Makro va mikroiqtisodiy tizimlar va modellar Reja: Kirish


Davlatning inqirozli siyosati



Yüklə 135,07 Kb.
səhifə9/11
tarix23.09.2023
ölçüsü135,07 Kb.
#123442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tizim weroz

Davlatning inqirozli siyosati
Foiz stavkasi va inqirozlar (boshqa rangli ustun shaklida). Grafikdan koʻrish mumkinki, deyarli barcha inqirozlardan oldin uzoq vaqt davomida past foiz stavkalari amalda boʻlgan, keyin esa foiz stavkalari keskin oshgan va oqibatda iqtisodiy inqiroz yuzaga kelgan. Davlat inqirozni yumshatish va iqtisodiyotni stimullash uchun yana foiz stavkasini tushirgan.
Dunyodagi koʻpgina yirik inqirozlar davlatlarning notoʻgʻri makroiqtisodiy siyosatlari yoki iqtisodiyotni yetarli darajada nazorat qilmasliklari oqibatida sodir boʻlgan. Buyuk Depressiya, dot-com bubble (texnologiyalar bozoridagi inqiroz) va jahon iqtisodiy inqirozi shular jumlasidan. Texnologiyalar bozorida economic bubble paydo boʻlishiga investitsion firmalarning qalbaki moliyaviy hisobotlari, kompaniyalar va OAV tomonidan berilgan yolgʻon axborot sababchi boʻlgan. Buyuk Depressiya yuzaga kelishida esa yuqori boj tariflari, Federal Rezerv Tizimining moliya bozoridagi keng qamrovli spekulyatsiyani vaqtida bartaraf etmaganligi, iqtisodiy faollik past boʻlgan sharoitda foizlarni keskin koʻtarishi va 1930—1931-yillarda yuzaga kelgan bank run sabab qilib koʻrsatiladi. Iqtisodchilar Emi Nakamura va Jón Steinssonning 2018-yildagi xulosalariga koʻra, shuncha inqirozlardan soʻng ham, davlatlar tomonidan olib borilayotgan turli makroiqtisodiy siyosatlar oqibatlari har doim ham ijobiy natijalarga olib kelmayapti va shu sababli bunday siyosatlar tanqid ostida qolmoqda. COVID-19 pandemiyasi paytida qabul qilingan iqtisodiy qarorlar yetarli darajada samarali emasligi sababli, u iqtisodiyotga ham, odamlar hayotini saqlashda ham kutilganidek yordam bermadi.
Empirik tadqiqotlarga koʻra, hukumatning foiz stavkasini pasaytirish siyosati koʻp hollarda keyingi inqirozlarga sharoit yaratadi. Iqtisodiy liberalizm gʻoyalariga ega boʻlgan iqtisodchi F.Hayekning fikriga koʻra, Markaziy banklar tomonidan foiz stavkasining tushirilishi nafaqat investitsiyalar hajmini sunʼiy darajada oshiradi, balki notoʻgʻri investitsion siyosatni paydo qiladi. Bunday investitsion siyosat sharoitida uzoq muddatlarga moʻljallangan investitsiyalar hajmi qisqa muddatli investitsiyalarga nisbatan keskin darajada koʻpayib ketadi. Oqibatda iqtisodiyotda muvozanat buziladi va iqtisodiy inqirozga aylanadi. Bu jarayon iqtisodiyotda „Hangover theory“ deb yuritiladi va hozirgacha past foiz stavkalari tufayli yuzaga kelgan inqirozlarni asoslashda ishlatiladi.
Makroiqtisodiy o‘sishi
Makroiqtisodiy siyosatning yana bir muhim vazifasi bu iqtisodiy oʻsishga erishish hisoblanadi. Nazariy darajada daromadlar tengsizligi, davlatlar orasidagi iqtisodiy oʻsish sur’atlaridagi farq va barqaror rivojlanish bilan iqtisodiy oʻsish nazariyasi shugʻullanadi. Thomas Robert Malthus oʻzining „Nufus qonuni toʻgʻrisida tajriba“ asarida aholi soni juda tez koʻpayib boradi, oziq-ovqat mahsulotlarining oʻsishi esa, ancha orqada qolib ketadi, degan fikrlarni keltirgan. Lekin, Malthus gʻoyasi matematik jihatdan aniq tasdiqlanmaganligi, texnologik progress va inson xulq-atvorini hisobga olmasligi, empirik maʼlumotlardan keskin farq qilganligi tufayli, koʻplab olimlar tomonidan tanqid qilingan.
Neoklassik modellar faqatgina iqtisodiy muvozanatga erishish va uni taʼminlash masalalarinigina oʻrganar edi. 1980-yillar soʻnggida tuzilgan modellar iqtisodiy oʻsish sababi sifatida tashqi samaralarni koʻrsatgan. Ammo, bu modellardagi gʻoyalar amalda oʻz tasdigʻini topmadi. 1990-yillar boshlarida esa, tadqiqot va texnologik ishlanmalar sektorida yuzaga keluvchi monopol foyda hisobiga iqtisodiy oʻsishni taʼminovchi nazariya ishlab chiqildi. XXI asrda yangi klassik maktab va yangi institutsionalizm maktabi iqtisodiy oʻsishga bogʻliq turli modellarni ishlab chiqishdi; yagona oʻsish nazariyasiga asoslangan model vujudga keldi.
Iqtisodiy oʻsish omillari:

  • Mehnat (iqtisodiyotda ishlangan umumiy soatlar soni);

  • Inson kapitali;

  • Ashyoviy kapital miqdori;

  • Erkin savdo;

  • Mamlakatdagi erkinlik darajasi.



Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Makroiqtisodiy model — butun iqtisodiyotni va uning eng muhim tarmoqlari, sektorlari, sohalari rivojlanishini matematik shaklda aks ettiruvchi iqtisodiy-matematik model. Iqtisodiy model koʻpincha matematik strukturaga ega boʻlib, murakkab jarayonlarni soddalashtirishda qoʻllaniladi. Modellar tuzilishiga koʻra bir yoki bir nechta oʻzgaruvchilarga ega boʻlishi mumkin.
AD-AS modeli, inqirozdagi iqtisodiyot. Davlat tomonidan amalga oshirilgan stimullar sababli, yalpi talab oʻngga surildi va bu surilish narxlar darajasini (Price level) ozgina, YaIMni (Ya) esa sezilarli darajada oshirdi. Modelda LRAS (Long-run aggregate supply) potensial YIMga teng deb olinadi.
AD-AS modeli (Aggregate Demand — Aggregate Supply model — yalpi talab va yalpi taklif modeli) — qisqa va uzoq muddatli oraliqda, narxlar oʻzgarishi sharoitida makroiqtisodiy muvozanatni tasvirlab beruvchi model. Ushbu model iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning oʻzgarish holatlari, ularning umumiy narxlar darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmiga (real YaIM) taʼsirini koʻrsatib beradi. AD-AS modeli makroiqtisodiyotdagi turli hodisalarni, xususan iqtisodiy sikllar fazalarini, oʻzgarmas ish haqi modeli va stagflyatsiyani tasvirlash uchun qoʻllanilishi mumkin. Birinchi marta John Maynard Keynesning „The General Theory of Employment, Interest and Money“ kitobida tasvirlanga.

Yüklə 135,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə