Makro va mikroiqtisodiy tizimlar va modellar Reja: Kirish


Makroiqtisodiyotdagi asosiy koʻrsatkichlar



Yüklə 135,07 Kb.
səhifə4/11
tarix23.09.2023
ölçüsü135,07 Kb.
#123442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tizim weroz

Makroiqtisodiyotdagi asosiy koʻrsatkichlar
Makroiqtisodiy nazariyada quyidagi asosiy parametrlar oʻrganiladi:

  • Isteʼmol xarajatlari (C) — uy xoʻjaliklarining tovar va xizmatlarga qilgan xarajatlari.

  • Uy xoʻjaliklari jamg'armalari (S) — uy xoʻjaliklarining bankda turgan pul mablagʻlari.

  • Investitsiyalar (I) — ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida firmalar tomonidan sotib olingan kapital.

  • Sof soliqlar (T) — soliq va transfert toʻlovlari orasidagi farq.

  • Sof eksport (Xn) — eksport va import orasidagi farq.

=�+�+�+��=�+�+— ochiq iqtisodiyot uchun yalpi ishlab chiqarish formulasi. Yopiq iqtisodiyot sharoitida sof eksport, xususiy sektor uchun yalpi ishlab chiqarishda esa G hajmi hisobga olinmaydi.
Milliy hisoblar tizimi
Makroiqtisodiyotdagi asosiy parametrlar yigʻindisi tovarlar, daromadlar va xarajatlarning doiraviy aylanish modelini tashkil etadi. Doiraviy aylanish modeli 1920-yillar oxirida amerikalik iqtisodchilar tomonidan yaratilgan milliy hisoblar tizimi (MHT) shakllanishi uchun asos hisoblangan. MHT oʻz ichiga quyidagi parametrlarni oladi: yalpi ichki mahsulot (YaIM), yalpi milliy mahsulot (YaMM), milliy daromad (MD), sof milliy mahsulot (SMM), sof ichki mahsulot (SIM), shaxsiy daromad (ShD), shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), isteʼmol (C), jamgʻarish (S).
Milliy hisoblar tizimining koʻrsatkichlari nafaqat mamlakatdagi yalpi daromadlar va ishlab chiqarish hajmini hisoblash, balki mamlakat aholisining hayot uchun muhim boʻlgan tovarlar bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash uchun ham qoʻllaniladi. Bu uchun kishi boshiga YaIM, MD hajmi va isteʼmol narxlari indeksi (INI) oʻrganiladi. Lekin, bunday oʻrtacha olingan koʻrsatkichlar kamchiliklarga ega va ular „kishi boshiga taqsimlangan daromad“ kabi muhim koʻrsatkichlarni hisobga olmaydi.

Yüklə 135,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə