11- ma’ruza: Boshoqli don va dukkakli don ekinlarining karantin kasalliklari Reja



Yüklə 215,44 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.02.2023
ölçüsü215,44 Kb.
#101617


11- Ma’ruza: Boshoqli don va dukkakli don ekinlarining karantin 
kasalliklari 
Reja: 
1. Don dukkakli ekinlarni karantin kasalliklaridan Qirmizi serkosporioz 
kasalligi 
1.
 
Soya poyasining rak kasalligi 
Qirmizi serkosporioz (Cercospora kikuchii M.Mats) 
Bu kasallik yevropaning Frantsiya, YUgoslaviya, Osiyoning Hindiston, Xitoy, 
Koreya, YAponiya, Tayvan oroli, Markaziy Amerikada - - Kuba, Nikaragua, 
AQSH, Braziliya, Venesuela, Kolumbiya davlatlarida keng tarqalgan. Bu kasallik 
bilan o’simlik butun vegetatsiya davrida kasallanadi. O’simlik yer betiga chiqib 
olgandan keyin murtak va poyalarida qoramtir-qirmizi dog’lar hosil bo’ladi, 
keyinchalik g’adir-budur tusga kirib, poya sinish hollari yuz beradi. Maydonda 
sog’lom o’simliklar soni kamayadi. Katta yoshdagi o’simliklarning barg va 
dukkaklarida mayda, qirmizi rangdagi dog’lar ko’rinadi. Bu dog’lar asta-sekin 
katta bir dog’ni yuzaga keltirib, havo namligi ortgan sari dog’lar oqish-kulrangdagi 
g’uborga aylanadi. Bu ko’rinish urug’da yaxshi toblanib turadi, keyinchalik qora 
qirmizi rangdagi dog’ga aylanib, butun urug’ning yuza qismini zararlaydi. Bunday 
ko’rinishdagi urug’larning qobiqlari yorilib, g’adir-budur bo’ladi. 
Kasallikni takomillashmagan zamburug’lar deyteromitsetlar (Deuteromycetes) 
sinfiga, gipomitsetlar (Hyphomucetales) tartibi, dematikaoilasiga (Dematiceae) 
kiruvchi, Cercospora kikuchii turi keltirib chiqaradi. Konidiya tashib yuruvchilari 
yig’ilgan bo’lib, uchlari egilgan holda rangsiz konidiyalar yuzaga keladi. Ularning 
hajmi 23,8-44,5x1,3-6,1 mkm, 2 tadan 9 tagacha to’siqchalardan tashkil topgan. 
O’simliklarning vegetatsiya davrida patogen o’zining konidiyalari orqali atrof-
muhitga tarqaladi. Mitseliya ko’rinishida urug’lik manbalarida va o’simlik 
qoldiqlarida saqlanib qoladi. O’simlik kasallanishi natijasida hosildorlik 25-30 % 
gacha kamayishiga olib keladi. 
Kasallikka qarshi kurash choralari.Kasallik tarqalgan maydonlarni yil 
davomida karantin nazoratida bo’lishi va kasallangan maydonlardan urug’lik 
manbai tayyorlamaslik. Kurash choralari soya poyasi raki kabi olib boriladi. 
Kasallikni aniqlash ishlari unib chiqish fazasida va hosilni yig’ib olishdan 
oldin olib boriladi. Dala 2 ta diagonal bo’ylab va 4 ta tomoni tekshirib boriladi. 
Har bir gektardan 50-100 ta joydan 5-10 ta o’simlik ko’rib chiqiladi. 
 
 


Soya poyasining raki ( Diaporthe phaseolorum Sacc. 
Karsojae Vahn) 
Bu kasallik yevropada - Yugoslaviya, Vengriya, Frantsiya, Osiyoda - Xitoy, 
YAponiya, Koreya, Malayziya, Tayvan oroli, Shimoliy va Markaziy Amerikada - 
AQSH, Kanada, Janubiy Amerikada -Braziliya, Kolumbiya va Okeaniyada - 
Papua, YAngi Gvineya davlatlarida keng tarqalgan bo’lib, MDH davlatlarida bu 
kasallik karantin hisoblanadi.
Kasallikni 
takomillashmagan 
zamburug’lar 
deyteromitsetlar 
(Deuteromycetes) sinfiga, sferopsida yoki piknida (Sphaeropsi-dales) tartibi, 
sferopsida 
oilasiga 
(Sphaeropsidaceae) 
kiruvchi 
Diaporthe 
phaseolorum
zamburug’i qo’zg’atadi. Zamburug’ yer betiga chiqib olgan yosh nihollarning poya 
va ildizlarini, Shuningdek, katta yoshdagi o’simliklarni ham kasallantirish 
xususiyatiga egadir. O’simlikda qo’ng’ir dog’li shishchalar yuzaga keladi. Poyani 
zararlaganda shishlar kattalashib, ko’ndalang kesimida poyaning o’zak qismi 
qoramtir rangda bo’lib, o’simlikda so’lish hollari yuz beradi va keyinchalik qurib 
qoladi. Barg tomirlarida dastlab och yashil dog’lar hosil bo’lib, keyinchalik 
jigarrangga kiradi va barg qurisada, to’kilib ketmaydi. 
O’simlikning kasallangan joyida hosil bo’lgan piknidalar qator bo’lib 
joylashadi, kasallangan dukkaklari ochilib ketib, quriydi. Nam havo sharoitida 
kasallangan joylarda qo’ng’ir-binafsha ko’rinishda dog’lar hosil bo’ladi. Bunday 
urug’larning sifati va unuvchanligi juda pasayib ketadi. 
Zamburug’larning piknidalari sharsimon bo’lib, o’lchami 112-545x98-385 
mkm kattalikda bo’ladi. Piknosporalar bir hujayrali 2 tadan oq tomirchalar hosil 
qiladi. Zamburug’ haltachalari haltali sporalardan tashkil topgan. O’simlik 
kasallanishi hosildorlik 35-40 foizgacha kamayishiga olib keladi.
Kasallik 
qo’zg’atuvchining 
mevatanachalari 
o’simlik 
poyasining 
qoldiqlarida va tuproqda tinim davrini o’tagandan keyin havo harorati 20-22
0
S da 
rivojlana boshlaydi. Infektsiya manbai tuproqda saqlanib, 25
0
S bo’lganda uning 
sporalari unib, tez rivojlanadi. YUzaga kelgan mitseliya va sporalar urug’ va 
o’simlik qoldiqlarida saqlanib, urug’ vositasida tarqaladi. 
Kasallikka 
qarshi 
kurash:Kasallik 
tarqalgan 
maydonlarda 
urug’lik 
tayyorlamaslik va chetdan keltirilgan urug’larni fitosanitar nazoratidan o’tkazilish, 
vegetatsiya davrida yer betiga chiqqan yosh nihollarni nazorat qilish maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Urug’larga ekishdan oldin fungitsidlar bilan ishlov beriladi. 
Savollar
1. Soya poyasi rak bilan kasallanganda qanday belgilar hosil bo’ladi? 
2. Kasallik qo’zg’atuvchi qanday sporalarni izohlang. 
3. Kasallik qo’zg’atuvchi tuproqda saqlanib qolganda va o’simlik
poyasida nimalarni hosil qiladi? 

Yüklə 215,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə