Makro va mikroiqtisodiy tizimlar va modellar Reja: Kirish



Yüklə 135,07 Kb.
səhifə7/11
tarix23.09.2023
ölçüsü135,07 Kb.
#123442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tizim weroz

Solow modeli

Muvozanat holatidagi Solow modeli
Solow modeli — ekzogen jamgʻarish normasi va neoklassik ishlab chiqarish funksiyasiga asoslangan iqtisodiy oʻsish modeli. Modelda rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti oʻsishining sabablari kapital, aholi soni, investitsiyalar va texnologik rivojlanishlar yordamida oʻrganiladi. Solow modeliga koʻra, ishlab chiqarish jarayoniga qoʻshilgan dastlabki kapital qoʻyilmalari ishlab chiqarish hajmini keskin oshiradi. Lekin, bu oʻsish davom etgani sari, kapitalning amortizatsiya qiymati ham oshib boradi va maʼlum bir nuqtada yangi investitsiyalar kapital amortizatsiyasiga tenglashishi sababli, qoʻshimcha birlik kapital hech qanday samara olib kelmaydi. Jamgʻarish normalarini oshirish orqali investitsiya hajmini koʻpaytirish, qoʻshimcha tovarlar ishlab chiqarishiga zamin yaratadi. Texnologik progress orqali esa nafaqat kapitalning samaradorligi oshadi, balki 1 kishi uchun toʻgʻri keluvchi kapital miqdori ortadi.
Model bir qancha shartlarga ega. Solow modelida yopiq iqtisodiyot koʻriladi. Firmalar mukammal raqobat sharoitida faoliyat yuritishadi. Isteʼmol �  uchun ham, investitsiyalar �  uchun ham, faqatgina bir mahsulot �  ishlab chiqariladi. Ilmiy-texnik progress sur’atlari � , aholi soni oʻsishi �  va kapital amortizatsiyasi �  doimiy hisoblanadi. Jamgʻarish normasi �  investitsiyalarga teng: �=�+�
Bu model orqali koʻplab hodisalarni tushuntirib bersa boʻladi. Birinchi bor bu modelni Yaponiya va Germaniyaning urushdan keyingi oʻsishi bilan izohlashgan. Keyinchalik bu model Xitoy, Koreya va boshqa mamlakatlar iqtisodiy oʻsishini izohlab berdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Germaniya va Yaponiyada kapitalning deyarli barchasi yoʻq qilingan va kishi boshiga kapital miqdori kamayib ketgan. Demak, kapitaldan chekli qaytim katta, amortizatsiya qiymati esa past. Bundan tashqari oʻsha vaqtdagi ilmiy-texnik taraqqiyoti yuqori boʻlgan AQShning Yaponiya va Germaniyaga yordami ham iqtisodiy oʻsishga salmoqli hissa qoʻshgan. Germaniya Federativ Respublikasining 1947—1950-yillardagi oʻrtacha 13,4 foizlik va Yaponiyaning 1965—1969-yillardagi oʻrtacha 12 foizlik oʻsishi aynan Solow modeli orqali izohlanadi. Lekin, kapital bilan taʼminlanganlik darajasi oshgani sari iqtisodiy oʻsish sur’atlari ham pasayib borgan.
Iqtisodiy sikllar

Iqtisodiy sikllar yuksalishda (Peak) toʻla bandlikka va resurslardan toʻliq foydalanishga erishadi. Inqiroz (Recession) davrida ishlab chiqarish va ish bilan taʼminlanganlik darajasi pasayadi, ammo narxlar pasaymaydi. Turgʻunlik (Trough) davrida ishlab chiqarish minimum hajmgacha pasayadi, ishsizlik esa maksimum darajaga chiqadi. Jonlanish (Recovery) siklida ishlab chiqarish va ishsizlik darajasi normal holatga qayta boshlaydi. Odatda, har yangi sikl davrida oʻtgan safargidan koʻra koʻproq YaIMga erishiladi.
Istalgan iqtisodiy tizimda yalpi talab yoki yalpi taklifdagi oʻzgarishlardan soʻng davriy tebranishlar sodir boʻladi. Bunday tebranishlar, biznes yoki iqtisodiy sikllar deyiladi. Iqtisodiy sikllar 4 fazadan iborat: jonlanish, yuksalish, inqiroz va turgʻunlik. Bunday tebranishlar doimiy emas va ularni oldindan prognoz qilish qiyin. 3—4 yil davom etuvchi iqtisodiy sikllar Kitchin sikllari deyiladi. Davomiylik vaqti 7—11 yilni tashkil etuvchi sikllar Juglar sikllari hisoblanadi. Uzoq muddatli sikllarga 15—20 yil davom etuvchi Kuznets sikllari va 45—60 yil davom etuvchi Kondratev sikllari kiradi.
Biznes sikllarning kelib chiqish sababi turlicha boʻlishi mumkin: urush, inqilob, texnologik oʻsish va investorlar xatti-harakatidan tortib, bir yilda sodir boʻlgan magnit boʻronlari soni va makroiqtisodiy agentlar harakatining ratsionallik darajasigacha. Lekin, koʻp hollarda tebranishlar yalpi talab va yalpi taklif orasidagi balans yoʻqolishi sababli yuzaga keladi. Biznes sikllar nazariyasi rivojlanishida William Nordhaus, Robert Lucas Jr., Finn E. Kydland, Edward C. Prescott va Joseph Schumpeter kabi olimlar katta hissa qoʻshishgan.
Iqtisodiy sikllar oʻz xususiyatlariga koʻra, makroiqtisodiyotning asosiy muammolari boʻlmish inflyatsiya va ishsizlik bilan doimiy bogʻliq hisoblanadi. Davlat iqtisodiyoti oʻz imkoniyatlari choʻqqisiga yetganida, koʻp hollarda bu mamlakatda inflyatsiya koʻrsatkichini keskin oshirib yuboradi. Yuqori inflyatsiya darajasi aholi xarid qobiliyatini pasaytiradi. Yetarlicha daromad olmayotgan ishlab chiqaruvchilar ishchilarni ishdan boʻshatishga majbur boʻladilar va siklli ishsizlik yuzaga keladi. Davlat siyosati mamlakatdagi iqtisodiy fazadan, yaʼni yuksalish yoki turgʻunlikda ekanligiga qarab shakllanadi. Agar iqtisodiyot turgʻunlik sharoitida boʻlsa, davlat ragʻbatlantiruvchi siyosat orqali iqtisodiyotni inqirozdan olib chiqishga harakat qiladi. Iqtisodiyot yuksalish fazasida boʻlsa, davlat inflyatsiya templarini pasaytirish uchun iqtisodiy faollikni cheklovchi siyosat olib boradi.



Yüklə 135,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə