazi jipslashgan ipsimon koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq muhitda bir tekis loyqalanish, keyinchalik cho'kma va gaz hosil qilib o'sadi.

Fermentativ xossasi.

С septicum saxarolitik xossasiga ko'ra glukoza, laktoza, maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Mannit va glitserinni parchalamaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra jelatinani suyultiradi, sutm sekin ivitadi. Nitratni nitritga qaytaradi, vodorod sulfiti va amrniak hosil qiladi. Indol hosil qilmaydi.

Antigeniigi.

С septicum o'zida 0 va H — antigenlarini saqlaydi-Agglyutinatsiya reaksiyasi yordamida H — antigenining 6 ta serovan aniqlangan.

Toksigenligi.

C.septicum ekzotoksini a, у va boshqa substansiyalardan tashkil topgan. Filtratida fibrinolizin va kollagenazalar aniqlangan. Bu omillarning barchasi kasallik patogenezida katta ahamiyatga ega.

Chidamliligi.

Kislorod ta'sirida vegetativ shakli tez nobud bo'ladi. Sporasi ham boshqa turlarining sporalariga nisbatan kam chidamli.



Patogenligi.

Tabiiy sharoitda uy hayvonlari — yirik va mayda shoxli

hayvonlar kasallanadi.

Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi sezgir. Ularning oyoq muskuli orasiga C. septicum kulturasi yuborilganda shish hosil bo'ladi va u keyinchalik qorinning oldingi qismiga tarqaladi va hayvon 24—48 soatdan keyin nobud bo'ladi. Shikastlangan to'qima ezilganda qon — ko'pik aralash suyuqlik ajraladi.



Clostridium histolyticum С histolyticum 1916-yili Vaynberg tomonidan aniqlangan. Morfologiyasi. Yirik bo'lmagan 1,6—3,1, 1x0,6—1 mkm kattalikdagi tayoqchasimonlardir. Harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Spora hosil qiladi, subterminal holda joylashadi. Gram musbat bo'lib bo'yaladi.

Kultnral xossasi. C. histolyticum — fakultativ anaerob. Go'shtli va kazeinli muhitlarda o'sadi. Qonli agarda o'rta o'lchamli, yaltiroq, tekis koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o'sadi.



Toksigenligi.

Filtratda а — toksin aniqlangan va у organizmga o'ldiruvchan, nekrozga uchratuvchi ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, filtratda b — omili ham aniqlangan, u kollagenazani parchalaydi. Bu toksin oshqozon osti bezining to'qimalariga tanlab ta'sir ko'rsatadi. C. histolyticumning odam patologiyasidagi ahamiyati toiiq aniqlanmagan.



Clostridium sordellii C.sordellii 1922-yilda Sordelli tomonidan ajratib olingan va o'rganilgan.

Morfologiyasi.

C.sordellii tayoqchasimon bo'lib, 3—4x1,1—1,5 mkm kattalikda. Harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Ovalsimon spora hosil qiladi, subterminal holda joylashadi. Gram

musbat bo'lib bo'yaladi.



Kultural xossasi.

C.sordellii fakultativ anaerob. Zich oziqa muhit yuzasidan kulrang — oq, bo'rtib chiqqan koloniya hosil qilib o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qiladi. Tik agarda donaga o'xshash koloniya hosil qiladi. Kazeinli va go'shtli sho'rvalarda shilliqqa o'xshash o'sadi. Fermentativ xossasi.

Saxarolitik xossasiga ko'ra glukoza, maltha fruktozani parchalaydi, saxaroza va laktozani parchalamaydi. Proteolitjt xossasiga ko'ra zardobni sekin ivitadi va jelatinani suyultiradi, ind0i vodorod sulfiti, ureaza hosil qiladi.C. sordellii o'zidan letsitinaza, gemolizin, fibrinolizinlar ajratadi

Toksigenligi. C. sordellii o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatuvchi kuchli va aktiv tokssin ajratadi: bu toksin С hovyi a — toksiniga o'xshashdir

Chidamiiligi.

Vegetativ shakli tashqi muhitga chidamsiz. Sporasi esa chidamli bo'lib, tuproqda uzoq vaqt saqlanadi.



Patogenligi.

Laboratoriya hayvonlaridagazli gangrenaga o'xshash belgilarni yuzaga keltiradi.



Infeksiya manbayi.

Gazli gangrena klostridiylari tashqi muhitga hayvonlaming najasi bilan chiqadi (sanitariya-gigiyena sharoiti yomon bo'lgan hollarda odam terisida ham aniqlash mumkin).



Tarqalish yo'li. Jarohatlangan teri orqali tuproq bilan, snaryad bo'lakchalari, kiyim bo'lakchalari orqali organizmga kiradi. Tinchlik vaqtida operatsiya va inyeksiyadan so'ng, kasalxonadan tashqari abort qilinganda va boshqa hollarda tarqaladi. Patogenezi.

Qo'zg'atuvchi organizmga spora yoki vegetativ shaklda kirgandan so'ng bo'linib ko'payadi va o'zidan ekzotoksin ishlab chiqaradi. Bo'linib ko'payganda klostridiylar sog'lom to'qimani shikastlaydi va nekrozga uchratadi. Ayniqsa, bu jarayon muskul to'qimalarida tez boradi, chunki u yerda ko'p miqdorda glikogen bo'lib, u anaeroblarning eng sevimli muhiti hisoblanadi. Ko'pincha infeksiya chuqur jarohatlarda „ko'r cho'ntaklar" hosil bo'lganda, ya'ni kislorod bilan yaxshi ta'minlanmagan, klostridiylar rivojlanishiga qulay sharoit yuzaga kelganda rivojlanadi.

Klostridiylar ko'pincha С perfringens va C. novyi bilan qo'shilib kasallik keltirib chiqaradi, bunda kasallik og'ir o'tadi va og'ir natijalarga olib keladi. Anaerob infeksiyasining patogenezida qo'shimcha flora (stafilokokk, streptokokk va boshqa) va mikroorganizmlarning reaktivliga katta ahamiyatga ega.

Immiimteti. Odamda bu kasallikka qarshi tabiiy immunitet mavjud, chunki odam ichagida klostridiylar yashaydi. Kasallikdan so'ng kuchsiz immunitet yuzaga keladi. Kuchli immunitet organizmga anatoksin yuborilganidagina yuzaga keladi.

Proffiaktikasi. Jarohatlarni yaxshilab tozalash, vodorod peroksidi bilan yaxshilab yuvish, jarohatning ifloslangan qismlarini yaxshilab kesish, asboblarni to'liq sterilizatsiya qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim.

Maxsus profilaktikasida gazli gangrena qo'zg'atuvchilarining barcha turini "saqlovchi adsorbsiyalangan polianatoksini qo'llaniladi.

«fibvtilra bo'vicha odam jarohat olganda, gazli gangrenaga qarshi Gazli gangrena qo'zg'atuvchisi aniqlansa, qo'zg'atuvchi turini aniqlash uchun sichqonlarda biologik sinama quyiladi. Buning uchun 5 ta probirkaga tekshirish materialidan 0,9 ml. dan solinadi va hark! probirkaga 0,6 ml. dan mos antitoksik zardob solinadi. C.perfringetls C.novyi, C.septicum, C.histolyticum, C.sordellii. 6-probirkaga fiziologju eritma solinadi, bu nazorat probirkasi hisoblanadi.

Toksin va anatoksin zardobi qo'shilgan probirkalar xonada 40 daqiqaga qoldiriladi, bunda toksin antitoksin ta'sirida neytrallanadi Har bir probirkadan 0,5 ml.dan olib bir juft sichqonlarning venasj ichiga yuboriladi. Zararlangan hayvonlar kuzatib turiladi.

Zararlangan hayvonlar 5—6 soatdan 3—4 kungacha kasallanib nobud bo'ladi. Gomologik antitoksin zardob yuborilgan sichqonlar tirik qoladi. Agar biologik sinama natija bermasa, sof kultura bilan biologik sinama qaytadan o'tkaziladi.

Gazli gangrena kasalligi tez yuzaga chiqishi sababli qo'zg'atuv-chining turini tezroq aniqlab taxminiy diagnoz qo'yishni talab qiladi. Shuning uchun tekshirish materialidan surtma preparat tayyorlanadi, turga mos zardob bilan immunoflyuoressiyalanadi va immune fluoressent usulida o'rganiladi.

Clostridium botulinum (lotincha botus — kolbasa) 1896-yili Ermengen tomonidan aniqlangan. Morfologiyasi.

Tayoqchasimon, 4—9x0,6—1 mkm kattalikda,


uchlari yumaloq. Tayoqchasimonlar polimorf bo'lib, qisqa va ipsimon
shakllari uchrab turadi. Spora hosil qiladi, subterminal holda joylashad1;
Spora tayoqchadan katta bo'lganligi sababli ularga tennis raketk'
shaklini berib turadi. Kapsulasi yo'q. Harakatchan, xivchinlari peretrix
joylashgan. Yosh kulturalar Gram musbat bo'lib bo'yaladi.

Kultural xossasi.

C. botulinum — jiddiy anaerob. 25—37°C harora ' pH 7,3-7,6 da kazeinli va go'shtli muhitlarda yaxshi o'sadi. 0°muhitda noto'g'ri shaklda ipsimon o'sadi. Tik agarda paxtaga o'xshash, ayrim hollarda donga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi. Qonli agarda shudring tomchisiga o'xshash, chetlari tekis yoki g'adir-hudur (R shaklli) koloniya hosil qiladi. Jigarli sho'rvada loyqalanish, keyinchalik cho'kma hosil qiladi va sho'rva tiniq'lashadi.

Fermentativ xossasi.

Saxarolitik xossasiga ko'ra laktoza, glukoza, maltoza, glitserinni kislota va gazgacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra jigar bo'lakchalarini eritadi, tuxum oqsilini parchalaydi, jelatinani eritadi, sutni peptonlaydi, vodorod sulfati va ammiak hosil qiladi.



Toksigenligi.

С botulinum barcha mavjud biologik toksinlardan ham kuchli bo'lgan toksin ajratadi (1 mkg botulizm toksinida 100 000 000 oq sichqonlarni o'ldiruvchi doza mavjud). Toksin ikkita komponentdan tashkil topgan: neyrotoksin va gemagglyutinin.

Antigenligi.

Neyrotoksinli barcha shtammlar antigenlik xossasiga ko'ra yettita serovarga bo'linadi: A, B, C, D, E, F va G. Har bir serovari maxsus immunogenligi bilan tavsiflanadi. Ko'pincha A, B, E serovarlari kasallik keltirib chiqaradi, kam hollarda C, D, F serovarlari ham uni keltirib chiqarishi mumkin. G serovari kam o'rganilgan.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə