Reja: Tarmoqli modellar to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 70,25 Kb.
səhifə1/3
tarix27.03.2023
ölçüsü70,25 Kb.
#103298
  1   2   3
Reja Tarmoqli modellar to‘g‘risida tushuncha


3-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Ierarxik prinsipdan foydalanib, matematik modellar qurishga doir masalalar.
Reja:
1. Tarmoqli modellar to‘g‘risida tushuncha.
2. Tarmoqli graflar va ularni tuzish yo‘llari.
3. Tarmoqli rejalashtirish masalasining algoritmi.
4. Kritik yo‘lni aniqlash va tahlil qilish.
Tarmoqli tahlil (setevoy analiz) – loyiha xarakteridagi, ya’ni qoidaga ko‘ra operatsiyalari takrorlanmaydigan ishlarni rejalashtirish usulidir. Ushbu usuldan operatsiyalarni bajarishning kalendar rejasini tuzishda, qurilish ishlarining bajarilishini rejalashtirishda ko‘proq foydalaniladi.
Tarmoqli tahlil usullari katta miqdordagi o‘zaro bog‘liq operatsiyalarni o‘z ichiga olgan loyihalarni tahlil etishga imkon beradi. Ushbu usullar yordamida ishlar bajarilishining davom etish ehtimolligini, ularning qiymatini, vaqt va pul mablag‘larini tejash kabi ko‘rsatkichlarni hisoblash mumkin.
Loyihani tahlil etish bosqichlari:
1. Loyihani bir qator alohida ishlarga (yoki operatsiyalarga) bo‘lish, so‘ngra ulardan mantiqiy sxema tuziladi.
2. Har bir operatsiyani bajarilishi davomiyligini baholash. Loyihani amalga oshirishning kalendar rejasini tuzish.
3. Har bir operatsiya-ning resurslarga bo‘lgan talabini baholash.
Tarmoqli model asosan grafikni tashkil etib, ma’lum texnologik jarayonlar bo‘ladigan jami ishlarning ketma-ket yoki parallel bajarilishini grafik ravishda ifodalashi mumkin. Masalan, rejalashtirish, murakkab kompleks ishlarni bajarish, inshootlar qurilishining hisob ishlarini bajarish kabi ishlar tarmoqli modellar yordamida amalga oshirilib, grafik shaklida ifodalanishi mumkin. Grafik shaklida ikki mantiqiy element - ish va hodisa tarmoqli modelni tashkil qiladi. Grafikda hodisalar aylana bilan, ishlar esa strelka bilan ifodalandi. Odatda hodisalar «uskunalar sozlanib bo‘ldi», «dvigatel o‘rnatildi» yoki «qurilayotgan inshoot bitdi» kabi iboralar bilan ifodalanadi. Tarmoqli grafikda «uskunani sozlash tugallanganicha yo‘q», «qurilayotgan fundament hali bitmadi» kabi noaniq iboralar qo‘llanilmaydi.
Quyidagi 1-rasmda tarmoqli modellarga oid misollar keltirilgan.

1-chizma. Tarmoqli modellarning ko‘rinishi

Yüklə 70,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə