Makro va mikroiqtisodiy tizimlar va modellar Reja: Kirish



Yüklə 135,07 Kb.
səhifə5/11
tarix23.09.2023
ölçüsü135,07 Kb.
#123442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tizim weroz

3.Makroiqtisodiy modellar
Makroiqtisodiy model — butun iqtisodiyotni va uning eng muhim tarmoqlari, sektorlari, sohalari rivojlanishini matematik shaklda aks ettiruvchi iqtisodiy-matematik model. Iqtisodiy model koʻpincha matematik strukturaga ega boʻlib, murakkab jarayonlarni soddalashtirishda qoʻllaniladi. Modellar tuzilishiga koʻra bir yoki bir nechta oʻzgaruvchilarga ega boʻlishi mumkin.
AD-AS modeli

AD-AS modeli, inqirozdagi iqtisodiyot. Davlat tomonidan amalga oshirilgan stimullar sababli, yalpi talab oʻngga surildi va bu surilish narxlar darajasini (Price level) ozgina, YaIMni (Ya) esa sezilarli darajada oshirdi. Modelda LRAS (Long-run aggregate supply) potensial YIMga teng deb olinadi.
AD-AS modeli (Aggregate Demand — Aggregate Supply model — yalpi talab va yalpi taklif modeli) — qisqa va uzoq muddatli oraliqda, narxlar oʻzgarishi sharoitida makroiqtisodiy muvozanatni tasvirlab beruvchi model. Ushbu model iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning oʻzgarish holatlari, ularning umumiy narxlar darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmiga (real YaIM) taʼsirini koʻrsatib beradi. AD-AS modeli makroiqtisodiyotdagi turli hodisalarni, xususan iqtisodiy sikllar fazalarini, oʻzgarmas ish haqi modeli va stagflyatsiyani tasvirlash uchun qoʻllanilishi mumkin. Birinchi marta John Maynard Keynesning „The General Theory of Employment, Interest and Money“ kitobida tasvirlanga.
Model Keynes tomonidan inqirozdagi mamlakatlar iqtisodiyotini qayta tiklash maqsadida ishlab chiqilgan. Inqirozdagi davlatlar iqtisodiyotining muvozanatga kelish muddati juda uzoqligi sababli, Keynes davlat ishtiroki orqali yalpi talabni stimullashni qoʻllab quvvatlagan. Keynes fikriga koʻra, qisqa muddatli oraliqda narxlar oʻzgarmay qoladi. Yaʼni, ishsizlik toʻliq boʻlmagan sharoitda ishchilar oylik oshirilishini soʻrashmaydi. Ishlab chiqaruvchilar ham isteʼmolchilarning xarid qobiliyatlari yuqori boʻlmaganligi uchun narxni oshirmaydilar. Lekin, uzoq muddatli oraliqda ishsizlik qisqaradi va aholining xarid qobiliyati oshadi. Davlat aralashuvi bilan qisqa muddatli oraliqdagi yalpi taklif (Short-run aggregate supply) potensial YaIMga (Y*) aylanadi.

Yüklə 135,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə