Makro va mikroiqtisodiy tizimlar va modellar Reja: Kirish


Makroiqtisodiyotning asosiy muammolari



Yüklə 135,07 Kb.
səhifə2/11
tarix23.09.2023
ölçüsü135,07 Kb.
#123442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tizim weroz

1.Makroiqtisodiyotning asosiy muammolari
Mikroiqtisodiy darajada oʻz yechimini topmagan muammolar makroiqtisodiy darajada koʻrib chiqiladi:

  • Iqtisodiy oʻsish, iqtisodiy sikllar. Iqtisodiy oʻsish nima? Iqtisodiy oʻsish sur’atlarini qanday aniqlash mumkin? Iqtisodiy oʻsishga qanday omillar taʼsir koʻrsatadi? Davlat farovonligida iqtisodiy oʻsishning oʻrni qanday?

  • Ishsizlik. Qaysi toifadagi aholi ishsiz hisoblanadi? Ishsizlik iqtisodiyotga qanday taʼsir koʻrsatadi? Ishsizlikni qanday qilib yoʻqotish mumkin? Ishsizlik turlarini qanday aniqlash mumkin?

  • Narxlarning umumiy darajasi. Narxlarning umumiy darajasi deganda nima nazarda tutiladi? Narxlardagi oʻzgarish iqtisodiy muvozanatga qanday taʼsir koʻrsatadi? Inflyatsiya nima? Inflyatsiya qanday holatda iqtisodiyotga foydali boʻlishi mumkin?

  • Pul muomalasi, Foiz stavkasi. Makroiqtisodiyotda pulning roli qanday? Foiz stavkasi nimalarga taʼsir koʻrsatadi va uni tashkil etuvchi omillar qaysilar?

  • Savdo balansi. Nega davlatlar oʻzaro savdo bilan shugʻullanishadi? Sof eksport mamlakat valyuta kursiga qanday taʼsir koʻrsatadi?

Zamonaviy makroiqtisodiyot nazariyasi
Tahlil

Iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli. Bu yerda, workforce market — iqtisodiy resurslar (ishchi kuchi) bozori, household — uy xoʻjaliklari, corporation — firmalar, commodity market — tovar va xizmatlar bozori, financial market — moliya bozori, foreign — xorijiy sektor va government — davlat.
Makroiqtisodiyot ijtimoiy fan hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy hodisalarning sodir boʻlish vaqtini aniq aytib boʻlmaydi; makroiqtisodiy agentlar xatti-harakatlarini kuzatish va shunga koʻra taxminiy prognoz qilish mumkin. Tahlil jarayonida iqtisodiy modellar iqtisodiyotni oʻrganishni ancha osonlashtiradi va asosiy iqtisodiy oʻzgarishlar sabablarini izohlab beradi. Shunday boʻlsa-da, koʻpgina iqtisodiy modellar jiddiy kamchiliklarga ega va muhim omillarni hisobga olmaydi.
Iqtisodiyot grafiklar, jadvallar, sxemalar vamatematik funksiyalar yordamida tahlil etiladi. Barcha makroiqtisodiy parametrlar maʼlum bir vaqt oraligʻida yoki aynan bir paytda koʻrib chiqilishi mumkin deb olinadi. Makroiqtisodiyotdagi barcha oʻzgaruvchilar 2 guruhga boʻlinadi:
1.Oqimlar. Bu maʼlum bir vaqt oraligʻi (yil) ichida koʻrib chiqiluvchi oʻzgaruvchilar hisoblanadi. Oqimlarga investitsiyalar, davlat byudjeti holati, eksport, import va yalpi ichki mahsulotni kiritish mumkin.
2.Zaxiralar. Joriy holatdagi maʼlumotlarni oʻrganuvchi koʻrsatkichlar hisoblanadi. Boylik hajmi, ishsizlar soni va davlat qarzi zaxiralarga misol boʻla oladi.
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar tahlili pozitiv va normativ tahlillarga boʻlinadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyot holatini aniqlaydi, tushuntiradi va prognozlar uchun asos hisoblanadi. Normativ tahlil esa qanday iqtisodiy oʻzgarishlar amalga oshirish kerakligini koʻrsatadi. Makroiqtisodiy tadqiqotlar „ceteris paribus“ (boshqa oʻzgarmas sharoitlarda) holatida amalga oshiriladi. Yaʼni, bir oʻzgaruvchi oʻrganilib chiqilayotganida, boshqa oʻzgaruvchilar oʻzgarmas deb olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishi
Istalgan iqtisodiyot bozor va iqtisodiy agentlardan tashkil topgan. Nazariy jihatdan, iqtisodiyot tarkibida toʻrtta makroiqtisodiy agent va uch xil bozor mavjud. Iqtisodiyotning barcha qismlarida daromad va xarajatlar mavjuddir.



Yüklə 135,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə