Mavzu: mikrobiologiya fani


Foydalaniladigan adabiyotlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə2/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Foydalaniladigan adabiyotlar;
1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”



2.Mavzu: Mikrorganizmlar fiziologiyasi.

Reja:

  1. Mikrob hujayrasida bo`ladigan fiziologik jarayonlarni

  2. Bakterilarni nafas olishini va oziqlanish o`rtasidagi o`zaro bog`lanishni

Fiziologiya bobida mikroorganizmlarning hayotiy funksiyalari: nafas olish, o'sish va bo'linib ko'payishi o'rganiladi. r ologiya funksiya asosida uzluksiz moddalar almashinuvi (nietabolizm) yotadi.

Moddalar almashinuvi negizida qarama-qarshilik va o'zaro bog'liq-lik iarayoni — assimilatsiya (anaboliz) va dissimilatsiya (katabolizm)

yotadi.Assimilatsiya jarayonida oziq moddalar o'zlashtiriladi va ulardan

hujayra tuzilishi sintezida foydalaniladi. Dissimilatsiya jarayonida esa

oziq moddalar oksidlanib parchalanadi, buning natijasida mikrob

hujayrasining hayoti uchun kerak bo'lgan energiya ajraladi, oziq

moddalar bo'linishi natijasida murakkab organik birikmalar oddiy,

past molekulali moddalarga parchalanadi, ular qisman hujayra to'qi-

masidan chiqarib yuboriladi. Qolgan qismi esa hujayrada biosintetik

reaksiyada ishtirok etadi va assimilatsiya jarayoniga qo'shiladi. Oziq

moddalar sintezi va parchalanish jarayoni fermentlar ishtirokida

sodir bo'ladi. Moddalar almashinuvi mikroorganizmlarda shiddatli

bo'ladi. Qulay sharoitda bir dona mikrob hujayrasi bir kunda o'zidan

30—40 marta katta oziq moddalarni qayta ishlashi mumkin.

Bakteriyalarning kimyoviy tarkibi

Moddalar almashuvi jarayonini tushinish uchun mikroorga-nizmlar kimyoviy tarkibini bilish lozim. Mikroorganizmlar hujayrasi barcha tirik organizmlardek o'zida kimyoviy moddalarni saqlaydi. Organogenlar (uglerod, vodorod, kislorod, azot) ahamiyatga ega elementlardan hisoblanadi. Murakkab organik moddalar oksidlarni, uglevodlarni va yog'larni tuzishda ishtirok etadi. Mikroorganizmlar tarkibida mineral va ko'pgina boshqa elementlar bo'ladi. Ularning ko'p qismi organik moddalar bilan kimyoviy bog'langan, qolganlari esa hujayrada tuz sifatida uchraydi.

Miqdor jihatidan hujayra tarkibining 75—85 %ini suv tashkil luadi. Quruq moddalar ulushiga organik (oqsil, nuklein kislota, uglevod, yog') va mineral birikmalar kiradi, ular 15—25 %ni tashkil etadi.Suv—hujayra hayotida katta ahamiyatga ega. Barcha moddalar hujayraga suv bilan kiradi, almashinuv mahsulotlari esa shu suv bilan chiqib ketadi. Suv mikrob hujayrasida mustaqil birikma holda uchraydi, lekin ularning ko'pchiligi hujayraning turli

komponentlari (oqsil, uglevod, yog') bilan bog'langan va hujayraning ichki tuzilishi tarkibiga kiradi. Bo'sh holdagi suv hujayrada bo'ladigan kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etib, turli xil kimyovh] birikmalar erituvchisi, shuningdek, kolloidlar uchun dispers mull bo'lib xizmat qiladi. Hujayra tarkibidagi bo'sh suv hujayraning fiziologi^ holati, hujayraning yoshi va tashqi muhit sharoitiga qarab o'zgarishj mumkin. Sporali shakldagi bakteriyalarda suv vegetativ shakldagi hujayralarga nisbatan kam bo'ladi. Kapsulali bakteriyalarda suv miqdori juda ko'p boiadi.



Oqsillar— quruq moddaning 50—80 %ni tashkil qiladi va mikroor­ganizmlaming muhim biologik xossalarida aniqlanadi. Bu oddiy oqsillar—protein va murakkab proteidlardir. Hujayraning hayot faoliyatida nukleoproteidlar—oqsillarning nuklein kislotasi (DNK va RNK) bilan birikmasi katta ahamiyatga ega. Mikrob hujayrasi tarkibida nukleinoproteidlardan tashqari kam miqdorda lipoproteidlar, glikoproteidlar, xromoproteidlar bo'ladi. Oqsillar sitoplazma va nukleoidlarga bo'linib hujayra devori tarkibiga kiradi. Ularga fermentlar, ko'pgina toksinlar (mikroorganizmlar zahari) kiradi. Mikroorga­nizmlaming turi, spetsifikligi oqsil moddalarning sifat va miqdoriy tarkibiga bog'liq.

Nuklein kislotalar hayvon hujayrasida qanday funksiyani bajarsa 1 mikrob hujayrasida ham xuddi shund;|y funksiya bajaradi. DNK yadro f. (nukleoid) tarkibida bo'ladi, mikroorganizmlaming genetik xossasi j asosida tuziladi. RNK yadro va sitoplazmada bo'ladi va hujayra oqsil biosintezida ishtirok etadi. Nuklein kislotaning umumiy miqdori mikrob I hujayrasi quruq moddasining 10—30 %ni tashkil etadi va bu mikrob hujayrasining turi hamda yoshiga bog'liq bo'ladi. Uglevodlar quruq moddaning 12—18 %ni tashkil qiladi. Mikrob hujayrasida enegiya va uglevod manbayi sifatida foydalaniladi. Hujayraning tarkibiy qismi hujayra qobig'i, kapsula va boshqalardan tarkib topadi. Mikroorganizm hujayralari o'zida oddiy (mono va disaxaridlar) va yuqori molekular uglevodlarni saqlaydi. Ko'pgina bakteriyalarda kimyoviy tarkibiga ko'ra, kraxmal va glikogenlarni eslatuvchi kiritmalar bo'lishi i mumkin, ular hujayrada oziq-ovqat zaxiralari rolini o'ynaydi. Uglevodlar turli mikroorganizmlarda turlicha bo'ladi va ularfc mikroorganizmlaming yoshiga, yashash sharoitiga bog'liqdir.

Yog'lar (quruq moddaning 0,2—40 %ni) sitoplazmatik membranada hujayra qobig'ining tarkibiy qismi hisoblanadi. UlaTj energiya almashinuvida ishtirok etadi. Ayrim mikrob hujayralarida yog'lar zaxira modda sifatida to'planadi.

Yog'lar asosan neytral yog'lar, yog' kislotasi, fosfolipidlardan iborat. Ularning miqdori mikroorganizmlaming turi va yoshiga bog'liq. Masalan, sil mikobakteriyalarida yog' miqdori 40 %ni tashkil etadi,

kteriyalarni tashqi muhit omillariga chidamliligini yuzaga keltiradi.

Natriy — hujayrada osmotik bosimni saqlashda ishtirok etadi.

Temir— nafas fermentlari tarkibiga kiradi.

Magniy — Gram musbat bakteriyalarning yuzasida joylashgan, magniy ribonukleat tarkibiga kiradi.

Mikro elementlaroz miqdorda uchrasa-da, mikroorganizmlaming rivojlanishi uchun juda zarur. Ularga kobalt, marganes, mis, xrom, rux, molibden va boshqa ko'pgina elementlar kiradi.

Mikroelementlar ayrim fermentlarning sintezida va ularni faollashda ishtirok etadi. Alohida kimyoviy elementlaming o'zaro nisbati mikroorganizm turiga, oziq muhit tarkibiga, almashuv xarakteriga va tashqi muhitda yashash sharoitiga bog'liq.

Bakteriyalarning oziqlanishi

Barcha mikroorganizmlaming oziqlanish, nafas olish, bo'linib ko'payish jarayonini amalga oishirish uchun oziq moddalar zarur. Mikroorganizmlar energiya manbayi va oziq modda sifatida turli xil organik moddalar va noorganik birikmalardan foydalaniladi, shuningdek, normal hayot kechirish uchun ularga mikroelementlar va o'sish omillari talab qilinadi.Mikroorganizmlarning oziqlanish jarayonida o'ziga xoslik bor:Birinchidan, oziq moddalar hujayraning butun devori orqali

kiradi. Ikkinchidan, mikrob hujayrasi juda tez boradigan metabolitik

iksiyasiga ega.

Oziqlanish turi. Oziqlanish turi azot va uglerodni hazm qilishiga o`rab aniqlanadi. Vodorod va kislorod organogenlaming manbayi bo'lib

nisoblanadi. Oziq moddalarni parchalashi uchun mikroor-izmlarga suv juda zarur, chunki ular hujayraga faqat erigan modda oiian kiradi.

Uglerodni qabul qilishga ko'ra mikroorganizmlar ikki turga bo'linadi: avtotroflar va geterotroflar.

Avtotroflar, yunoncha autos—o'zim, trophe—oziqlanaman) oddjj noorganik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlash xususiyatiga egadir. Ular uglerod manbayi sifatida uglekislota va boshqa neorganik uglerod birikmalaridan foydalanishi mumkin. Avtotrofida tuproq (nitrifikatsiya, serobakteriya va b.) bakteriyalari hisoblanadi. Geterotroflar (yunoncha heteros—boshqa, trephe—oziqlanaman) о'sib rivojlanish uchun tayyor organik birikmalaga muhtojdirlar. U uglerodni uglevodlardan (ko'pinchaglukoza), ko'p atomli spirtlardan: organik kislotalardan, aminokislotalardan va boshqa organik moddalardan oladi.

Geterotroflarga mikroorganizmlarning katta guruhdagi a'zolarij kiradi, ular orasida saprofit va parazitlarni uchratishimiz mumkin] Saprofitlar o'zlik organizmdan (yunoncha sapros—chirigan, photon-} o'simlik) tayyor organik birikmalarni oladi. Ular o'lik organizm qoldiqlarining chirishida katta rol o'ynaydi. Masalan, chirituvchi bakteriyalar va boshqalar. Parazitlar (yunoncha parasitos — haromxo'r, tekinxo'r) tirik o'simlik, hayvon va odam hujayrasidagi organik birikmalar hisobiga; yashaydi va bo'linib ko'payadi. Bunday mikroorganizmlarga rikket-j siyalar, viruslar va ayrim sodda jonivorlar kiradi.

Azotni qabul qilishiga ko'ra mikroorganizmlar ikki guruhga bo'linadi, aminoavtograflar va aminogeterotroflar. Aminoavtotroflar oqsilni sintezlashi uchun hujayralar havoni azot molekulasi yoki ammoniy birikmalardan—aminokislota, murakaab oqsildan oladi. Ularga barcha patogen mikroorganizmlar va ko'pgina saprofitlar kiradi.

Energiya manbayiga ko'ra mikroorganizmlar quyidagilarga bo'linadij



  • fototroflar — biosintez reaksiyasi uchun energiyani quyosh turidan (purpur serobakteriyalar) oladi;

  • xemetraflar — energiyani noorganik moddalarni va organik mod­dalarni oksidlash hisobiga oladi.

Lekin mikroorganizmlarni oziqlanishiga ko'ra chegaralab bo'l-maydi, chunki shunday turdagi mikroorganizmlar borki, ular gete-rotrof turidan avtotrof turiga va aksincha o'zgarishi mumkin. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning oziqlanishiga ko'ra yangi terminlaf kiritilgan: geterotroflar, organotroflar, avtotroflar—litotroflar (yunon­cha litos — tosh) deb ataladi, chunki bunday mikroorganizmlal faqat mineralli muhitda o'sish qobiliyatiga ega.

O'sish omillari. Mikroorganizmlarning rivojlanishi va bo'linib ko'payishi uchun alohida moddalar zarur. Mikroorganizmlarning oziq moddalarga o'sish omillariga muhtojligini bilish juda zarur, chunki ularni o'stirishda oziq moddalarni tanlay olishimiz lozim.

Oziq moddalar transportirovkasi. Oziq moddalar mikrob hujayrasi sitoplazmasiga faqat katta bo'lmagan molekula turida va erigan holda kirishi mumkin. Murakkab organik moddalar (oqsillar, polisaxaridlar va boshqalar) mikrob hujayrasi ishlab chiqarilgan fermentlar ta'siriga uchraydi va shundan keyingina ulardan foydalanish oson bo'ladi. Oziq moddalarni hujayraga kirishi va undan metabolizm moddalarining chiqarilishi, asosan, sitoplazmatik membrana orqali bajariladi. Oziq moddalar hujayraga bir necha usullarda kiradi:



  1. Passiv diffuziya, ya'ni moddalar membrana qatlamidan o'tadi, natijada ularning konsentratsiyasi va qobiqning ikki tomonidagi bosim ortadi. Shunday qilib, muhitning konsentratsiyasi, hujayradagi moddalar konsentratsiyasiyuqori bo'lganda oziq moddalar hujayraga kirish mumkin.

  2. YengiSIashtlrilgan diffuziya — hujayraga oziq moddalar permeaza deb nomlangan molekula tashuvchilar yordamida faol ravishda kiritiladi. Bu moddalar ferment tabiatli bo'lib, sitoplazmatik membra-naning tashqi tomonida har bir permeaza ^o'ziga mos oziq moddaga adsorbsiyalanadi. Bu jarayon energiyadan foydalanmasdan tugaydi, yuqori konsentratsiyadan past konsentratsiyaga moddalarni ko'chiradi.

3. Faol tashish. Oziq moddalar permeaza yordamida xuddi shunday faol tashish yo'li orqali amalga oshiriladi, bu jarayonda energiya sarf etiladi. Bu holda hujayradagi konsentratsiya muhitdagi konsen­tratsiyadan yuqori bo'lgandagina oziq moddalar hujayraga kirishi mumkin.

Bakteriyalarning nafas olishi

Mikroorganizmlarning nafas olishi (yoki biologik oksidlanish) kimyoviy jarayonning yig'indisi hisoblanadi, natijada mikrob hujayrasining hayoti uchun zarur bo'lgan energiya ajraladi,spirtlar, organik kislotalar, yogiar va boshqalarni oksidlashi natijasida energiya hosil qiladi. Oksidlanishning ma'nosi shundan iboratki, oksidlanuvchi modda elektronlarni beradi, tiklanuvchi esa uni qabul qiladi. Nafas olishiga ko'ra mikroorganizmlar quyidagi turlarga bo'linadj Obligat (talabchan) aeroblar, obligat anaeroblar, fakultativ (ixtiyoriy anaeroblar.

Obligat aeroblar (sil mikobakteriyasi va boshqalar) kislorodj sharoitda yashaydi va bo'linib ko'payadi, ya'ni oksidlanish reaksiya| kislorod molekulasi ishtirokida energiya bilan amalga oshadi. MasalaJ glukozaning aerob sharoitida oksidlanishi misol bo'la oladi:

C6H1206+602-6C02+6H02+2882,6 kD (688,5 kkal).

Kam miqdorda kislorodga muhtoj bo'lgan mikroaerofillar hati (ayrim leptospiralar, brutsellalar) mavjud. Obligat anaeroblar (qoqshol, botulizm va boshqalar) faqj kislorodsiz sharoitdagina hayot kechiradi. Anaeroblarda nafas olishl substratlarning fermentatsiyasi kam miqdorda energiya ajralish yo'lj bilan vujudga keladi. Anaeroblar 1 mol glukozani parchalanganda aeroi nafas olgandagiga nisbatan kam miqdorda energiya ajraladi:

C6H12O6-2C2H5OH+2CO2+130,6 kD (31,2 kkal).

Bo'sh holda kislorodning bo'lishi anaeroblarga o'ldiruvchi ta'a ko'rsatadi. Bu shunga bog'liqki, kislorodning boiishi organila birikmalarning yakuniy mahsuloti vodorod peroksid bo'lib hisoblanadil Anaeroblar vodorod peroksidini parchalovchi katalaza fermenting ishlab chiqarish xususiyatiga ega emasligi sababli, u bakteriyada yig'ilibj unga toksigen ta'sir ko'rsatadi.

Fakultativ anaeroblar kislorod molekulasi bo'lgan va bo'lmagaa hollarda ham yashab, boiinib ko'payadi. Ularga ko'pgina patogen va saprofit bakteriyalar kiradi. Organik birikmalarning kislorodsiz sharoitda parchalanish jarayoni energiya ajralishi bilan boradi, buni bijg'itish deb ham ataladi. Ma'lunl mikroorganizmlarning ishtirok etishi va uglevodlar parchalanishininfl yakuniy mahsulotiga qarab bijg'itishning bir qancha turi farqlanadij achitqi bilan amalga oshiriladigan spirt, sut kislota bakteriyalari keltiribl chiqaradigan sut kislotali, yog' kislotali bakteriyalar keltirib chiqaraj digan yogii-kislotali bijg'itish va boshqalar.

Mikroorganizmlar nafas olganda ajraladigan issiqlikni uni saqlaq turuvchi maxsus idishlardagi oziqa muhitlarida o'stirilib kuzatiladij bunda oziqa muhitining harorati sekin-asta ko'tariladi. AyrH mikroorganizmlarning nafas olganida ortiqcha issiqlik chiqarishi torfl go'ng, pichan va paxtaning o'z-o'zidan yonib ketishiga sabab bo'ladi; organizmlar nafas olishining biokimyoviy mexanizmi, elektron darsliklarida to'liq ko'rsatilgan.

Mikroorganizmlarning pigmentianishi.Ayrim mikroorganizmlar (bakteriya, zamburug'lar) moddalar almashinuvi jarayonida bo'yaluvchi moddalarni — pigmentlarni hosil qiladi. Pigmentlar xossasiga va kimyoviy tarkibiga ko'ra har xil bo'ladi. Suvda erimaydigan pigmentlar (lipoxromlar) bakteriyalar kolo-jyasini bo'yaydi (masalan, stafilokokkning fermentlari sariq, tilla-rang, mallarangga bo'yaladi). Suvda eriydigan pigmentlar oziq muhitning rangini o'zgartiradi (ko'k yiring tayoqchalari). Mikrob hujayrasi ma'lum oziq-muhitida kislorodli sharoitda va yorug'lik ta'sirida pigment hosil qiladi. Organizmni pigment hosil qilish iossasi ko'p hollarda doimiy hisoblanadi, bu ayrim bakteriyani farqlashda test sifatida qo'llaniladi (masalan, stafilokokk, ko'k yiring tayoqchalari). Mikroorganizmlarning pigment hosil qilishi ma'lum fiziologik ahamiyatga ega. Pigmentlar mikrob hujayrasining tabiiy ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, nafas olish jarayonida ishtirok etadi, ayrimlari aruibiotik ta'sirga ega (prodigiozan).

Mikroorganizmlarning nur sochishi va xushbo'y hid ajratishi.Mikroorganizmlarning (bakteriyalar, zamburug'lar) nur sochish asiga ega bo'lgan turlari uchraydi. Bakteriyalarning nur sochishi siz oksidlanish jarayoni natijasida bo'lib, bu jarayon energiya ajralishi bilan boradi.

Yorag'lik ajratadigan bakteriyalar 15— 18°C da hayot kechiradi va ular chirish jarayonini keltirib chiqarmaydi. Ular baliq go'shtli muhitda yaxshi o`sadi. Ayrim mikroorganizmlar o'zidan xushbo'y hid, masalan, etil ,uksus, sut, yog', pishloq, qaymoq va boshqa hidlarni ajratadi. Bunday bakteriya turli xil qandolat mahsulotlari, oziq-ovqatlar tayyorlashdj qo'llaniladi.

Bakteriyalarning o'sishi va bo'linib ko'payishi

Mikroorganizmlar hayotida asosiy jarayonlardan biri ularnirf o'sishi va bo'linib ko'payishidir. Mikroorganizmlar o'sganda iilarnimj kattaligi va barcha hujayralarning tarkibi o'zgaradi. Bakteriyl hujayrasining kattalashuvidan iborat bo'lgan o'sish jarayoni juda tezliH bilan boradi, u bir necha daqiqa ichida o'sadi.

Bakteriyalar voyaga yetgach, ko'paya boshlaydi. Ular ko'ndalanl giga oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Bu jarayonning favquiodda tez borishi xarakterlidir. Bakteriya hujayrasi yetarli oziq-ovqat bo'lganda] qulay haroratda har 20—30 daqiqada bo'linadi. Bakteriyalar bemalol ko'paya olsa, 5 kunda bitta hujayradan barcha dengiz va okeanlarnl to'ldirib yubora oladigan tirik massa hosil bo'lishi hisoblab chiqilgan.

Haqiqatda esa bakteriyalarning shiddat bilan ko'payishi, hattl eng yaxshi sharoitda ham bir necha soatdan oshmaydi.

Tabiiy sharoitda ko'pgina noqulay omillar bakteriyaiarninl ko'payishiga to'sqinlik qiladi. Xususan, oziqa muhitida ulardagu moddalar almashinuvidan hosil bo'ladigan mahsulotlar to'planish| bakteriyalarning o'sishi va ko'payishiga zararli ta'sir qiladi. Ularnina qisman nobud bo'lishiga olib keladi.

Ko'ndalang bo'linishida bakteriyalar ma'lum yoshga yetgandl DNK molekulasi ikki baravar ortadi. Qiz hujayra ona DNH molekulasining nusxasini oladi. Bu jarayon qiz hujayra sitoplazmasj to'la bo'linganda tugallanadi.

Chegara hosil bo'lishida sitoplazmatik membrana va hujayra devoffl ishtirok etadi. Agar bo'linish hujayraning o'rtasidan boshlansa, ikkitai qiz hujayra bir xil kattalikda bo'ladi (izomorf bo'linish). Ayrim hollared chegara bir uchiga yaqinroqda hosil bo'ladi, bunda qiz hujayralar bia xil kattalikda bo'lmaydi (geteromorf boiinishi). Bakteriyalardij (kokklar) bo'linib ko'payishi turli xil tekisliklarda boradi. Shuningj uchun zanjirsimon (streptokokk), uzum shingiliga o'xshash (stafil°l kokk), ikkitadan (diplokokk, tetrakokk, sarsina) joylashadi. Tayoqchasimon bakteriyalar faqat ko'ndalang yo'lida, bitta tekislikda ko'payadi.

Bakteriya hujayralari to'liq nobud bo'ladi.


Bakteriyalarning to'la o'lishi bir necha kun, hafta yoki oydan so'ng
yuzaga kelishi mumkin.

Suyuq oziqa muhitida bakteriya miqdori 18—24 soatdan so'ng ortadi. Bunda muhit loyqalanadi. Cho'kma yoki parda hosil qiladi. Zich oziqa muhitida esa koloniya hosil qilib o'sadi. Spiroxetalar va rikketsiyalar ham ko'ndalang usulda bo'linib ko'payadi.



Nazorat uchun savollar.

1. Mikrob hujayrasining kimyoviy tarkibi qanday?

2. Mikroorganizmlarda qanday oziqlanish turi mavjud?

3. Oziq moddalar hujayraga qanday o'tadi?

4. Mikroorganizmlar nafas olishiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?

5. Bakteriyalar qanday usulda bo'linib ko'payadi?


Foydalaniladigan adabiyotlar;
1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”



3.Mavzu :Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlarga ta’siri.
Reja.


  • Tashqi muhit omillarining turlarini;

  • Fizikaviy kimyoviy biologic omillarning mikroblarga ta`sirini

  • S.S.V tomonidan chiqarilgan buyruqlarni



I.Mikroorganizmlarga fizikaviy omillardan:sovuq harorat, issiq harorat,quritish, yorug’lik energiyasi, ultratovush va bosim ta’sir ko’rsatadi.A.Harorat: mikroorganizmlarning hayot faoliyati harorat bilan chegaralangan.Asosan 3ta harorat bor.1.Minimal harorat:bu haroratda mikrob hujayrasi bo’linib ko’paymaydi.2.Optimal harorat:mikrob o’sib,bo’linib ko’payishi uchun qulay sharoit.3. Maksimal harorat:mikrob hujayra o’sishi sekinlashadi yoki to’xtaydiBarcha mikroorganizmlar haroratga nisbatan 3 xil:1.Psixrofill:grekcha psixroz-sovuq,filio-sevaman degan ma’noni bildira-di.Demak,sovuq haroratni sevuvchi mikroorganizmdir.Ular uchun min.harorat -0˚C, optsimal -20˚C, -10˚C, mak.-30˚C.2.Mezofill:grekcha mezzos-o’rtacha.Ularga barcha pathogen va ba’zi saprofit mikroorganimzlar kiradi.Ular uchun min.harorat -10˚C, optsimal -27˚C, -37˚C, mak.-46˚C.3.Termofill:grekcha termos- isssiq.Ular issiqni sevuvchi mikroorganizmlar.Ular uchun min.harorat +30˚C, optsimal +50˚C, +60˚C, mak.-+70˚C.Ular issiq suv havzalarida, tuproq yuza qismida, go’ngda uchray-di.Yuqori va past harorat mikroorganizmlarga turlicha ta’sir qiladi.Haro-rat maks.dan ortsa mikroblarning o’lishi tezlashadi.Bakteriya sporalariancha chidamli.M-n:Basilla sporasi qaynatganda 10-20min, botulizm,klostridiy sporasi 6 soatgacha saqlanadi.Barcha bakteriya va sporalar 165˚C - 170˚C harorat ta’sirida 1 soatda nobud bo’ladi.Ko’p mikroblar past haroratga chidamli.Ba’zilarining sovuq havo -190˚C da ham sporalari tirik qoladi.Patogen mikroblardan:ko’kyo’tal,miningakokk,gonokokk past t˚ da tez nobud bo’ladi.Shuning uchun labaratoriyaga jo’natilganda sovuqdan saqlangan holda yuboriladi.Past t˚ achish va bijg’ish jarayonni yuzaga keltiruvchi mikroblarni o’ldiradi.Shuning uchun oziq mahsulotlari muzlatgichda saqlanadi.0˚C da mikrob anabioz holiga tushadi,moddalar almashinuv jarayoni sekinlashadi.Qulay sharoit yuzaga kelsa u o’zini qayta tiklaydi.Harorat tez o’zgarishi ya’ni muzlash,erishmikrobni o’ldiradi bunda organizm hujayra qobig’i bo’linib ketadi.B.Quritish.Mikroorganizm hayiti uchun suv zarur.Qurutish ta’sirida sito-plazmatik membrana butunligi buziladi, natijada mikrob hujayra oziqlanashi to’xtab nobud bo’ladi.Quritish ta’sirida patogen meningokokk, gonokokk, leptospiralar bir necha daqiqada nobud bo’ladi.Vabo vibrioni 2 kungacha, salmonella 70 kun,sil mikrobi 90 kungacha saqlanadi.Quritishga sporalar juda chidamli.Kuydirgi batsilla sporasi 10 yil, mo’g’or zamburug’i 20 yil saqlanadi.V.Yorug’lik nurlari.Mikrob hayotida quyosh radiatsiyasi nurining ta’siri kuchli.Quyosh nuri mikrobni 1 necha soatda o’ldiradi.Quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nur hujayra fermentiga yomon ta’sir qiladi, DNK ni jarohatlaydi.Patogen mikro-zmlar UBNga juda sezgir.Shuning uchun labaratoriyaga qorong’i joyda saqlanadi.Buxner tajribasi bo’yicha Petri kosachasidagi ozuqaga mikrob ekiladi.Qora qog’ozdan kosacha orqasiga so’z yozib yopishtirib 1 soat quyosh nuri ostiga to’ntarib qo’yiladi.Natijada quyosh nuri tushmagan qora qog’on ostidagi mikrob o’sadi, qolgan joydagi mikrob o’ladi.Quyosh nuri suv,havo, tuproq yuza qismini potogen mikrobdan tozalab turadi.D.Ultratovush:mikrob hujayrasini jarohatlaydi.H-ra ichidagi sitoplazma faollashib, hujayra bosimi oshib ketadi.Bu hujayra qobig’iga ta’sir qilib hujayrani nobud qiladi.E.Bosim:Mexanik bosimga bakteriyalar va sporalar chidamli.II.Kimyoviy omillar-Mikroorganizmlarga turlicha ta’sir qiladi.Uning ta’siri modda konsentratsiyasi va mikrobga ta’sir etish vaqtiga bog’liq.Kimyoviy modda konsentratsiyasiga ko’ra oziqlantiradi yoki o’ldiradi.M-n:Glyukoza 0,5 -2% li eritmasi mikrobni o’sishiga, 20-40%li eritmasi mikrobni bo’linib ko’payishini sekinlashtiradi.Kimyoviy moddadan dezinfeksiyalovchi maqsadda foydalaniladi.Dezinfekasiya- tashqi muhitdagi potogen mikroblarni yo’q qilish jarayoni.Dezinfeksiyalovchi moddalarga:Fenol,ayrimkislotalar,ishqor,spirt kiradi.Ular mikrobga o’ldiruvchi ta’sir qiladi.Antiseptika- kimyoviy moddalar yordamida organizm va tashqi muhit- dagi mikroblarni zararsizlantirish. Aseptika-mikroblarga fizikaviy usulda to’sqinlik qilish.Kimyoviy moddalar mikroorganizmga ta’siriga ko’ra bir necha turga bo’linadi:1.Yuza-faol moddalar. M-n: sovun mikroorganizm hujayra devoir va si- toplazma membranasini ishdan chiqaradi.

2.Fenol, krezeol- mikrob oqsilini kaogulyasiyaga uchratadi.

3.Oksidlovchilar mikrob oqsili bilan o’zaro ta’sir etib, hujayra ferment faoliyatini buzadi. Bu moddalarga xlor, xloromin, vodorod peroksid, kaliy permonganat, yod kiradi.

4.40%li formalin eritmasi dizenfeksiya uchun ishlatiladi.

5.Og’ir metal tuzlari: simob, rux, mikrobga kuchli ta’sir qiladi.

6.Bo’yoqlar: bakteriya o’sishiga to’sqinlik qiladi. M-n: Brilliant yashili, rivanol.



III.Biologik omillar. Tabiiy sharoitda mikroorganizmning yashashi chegaralanmagan. Ular o’zaro bog’liqlikda simbioz, metabioz, antogani- zmga asoslangan. Simbioz – bir muhitda ikki hil mikrobni bir-biriga qar- shilik qilmay yashashi. M-n: sut tarkibidagi bakteriya achitqi bakteriya bilan birga qatiq hosil bo’lishiga yordam beradi.Metabioz – bir mikroorganizm boshqa mikroorganizm yashashi uchun qulay sharoit yaratib beradi. M-n: aerob mikroorganizmlar anaeroblarga kislorodsiz sharoit yaraib beradi.Antoganizm – bir turdagi mikroorganizm ikkinchi turdagi mikroorga- nizm yashashi uchun to’sqinlik qiladi. M-n: chaqaloq ichagidagi sutda achitqi bakteriyalar bo’lib, ular sut kislotasi ajratib ichakdagi chiriruvchi bakteriyani o’ldiradi.Dezinfeksiya. Mikrobiologik amaliyotda turli xil dizenfeksiyalovchi moddalardan foydalaniladi. M-n: 3-5%li fenol, 5-10% lizol, 1-5% xlor amin, 3-6% vodorod peroksid,1-5% formalin, 30˚li spirt. Yiring, najas, siydik, balg’am, qon, dizenfeksiyalovchi modda bilan zarasizlantiradi. Zararsizlantirish quruq xlorli oxak yoki 3-5%li xloramin eritmasi bilan olib boriladi. Ish qurollari: pipetka, shisha shpatel, buyum va yopqich oyna 3 %li fenol yoki vodorod peroksid eritmasiga bir kun solib qo’yila- di. Ish tugagach lobarant ish stolini, qo’lni dizenfeksiyalovchi modda bilan zararsizlantiradi. Mikrob qanday muhitda o’stirilganiga qarab de- zinfeksiyalovchi modda vaqti tanlanadi. M-n: spirt, fenol yiring, qon, balg’amni zararsizlantira olmaydi. Chunki bu moddalar ta’sirida ular tar- kibidagi oqsillar ivib qoladi. Ivigan oqsil mikrobni dezinfeksiyalovchi modda ta’siridan himoya qiladi. Mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan. Ular suvda, tuproqda, havoda odam va hayvon organizmida uchraydi. Ular tashqi muhtda turli miqdor-da uchraydi.Tuproq mikroflorasi – mikrob rivojlanishi uchun tuproq qulay joy. Tup-roqda namlik, organic moddalar, mineral birikmalar yetarli bo’lsa, mik- rob yaxshi rivojlanadi. Tuproq yuza qismiga quyosh nuriga quritish ta’sirina ko’rsatadi. Tuproqda zamburug’lar, bakteriya soda jonivorlar bor. Ular tuproqni kimyoviy terkibi va tuzulishini o’zgartiradi. Tuproq infeksiya tashuvchi omil hisoblanadi. Odam, hayvon, ho’jalik chiqin-dilari potogen mikrob bilan birga tuproqqa tushadi. Ularning ko’pchiligi quyosh nuri nam va oziq yetishmovchiligi natijasida nobud bo’ladi. Ayrim mikroblar tuproqda bir necha yil saqlanadi. Tuproq orqali gazli gangrene, qoqshol, kuydirgi, botulizm qo’zg’atuvchi mikroblar tarqaladi Suv mikroflorasi – ochiq suv havzalari ko’p mikroorganizmlar uchun qulay yashash sharoiti hisoblanadi. Suvga mikrob yer yuzidan, havodan yomg’ir, chang bilan odam, hayvon chiqindilari, chiqindi suvlar bilan tushadi. Suvda ichak tayaqchasi, qorin tifi, vabo qo’zg’atuvchilari uzoq saqlanidi. Suvda epidemiya keltirib chiqaruvchi ichak infeksiya qo’zg’atuvchilari, poleomielit, tulyaremiya, leptospiroz, vabo qo’zg’atuvchilari bor. Havo mikroflorasi-havoda mikroblarni rivojlanishi uchun oziq muhit bo’lmaydi.Quyosh radiatsiyasi, haroratni o’zgarishi mikrobga o’ldiruvchi ta’sir korsatadi.Havoda mikroblar o’zgaruvchan.Havo pastki qismidamikroblar ko’proq bo’ladi.Patogen mikroblar havoga bemor yo’talganda,aksirganda,gaplashganda tarqaladi.Bunga havo- tomchi yo’li orqali tarqalish deyiladi.M-n:Bug’ma,gripp,qizamiq.Havo change orqali koklar, sil, kuydirgi ham yuqadi.Inson organizmi mikroflorasi.Odam organizmi mikroflorasi buzilishi kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib berai.Inson hayoti davomida mikroflorasi o’zgarib turadi. Stafilakokk, streptakokk,difteriotlar,spora hosil qiluvchi bakteriyalar uchun teri va yog’ bezlari ajratadigan moddalar, o’lik hujayralar,parchalanish mahsulotlari ozuqa hisoblanadi.Mikrob teriga tushganda terida yashovchi bakteriyalar va turli xil bezlar ishlab chiadigan mahsulotlarta’sirida nobud bo’ladi.Terining ifloslanishi potogen mikroblarning rivojlanishiga yordam beradi.Og’iz bo’shlig’i mikroflorasidagi harorat, namlik, oziq moddaning doimiyligi, so’lakning ishqoiriy reaksiyaliligi mikroorganizmlarning rivojlanishi ichun qulay sharoitdir.Og’iz bo’shlig’ida turli xil kokklar, sut kislota bakteriyalari, spiroxetalar, aktinomisitlar ko’p uchraydi.Og’iz bo’shlig’i mikroblari tish kariyesi, stomatit, yumshoq to’qima yallig’lanishi kabi kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Me’da ichak yo’li mikroflorasi.Me’da suyuqligining kislotaliligi oshganda me’da mikroflorasi kamayadi.Mikroblarni bo’linib ko’payishi uchun yo’g’on ichak qulay sharoit hisoblanadi.Yo’g’on ichakdagi mikroorganizmlar:emizikli bola ichagida sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar, kattalarda ichak tayoqchalari, najaz streptakokklari uchraydi.Nafas yo’li mikroflorasi.Odam nafas olayotganda turli xil va ko’p miqdorda mikroorganizmlar qabul qiladi.Ularni ko’pchiligi burun shillig’ida ushlanib qoladi.Burun, xalqumda asosan stafilakokk, streptokokk, difteriodlar uchraydi.Organizm muzlashi, jarohat olishi, ozishi natijasida yujqori nafas yo’lida yashovchi mikroblar turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.Bunda nafas yo’lining pastki qismi, ya’ni o’pka va bonxitning yallig’lanishi kuzatiladi.Ko’z shilliq qavati mikroflorasi.Ko’zda mikroorganizmlar kam.Chunki ko’z yosh tarkibida lizosin moddasi bo’lib, u mikroblarga o’ldiruvchi ta’sir qiladi.

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə