Kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari. Xotiraning rivojlanishi va buzilishi. Tafakkur: umumiy tasavvurlar va nazariy



Yüklə 362,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix21.05.2022
ölçüsü362,81 Kb.
#87587
1   2   3   4   5   6   7   8
U.P. 17-seminar mavzu

ayrim
va 
umumiy
bo„lishi mumkin. Ayrim belgilar deb
jismning qaysi sinfga tegishliligidan qat‟iy nazar, yagona jismga taalluqli 
bo„lgan tushunchaga aytiladi. ayrim tushunchalarga Moskva, Toshkent, Baykal 
ko„li va boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, 
jismlar sinfiga, bu sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bo„lgan tushunchaga 
aytiladi. Masalan, samolyot, davlat, korxona, institut va h.k. 
Tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari
ga, 
tasavvurlarning doimiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa – bu so„zda o„z 
ifodasini topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va 
ahamiyatga ega bo„lmagan belgilarni o„z ichiga oladi, tushunchalarda esa 
faqatgina ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko„ra 
ko„proq umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi. 
Hukm
– jismlar va hodisalar o„rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur 
shakli; biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish. Tasdiqlovchi hukmga misol 
sifatida: «Psixika miyaning vazifasi», «Barcha metallar elektr tokini o„tkazadi», 
inkor etishga – «Suvda hech qanday yog„ erimaydi» kabi hukmlarni keltirish 
mumkin. 
Biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma‟lum sinfning 
jislaridan birortasi, ba‟zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo„lishiga bog„liq 
ravishda hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo„lishi mumkin. 
Ayrim hukm

«Bu odam hech qachon aldov yo„liga kirmaydi». 
Xususiy hukm
: «Ba‟zi 
metallar suvdan og„irroq». 
Umumiy hukm
: «Suyuqlikdagi har bir jismga u siqib 
chiqargan suyuqlikka teng bo„lgan bosim ta‟sir ko„rsatadi». 
Hukmlarning ob‟ektiv voqelikni aks ettirishiga ko„ra ular chin va soxta 
bo„lishi mumkin. 
Chin hukm
jismlar va ularning xossalari o„rtasidagi voqelikda 
mavjud bo„lgan aloqalarni ifodalaydi. «Massa – inertlik o„lchovi» chin hukmdir. 
Xato hukm
ob‟ektiv hodisalar o„rtasidagi voqelikda mavjud bo„lmagan aloqani 
ifodalaydi, masalan: «Barcha odamlar uchun o„lim muqarrar emas». 
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur 
shakli 

Yüklə 362,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə