Mavzu: mikrobiologiya fani


Mavzu: Ichak guruhi bakteriyalari,ularning xossalari,keltirib chiqaradigan kasalliklari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə6/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

9.Mavzu: Ichak guruhi bakteriyalari,ularning xossalari,keltirib chiqaradigan kasalliklari.
Reja:

  • Ichak guruhi bakteriyalarini asosiy hossasini;

  • Ichak guruhi bakteriyalarini keltirib chiqaradigan kasaliklarini;

  • Kasalliklarni oldini olish va davosini;

Ichak guruhi bakteriyalariga -Enteroobactericeae oilasiga morfologik, kultural, tinktorial xossalari bir-biriga o'xshash mikroorganizmlar kiradi. Ular odam va hayvon ichagida hayot kechiradi, lekin tashqi muhitda ham aniqlanadi. Chunki ular najas bilan tashqi mihitga chiqariladi.

Hozirgi vaqtda ichak bakteriyalari oilasiga 12 avlod mikroorganizmlar kiritiladi. Masalan, Esherixiy, Salmonella, Shigella, Pro¬teus, Klebsiella, Iyersiniya va boshqalar. Bu avlodlar va yana turlarga, biologik va serologik variantlarga bo'linadi.Bu avlodlarning boshlang'ichi bo'lib ichak tayoqchasi hisoblanadi. Evalutsion o'zgarishi natijasida ichak tayoqchasi parazitik hayot kechirishga moslashdi va patogen turga aylandi. Hozirgi vaqtda u ko'pgina ichak kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Ichak bakteriyalarining patogen turlari bo'lib qorin tifi, A va В paratif toksiko infeksiyaya, dizenteriya va boshqa turlar hisoblanadi.Barcha ichak bakteriyalari tayoqchasimon, uchlari yumaloq,

Preparatda tartibsiz joylashadi, Gram manfiy bo'yaladi, fakultativ anaerob, oddiy oziqa muhitida yaxshi rivojlanadi. Ular bir-biridan fermentativ, antigenlik xossasiga ko'ra farqlanadi. Saprofitlarda fermentativ faollik ancha kuchli namoyon bo’ladi. Ichak tayoqchasi oziq-ovqatlarga tushib ularda bo'linib ko'pav' к ham mumkin. Bunday ifloslangan oziq-ovqt iste'rnol qiiingandanso' ular ovqatdan zaharlanish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ichak tayoqchasi boshqa a'zolarga o'tganda xolesissit, sistit, sepsis va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kolienterit nihoyatda yuqumli bo'iib, bohl" muassasalrida epidemik tus olishi mumkin.

Profilaktikasi. Shaxsiy gigiyena qoidalarga rioya qilish.

Maxsus profilaktikasi yo'q.

Davosi. Antibiotiklar bilan davolanadi. Hozirgi vaqtda davolash maqsadida koliprotey fagi qo'llanilmoqda va yaxshi natijaiar bermoqda. Esherixiylar..Bu avlodga faqat bitta ichak tayoqchasi — E coli kiradi, lekin ko'pgina variantlarni o'z ichiga oladi. Ular biologik, fermentativ antigenlik xossasiga ko'ra bir-biridan farqlanadi.Ichak tayoqchasini 1888-yili Esherix najasdan ajratib olgan va mikrob uning nomi bilan atalgan. Ichak tayoqchasining tabiiy yashash joyi hayvon va odam ichagi bolib hisoblanadi va ular ichakni normal mikroflorasiga kiradi. U hayot faoliyati davomida fermentlar ishlab chiqaradi, ovqat hazm qilishda ishtirok etadi, В guruh vitaminlarini sintezlaydi va boshqa patogen mikroblarga antagonistik ta'sir ko'rsatadi(masalan, dizenteriya, qorin tifi, toksikoinfeksiya, qo'zg’atuvchilarga). Agar yo'g'on ichakda ichak tayoqchasi bo'lmasa, disbakterioz kasalligi kelib chiqadi. Bunda ichakdagi normal mikroflora tarkibi buziladi, proteylar, zamburug'lar, kokk floralari ko'payib ketadi.

Organizmning qarshilik ko'rsatish kuchi susaygan hollarda Esherixiylar boshqa azolarga tushib og'ir patologik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ichak tayoqchasi shartli patogen mikroorganizm deb ataladi. Ichak tayoqchasi najas bilan tashqi muhitga tushadi. Tuproq, suv, oziq-ovqatlar va obyektlarda ichak tayoqchasining aniqla¬nishi ularni najas bilan ifloslanganligidan dalolat beradi. Ichak tayoq¬chasining borligini (koli-titr, koli-indeks) aniqlash ob’yektlarining sanitar holati ko'rtsatkichi sifatida qo'llaniladi.

Morfologiyasi. E. coli mayda 0,5-3,0 x 0,5-0,8 mkm kattalikdagi tayoqchasimon mikroblardir. Gram manfiy, harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Ko'pgina shtammlari kapsula hosil qiladi, spora hosil qilmaydi. Ayrim ichak tayoqchasining variantlari harakatsiz bo'ladi.

Kultural xossasi. Ichak tayoqchasi fakuitativ anaerob bo'lib, oddiy oziqa muhitlarida, 37°C haroratda va pH 7,2-7,8 muhitida yaxshi o'sadi. Odam va hayvon organizmidan ajratib olingan ichak tayoqchasining shtammlari 43-45°C da yaxshi o'sadi. Ichak tayoqcha¬sining tashqi muhit obyektlarida aniqlanishi sanitariya sharoitining yomonligidan daiolat beradi. GPAda xira, biroz bo'rtib chiqqan chetlari tekis, nam koloniya hosil qilib o'sadi. GPSHda bir tekis loyqalanish hosil qilib o'sadi. Differensial-diagnostik ENDO muhitida yaltiroq metall, malina rangli koloniya hosil qilib o'sadi.

Ferraentativ xossasi. Fermentativ hossasiga ko'ra faol hisoblanadi.Laktoza, saxaroza, glukoza, mannit, maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Proteoiitik xossasiga ko'ra indol hosil qiladi. Jelatina suyultirmaydi. Alohida biovarlari laktoza va saxarozani parchalama)

Toksigenligi. Ichak tayoqchasi lipopolisaxarid tabiatli endotoksin hosil

Antigenlik tuzilmasi. Esherixiyalar antigenlik tuzilmasiga qarab

farqlanadi. Esherixiyalarda uch turdagi antigen tafovut etiladi: Somatik O-antigeni, yuzaki K-antigeni (kapsula), xivchinli H-antigeni.Somatik termostabil O-antigeni lipopolisaxaridprotein kompleksli(yog’ oqsil, uglevod tabiatli) o'z ichiga oladi va u bakteriyaning hujayra devorida joylashgan. О -antigeniga ko'ra mikrobning 170 turi tafovut etiladi. К - antigeni О - antigeniga nisbatan yuzada joylashgan. Esherixiyalarning К - antigeni turlicha: A, B, L va M antigenlari A va M antigenlari termostabil, ya'ni yuqori haroratga chidamli, В va L antigeni esa chidamsiz. К - antigenining 100 ta guruhi tafovut etiladi. K-antigen agglyutinatsiya reaksiyasini qo'yishga to'sqilik qiladi: shuning ,uchun 100°C qizdirilib ulardan О - antigeni ajratib olinadi. H -antigeni faqat mikroblarning harakatchan turlaridagina uchraydi. Uning 50 dan ortiq turlari aniqlangan. H - antigeni bo'yicha ajratib olingan kulturani serovariantlari aniqlanadi. Ichak tayoqchasining bu xossasi agglyutinatsiya reaksiyasi yordamida aniqlaniladi. Fegovarlari esa bakteriofaglar yordamida sezuvchanligi aniqlanib o'rganiladi.

Chidamliligi. Ichak tayoqchasi tashqi muhitga ancha chidamli. 55°C harorat ta'sirida 1 soatdan so'ng, 60°C issiqlik ta'sirida esa 15 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Tuproqda, suvda 2-3 oygacha saqlanadi, sutda esa faqat saqlanib qolmasdan hatto bo'linib ko'payadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar (3 %li xloramin, 1:1000 sulema eritmasi) ta'sirida 20-30 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Brilliant yashiliga (zelyonkaga) juda sezgir.

Patogenligi. Esherixiyalarning alohida seroguruhlari hayvonlarda oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachalari ichak tayoqchasiga sezgir. Laboratoriya hayvonlarining zararlangan a'zolariga qarab esherixiyalar ularda turli xil patologik jarayonlarini keltirib chiqaradi. Masalan, mikroblar teriga yuborilganda yalig'lanish va abssess, qorin bo'shlig'i va venaga yuborilganda sepsis, peritonit kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Infeksiya manbayi. Kasal odam infekiya manbayi hisoblanadi. Ichak tyoqchasi organizmga tashqi muhitdan tushadi. Organizmdagi mavjud ichak tayoqchasi boshqa a'zolarga ham o'tib kasallik keltirib chiqarishi mumkin.

Tarqalish yo'Ii. Maishiy oilaviy yo'l orqali - iflos qo'l, idish-tovoq, o'yinchoq, oziq-ovqat va mexanik yo'l - pashsha, suvaraklar orqali tarqaladi.

Patogenezi. Esherixiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga esherixioz

kasalliklar deyiladi. Ichak tayoqchasi og'iz orqali organizmga tushsa, u albatta, bolalar va kattalarda ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi.Ayrim O-guruhidagi ichak tayoqchalari ham organizmda kasalliklar keltirib chiqaradi va ular enteropatogen ichak tayoqchalari deyiladi (EPKP).Entropatogen ichak tayoqchasining bir necha guruhlari tafovut etiladi:

1.I guruh — bolalarda kolienterit kasalligini keltirib chiqaradigan turlari (0111, 026, 055, 086 va boshqalar).

2.II guruh — ichburug'ga xos kasalliklarni keltirib chiqaradiganlari (025, 0124, 0143, 0144 vaboshqa seroguruhlari).

3.III guruh — vaboga o'xshash kasalliklarni keltirib chiqaradiganlari (01, 05, 06, 078 va boshqa seroguruhlari).

Ichak tayoqchasi oziq-ovqatlarga tushib ularda bo'linib ko'payishi ham mumkin. Bunday ifloslangan oziq-ovqt iste'rnol qilingandan so'ng ular ovqatdan zaharlanish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ichak tayoqchasi boshqa a'zolarga o'tganda xolesissit, sistit, sepsis va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kolienterit nihoyatda yuqumli bo'lib, bolalar muassasalrida epidemik tus olishi mumkin.

Profilaktikasi. Shaxsiy gigiyena qoidalarga rioya qilish. Maxsus profilaktikasi yo'q.

Davosi. Antibiotiklar bilan davolanadi. Hozirgi vaqtda davolash maqsadida koliprotey fagi qo'llanilmoqda va yaxshi natijaiar bermoqda. Salmonellalar.Salmonella avlodiga 2000 dan ortiq turdagi bakteriyalar kiradi.Salmonellalar keltirib chiqaradigan kasalliklarni salmonellyozlar deyiladi. Salmonellalar morfologik, kultural va fermentativ xos ko'ra bir-biriga o'xshash, lekin antigenlik xossasiga ko'ra bir farq qiladi.Salmonellalar monopatogen va polipatogen guruhlarga bo’linadi.Monopatogenlarga qorin tifi,paratif A va B kiradi.Bu kasalliklar bilan faqat odamlar kasallanadi.Polipatogenlarga odam va hayvonlarda kasallik chaqairuvchi qo’zg’atuvchilar kiradi.Qorin tifi qo'zg'atuvchisini 1880-yili Ebert qorin tifi bilan o'lgan organizmidan ajratib oigan. Ashar va Bansod 1886-yili qorin o’xshash kasallik bilan kasallangan bemorning yiring va siydigidan qorin tifi qo'zg'atuvchisiga o'xshash mikroblarni aniqlaganlar. Ular qorin tifi qo'zg'atuvchisining biokimyoviy xossasiga ko'ra farqlanishini aniqlashgan. Ularni A va В paratif qo'zg'atuvchilari deb nomlashgan.Keyinchalik shularga o'xshash ko'pgina mikroblar aniqlangan va ularni ham salmonella avlodiga kiritishgan.

Morfologiyasi. Barcha salmonellalar 1,0-3,0x0,6-0,8 mkm kattalikda bo'lib, tayoqchasimon, surtmada tartibsiz joylashadi, Gram manfiy bo'yaladi. Uchlari yumaloq, harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Spora va kapsula hosil qilmaydi.

Kultural xossasi. Fakultativ anaerob hisoblanadi. GPAda nozik, tiniq, biroz bo'rtib chiqqan, yaltiroq koloniya hosil qilib o'sadi. GPSHda bir tekisda loyqalanadi. Endo, Ploskiryov muhitida almonellaiar, yaltiroq, rangsiz koloniya hosil qilib o'sadi, chunki oziqa muhit tarkibidagi laktozani parchalamaydi. Vismut-sulfit agarda soatdan keyin ular qora rangii, o'zidan keyin dog' qoldiradigan A paratifdan tashqari), yaltiroq koloniya hosil qilib o'sadi. В paratif qo'zg'atuvchisi 18-20 soat termostatda saqlangandan so'ng xona aroratida 1-2 kunga qoldirilganda koloniya atrofida shilimshiq doira nosil qiladi.

Fermentativ xossasi. Salmonellalar glukoza, mannit, maltozani kislota va gazgacha parchalaydi, qorin tifi esa ularni kislotagacha parchalaydi.Salmonellalar laktoza va saxarozani parchalamaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra qorin tifi, paratif B qo'zg'atuvchilari vodorod sulfite qiladi. Indol hosil qilmaydi, jelatinani suyultirmaydi. В paratif qo’zg’atuvchisi lakmusli sutni ishqorlaydi. Toksigenlik xossasi.Lipopolisaxarid tabiatli endotoksin hosil qiladi.

Antigenlik xossasi. 1934-yilda Kaufman salmonella zardoblari bilan aglyutinat-siya reaksiyasini qo'yish natijasiga qarab barcha salmonellarni guruhlarga va turlarga bo’ldi, antigenlik xossasiga ko'ra diagnostic sxemasini tuzdi. Salmonellalar 2 ta antigen saqlaydi: О va H antigen O-antigeni lipopolisaxarid protein tabiatli, termostabil, formalin ta’sirida inaktivatsiyalanadi. H-antigen oqsil tabiatli, termolabil, fenol ta'sirida inaktivatsiyalanadi, formalinga chidamli. Barcha salmonellalar О antigeniga ko'ra A, B, C, D, E va boshqa guruhi bo'linadi. O-antigeni arab raqamlari bilan belgilanadi. H –antigeniga ko'ra ikkita fazaga bo'linadi. I- faza kichik lotin harflari bilan belgilanadi II- fazasi arab raqamlari bilan belgilanadi. Qorin tifi qo'zg’atuvchisi i—X antigenini saqlaydi.

Chidamliligi. Salmonellalar muhit ta'siriga ancha chidamli. inn. harorat ta'sirida shu zahoti, 60-70°C ta'sirida 10-15 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past haroratga ancha chidamli. Toza suvda va muzda bir necha oylab, tuzlangan va dudlangan go'shtda 2 oygacha saqlanadi.Qurishga chidamli, changda uzoq vaqt saqlanadi. Dizenfeksiyalanuv moddalar ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi.

Patogenligi. Ko'pgina salmonellalar odam, hayvon, parrandalarda kasallik keltirib chiqaradi.

Ovqatdan zaharlanish(toksikoinfeksiya). Salmonellalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni iste'mol qilish natijasida vujudga keladi.

Infeksiya manbayi. Kasal hayvon organizmida salmonellalar saqlovchi nayvon,parrandalar hisoblanadi.

Tarqalish yoili. Salmonellalar bilan ifloslangan go'sht, go'sht mahsulotlari, tuxum, sut, sut mahsulotlarini iste'mol qilganda yuqadi.Ayniqsa endotoksin to'plangan va salmonellalar bo'linib ko'paygan oziq-ovqatlarni iste'mol qilish xavfli hisoblanadi.

Patogenezi. Tif va paratifoz kasalliklariga o'xshash. Toksikoz va oshqozon-ichak sistemasi kasalliklarining klinik belgilari yuzaga keladi. Kasallik 4-5 kun davom etadi, ayrim hollarda kasallanib o'tgan bemorlar bakteriya tashuvchi bo'lib qoladilar.

Profilaktikasi. Mollar doimo nazorat ostida boilshi, mollar va parrandalarni so'yish, nimtalash vaqtida sanitariya holatini nazorat qilib turish, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iborat.

Maxsus profilaktikasi. Toksikoinfeksiya o'chog'idagi odamlarga salmonellyozning polivalent bakteriofagi beriladi.

Davosi. Intoksikatsiyaga qarshi preparatlar beriladi, ko'p miqdorda suyuqlik yuboriladi, oshqozon yuviladi, huqna qilinadi, antibiotiklar beriladi. Kasalxona ichi salmonellyoz infeksiyasining asosiy qo'zg'atuvchisi S.typhi murium hisoblanadi. Shuningdek, kasalxonada S. hedelberq, derby va boshqa qo'zg'atuvchilar keltirib chiqarganligi qayd qilingan.Bu qo'zg'atuvchilarning morfologik, kultural xossalari bir-biriga o’xshash boshqa salmonellalardan farq qilmasada, ular uchun ayrim biologik xususiyatlar mavjud. Masalan, kasalxona ichidagi infeksiya qo'zg'atuvchilari ma'lum biovarlarga taalluqli bo'lib, ular oq sichqonlar uchun ancha patogen hisoblanadi. Shigellalar.Dizenteriya qo'zg'atuvchisini 1891-yilda A. V. Grigoryev va 1898-vilda yapon olimi Shig aniqlagan. Keyinchalik mana shu avlodga kiruvchi bakteriyani 1900-yilda Fleksner, 1915-yildaZonne, 1917-yildaShtutser-Shniits, 1934-yilda Larj-Saks kabi olimlar aniqlagan.

Xalqaro tasnifga ko'ra, dizenteriya kasalligini chaqiruvchi mikrob-larga Shig nomiga berilgan Shigella avlodiga kiritilgan.

Morfologiyasi. Shigellalar tayoqchasimon (2-3x0,4-0,6 mkm), uchlari yumaloq, harkatsiz bo'lib, spora va kapsula hosil qilmaydi, Gram manfiy bo'lib bo'yaladi.

Kultural xossasi. Fakultativ anaerob hisoblanadi. Oziqa muhitiga talabchan emas. Endo, Ploskiryov EMS muhitlarida o'rtacha, yarim tiniq, kulrang, yumaloq, 1,5-2 mm S shaklli koloniya hosil qilib o'sadi. Zonne turi esa yirik, yassi, xira, chetlari g'adir-budur. R shaklli koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida loyqalanish, R shaklli cho'kma hosil qilib o'sadi.

Fermentativ xossasi. Shigellalarda fermentativ xossasi yaxshi namoyon bo'lmaydi. Laktoza va saxaroza va saxarozani parchalamaydi. Zonne shigellasi esa 2-3 kunlarda ularni kislotagacha parchalaydi. Glukoza va maltozani kislotagacha parchalaydi. Mannitni faqat Fleksner, Boyd, Zonne shigellalari kislotagacha parchalaydi. Proteolitik xosasiga ko'ra indol va vodorod sulfitni hosil qilishi doimiy emas, sutni ivitadi, jelatinani suyultirmaydi. Mannitni parchalashiga qarab barcha shigellalar mannitni parchalovchi va mannitni parchalamaydiganlarga bo'linadi Hozirgi vaqtda Zonne shigellasi to'rtta fermentativ turga bo'linadi. Ular ramnoza va ksilozani parchalashiga ko'ra bir-biridan farqlanadi.

Toksigenligi. Endotoksin ishlab chiqaradi. Shig shigellasi esa endotoksindan tashqari yana ekzotoksin ham ishlab chiqaradi va bu toksin neyrotoksik ta'sir ko'rsatadi.

Antigenligi. Guruh va turga xos antigenlarni saqlovchi somatik 0 antigenini saqlaydi. Xalqaro tasnifga ko'ra shigellalar to'rt guruhga bo'linadi va lotincha A, B, C, D harflari bilan belgilanadi.

A guruhiga: 1) Grigoryev-Shig; 2) Shtutber-eShmits; 3) Larj-Saks va 8-10 provizorlari kiradi. Bu guruhga kiruvchi a'zolar faqat tur antigenini saqlaydi va arab raqamlari bilan belgilanadi.

В guruhiga Fleksner shigellasi kiradi. U murakkab antigenic tuzilishiga ega. U tur antigenini saqlaydi va ular rim raqamlari bilan belgilanadi hamda guruh antigenini saqlab arab raqamlari bilan belgilanadi. Fleksner shigellasining 6 ta serovarianti mavjud.С guruhiga Boyd shigellasi kiradi, uning tur antigeni bo'lib ta serologik turi mavjud. D guruhiga Zonne shigellasi kiradi, uning turiga xos antige mavjud

Chidamligi. 100°C harorat ta'sirida shu zahoti, 60°C haroratda 20-30 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past haroratga chidamli, ho'l meva va sabzavotlarda 10-15 oy saqlanadi. Tik quyosh nuri ta'sirida 2-3 soatdan keyin, Shig turi esa 20 daqiqadan so'n nobud bo'ladi. Desinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 20-30 daqiqadan keyin nobud bo'ladi. Tashqi muhit omillari ta'sirida A guruhiga kiruvch' turlari chidamsiz bo'lib, Zonne turi esa ancha chidamli.

Patogenligi. Maymundan tashqari boshqa hech qanday hayvon dizenteriya qo'zg'atuvchilariga sezgir emas. Laboratoriya hayvonlaridan quyon va oq sichqonlarga bakteriyalar yuborilganda intoksikatsiyaga va o'limga olib keladi.

Infeksiya manbayi. O'tkir va surankali shakldagi bemor va bakteriya tashuvchilar hisoblanadi.

Tarqalish yo'llari. Alimentar, suv, sabzavot va mevalar, bilvosita kontakt, mexanik yo'l orqali tarqaladi.

Patogenezi. Og'iz shilliq pardasi orqali tushadi. Oziq-ovqatlar bilan organizmga kirib ichakka tushadi va uning epiteliy shilliq qavatiga o'tadi, bu yerda bo'linib ko'payadi. Ular ichakda qisman nobud bo'ladi. Parchalanganda endotoksin hosil qiladi. Bu toksin esa yo'g'on ichak shilliq qavati sezuvchanligini oshiradi, qon tomirlari o'tkazuvchanligini kuchaytiradi va endotoksin qonga so'rilib, natijada intoksikatsiyani yuzaga keltiradi. Ichak shilliq qavati yallig'lanish natijasida shishiadi, nekrozga uchraydi, gemorragiya yuzaga keladi. Bundan tashqari, endotoksin markaziy nerv sistemasiga ta'sir ko'rsatadi, yiring va aralash ich ketadi.

Shig shigellasi keltirib chiqargan kasallik juda og'ir o'tadi, yog'on ichak shilliq qavatiga chuqur kiradi, qizarish va shish hosil qiladi. Ular ajratgan ekzotoksin og'iz intoksikatsiyani yuzaga keltiradi. Bemorning qomi og'riydi, shilliq va qon aralash ich ketadi, najas yashil rangga kiradi. U holsizlanadi, ishtahasi yo'qoladi, tinkasi quriydi va boshqa salbiy holatlar kuzatiladi. Kasallikning yuzaga kelishi organizmga kirgan qo'zg'atuvchining dozasiga bog'liq.

Immuniteti. Odamda dizenteriya infeksiyasiga qarshi tabiiy himoya vositasi mavjud. Kasallikdan so'ng kuchsiz immunitet yuzaga keladi. Zonne shigellasi keltirib chiqargan kasallikdan so'ng esa umurnan immunitet hosil boimaydi. Birinchi guruhga kiruvchi dizenteriya shigellalari (Grigoryev-Shig) keltirib chiqargan kasalliklardan so'ng ancha mustahkam antitoksik immunitet hosil bo'ladi.

Profilaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash, ajratib qo'yish, gospitalizatsiya qilish vaqtida tashxis qo'yish, dezinfeksiya ishlarni olib borish. Aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borish muni ahamiyat kasb qiladi.

Maxsus profilaktikasi. Buni qo'llash natija bermaydi. Bemor bilan muloqotda bo'ganlarga dizenteriya bakteriofagi beriladi. Davosi. Komplekslashgan. Sulfanilamid va antibiotiklar bilan javolanadi. Spetsifik davosi yo'q.
Nazorat uchun savollar.
1.Ichak bakteriyalari oilasining asosiy belgilari qanday?

2. Esherixiyalarning antigenlik tuzilishi qanday?

3. Ichak tayoqchalarining organizmdagi roli qanday?

4. Ichak tayoqchalari organizmda qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin? 5. Salmonellalarning morfologik xossasi va kultural xossasi qanday? 6.Salmonellaning fermentativ xossasi qanday?

7.Salmonellalarning tasnifi nimaga asoslangan?

8.Salmonellalar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi va davolanadi?

9. Qaysi uglevodni parchalashiga qarab dizenteriya qo'zg'atuvchisi necha guruhga bo'linadi va guruhlarga qaysi qo'zg'atuvchilar kiradi?

10.Shigellalar qaysi yo'l orqali organizmga tushadi va ichakni qaysi qismini shikastlaydi?

11.Qaysi shigella tur va guruh antigeniga ega?
Tayanch so’z va iboralar:

1,

Foydalaniladigan adabiyotlar:



1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

10.Mavzu: O'ta xavfli va zoonoz infeksiyalar.
Reja:

  • o`ta havfli va zoonoz infeksiya qo`zg`atuvchilarining asosiy hossasini

  • o`ta havfli va zoonoz infeksiya qo`zg`atuvchilarining keltirib chiqaradigan kasaliklarini

  • Kasaliklarni oldini olish va davosini;

O'ta xavfli infeksiyalarga vabo, zoonoz infeksiyalardan toun (o'lat)lyarerniya, brutselyoz va kuydirgi (sibir yarasi) kiradi. O'ta xavflififeksiya o'choqlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar bilan yaxshi tanishgan bo'lishlari lozim. Tekshirishlar maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.

Tibbiyot xodimlari infeksiya o'choqlari va laboratoriyalarda maxsus layimlarda ishlashlari lozim. Maxsus kiyim quyidagilardan iborat: kombenezon, xalat, rezina etik, ko'zoynak, rezina qoiqop, dezinfek-siyalovchi moddalarga namlangan sochiq, ro'mol, paxta dokali niqob (u burun, og'iz, iyakni yopishi lozim).

Bu maxsus kiyim bosqichma-bosqich kiyiladi va yechiladi. Barcha yechilgan kiyimlar 5 %li lizol eritmasida, ko'zoynak 70 %li etil spirtida zararsizlantiriladi, so'ng avtoklavda sterilizatsiya qilinadi.

Tekshirish materiali olinadigan idishlarning butun ekanligi tekshiriladi, qog'oz yopishtirilib bemor haqidagi barcha ma'lumotlar tug'iigan yili, tekshirish materiali olingan vaqti va hamshira imzosi) yozib qo'yilishi kerak. Tekshirish materiali solin-ishning qopqog'i yopiladi. Sham (parafin) quyiladi. Surtma tayyorlanadigan buyum oynachaga oldindan yozib qo'yiladi. Tekshirish materiali solingan idish dezinfeksiyalovchi moddaga (5 %li lizol eritmasi yoki karbol kislotasi) namlangan sochiqqa o'raladi. Tekshirish materiali ekilgan probirka va Petri kosachalari metall byukslarga solinib, ustiga „ehtiyotlang" deb yozib qo'yiladi. Tekshirish materiali maxsus transportda laboratoriyaga yetkaziladi. Vabo vibrioni.Vibrio cholerae turi Vibrionaceae oilasiga, Vibrio avlodiga kiradi. Vabo qo'zg'atuvchisining ikkita biovari mavjud. Vibrio cholerae biovarini R. Kox (1883) va Vibrio eltor biovarini F. Gotshlixt (1906) aniqlagan. Uzoq vaqt davomida Eltor biovarini vabo qo'zg'atuvchisi deb hisoblamaganlar. 1962-yilda JSST qaroriga ko'ra, u vabo vibrionining biovari deb hisoblandi.

Keyingi yillarda suvda va tashqi muhitda vaboning NAG – vibrioni ham aniqlangan, lekin u to'liq nomlanmagan. NAG biovarining o'tkir ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi aniqlandi. Morfologik, kultural va fermentativ xossasiga ko'ra vabo vibrionlari bir-biridan farqlanmaydi.Ular umumiy H - antigeniga ega. О -antigeni ularda turlichadir. O-antigeniga ko'ra NAG vibrionining 60 ta О guruhi bor.

Morfologiyasi. Vabo vibrioni katta bo'lmagan ( 1-3x0,2-0,4 mkm), biroz bukilgan, vergul shakliga o'xshash, juda polimorf, tayoqchadir. Sun'iy oziqa muhitlarida, ayniqsa eski kulturalari sharsimon, donga o'xshash, ipsimon, spiralsimon shaklda Vabo vibrioni juda harakatchan. Xivchini monotrix joylashgan va bakteriya tanasiga qaraganda uzun. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Gram manfiy bo'lib bo'yaladi. Bo'yalgan preparatlarda baliq to'dasiga o'xshah ko'rinadi. Elektron mikroskop ostida qaralganda hujayra devori va sitoplazmatik membrana orasida vakuolalar joylashganligi ko'rinadi Bu vakuolalarda ekzotoksin sintezlanadi.

Kultural xossasi. Vabo vibrioni fakultativ anaerob. Oziqa muhitiea talabchan emas. Keskin ishqoriy reaksiyali muhitlarda ham o'sa oladi 37-39°C haroratda va pH 8-9 da yaxshi o'sadi. Elektiv muhiti 1 % peptonli suv hisoblanadi. Bu muhitda 5-6 soatdan so'ng ular nozik havo rangli parda hosil qilib o'sadi. TBRS zich muhitida 12-14 soatdan so'ng (tiosulfat nitrat saxarozali o't suyuqligi qo'shilgan muhit) sariq rangli koloniya hosil qilib o'sadi. Muhit havorang berib turadi. Vabo vibrioni S shakldan R shaklga aylanishi mumkin va bu jarayon antigenlik jarayonining o'zgarishi bilan sodir bo'ladi.

Fermentativ xossasi. Vabo vibrioni biokimyoviy jihatdan faoll Saxarolitik xossasiga ko'ra glukoza, saxaroza, mannit, mannozani kislotagacha parchalaydi, arabinozani parchalamaydi. Bu kasallik diagnostikasida katta ahamiyatga ega. Proteolitik xossasiga ko'ra jelatinani voronkasimon holda suyultiradi, triptofanni indolgacha parchalaydi, oksidaza fermentini ajratadi. Nitratni nitritga qaytaradi. Sutni ivitadi. Vodorod sulfiti hosil qilmaydi. Diagnostik xossasiga ko'ra kraxmalni parchalaydi va bu diagnostikada ahamiyatga ega. Vabo vibrioni fibrinolizin, plazmakoagulaza, gialuronidara letsitinaza, kollagenaza va boshqa patogen fermentlarni ajratadi.

Toksigenligi. Vabo vibrioni uch turdagi toksinlarni ajratadi. Toksinning 1 turi endotoksin, mikrob hujayrasi parchalanganda hosil bo'ladi. Yog', uglevod, oqsil tabiatli, yuqori haroratga chidamli. Bu toksin antibakterial immunitet hosil bo'lishida ishtirok etadi. Toksinning II turi ekzotoksin (xolerogen) bo'lib termolabil, enterotoksik ta'sir ko'rsatadi va vabo patogenezida katta rol o'ynaydi (ingichka ichak sekretor hujayralari faolligini oshiradi, bu esa organizmning suvsizlanishiga olib keladi). Toksinning HI turi termostabil bo'lib' natriyning ichak epiteliysi orqali o'tishini tezlatadi.

Antigenligi. Vabo vibrioni yuqori haroratga chidamli somatik 0-antigenini va yuqori haroratga chidamsiz H-antigenini saqlaydi- H- antigeni barcha Vibro avlodi uchun umumiy hisoblanadi, spetsifik emas. O-antigeni esa turga xos bo'lib, 54 guruhga bo'linadi. Vibri cholerae va Vibri eltor O1 guruhga tegishlidir. O1 guruh 3

komponentdan iborat - А, В, С Ular birlashganda 3 ta serovar Baga keladi. AB-serovar Ogava, AC -serovar Inaba, ABC- Levari Gikokshimalardir.

Chidamliligi. 60°C harorat ta'sirida 5 daqiqa qaynatilganda shu dhoti nobud bo'ladi. Past haroratga chidamli. Muzda bir necha oygacha, dengiz va ariq suvlarida bir necha hafta, pashsha ichagida 4-5 kungacha saqlanadi. Quritish va quyosh nuriga vabo vibrioni juda sezir. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida tez nobud bo'ladi. Vabo vibrioni kislotalarga (xlorid kislota va boshqalar) juda sezgir. El-Tor biovari esa ancha chidamli.

patogealigi. Tabiiy sharoitda hayvonlar vabo bilan kasallanmaydi. Laboratoriya hayvonlaridan quyon, dengiz cho'chqachalari sezgirdir. Ularning qorin bo'shlig'iga vabo vibrioni yuborilganda toksikoz yuzaga kelib, ularning o'limiga sabab bo'ladi.

Infeksiya manbayi. Tarqalish yo'Ii. Infeksiya manbayi bo'lib bemor odatn va sog'lom bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. El-Tor vibrioni keltirib chiqargan vaboda tashuvchilik uzoq davom etadi. Qo'zg'atuvchi oziq-ovqat (sabzavot va mevalar), asosan suv orqali, maishiy kontakt yo'li orqali yuqadi.

Vabo qadimdan ma'lum bo'lgan infeksiya hisoblanib, ma'lum davrlarda epidemiyalar vujudga keltirib millionlab odamlarni yostig'ini quritgan.

Patogenezi. Kirish darvozasi bo'lib og'iz shilliq qavati hisoblanadi. Oshqozonga tushgan vabo vibrioni kislotali sharoit ta'sirida qisman nobud bo'ladi, kislotali sharoitni kechib o'tganlari ichakka tushadi, uyerda ishqoriy sharoit va oqsillar (asosan pepton) ko'p bo'lganligi sababli ular bo'linib ko'payadi, endotoksin ishlab chiqaradi va shu sababli organizmda anatomik va funksional o'zgarishlar ro'y beradi, ya'ni suv-tuz almashinuvi buziladi, termoregulatsiya izdan chiqadi, ingichka ichak zararlanib epiteliysi ko'chib tushadi. Yurak tomir sistemasining faoliyati keskin buziladi va boshqa holatlar kuzatiladi.

Kasallik tez-tez va mo'l ich ketishi bilan boshlanadi. Ich tez orada suvday suyuladi va unda ichak epiteliysining parchalari ko'rinadi. Shu tariqa bemorning axlati ipir-ipir bo'lib qoladi. So'ngra ich ketishiga qusish ham qo'shiladi. Natijada bemor organizmi suvsizlanadi, terming elastikligi yo’qolib, burishib qoladi, qon aylanishi qiyinlashadi va badan ko'karadi.

Bunday holat vabo algidi deyiladi. Kasallikning shu og'ir davrida bemorning harorati normadan ham pasayib 35°C gacha tushadi, talvasa tushadidi. Bemorning siydigi kelmay qolishi (anuriya) mumkin. Vabodan ko’plab kishilar halok bo'ladi.

Vabodan o'lgan bemorlarning jasadi yorib qaralganda ingichka ichak shilliq pardasining yallig'lanishi, qip-qizarib bo'rtganligi va ko'p yiari zararlanganligi aniqlanadi. Ichak suyuqligida, ba'zan o't pufagining suyuqligida ham juda ko'p vabo vibrionlari topiladi. Bern tuzalib ketgan taqdirda, odatda birinchi haftada, vabo vibrionidan xalos bo'ladi. Vabo kasalligida surunkali bakteriya tashuvchilik bir muncha kam uchraydi.

Vaboning yuqorida tasvir etiigan tipik shaklidan tashqari, yashindek tez o'tadigan shakli ham ma'lum. Vaboning bu shakli bilan og'riga bemor hatto ichi ketmasdan turib kasallikning dastlabki soatlaridayon o'lib qoladi („quruq" vabo - cholera sicca). Klinik belgilarning og'jr o'tishi va yuqori harorat bilan ta'riflanadigan vabo tifoidi ham kuzatiladi Bunda kasallikning 1-3 haftasida aksariyat bemorlar nobud bo'ladi Vaboning bu shakli ichakdagi shartli-patogen mikroblarning zaharli mahsulotlari qonga so'rilishidan kelib chiqadi.

Immuniteti. Odam vaboga birmuncha moyildir. Bu kasallik bilan hamma ham kasallanavermaydi. Vabo bilan yengil-yelpi og'ruvchilar ham ko'p uchraydi. Bu epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Vabo bilan kasallanib o'lgan organizmda antimikrob va antitoksik barqaror immunitet yuzaga keladi; bu aglyutinin, vibriolizin, antitoksin va boshqa antitelolarning hosil bo'lishi bilan tavsiflanadi.

Profilaktikasi. Bemorni vaqtida aniqlash, ajratib qo'yish va kasalxonalarga tezda joylash, dezinfeksiya ishlarini olib borish lozim. Suv havzalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, chetdan infeksiya kirishini nazorat qilib turish muhim ahamiyatga egadir.

Maxsus profilaktikasi. O'lik vabo vaksinasi (xolerogen-anatoksin va O-antigeni bilan birgalikda) qo'llaniladi.

Davosi. Tetratsiklin qatoriga tegishli antibiotiklar, shuningdek, ko'p miqdorda suyuqlik va eritrotsitlar (kaliy va natriy tuzlarini) saqlovchi preparatlar beriladi. Toun bakteriyasini 1894-yilda lyersen Gonkongda aniqlagan va bakteriyalarning bu avlodi uning nomi bilan ataladi. D. K. Zabolotnry> N. K. Klodnitskiy, I. A. Lebedinskiy, N. F. Gamaleya va hind olimlan toun qo'zg'atuvchisini atroflicha o'rgandilar va bu kasallikni davolasfwa streptomitsinni qoilashni tavsiya etdilar.

Yersiniae avlodiga uch turdagi bakteriyalar kiradi.

1. Yersiniae pestis—toun qo'zg'atuvchisi.

2. Yersiniae pseudotuberculosis—psevdotuberkuh/oz qo'zg'atuvchisi.

3. Yersiniae enterocolitica—ichak infeksiyalarini keltirib chiqaradi. Bu avlodga kiruvchi barcha qo'zg'atuvchilar Gram manfiy

tayoqchalar bo'lib, ko'pincha ovoid (tuxumsimon) shaklda, 0,4-0,7x1-2 mkm kattalikda va spora hosil qilmaydi. Psevdotuber-kulyoz va enterokolitik iyerseniylari harakatchandir. Ularning barchasi oziqa muhitiga talabchan emas, fermentativ jihatdan faol bo'lib, qator uglevodlarni kislotagacha parchalaydi.

Morfologiyasi. Ovalsimon tayoqchalar. 0,3-0,6x1-2 mkm kattalikda bo'lib, polimorfdir. Zich oziqa muhitidan tayyorlangan surtma preparatda ular uzunchoq, ipsimon shakllarda ko'rinadi. Spora hosil qilmaydi, harakatsiz, xivchinlari yo'q, nozik kapsula hosil qiladi. Gram manfiy bo'lib bo'yaladi. Sitoplazmasi bir xilda joylashmaganligi sababli tayoqchaning ikki cheti to'q bo'yaladi. Metilen ko'ki bilan bo'yalganda bunday bipolyarlik (bir qutblilik) yaxshi ko'rinadi.

Kultural xossasi. Toun qo'zg'atuvchisi fakultativ anaerob. Oziqa muhitlarga talabchan emas. 28-30°C da pH 7,0-7,2 da 12-14 soatdan so'ng o'sadi. Uning o'sishini tezlashtirish uchun muhitga ayrim bakteriyalarning ekstraktlari, sarsin, gemolizlangan qon, natriy sulfati Щ boshqalar qo'shiladi. Toun qo'zg'atuvchisining elektiv muhiti bo'lib kazeinli muhit va ivigan qon gidrolizati hisoblanadi. Zich oziqa muhitida 18-24 soatdan keyin chetlari tekis, mayin koloniya hosil qiladi, 48 soatdan keyin koloniyalarning cheti to'qilgan ro'molchaga o'xshab qoladi. Suyuq oziqa muhitida cho'kma ko'rinishidagi zanjircha holida o'sadi. Probirka tubida qavatli cho'kma va parda yuzasida esa osilib turadigan ipchalar-„stalaktik o'sishlarni" ko'rish mumkin. R-shaklda o'sgan kulturalari virulent hisoblanadi, lekin turli xil omillar ta'sirida ular S avirulent shaklga aylanadi.

Fermentativ xossasi. Saxarolitik xossasi kuchli namoyon bo'ladi. Ular saxaroza, maltoza, arabinoza, glukozani (doimo emas) va mannitni kislotagacha parchalaydi. Toun bakteriyasining ikkita varianti tafovut etiladi-glitserinni parchalovchilar va parchalamaydiganlar. Proteolitik xossasi kam namoyon bo'ladi: ular jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi, vodorod sulfidini hosil qiladi. Toun bakteriyasi fibrinolizin, gemolizin, gialuronidaza, koagulaza fermentlarini ishlab chiqaradi. Toksigenligi. Toun qo'zg'atuvchisi oqsil tabiatli, bir-biriga bogiiq ekzo- va endotoksinlarni ajratadi. U ikki xil fraksiyadan iborat (A va Щ- Ular aminokislotalarning tarkibiga va antigenlik xossasiga ko'ra farqlanadi. U odam uchun juda patogendir. Toun toksinini „sichqon zahari" deb ham ataladi, chunki sichqonlar uning ta'siriga juda sezgir.

Antigenligi. Toun qozg'atuvchisining antigenlik xossasi j murakkab. Ular o'ttizga yaqin antigenlarni saqlaydi (F, V, W va kf F fraksiyasi kapsula bilan bog'langan va asosiy komponent hisoblamn V va W komponentlari hujayrani fagotsitozdan saqlaydi. Toi' qo'zg'atuvchisi psevdotuberkulez, esherixiya, shigella va oda eritrotsitlari bilan umumiy bo'lgan О antigenini saqlaydi.

Chidamhligi. 1G0°C ta'sirida shu zahoti 80°C da 5 daqiqacjan so'ng o'ladi. Past haroratga chidamli, 0°C da 6 oygacha, muzlatilgan murdada bir yilgacha va undan ham ko'p saqlanadi. Tik quyosh nurlari ta'sirida 2-3 soatdan so'ng o'ladi. Quritishga ular juda sezgir. Oziq-ovqat mahsulotlarida 2-6 oygacha, burgalarda bir yilgacha, kanalarda 1,5 yilgacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 5-10daqiqadan so'ng o'ladi, sulema va karbol kislotasiga juda sezgir.

Patogenligi. Infeksiya manbayi bq'lib, asosan, kemiruvchilar: yumronqoziq, qora va kulrang kalamushlar, sichqonlar, shuningdek tuyalar, tulkilar hisoblanadi. Laboratoriya hayvonlaridan sichqonlar, kalamushlar, dengiz cho'chqachalari va boshqalar ularga sezgirdir.

Infeksiya manbayi. Kasal hayvonlar, asosan, kemiruvchilar infeksiya manbayi hisoblanadi. Odamlar o'rtasida epidemiya kelib chiqishida kemiruvchilardagi epizootik hollar sababchi bo'ladi.

Tarqalish yo'Ii va tashuvchisi

1. Transmissiv yo'l orqali, tashuvchisi burgalar hisoblanadi (kemiruvchilar —burga —odam).

2. Havo-tomchi yoii (o'pka touni odamdan odamga yuqadi).

3. Alimentar yo'l orqali — kasal hayvon go'shtini yaxshi pishirmasdan iste'mol qilganda (kam hollarda). Patogenezi va kasallik shakllari. Kirish darvozasi bo'lib teri va burun, og'iz shilliq pardalari hisoblanadi. Kirish darvozasiga qarab toun kasalligining bir necha shakli tafovut etiladi: 1) bubon, 2) o'pka, 3) septik, 4) teri, 5) ichak shakllari. Qo'zg'atuvchi tushgan yerda quyidagi ketma-ketlikda: dog'-^papula —» vezikula -> pustula —> karbunkul —> yara hosil bo'ladi. Bemor sog'ayganda esa yara o'rnida chandiq qoladi. Kasallikningbu shakli juda kam uchraydi. Asosan ular teri-bubonli toun shaklida o'tadi.

Bubon shaklida infeksiya kirish joylarida izlar boimaydi, chunk1 qo'zg'atuvchi limfa tomirlar orqali uning tarmoqlariga tarqaladi. Bu joylarda o'tkir yallig'lanish jarayoni rivojlanib, birlamchi bubon hosil bo'ladi. Limfa tarmoqlari o'zaro qo'shilib ketadi. Lekin bubonlar ustidagi teri o'zgarmaydi. Mikrofaglar mikroblarni o'rab olsa-da,

fagotsitoz tugallanmaydi. Chunki mikrob toksini ta'sirida fagotsitlar ' J'ladi. Keyinchalik kapillarlar nekrozga uchrab, mikroblar esa qonga o'tadi va bu birlamchi bakteriyemiya deyiladi. Ichki a'zolarda infeksiyaning ko'plab o'choqlari yuzaga chiqadi. Keyinchalik gema-togen У0'1 bilan ikkilamchi bubonlar hosil bo'ladi. Kasallik o'tkir rjvojlanganda bakteriyemiya ikkilamchi o'choqlar Cigar, taloq va b.) nisobiga jadallashadi va septitsemiya shakliga aylanadi.

Kasallikning teri shaklida qo'zg'atuvchi tushgan joyda og'riqli papula hosil bo'ladi va u keyinchalik qo'zg'atuvchi saqlaydigan qonli-seroz sliyuqlik pustulaga aylanadi. Agar kasallik davolanmasa, karbonkulalar o'lchami 1-3 sm va undan ham katta nekrozli yaraga aylanadi. Toun yarasi kam sonli bo'lib, chandiq hosil qiladi va sekin bitadi.

Kasallikning bubonli shakli yuqori harorat, organizmning og'ir intoksikatsiyasi, ko'pincha bakteriyemiyaning rivojlanishi va jarayon-ning yuksalishi bilan tavsiflanadi. Yashirin davri 2-3 kun, ba'zan 4-5 kun davom etadi. Kasallikni o'ziga xos belgilaridan biri zarar-langan joyda qattiq og'riq paydo bo'ladi. Bubonlar tez rivojlanadi va tovuq tuxumi, olma va undan kattaroq hajmda bo'ladi. Bo'yin, quloq atrofi, jag' osti, ko'krak osti, yelka, qoitiq osti, qov va qov orti bubonlari hosil bo'ladi. Bo'yin va qo'ltiq osti bubonlari eng xavfli hisoblanadi, chunki ular ikkilamchi o'pka asoratlariga olib keladi. Kasallik birdaniga, behosdan, qaltirashlarsiz, darmon qurimasdan, tana haroratining 38-39°C gacha, hatto 40°C va undan ham yuqoriga ko'tarilishi bilan boshlanadi. Ertalab harorat biroz tushadi, kechqurun esa ko'tariladi. Yuz terisi qizaradi, ko'zlar yaltiraydi, nafas olish tezlashadi, nafas qisadi, bosh og'riydi, harakat koordinatsiyasi buziladi, nutq o'zgaradi. Ba'zi bemorlarda alahsirash (gallyutsinat-siya), eyforiya kuzatiladi. Kasallik og'ir kechganda ikkilamchi o'pka touni, sepsis, meningit kabi 4-6 kun ichida bemor nobud bo'ladi. Birlamchi o'pka shaklining yashirin davri 2-3 kun. Qaltirash, haroratning 39-40°C bo'lishi, yo'tal, qonli suyuqlik ajralishi bilan tavsiflanadi. Bemorlar alahsiraydi, tajovuzkor bo'lib qoladi va qochishga harakat qiladi. 2-3 kun ichida yurak faoliyatining susayishi va nafas olish markazi falajidan bemor nobud bo'ladi.Septik shaklining yashirin davri bir necha soat davom etadi. Bemorning birdaniga kuchli qaltirashi, bosh og'rig'i va umumiy holatining tezda yomonlashuvi bilan kasallik boshlanadi. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi rivojlanib boradi. Nafas olishi to'xtab qolishi ham mumkin. Yara bubonlar ko'zga ko'rinmagan holda rivojlanib boradi. Ayrim bemorlarning o'limi kasallik boshlanishidan bir necha soat o’tgach sodir bo'ladi. O'z vaqtida davolanmasa, kasallik 100 % o'lim bilan tugaydi.

Ichak shakli ham yuqori harorat bilan juda og'ir кесЬян-Oshqozon, ichakda og'riqlar bo'lib, bemor qon bilan qayt qilishi najas qonli suyuq bo'lib, unda qo'zg'atuvchilar bo'ladi. Kasallik 1-2 kun davom etib 100 % oiim bilan tugaydi.

Immuniteti. Kasallikdan so'ng barqaror va uzoq vaqtga cho'ziluvchi immunitet yuzaga keladi. Og'rib o'tganlarning qonida toun mikrobiga qarshi antitelolar paydo bo'ladi.

Profilaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash, tashxis qo'yish ajratib qo'yish va kasalxonaga yotqizish, karantin tashkil qilish' kontaktda bo'lganlarni kuzatish, uyma-uy yurib bemorlarni, harorati bor odamlarni so'rab chiqish, infeksiya o'chog'ida dezinfeksiya ishlarini olib borishdir. Tibbiyot xodimlariga streptomitsin va tounga qarshi vaksina yuboriladi. Davlat chegarasi chetdan infeksiya kirishidan himoya qilinadi.

Maxsus profilaktikasi. EV-tirik vaksinasi qo'llanilmoqda. Bu vaksina 5 yil davomida qo'zg'atuvchi oziqa muhitiga ketma-ket ekish orqali ajratib olinadi. Immunitet 1 yilgacha davom etadi.

Davosi. Streptomitsin, tetratsiklin, maxsus fag va tounga qarshi immunoglobulin beriladi. Tulyaremiya qo'zg'atuvchisi birinchi bo'lib 1911-yilda Kalifor-niyaning Tulyare hududida Мак-Koy va Chepin tomonidan aniqlangan. 1921-yilda esa amerikalik olim E. Frensis bu kasallikni odamlarga ham xos ekanligini aniqlab, uning tulyaremiya deb nomla-nishini taklif etdi. Shu sababli kasallik Franciella tularensis deyiladi.

Kasallik qo'zg'atuvchisi Brucellaceae oilasiga kiradi. Tulyaremiya qo'zg'atuvchisining sinonimlari quyonlar isitmasi, Parino konyunk-tiviti deb ham yuritiladi. Tulyaremiya o'tkir zoonoz infeksiyadir. U tabiiy o'choqli yuqumli kasallik bo'lib, umumiy intoksikatsiya, o'ziga xos limfadenitlarning rivojlanishi va isitma ko'tarilishi bilan kechadi.

Morfologiyasi. Mayda, kokksimon, tayoqchasimon, ba'zan ipsimon shaklda bo'ladi. 0,3-0,6x0,1-0,2 mkm kattalikda bo'lib, bakteriologik filtrlardan o'tadigan kulturalari ham bor. Harakatsiz, spora hosil qilmaydi. Nozik kapsula hosil qiladi (hayvon organizmida)-Gram manfiy bo'yaladi. A'zolar bo'lakchalaridan tayyorlangaib Romanovskiy usulida bo'yalgan surtma preparatlarda nozik binafsha-rangida ko'rinadi.

Kulturai xossasi. Tulyaremiya qo'zg'atuvchisi fakultativ anaerob. Bu sarig'i, go'sht va baliq go'shti, sistin, glukoza va qon qo'shilgan lihitiarda yaxshi o'sadi. Zich oziqa muhitida 36-37°C haroratda,pH 6,8-7.2 bo'lganda 4-14-kunlardan so'ng mayda, oq, bo'rtib chiqqan, cheiian tekis, yaltiroq, 1-3 mm S shakili koloniya hosil qiladi. R shakili koloniyalari avirulentdir. (uzoq vaqt davomida laboratoriya sharoitida o'stirilganda R shakliga o'tadi).

Fermientativ xossasi. Tulyaremiya qo'zg'atuvchisining fermentativ Bssasi kam namoyon bo'ladi va faqat maxsus muhitlardagina aniqlanadi. Rar glukoza, maltoza, mannoza, levulezani kislotagacha parchalaydi. lyriin shtammlari glitserinni parchalaydi va vodorod sulfitini hosil qiladi.

Toksigenligi. Tulyaremiya bakteriyasi endotoksin ajratadi va mikroblarning patogenlik ta'siri mana shu toksinga bog'liqdir.

Antigenligi. S-shaklidagi tulyaremiya bakteriyasi ikki xil antigen kompleksini: О va V-antigenlarini saqlaydi. Vi-antigeniga virulentlik va immunogenlik xossasi boiiq bo'ladi. R shakldagi kulturalar Vi- jkigenini yo'qotadi. O-antigeni brutsellalar bilan umumiydir.

Chidamliiigi. Suvda va tuproqda 4°C da 4-5 oygacha, VC haroratda 9 oygacha saqlanadi. Muzlatilgan mahsulotlarda 6 oygacha, nonda 14 kungacha, go'shtda 30 kungacha, hayvon murdalarida 6 oygacha, oziq mahsulotlari va somonda 20 kungacha saqlanadi. 2-3 % li lizol, kreozol, formalin, spirt eritmasida 2-3 daqiqa mobay-nida o'ladi. Xlorlangan suvda birnecha daqiqa, quyosh nurlarida 3 daqiqa ichida halok bo'ladi

Patogenligi. Ko'pgina hayvonlar tulyaremiya qo'zg'atuvchisiga

sezgir bo'lib, tabiiy sharoitda 145 tur-umurtqali va 100 ta tur

umurtqasiz hayvonlar tulyaremiya bilan kasallanadi. Tulyaremiyaga

ayniqsa kemimvchilar sezgir bo'ladi.

Infeksiya manbayi -kemimvchilar, ayniqsa, suv kalamushlari, uy sichqonlari, ondatra, quyon, yirtqich qushlar, hasharotlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliq va boshqalar bo'lishi mumkin.

Qo'zg'atuvchining uch turi ma'lum.

1. Yevropa turi.

2. Markaziy Osiyo turi.

3. Amerika turi.

Tarqalish yo'li.

1. Kontakt-kasal kemimvchilar va ularning aJratmaiari.

2. Alimentar - oziq-ovqat mahsulotlari.

3. Havo changi.

4. Transmissiv yoi orqali tarqaladi.

Patogenezi. Kirish darvozasi bo'lib jarohatlanmagan va jarohat-langan teri hamda shilliq pardalar hisoblanadi.

Qo'zg'atuvchi tushgan joyda mayda qizil dog'li papula hosil yoki keyinchalik nekrozli yaraga aylanadi. Limfa yo'li orqali limfa tugun- ' o'tadi, u yerda bo'linib ko'payadi, birlamchi limfadenit rivojlanajr va tulyaremiya bubonlari yuzaga keladi. Ko'proq yelka, qo'ltiq osti qov limfa tuguniari zararlanadi. Bubonlari kam og'riqli, teri ostidagi kletchatka bilan qo'shilmagan bo'ladi. Mikroblar o'lganda mahalliy o'zgarishlar va qonga tushganda umumiy intoksikatsiyaga sabah bo'ladigan endotoksin ajratadi.

Qon bilan butun a'zo va to'qimalarga tarqab taioq, o'pka, jigar ikkilamchi bubonlar hosil qiladi. Zararlangan a'zolarda oq-sariq ranelj granulema shakllanib, ular odatda sil granulemalariga o'xshash bo'ladi

Yashirin davri 3-7 kun, ba'zan 10-14 kungacha cho'zilishi mumkin. Kasallik o'tkir boshlanadi, qaltirash, tana haroratining 38-40°C ko'tarilishi, bosh og'rig'i, holsizlanish kuzatiladi. Og'ir-lashgan shakliari toshmalar toshishi, pigmentatsiya, terining po'st tashlashi bilan kechadi. Isitma 5-7 kundan 30 kungacha kuzatiladi. Ko'pincha kasallik 16-30 kun davom etadi.

Kasallik quyidagi klinik ko'rinishga ega:

1. Bubonli.

2. Yara-bubonli.

3. Ko'z-bubonli.

4. Anginali bubon.

5. Abdominal yoki ichak.

6. O'pka (bronxit va zotiljamli variantlari).

7. Generalizatsiyalashgan yoki birlamchi septik shakllarda o'tadi. Bubonli shakli-ko'proq qo'zg'atuvchi teri orqali kirganda kuzatiladi. Birlamchi va ikkilamchi bubonlar kasallikning 2-3 kimlari hosil bo'ladi. Birlamchi bubonlar bemoriarning ba'zilarida 1-4 oy ichida so'rilib ketadi. BoshqaJarda 2-3 hafta ichida yiringlab, yoriqlar hosil qiladi. Yiring, odatda, quyuq oq sut rangida boiib, hidsizdir.

Yara-bubonli shakli. Mikrob tushgan joyda 1-2 kunda paydo bo'lgan dog' papula yoki yaraga aylanib, ular oqimtir asosii qora po'st bilan qoplangan bo'ladi.

Ko'zHbubonli shakli. Qo'zg'atuvchi ko'z shilliq qavatidan kirib konyuktivit yoki ko'zda papula yaralar hosil qiladi va ular to'q sanq yiring ajratadi. Bemorning ahvoli og'ir bo'lib, agar ikkala ko'zi ham zararlangan bo'lsa, ular 6-8 kundan so'ng halok bo'lishi mumkin.Anginali bubon shakli. Bodomchasimon bezlar oq kulrang qoplama bilan qoplangan bo'lib, u juda qiyinchilik bilan ko'chaoj; Qoplama bo'g'ma kasalligidagi qoplamaga o'xshash, lekin undan o'laroq chegarasi bezlardan tashqariga chiqmagan bo'ladi.

Abdominal shaklida ko'ngil aynishi, qusish, oshqozonda og'nq ishtaha yo'qolishi kuzatiladi.

Birlamchi o'pka shakli. Uning 1 variantida o'pka parenximasi shikastlanadi. Bu variant guruhga o'xshash bo'lib, 10-12 kun davom etadi va sog'ayish bilan tugaydi.

II variant uzoq - 2 oy va undan jtiq davom etadi.

Ikkilamchi o'pka shakli. Yuqorida sanab o'tilgan shakllarning og'irlashgan ko'rinishidir.Generalizatsiyalasjgan yoki birlamchi septik shakli holsizlangan bemorlarda mahalliy o'zgarishsiz, tana haroratining yuqori bo'lishi bilan kechadi. Kasallikning 2-yarmida ko'pchilik bemoriarning qo'l va Oyoqlari „qo'lqop" ko'rinishidagi simmetrik toshmalar bilan qoplanadi. Ular 8-12 kundan keyin yo'qoladi. Kasallikdan so'ng ikllamchi zotiljam, ikkilamchi meningit, meningoensefalit, infeksion psixoz, nevroz, miokarditlar kelib chiqadi.

Immuniteti. Kasallikdan so'ng mustahkam va uzoq vaqtga cho'ziluychan immunitet hosil bo'ladi.

Profilaktikasi. Kemiruvchilarga qarshi kurashish, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqatlarni ifloslanishidan saqlash lozim.

Maxsus profilaktikasi. Tabiiy o'choqlarda yashaydigan aholi emlanadi. Emlash Gayskiy, Elbertlar olgan tirik vaksinani bir safar teri ustiga yuborishdan iborat. Immunitet 3-6 yilgacha davom etadi.

Davosi. Tulyaremiya bakteriyasi ko'pgina antibiotiklarga- streptomitsin, monomitsin, biomitsin, tetratsiklin, kanamitsinlarga sezuvchan. Penitsillin va sulfanilamidlarga sezuvchan emas. Brutsellioz qo’zg’atuvchisi.Bu infeksional allergik zoonoz kasallik bo'lib, isitma ko'tarilishi, gemo- va limfopoez a'zolari, tayanch-harakat apparati va pereferik nerv tizimining zararlanishi bilan tavsiflanadi. Kasallikni birinchi marta 1859-yilda ingliz shifokori Marston Malta orolida o'tkir terlama kasalligi sifatida kuzatgan va „Malta isitmasi" deb nomlagan. 1886-yili D. Bryus o'lgan askar talog'ida qo'zg'atu-vchim aniqladi. 1896-yilda B. Bang abort qilingan sigirning embrion atrofidagi suyuqligidan ham kokkorbakteriyalarni aniqlagan. 1914-yili J. Traum shularga o'xshash tayoqchasimon bakteriyalarni kasal cho'chqalardan ajratib olgan. 1916-yili Ivensbarcha ajratib olingan mikroblarni o'rganib ularning hammasi bir-biri bilan o'xshashligini aniqladi va Bryus nomi bilan brutsellalar deb atadi. Keyinchalik bakteriyalarning boshqa turlari ham aniqlandi. liar barchasi Brucella avlodiga kiritildi. Hozirgi vaqtda barcha brutsellalar asosiy xo'jayinlarida kasallik keltirib chiqarishiga qarab

quyidagi turlarga bo'linadi:

1.Brucella meltensis— mayda shoxli hayvonlarda kasallik keltirib

chiqaradi.

2.Brucella abortus bpvis—yirik shoxli hayvonlarda kasallik keltirib

chiqaradi.

3. Brucella suis—cho'chqalarda kasallik keltirib chiqaradi.

4. Brucella neotomae—cho’l kalamushlarida kasallik chaqiradi. Odam Uchun patogeniigi aniqlanmagan.

5. Brucella cahis-itlarda kasallik keltirib chiqaradi. Itdan oda yuqishi mumkin.

6.Brucella ovis-qo'ylarda kasallik qo'zg'atadi. Odam uch patogen hisoblanmaydi.

Наг bir turdagi brutsellalar biovarlarga bo'linadi: Br.melitens-ning 3 ta, Br.abortus bovis ning 9 ta, Br.suis ning 5 ta biovari

Morfologiyasi. Mayda, tayoqchasimon, ovalsimon shaklch : bakteriyalar bo'lib, 0,6-0,8x0,3-0,5 mkm kattalikda, harakatsif spora hosil qilmaydi. Nozik kapsula hosil qiladi. Garm manfiy bo'yaladi.Surtma preparatda tartibsiz joyalashadi.

Kultural xossasi. Brutsellalar aerob, oziqa muhitiga talabchan juda sekin (2-3 hafta) o'sadi. Zardob, kartoshka, qon (5 % qoni), jigarli agar va sho'rvada yaxshi o'sadi. Ayrim shtammlarning o'sisbi uchun 5-10 %li C02 lozim. Zich oziqa muhitida nozik, mayda rangsiz, bo'rtib chiqqan S shaklida, yaltiroq koloniya hosil qilib o'sadi. Turli xil omillar ta'sirida R shakliga o'tishi mumkin. Antibiotik ta'sirida L shakliga o'tadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanish hosil qiladi. Вrutsellalar tovuq embrionidagi sariqlik qopchasida yaxshi o'sadi. Brutsellalar vodorod sulfidi, fuksin va tionin muhitlarida o'sishiga ko'ra farqlanadi.

Fermentativ xossasi. Brutsellalar D-riboza. D-galaktoza, alanin, asparaginlarni parchalaydi. Ayrim shtammlari aminokislotalarni amiakkacha gidrolizlaydi. Brutsellalar gialuronidaza, katalaza, peroksidaza, lipaza, fosfataza fermentlarini hosil qiladi.

Toksigenligi. Brutsellalarning patogenlik ta'siri endotoksiniga qarab ariiqlanadi. Bundan tashqari ular allergik xossaga ham ega.

Antigenligi. Brutsellalar iki xil somatik A va M antigenini saqlaydi. Bu antigenlar bakteriyalar turiga xosdir, ular mikrob hujayrasining tarkibiga kiradi va turli xil nisbatda bo'ladi. Br. melitensisda Mantigeni, Br.abortus bovis va Br.suis da A antigeni ustun turadi. Bundan tashqari, ularda Vi antigeni ham aniqlangan.

Chidamliligi. 100°C harorat ta'sirida shu zahoti, 80-85°C da 5 daqiqadan so'ng, 60°C ta'sirida 30 daqiqadan so'ng o'ladi. Past haroratga chidamli. Tik quyosh nuri mikroblarga halokatli ta'sit ko'rsatadi. Nam sharoitda 3-4 oygacha, sut mahsulotlarida 40-45 kungacha, muzlagan go'shtda 5 oygacha, tuproq va suvda 3-5 oygach saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalarga (xlorli ohak, lizol, kreozift karbol kislotasi, formalin, sulema) juda sezgir.

Patogenligi. Brutsellyoz bilan asosan qishloq xo'jalik hayvonlarda mayda va yirik shoxli hayvonlar, cho'chqa, kiyik va boshqa hayvorlar kasallanadi. Har bir tur mikrob o'ziga xos kasallik keltirib chiqar ukin brutsellalar bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi hayvonga yuqishi mumkin. Masalan, Br.abortus bovis mayda shoxli hayvonlarni larn zararlashi mumkin.Kasallikning asosiy belgilari shuki, hayvonlarning urg'ochilarida bola tashlash, erkagida orxitni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, ylarda bo'g'imlar shikastlanadi, ozib ketadi, juni to'kiladi va boshqa jjelgiiar yuzaga keladi. Brutsellyoz yopiq shaklda ham o'tishi mumkin, bu esa infeksiyaning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar va dengiz cho'chqachalari ularga sezuvchan. Ular zararlangandan so'ng bola tashlash, ozish, junlarining to'kilishi kuzatiladi. Sichqonlarda septitsemiya yuzaga Icelishi mumkin.

Infeksiya manbayi.Odam uchun infeksiya manbayi bo'lib yirik va mayda shoxli hayvonlar hisoblanadi. Odam brutsellyoz tarqalishida epidemiologik ahamiyatga ega emas.

Tarqalish yo'li. Maishiy kontakt, alimentar, havo tomchi yo'li orqali tarqaladi. Kontakt yo'li orqali, ya'ni hayvonlarni boqqanda, go'shtini bo'lganda yuqishi mumkin. Havo changi orqali ham, ya'ni hayvonlar junini qayta ishlaganda yuqadi. Brutsellalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni, sut va sut mahsulotlarini iste'mol qilish natijasida alimentar yo'l orqali yuqadi.

Patogenezi. Organizmga kirish darvozasi bo'lib og'iz va burun shilliq qavati va jarohatlangan teri hisoblanadi. Organizmga tushgan brutsellalar limfa yo'li orqali limfa tuguniga tushadi, bo'linib ko'payadi. Limfa yo'lidan qonga so'riiadi. Qon bilan butun organizmga tarqaladi, suyak ko'migida, jigarda, taloqda joylashadi. Tayanch-harakat a'zolarida, pereferik nerv va jinsiy a'zolarjizimida yallig'lanish jarayoni rivojlanadi. Mustahkam o'rnashgan antigenlar atrofida granulemalar hosil qiladi. Brutsella qonga o'tib qaytalash (reediv)ni yuzaga keltiradi.

Yashirin davri 1-3 hafta davom etadi. Birlamchi latent, o'tkir septik, septik-metastaz, birlamchi, surunkali, ikkilamchi surunkali, ikkilamchi latent, brutsellyozdan keyingi asoratlar farq qilinadi.Bratselyozda ko'proq qov (70 %), qo'ltiq osti (63 %) va jag' osti (29 %) limfa bezlari zararlanadi. Osteoxondritlar, miozitlar, artitlar va osteoartitlar rivojlanadi. Markaziy nerv tizimi meningit, ensefalit, miyelit, ensefalomeningit ko'rinishida zararlanadi.Kasallikning surunkali shakli remissiya (tinch davri), retsediv 'lavri va kuchayish davrlari bilan almashinib turadi. Qayta takrorlanish davrida yangi metastazlar yuzaga keladi yoki eski manbalar ko'payadi. Brutsellyozdan sog'ayish bir necha oydan 3-3,5 yilgacha. Sog'ayish klinik, bakteriologik, anatomik davrlarga bo'linadi. Reinfeksiya 2-12 yildan so'ng yuzaga kelishi mumkin.

Immsmiteti. Kasallikdan so'ng hujayraviy agglyutinin va kom-Plement bog'lovchi antiteiolar hosil bo'ladi.

Profilaktikasi. Qishloq xo'jaligida hayvonlarni nazorat qilish va go'sht kombinatlarini nazorat qilib turishdan iborat.

Maxsus profilaktikasi. Brutsella abortusning 19-BA shtammsaqlovchi tirik vaksina bir marta teri ustiga yuboriladi. Revaksinatsi 8-12 oydan so'ng olib boriladi.

Davosi. Levomitsitin, eritrin antibiotiklari bilan davoianad« Brutsellyoz immunoglobulini beriladi.

Nazorat uchun savollar: l.Vabo vibrionining biovarlarini bilasizmi?

2. Vabo vibrionining morfologik va kultural, fermentativ xossasi qanday?

3. Vabo vibrionining infeksiya manbayi, tarqalish yo'li qanday?

4. Vabo kasalligining oldini olish chora-tadbirlari qanday?

5.Toun qaysi guruh infeksiyasiga kiradi?

6. Toun qo'zg'atuvchisining morfologik, kultural va fermentativ xossasi qanday?

7.Toun qaysi yol orqali tarqaladi va infeksiya manbayi kim?

8.Toun qanday shakllarda o'tadi? 9.Tulyaremiya bakteriyasining morfologik, kultural xossalari qanday?

10.Tulyaremiya bakteriyasining chdamligini bilasizmi?

11.Tulyaremiya kasalligining infeksiya manbayini aytib bering.

12.Qo'zg'atuvchi qaysi yo'l orqali tarqaladi?

13.Bratsellyozning qanday turlarini bilasiz?

Tayanch so’z va iboralar:
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə